Коrporativ boshqaruv
Kitob korporativ boshqaruv masalalarini yoritadi. Unda korporativ boshqaruvning mohiyati, rivojlanish tarixi, tamoyillari, usullari, modellari, muammolari va ularning yechimlari, amaliyoti, respublikamizdagi va jahondagi tajribalari o'rganilgan. Shuningdek, korxonalarni restrukturizatsiyalash, aksiyadorlik jamiyatlari va MCHJlarda audit va nazorat tizimi, axborot va kommunikatsiya masalalari ko'rib chiqilgan.
Asosiy mavzular
- Korporativ boshqaruv kursiga kirish: Ushbu bobda korporativ boshqaruvning kelib chiqishi, mohiyati, tamoyillari va usullari, shuningdek O'zbekistondagi korporativ boshqaruvning o'ziga xos xususiyatlari va rivojlanish istiqbollari yoritilgan.
- Korporativ boshqaruv nazariyasining evolutsiyasi: Bu bob korporativ boshqaruvning nazariy asoslari, transaksion xarajatlar nazariyasi, muloqotlar nazariyasi, mulkchilik huquqlari nazariyasi kabi masalalar o'rganiladi. Korporativ boshqaruvning nazariy manbalari tahlil qilingan.
- Korporativ boshqaruvning zamonaviy amaliyoti va modellari: Ushbu bobda korporativ boshqaruvning xalqaro tamoyillari, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining korporativ amaliyoti hamda oqilona ishbilarmonlik me'yorlari ko'rib chiqiladi. Shuningdek, korporativ boshqaruvning modellari (unitar, ikki pog'onali, kontinental, tarmoq) o'rganilgan.
- Korporativ strategiya va ijtimoiy mas'uliyat: Ushbu bob korporativ strategiyaning mazmuni va mohiyati, korporativ strategiya turlari (korporativ, biznes, funksional), shuningdek, korporatsiyalarning ijtimoiy mas'uliyati kabi masalalarga bag'ishlangan.
- Davlatning korporativ sektorda qatnashishi: Davlatning korporativ boshqaruvda qatnashishi, davlat aksiyalar paketlarini boshqarishning maqsad va tamoyillari, hamda O'zbekistonda ushbu sohada amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilingan.
- Oʻzbekiston Respublikasida korporativ boshqaruvning institutsional asoslari: Bu bob aksiyadorlik jamiyatlari korporativ boshqaruvning institutsional asoslari, korporativ huquq tushunchasi, korporativ huquqning belgilari, hamda O'zbekiston Respublikasining korporativ boshqaruv tizimi kabi masalalar o'rganilgan.
- Korporativ boshqaruv organlari: Korporativ boshqaruv organlari, aksiyadorlik jamiyatlari, aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi, Kuzatuv kengashi, Ijroiya organi, Korporativ kotiba kabi mavzular yoritilgan.
- Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida korporativ boshqaruvni moliyalashtirish: Hissadorlik jamiyatlarida kapitallar tarkibini boshqarishning maqsadi va vazifalari, moliyaviy boshqarishda kapitallar tarkibini boshqarish va qiymatini baholashning ahamiyati, kapitallarning optimal tarkibini shakllantirish kabi masalalar tahlil etilgan.
- Korporativ nizolar: Ushbu bobda korporativ nizo tushunchasi, nizolar sabablari va qatnashchilari, hamkorlikda boʻlmagan qoʻshilishlardan himoya qilish usullari, hamda Korporativ nizolarni tartibga solish masalalari yoritilgan.
- Korxonalarni restrukturizatsiyalash: Mazkur bob korxonalarni restrukturizatsiyalashning mohiyati, usullari, tamoyillari, Oʻzbekistonda korxonalarni restrukturizatsiyalash jarayonlarining o'ziga xos xususiyatlari, hamda huquqiy asoslari kabi masalalarga bag'ishlangan.
- Aksiyadorlik jamiyatlari va mas'uliyati cheklangan jamiyatlarda audit va ichki nazorat tizimi: Ushbu bobda nazorat tizimi va uning elementlari, Ichki audit nazorati, shuningdek Aksiyadorlik jamiyatlari va ma'suliyati cheklangan jamiyatlarda audit kabi masalalarga alohida to'xtalib o'tilgan.
- Korporativ boshqaruvda axborot va kommunikatsiya: Korporativ boshqaruvda axborot va kommunikatsiya, kompaniya to'g'risidagi axborotlarning oshkora qilinishi, O'zbekistonda axborotlarni ochish tamoyillari kabi dolzarb mavzular chuqur yoritib berilgan.