Uranni yer ostida tanlab eritmaga o'tkazish usulida qazib olish
Ushbu kitobda uranni yer ostida tanlab eritma o'tkazish usulida qazib olish texnologiyasi bo'yicha zamonaviy ma'lumotlar keltirilgan. Ushbu progressiv usul bilan qazib olinadigan konlarning geologik qurilish, gidrogeologik va geokimyoviy xususiyatlari ko'rib chiqilgan. Qazib olish tizmlari, foydalaniladigan konchilik, burg'ulash va texnologik uskunalar yoritilgan. Konlarni qidirish, loyihalash va ekspluatatsiya qilish bo'yicha tajriba ishlar umulashtirilgan. Yer ostida tanlab eritishda foydalaniladigan sanoat korxonalari ishlarini xarakterlovchi texnik-iqtisodiy ma'lumotlar jamlanmasi keltirilgan. Uranni yer ostida tanlab eritish, bundan tashqari atrof muhitni iflosnashini ogohlantiruvchi va muhofaza qilish bilan bog'liq qator savollar ko'rib chiqilgan. Ushbu o'quv uslubiy qo'llanma 5321100 – Noyob va radoiaktiv metall rudalarini qazib olish, qayta ishlash texnikasi va texnologiyasi yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- KIRISH: Zamonaviy fan texnika omillari va ishlab chiqarish jarayonlarining rivojlanib borishi tufayli elektr energiyaga bo‘lgan talab o‘ta keskin tarzda ortib ketdi. Butun dunyoda energiya resurslariga ehtiyoj eng yuqori darajaga etib kelib, birgina 1975-yilda qariyib 9 mlrd tonna hajmdagi energetika yoqilg‘isini talab qilardi. Bunday fan-texnikaning revolyutsiyasi atom energetikasi sohasi rivojining tezlashishiga va gullab yashnashiga sabab bo‘lib, bu sohani elektr energiya ishlab chiqarishda o‘rnini yanada oshirdi. 1976-yilda butun dunyoda umumiy quvvati 70987 MVt bo‘lgan 173 ta atom elektr stansiyasidan foydalanilgan. Yangi loyihalarda umumiy quvvati 323062 MVt bo‘lgan 352 ta AES qurilishi rejalashtirilgan.
- BA’ZI TERMINLAR TUSHUNCHASI: Yer ostida tanlab eritma o‘tkazish usulini qazib olish va joriy etishda tadqiqotchilar va ishlab chiqaruvchilar tomomnidan tur xil munosabatda bo‘lgan bir qator yangi atamalar va tushunchalar paydo bo‘ldi. Bundan tashqari mavjud bo‘lgan ba’zi tushunchalar va atamalar mazmuni ham o‘zgargan va yer ostida tanlab eritmaga o‘tkazish usuliga nisbatan aniqlik kiritish zaruriyati tug‘ildi. Quyida uranni yer ostida tanlab eritmaga o‘tkazish usuli bilan shug‘ullannadigan mutaxassislar tomonidan keng qo‘llaniladigan atamalar va tushunchalar ro‘yxati mavjud.
- YER OSTIDA TANLAB ERITMAGA O‘TKAZISH USULINI QO‘LLASHNING GEOLOGIK VA GIDROGEOLOGIK SHAROITLARI: Barcha konlardagi yer ostida tanlab eritmaga o‘tkazish orqali usuli ishlab chiqariladigan rudalarning tarkibi, ularning xossalari, ruda konlari va jismlarining morfologiyasi, gidrogeologik vaziyatining mavjud farqli jihatlariga qaramasdan ularning umumiy xususiyatlari ham mavjud. Yer ostida tanlab eritmaga o‘tkazish usuli orqali konlarni qazib olish quyidagi asosiy sharoitlarda mumkin bo‘ladi: 1) Rudalarda mineral shaklidagi chiqarib olishga moyil metallning mavjudligi hamda bu metallar tanlab eritmaga o‘tkazilgan reagentning kuchsiz suv aralashmalarida engil parchalanadi; 2) Rudalar tarkibiga kiruvchi turlanuvchi minerallar texnologik aralashmalar bilan o‘zaro bog‘langanda past kislota hajmiga ega; 3) Rudalar, yoki tabiiy o‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega bo‘ladi, yoki sun’iy parchalanishdan so‘ng aralashmani o‘tkazuvchi bo‘lib qoladi; 4) Rudalarni legallash shartlari hamda avval amalga oshirilgan tog’ ishlari tanlab eritmaga o‘tkazilayotgan aralashmani rudalar legallanayotgan joyiga ya’ni yer ostiga yetkazib berishda, ruda minerallari bilan ularning kontaktini ta’minlashda hamda kon ostidan texnologik qayta taqsimlash joyiga mahsuldor aralashmaning qayta ko‘rib chiqilishi, qazib olish hamda tarnsportirovkasida ishlatilishi mumkin.
- QUMDAN VA KO‘MIRLI QUMDAN TASHKIL TOPGAN RUDA QATLAMLARINING TAB’IY O‘TKAZUVCHANLIGIGA EGA BO‘LGAN URAN KONLARINING TEXNOLOGIK TURLARI: Texnologik xususiyatlari va tarqalishiga ko‘ra gidrogen konlari EOTEO’ usulida qazib olingan usullar orasida eng muhimi hisoblanadi. Sovet ittifoqida amalga oshirilgan sanoat ishlarining tajribasiga ko‘ra ularning har biri pastda tavsiflangan uchta turi bo‘linadi. Bu uchta turi bo‘linadi: 1. Tab’iy o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan konlar: yer osti tanlab eritmaga o‘tkazishda foydalaniladigan eritma uchun ruda tanasi o‘tkazuvchan 2. Qumli va ko‘mirli qumli ruda qatlamlarining bo‘shliq o‘tkazuvchanligiga ega bo‘lgan konlar 3. Murakkablashgan qatlamli ruda qatlamlari mavjud bo‘lgan konlar 4. Katta bo‘lmagan linza va qatlam holatdagi ruda qatlamlariga ajralgan konlar.
- TEXNOLOGIK QUDUQLARNI QURISH. ARALASHMALARNI KO‘TARISH VOSITASI VA USKUNASI: Quduqlar o‘tkazuvchan rudali gidrogen konlarni qazib oluvchi, yer ostida ishqorlash korxonasining texnik ta’minotining asosiy qismi hisoblanadi. Ruda tanasini ochish va tayyorlashda ular muhim ahamiyat kasb etadi. Foydali qazilmani yer qa’ridan qazib olish texnologiyasida quduqning ahamiyati katta. Quduqlarni burg‘ulash konning joylashish chuqurligiga bog‘liq holda yakuniy mahsulotning birlik qiymatining 15 dan 25-30% gacha bo‘lgan qismini egallaydi. Quduqning qiymatiga bir qancha omillar ta’sir etadi. Ularga: ruda tanasining yotish chuqurligi, tog’ jinsining qattiqligi, quduq diametri, mustahkamlash uchun materiallar, burg‘ulash ishlarini bajarish uchun uskunalar, shuningdek, quduqni vazifasini belgilovchi konstruktiv xususiyatlar taalluqlidir. Ishning boshqa bo‘limida aytib o‘tilganidek, quduqlarning maqsadi va
- XULOSA: Uranni qazib olish uchun yer ostida tanlab eritmaga o‘tkazish usulini ishlab chiqish va amalga oshirish konchilik sanoatining ulkan ilmiy va texnologik yutug‘idir. Ruda jismlaridagi uranni tabiiy yoki sun’iy o‘tkazuvchanlik yaratilgan sharoitida o‘zlashtirish an’anaviy ishlab chiqarish usuli bilan solishtirganda bir qator afzalliklarga ega. Bu texnikaviy va iqtisodiy ko‘rsatkichlarga, shuningdek, og‘ir konchilik va geologik sharoitlarda mavjud bo‘lgan kambag‘al rudalar zaxiralarini ekspluatatsiya qilish masalalariga tegishli. Ushbu metodning ijtimoiy ahamiyati birinchi navbatda, konchilar mehnatining tabiatini tubdan o‘zgartirishda va mehnat unumdorligining sezilarli darajada ko‘payishida namoyon bo‘lmoqda. Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida EOTEO’ usuli katta afzalliklarga ega. Yer ostida tanlab eritmaga o’tkazish usulini ishlab chiqish va amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lsada, faqat dastlabki qadamlar qo‘yildi. Yer osti boyliklarida yuzaga keladigan jarayonlarning qonuniyligi va konlarni boshqarish bo‘yicha erishilgan tajribalar haqida olingan ma’lumotlar, usulning shubhasiz va’dasi va kelajakda uni qo‘llashning kengayishi haqida juda aniq gapirish imkonini beradi. Ushbu usulni yanada rivojlantirish konlarning geokimyoviy va gidrogeologik tekshiruvlarining ishonchliligini oshirish, ichki ishlar jarayonida yuzaga keladigan jarayonlarning qonuniyligini chuqur o‘rganish