Экология

Ushbu kitob

Asosiy mavzular

  • Ekologiyaga kirish: Ekologiya muammosi davrimizning eng dolzarb muammolaridan biri bo'lib qoldi. Uning xavfi hatto yadro xavf-xataridan ham dahshatlirroq bo'lib, butun er shari xalqlarini tashvishga solmoqda. Dunyo aholisi har yili o'sib borib, tabiiy zahiralaridan xo'jalik maqsadlarida yanada ko'proq foydalanishga to'g'ri kelmoqda. Texnika, sanoat korxonalarning rivojlanishi ham atrof-tabiiy muhitiga jiddiy zarar yetkazmoqda. Bularning oqibati o'laroq dunyoda ekologik muhitning yomonlashuvi bilan bog'liq turli xil kasalliklar kelib chiqmoqda. Sayyoraning taqdiri uchun inson tomonidan o'tgan asrdayoq bong urilgan, hozirgi yuz yillikda esa atrof-tabiiy muhitga yukni ortib ketishi natijasida dunyo ekologik tizimi inqiroz darajasiga etdi. Atrоf tabiiy muhitni ifloslantirish, tabiiy resurslarni ishdan chiqarish, ekotizimdagi ekologik aloqalarni buzish global muammo bo'lib qoldi. Agar insoniyat hozirgi taraqqiyot yo'lidan borishni davom ettirsa uning halokati ikki-uch avlod yashab o'tgandan so'ng yuz berishi ehtimoldan holi emas.
  • Ekologiya fanining tarixi: Ekologiya – jonli organizmlarning o'zaro munosabatlarini, ularning atrof-muhit bilan o'zaro ta'sirini o'rganadigan fandir. Ekologiya fani sifatida o'tgan asrning o'rtalaridan boshlab, unda tirik mavjudotning tuzilishi va rivojlanishinigina emas, balki ularning tashqi muhit bilan o'zaro munosabatlarini ma'lum bir qonun asosida rivojlanishini chuqur o'rganila boshlandi. Ekologiya yunoncha "OIKOS" so'zidan olingan bo'lib, "yashash joyi", "oqatnanish makoni" ma'nosini bildiradi. Nemis ekolog EH.E. Gekkel (1834-1919) «Ekologiya – organizmlarning tashqi muhit bilan o'zaro munosabatlari to'g'risidagi fandir», deb ta'kidlagan. Ekologiya fanining tarixi tabiiy fanlarning taraqqiyot bosqichlari bilan uzviy bog'liqdir. Qadimgi yunon olimi Aristotel (eramizgacha bo'lgan 384-322 yy.) dunyoning paydo bo'lishi haqida fikr yuritib, «Tabiatdagi barcha mavjudot bir-biri bilan bog'liqdir», degan. Gippokrat (eramizgacha 460-370 yy.) inson salomatligiga suv, havo va muhit nihoyatda katta ta'sir ko'rsatishini qayd qilgan edi. O'rta Osiyo allomalari Al-Xorazmiy (780-850 yy.), Abu Rayxon Beruniy (973-1040 yy.) va Abu Ali Ibn Sino (980-1037 yy.) ham tabiiy fanlarning rivojiga o'z hissalarini qo'shganlar. Abu Ali Ibn Sino falsafiy va ilmiy qarashlari «Kitob – ash-shifo» asarida bayon etilgan. Bu asarda uning botanika, zoolgiya, geologiya va atrof-muhit to'g'risidagi fikrlari bayon etilgan. Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530 yy.) o'zining «Boburnoma» asarida tabiat go'zalliklarini tasvir etish bilan birga o'simliklar dunyosining salomatlik baxsh etishdagi roliga alohida ahamiyat bergan.
  • Atmosfera havosi va uning ifloslanishi: Atmosfera havosi tarkibida gazlar mavjud. Havoning asosiy qismini azot (78,09%) va kislorod (20,93%) tashkil etadi. Atmosferaning ifloslanishi – bu tabiiy va sun'iy omillar ta'sirida havo tarkibining o'zgarishidir. Tabiiy ifloslanishga vulqonlar otilishi, chang to'fonlari, chang ko'tarilishi, yong'inlar sabab bo'ladi. Sun'iy ifloslanishga esa sanoat korxonalari, avtotransport vositalari, issiqlik elektr stansiyalari, qishloq xo'jaligi, yadro sanoati sabab bo'ladi. Atmosferaga tashlanayotgan zaharli gazlar inson salomatligiga va atrof-muhitga katta zarar yetkazadi. Masalan, uglerod oksidi (CO) nafas olish sistemasiga ta'sir qilib, bosh og'rig'i, ko'ngil aynishi, nafas olish qiyinlashishi kabi alomatlarga olib keladi. Kichik konsentratsiyada ham jiddiy zararlarga olib kelishi mumkin. Uglerod dioksidi (CO2) ham issiqlikni ushlab qolib, Yer yuzining isishiga olib keladi, bu esa «Issiqlik effektiga» sabab bo'ladi. Bu holat okean sathining ko'tarilishiga, muzliklarning erishiga va iqlim o'zgarishiga olib keladi. Nomaqbul omillar ta'sirida havoning ifloslanishi natijasida kislotali yomg'irlar hosil bo'ladi. Kislotali yomg'irlar esa tuproqni, o'simliklarni, suv havzalarini ifloslab, hayvonot dunyosiga zarar yetkazadi.
  • Ozon qatlami va uning ahamiyati: Ozon qatlami Yer atmosferasining stratosfera qatlamida joylashgan bo'lib, u Yer yuzini quyoshning zararli ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladi. Ozon qatlamining kimyoviy birikmalar, masalan, freonlar (xlorftoruglerod birikmalari) ta'sirida yemirilishi kuzatilmoqda. Bu yemirilish Yer yuziga yetib keladigan ultrabinafsha nurlar miqdorini oshirib, o'simliklar, hayvonlar va inson salomatligiga zararli ta'sir ko'rsatadi. Ozon qatlamining yemirilishi natijasida terining saraton kasalligi, ko'z kasalliklari, immunitetning pasayishi kabi muammolar yuzaga kelishi mumkin.
  • Suv resurslari va ularning ifloslanishi: Suv Yer hayoti uchun zarur bo'lgan asosiy tabiiy resursdir. Suvning ifloslanishi esa turli sanoat va qishloq xo'jaligi chiqindilari, maishiy oqava suvlari, noorganik va organik moddalar ta'sirida yuz beradi. Suvning ifloslanishi natijasida undagi hayot uchun zarur bo'lgan kislorod miqdori kamayadi, zaharli moddalar ko'payadi, bu esa suv havzalaridagi hayot uchun halokatli oqibatlarga olib keladi. Suvlarni tozalash uchun turli usullar mavjud: mexanik, kimyoviy, fizik-kimyoviy va biologik usullar. Mexanik usulga suzish, tindirish, filtrlash kiradi. Kimyoviy usulga neytrallash, koagulyatsiya, ozonlash, xlorlash kiradi. Biologik usul esa oqava suvlarni mikroorganizmlar yordamida tozalashni o'z ichiga oladi.
  • Tabiiy resurslar va ularning klassifikatsiyasi: Tabiiy resurslar – bu jamiyatning hayoti va xo'jalik faoliyati uchun zarur bo'lgan moddiy va nomoddiy boyliklardir. Tabiiy resurslar ikki turga bo'linadi: tugaydigan va tugamaydigan resurslar. Tugaydigan resurslarga foydali qazilmalar (neft, gaz, ko'mir), o'simlik va hayvonot dunyosi, chuchuk suv kiradi. Tugamaydigan resurslarga esa quyosh energiyasi, shamol energiyasi, geotermal energiya, atmosfera havosi, dengiz va okean suvlari kiradi. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish kelajak avlodlar uchun ham ularni saqlab qolish juda muhimdir.
  • Ekologik muammolar va ularning yechimlari: Ekologik muammolar – bu atrof-muhitning ifloslanishi, tabiiy resurslarning kamayishi, iqlim o'zgarishi, biologik xilma-xillikning yo'qolishi kabi global muammolardir. Bu muammolarni hal qilish uchun xalqaro hamkorlik, qonuniy chora-tadbirlar va ilmiy-texnik taraqqiyot zarurdir. Har bir insonning tabiatga nisbatan mas'uliyatli munosabatda bo'lishi, uni asrab-avaylashi kelajak avlodlar uchun ham zarurdir. Ekologik muammolarni hal qilishda kichik yoshdan boshlab ekologik madaniyatni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.