“Sanoat iqtisоdiyoti“
Ushbu kitob Sanoat iqtisodiyotini o'rganish uchun O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tavsiya etilgan. Kitob Termiz Davlat Universiteti tomonidan chop etilgan bo'lib, talabalarga sanoat iqtisodiyoti fanining predmeti, vazifalari, tamoyillari va usullarini o'rgatishda yordam beradi. Shuningdek, kitobda O'zbekiston sanoatining xomashyo manbai, tannarxi, foyda va ishlab chiqarish rentabelligi kabi masalalar yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Fanning predmeti va vazifalari: Sanoat iqtisodiyoti fanining ob'ekti, predmeti boshqa fanlar bilan bog'liqligi, o'rganish metodologiyasi va usullari, Prezident I.A. Karimovning 2011 yil yakunlari va 2012 yilgi ustuvor yo'nalishlarga bag'ishlangan ma'ruzasining fanning maqsadi va vazifasiga aloqadorligi, 2009-2012 yillarga mo'ljallangan inqirozga qarshi dastur masalalari.
- Sanoat - milliy iqtisodiyotning etakchi tarmog'i: Sanoatning milliy iqtisodiyot rivojidagi roli, sanoat tarmoqlari va ularning rivojlanishi, O'zbekiston Respublikasi eksportining tovar tarkibi.
- Sanoat tarmoq tuzilmasi va tarkibiy siljishlar: Struktura siyosati, ijtimoiy mexnat taqsimoti va sanoat tarmog'ining shakllanishi, sanoat tarmoq tuzilmasi va uni belgilovchi omillar, tarmoq tuzilmasi o'zgarishining asosiy tendenцiyasi.
- Sanoatda zamonaviy boshqaruv tizimi: Boshqaruv ob'ektiv zaruriyat va maqsadga yunaltirilgan jarayon sifatida, boshqaruvning asosiy tamoyillari va usullari, boshqaruvning zamonaviy tuzilishi, boshqarishni takomillashtirishning asosiy yo`nalishlari.
- Sanoat ishlab chiqarishini rejalashtirish va prognozlash: Rejalashtirish va prognozlashning moxiyati, axamiyati va vazifalari, rejalashtirishning tamoyillari va usullari, bozor iqtisodiyoti sharoitida rejalar tizimi, ishlab chiqarish rejasini tuzib chiqish va tasdiqlashni tashkil etish, rejalashtirishni takomillashtirishning asosiy yo`nalishlari.
- Sanoat ishlab chiqarishining iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligi: Samaradorlik sanoat ishlab chiqarishining «ko'zgusi» sifatida, bozor munosabatlari sharoitida samaradorlikning o'rni va axamiyati, ishlab chiqarish samaradorligining moxiyati, mezon va ko'rsatkichlari, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning omillari va yo'llari.
- Sanoatda fan-texnika taraqqiyoti: Fan-texnika taraqqiyotining moxiyati va axamiyati, fan-texnika taraqqiyotining asosiy yo`nalishlari, fan-texnika taraqqiyotining samaradorligini baxolash.
- Ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etish: Sanoatda ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etishning shakllari va ularning o`zaro bog`liqligi, Konцentraцiyalashtirish, uning shakllari va ko`rsatkichlari, Ixtisoslashtirish, uning shakllari va ko`rsatkichlari, Kooperativlashtirish, uning shakllari va ko`rsatkichlari, Kombinatlashtirish, uning shakllari va ko`rsatkichlari.
- Sanoatda kadrlar va mexnatga xaq to`lash: Kadrlar siyosati va uning sanoat taraqqiyotidani roli, Kadrlar, ularning tarkibi va strukturasi, Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo`yish, Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, Mexnat va unga xaq to`lash.
- Sanoat ishlab chiqarishining asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvatlari: Asosiy fondlarning iqtisodiy moxiyati va axamiyati, tarkibi va tuzilishi, asosiy fondlarni baxolash, asosiy fondlarning eskirishi va amortizaцiyasi, asosiy fondlardan foydalanish ko`rsatkichlari, ishlab chiqarish quvvatlari va ulardan foydalanishni yaxshilash yo`llari.
- Sanoat maxsulotining sifati va uning raqobatbardoshligi: Sifat tushunchasi va uni oshirish zaruriyati, maxsulotning sifat ko`rsatkichlari va ularni baxolash usullari, maxsulot sifatini boshqarish va uni oshirish yo`llari, Standartlashtirish, sertifikaцiyalashtirish, attestaцiya va nazorat qilish
- Sanoatda tannarx, foyda va ishlab chiqarish rentabelligi: Qiymat va tannarx nazariyasi, ishlab chiqarish sarflarini kamaytirishning ilmiy asoslari, maxsulot ishlab chiqarish tannarxini xosil qiluvchi xarajatlarni guruxlash, Foyda va uni maksimallashtirish, Rentabellik va uni oshirish yo`llari, maxsulot tannarxini pasaytirishning manbalari va omillari.
- Sanoat ishlab chiqarishini joylashtirish: Sanoatni joylashtirish tamoyillari, sanoatni joylashtirish omillari, ayrim sanoat tarmoqlarini joylashtirishdani o`ziga xos xususiyatlar, ayrim korxonalarni joylashtrishni iqtisodiy asoslash usuli, sanoatni joylashtirishdani siljishlarning iqtisodiy samaradorligi.