Issiqlik almashinish apparatlarida eksergetik tahlil asosida energiya tejamkorligini oshirish
Ushbu dissertatsiya O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligi Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti Mashinasozlik Texnologiyasi fakultetida XO'JAQULOV OBBOSBEK ABDIHOFIZOVICH tomonidan tayyorlangan bo'lib,
Asosiy mavzular
- Kirish: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, issiqlik almashinish apparatlari issiqlik elektr stansiyalarida, issiqlik elektr markazlarida, havoni isitish va shamollatish tizimlarida, kimyo sanoatida, neftni qayta ishlash sanoatida, oziq-ovqat sanoatida, issiq suv ta'minoti va isitish tizimlarida, metallurgiya va kriogen texnikalarda keng ko'lamda foydalanilib kelinmoqda. Sanoat turli sohalarining jadal suratlar bilan rivojlanishi issiqlik almashinish apparatlarining keng miqyosda qo'llanilishi va ularga qo'yiladigan talablarni ortishi bilan belgilanadi. Shu bilan birga bu turdagi qurilmalarning tashqi o'lchamlari va massasini kamaytirish, hamda energiya sarfini tejash eng dolzarb muammo bo'lib hisoblanib kelinmoqda. Bundan tashqari, ayrim hollarda temperaturalar farqini va devor temperaturasini pasaytirish lozim bo'ladi. Eksergetik tahlil termodinamikaning birinchi va ikkinchi qonunlarini birgalikda qo'llovchi sifatiy tahlil bo'lib, texnologik sistemalarda kechadigan xar xil jarayonlarning ham moddiy, ham sifatiy ko'rsatgichlarini ochib beradi. Bu tahlil usulida eksergiyaviy balans tuzilib, u energiyaviy balansdan keskin farq qiladi. Issiqlik almashinish sistemalari tadqiqotida keng qo'llaniladigan energiyaviy balans kechadigan jarayonlarning mukammallik darajasiga to'g'ri baho berishda yetarlicha kamchiliklarga ega. Termodinamik tahlilning eksergiya usulini sovutish qurilmasining nakatkalangan quvurli issiqlik almashinish apparatlari uchun qo'llanilishi ushbu ishning muhim jihatlaridan biridir.Chunki bunday apparatlar ustida o'tkazilgan tadqiqotlar asosan ularda kechadigan jarayonlarning silliq quvurdagiga nisbatan jadallashuviga ahamiyat berilgan. Masalan, Mashinasozlik zavodlarida, issiqlik energiyasidan foydalaniladi, bundagi texnologik jarayonlar: suv vannalri, quritish va isitish tizimlari. Bundan tashqari issiqlik almashgichlar, qozonxonalar va stansiyalar uchun yordamchi compressor xonalarda ham faoydalaniladi. Shular bilan bir qatorda plastik qismlar ish;ab chiqaruvchi korxonalarda ham qoliplarni sovutib berishga xizmat qilmoqda.
- I-Bob Adabiyotlar tahlili: Ushbu bobda issiqlik almashinish jarayonlarini tahlil qilish, jumladan issiqlik almashinish jarayonlarini eksergiyaviy tahlili va intensiv issiqlik almashinish kanallari haqida nazariy ma'lumotlar berilgan.
- II-Bob Issiqlik almashinish jarayonlarini tahlil qilish: Ushbu bobda tadqiqot qilinayotgan apparat haqida ma'lumot berilgan, intensiv issiqlik almashinish kanallari hisobi va tajriba natijalari tahlili keltirilgan.
- III-Bob Issiqlik almashinish apparatlarida energiya samaradorligini oshirish borasida olib borilgan ishlar: Ushbu bobda issiqlik almashinish apparatlarining issiqlik va gidravlik hisobi, issiqlik o'tkazish koeffitsiyenti bilan o'rtacha temperaturalar farqi o'rtasidagi uzviy bog'liqligi, eksergiyaviy hisoblash usuli va olingan natijalar tahlili keltirilgan.
- Xulosa: Dissertatsiya yakunida tadqiqot natijalari bo'yicha xulosa qilingan. Unda asosiy maqsadga erishilganligi va kelajakda amalga oshirilishi mumkin bo'lgan ishlar haqida fikrlar bildirilgan.
- Adabiyotlar ro'yxati: Dissertatsiyani tayyorlash jarayonida foydalanilgan ilmiy adabiyotlar va maqolalar keltirilgan.
- Ilovalar: Dissertatsiyada keltirilgan ma'lumotlarni qo'llab-quvvatlovchi grafiklar, jadvallar va boshqa qo'shimcha ma'lumotlar keltirilgan.