Tabiy gaz konlaridan gazni qazib olishda quduq jihozlarini korroziyasi va ularga qarshi himoya usulini o'rganish
Ushbu bitiruv malakaviy ishi
Asosiy mavzular
- Kirish: Ma'lumki gaz konlaridan gazni qazib olishda quduq jihozlarini korroziyasi metal sirti minerallashgan suv taʼsirida emirlishga uchraydi. Bu emirilish esa oʻz nanbatida korroziyalanish deb yuritiladi. Jihozlar korroziyadan himoya qilish esa katta muammo hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini muvofiq, neft gaz sanoati sohasida ham qator o'zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 iyundagi "Neft-gaz sohasining boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori bilan “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini takomillashtirish. Uglevadarod xom ashyosini qazib olishni koʻpaytirishning 2021 yilgacha boʻlgan dasturi va uni amalga oshirish mexanizimlari tasdiqlandi. Geologiya-qidiruv ishlari davlat dasturiga muvofiq, yangi konlar ochish orqali 2018 yilda tabiiy gaz zaxirasini 57 milliard kub metrga, neft va kondensat zaxirasini, 3,6 million tonnaga koʻpaytirish zarurligi taʼkidlandi. Joriy yilda 63millard kub metr tabiiy gaz 3 million tonna neft va kondensat qazib olishni ta'minlash uchun 225 ta yangi quduq va 26 ta yangi texnologik obyektni qurish ishlarinni yakunlash 76ta quduqni kapital ta'mirda chiqish lozimligi qayd etadilar. "Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan 2 milliard 756 million dorllarlik 24 ta investitsiya loyihasi amalga oshirish rejalashtirilgan. Bu mablag'lar Jizzax neftni qayta ishlash zavodini bunyod etish va zamonaviy texnologiyalar bilan ta'minlash, Qandim gazni qayta ishlash kompleksining 2-navbati va Qandim konlari guruhini jihozlash, Sho'rtan gaz kimyo majmuasida sintetik suyuq yoqilg'i ishlab chiqarish. Surxondaryodagi “Mustaqillikning 25 yilligi konda qidiruv ishlarini olib borish qidiruv ishlarini olib borish va texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish kabi loyihalariga yoʻnaltiriladi. Quduq ustki jihozlari ichki qismi muhit ta'sirida korroziyasi natijasida emirilib ish qobiliyatini yo'qotadi. Qazib olinayotgan tabiiy uglevodorodlar suyuq, gaz va boshqa turdagi og'ir uglevodorodlardan tarkib topgan. Mahsulot tarkibida H2S, CO2 minerallashgan suvlar va tuzlarning bo'lishi elektrolit muhitini yaratadi. Mahsulotni tayyor holatga keltirilgunga qadar har xil korrozion faollik koʻrsatkichlari turli ko'rinishlardagi korrozion emirilishlarga olib keladi. Bugungi kunda gaz va gazkondensat maxsulotlariga boʻlgan talabni oshib ketganligi sababli hamda aholini toza gaz bilan ta'minlash transport vositalarini yoqilg'i resurslari bilan ta'minlash uchun geologik qidiruv ishlarini kuchaytirish yangi maydonlarni ochish konlarini ishga tushirish, eski konlarni yangi texnika va texnologiyalar bilan jihozlash zarur. Aholini toza gaz bilan ta'minlashda quduqlardan qazib olinayotgan gazlarni konning o'zida sifatli tayyorlash muhim axamiyatga ega. Chunki ko'p yillardan buyon ishlatilib kelayotgan gaz va gazkondensat konlaridagi quduqlar korroziyaga uchrashi quduqni ish faoliyatini to'xtatishga olib kelish kuza tutilmoqda. Mavzuning dolzarbligi: Respublikamizda gaz va gazkondensat konlari sanoati hozirgi davrda qoʻllanilalayotgan jihozlar konstruksiyalari va ularni tayyorlanayotgan yangi turdagi arzon va qulay materiallarni qoʻllanilishi kabilar bilan belgilanadi. Ishning maqsad va vazifalari. Gaz va gaz kondensat konlarida texnologik jarayonlarni uzviyligi hamda gazni qazib olishda quduq jihozlarini korrrorziyai va uzluksizligini ta'minlash maqsadida jihozlar va qurilmalarning ish jarayonini diomiy kuzatish va ulardan foydalanishni toʻgʻri ta'minlash orqali kon mahsulotlarini qazib olish sifati va miqdorini oshirishda samarali kimyoviy texnologik usullardan foydalanish ishni asosiy maqsadi hisoblanadi.
- I.Geologik qism: Alan koni ma'muriy jihatdan O'zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyatining Bohoriston tumanida joylashgan. Bevosita konning maydonida aholi punktlari mavjud emas. Maydondan 75 km shimoli-sharqda Muborak shahri va temir yo'l stansiyasi joylashgan. 35 km shimofli-sharqda Koson shahri joylashgan. Kondan 110 km sharqda Qarshi shahri, 15 km sharqda Alan pasyolkasi joylashgan. Hudud orografik jihatdan suvsiz, past tekislikdan iborat. Absalyut ko'rsatkichlari 270 dan 300 m kegarasida oʻzgaradi. Maydon qush barxonlari va taqirlar mavjudligi bilan xarakterlanadi. Hudud suvsiz hududlar toyifasiga kiradi. Yagona suv tarmog'i maydondan o'tadigan, shur suvlar yig'iladigan kanali hisoblandi. Burgʻilash ishlarini texnik suv bilan ta'minlash har bir quduq atrofida joylashgan masus suv quduqlaridan amalga oshiriladi. Suv 190-300 m quruqlikda joylashgan pamotsen va senonning buxoro qatlamlarini suvli gorizontlaridan qazib chiqariladi. Quduqning iqlimi kontinintal, yozda issiq va qishda nisbatan sovuq, kam qorli. Yoz vaqtlari harorat 35-45 °S gacha qiziydi, qishda esa -5 dan -10 °S gacha oʻzgaradi. Oʻrtacha yillik yog'ingarchilik miqdori 100-120 mm ni tashkil etadi. Alan konnida cho'kindi qobig'ining maksimal ochilgan qalinligi 3271 metrni tashkil etadi. Pamazoy va permtrias cho'kindilari birorta chuqur quduq bilan ochilmagan. Yura yotqiziqlari tarkibida bir-biridan litologiktarkibi va hosil boʻlish sharoitiga koʻra keskin farq qiladigan. Uchta pachka ajratiladi: terrigen (quyi kelloviy), karbonat (oʻrta kellovey-quyi kimeridj) va tuz-angidrit (kimeridj- titon). Terrigen yotqiziqlar №5 quduqda 3246 metr chuqurlikda ochilgan, ochilgan qalinligi 25 metr. Karbonat qatlam oʻzaro bogʻliq jinslar kompleksidan iborat, qalinligi 240 dan 520 metrgacha oʻzgaradi. Kollektorlarni joylashish xarakteriga koʻra va bir qator genetik belgilariga koʻra u ikki qismga boʻlinadi: quyi, ochiq shelf fatsiyalarini o'z ichiga olgan, nisbatan katta qalinlikka ega (200-500 m) va yuqori rifogen kompleksdan iborat, qalinligi 300 metrgacha yetadi. XV-HP gorizont litologik tarkibi boʻyicha XV-P gorizontni tashkil etuvchi tog' jinslaridan kam farq qiladi va biogen yo'l bilan hosil boʻlgan ohaktoshlarning xilma-xilligidan iborat. Gorizontning qalinligi 0 dan 171 metrgacha oʻzgaradi. Yura yotqiziqlarning kesimi kimeridj-titonning tuz-angidrit qatlami bilan tugaydi. Bu qatlamda beshta pachka ajratiladi: quyi angidritlar, quyi tuzlar, oʻrta angidritlar, yuqori tuzlar, yuqori angidritlar. Kimeridj-titon yotqiziqlarining umumiy qalinligi 479 dan 775 metrgacha. Bur yotqiziqlari quyi va yuqori boʻlishlar bilan namayon boʻlgan. Quyi boʻr cho'kindilari neokomning qizil rangli terrigen yotqiziqlari (391-413 metr) va aptning qoʻlrang terrigen yotqiziqlari (72-73 metr) hamda alb yotqiziqlari (qalinligi 332-345 metr) tashkil topgan. Yuqori boʻr boʻlimi tarkibida inoman (232-250 m), turon (343-353 m) va senon (515-535 m) yaruslari yotqiziqlari ajratiladi. Ular asosan dengiz sharoitida hosil boʻlgan terrigen jinslardan iborat. Bo'r yotqiziqlarning umumiy qalinligi 1919-1953 metrni tashkil etadi. Pamogen yotqiziqlarni yumuvofiq ravishda yuqori boʻr choʻkindilariga yotadi va pamotsenning 130-147 metr qalinlikdagi buxoro ohaktoshlari va eotsenning 15-44 mertli suzak qatlamlarining gil pachkalari bilan namoyon boʻlgan. Pamogen yotqiziqlarining umumiy qalinligi 150-190 metr. Eotsen gillarining yuvilgan yuzasiga neogen va toʻrtlamchi yotqiziqlar yotadi. Ular asosan gillar, alevrolitlar, qumtoshlarni qatlamlanishi va qumlardan tashkil topgan. Neogen-toʻrtlamchi choʻkindilarning umumiy qalinligi 129-215 metr. Alan maydoni tektonik jihatdan Amudaryo botiqligining shimoli-sharqiy qismini murakkablashtirgan Charjau pog'onasida joylashgan. Ta'riflanayotgan rayonda Qarako'l botiqligi bilan ajralib turuvchi Dengizko'l va Ispanli-Chandir koʻtarilmalari ajratiladi. Janubiy-sharqdan ularga Beshkent egikligi qushilgan. Alan maydoni Dengizkoʻl koʻtarilmasining janubiy-sharqiy qismida, Koʻltak, Zevarda va Pomuq burmalari oralig'ida joylashgan. Yurakaynazoy cho'kindilari kompleksini o'z ichiga olgan hududning platforma g'ilofini tuzilishida ikkita qavat ajratiladi. Ular bir-biridan kimeridj- titonning tuzli qatlamlari bilan ajralib turadi va bir-biridan u yoki bu darajada farq qiladi. Tuz usti qavatining tuzilma rejasini nisbatan toʻliq tasviflovchi ma'lumot paleogenning Buxoro qatlamlari va XIII gorizontning ustki yuzasi boʻyicha olingan. Tuz osti karbonat kompleksi yuzasining tuzilma rejasi kompleksning yuqori qismida rif qurilmasi mavjudligi bilan murakkablashgan. To'plangan geologik materiallarga muvofiq Alan konidagi yuqori rezervuari miridional yoʻnalishda chuzilgan, qanotlari katta burchak (40-450) ostida yotuuvchi rif massividan iborat, uzunligi 6,3 km va kengligi 3,5 km. Alan konining sanoat ahamiyatidagi gazliligi yuqori yuraning karbonat yotqiziqlari bilan bog'liq boʻlib, kon geofizikasi tadqiqotlari bilan tasdiqlangan. Bunda gazlilik qavatlari XV-HP, XV-P va XV-al gorizontlarini qamrab oladi. Bu gorizontlar yagona gazsuv chegarasi bilan yagona gazogidrodinamik sistemasini tashkil etadi. Yura tabiiy rezervuarida flyuidlarni saqlovchi bo'lib asosan gʻovak turdagi kollektorlar xizmat qiladi. Kollektorlarning asosiy hajmi yagona rezervuarning oʻrta (XV-P gorizont) va kam darajavda yuqori (XV-HP gorizont) hamda quyi (XV-al gorizont) qismiga toʻgʻri keladi. Bu gorizontlar kollektor jinschlarining hosil boʻlish sharoitlari, filtratsion -hajm xossalari va maydon hamda kesim bo'yicha tarqalish xarakteriga koʻra alohida hisoblash obyektlariga ajratilgan. Kollektorlarning ulushi XV-P gorizontining kesimida 89-99,6%, gʻovakligi 14,3-22,6% ni tashkil etadi. XV-HP va XV-al gorizontlarda kollektorlarning ulushi mos ravishda 31-55% va 35-78% gacha kamayadi, gʻovakligi esa 9,5-13,6% atrofida oʻzgaradi va oʻrtacha 12,8% va 10,9% ni tashkil etadi. Gazsuv chegarai butun uyum uchun minus 2798 metr mutloq ko'rsatkichda aniqlangan va amalda gorizontal yuzani oʻzida namoyon qiladi. GSCH ni yuqorida keltirilgan koʻrsatkichi va uyumning zahiralarini hisoblash uchun qabul qilingan chegaralarini hisobga olgan holda gazlilik qavati 365 m, uyumning uzunligi 7,3 km, kengligi 3,7 km ni tashkil etadi. Uyumning oʻlchamlari XV-HP gorizont boʻyicha: uzunligi-5,3 km, kengligi-2,5 km, balandligi-235 m, maydoni-12,7 km2; XV-P gorizont boʻyicha: uzunligi-6,3 km, kengligi-3,5 km, balandligi-320 m, maydoni-20,2 km²; XV-al gorizont boʻyicha uzunligi-5,8 km, kengligi-3,5 km, balandligi-75 m, maydoni- 20,1 km².
- II.Asosiy qism: Alan koni 1972 yilda ochilgan boʻlib, gaz kondensat uyumi yuqori yura yotqiziqlarining XV gorizontida joylashgan. Uyum maydonini uzunligi 7,3 km, eni 3,7 km, qalinligi esa 365 m. Uyumning oʻrtacha ochiq gʻovakligi 16,3% ni, gaz oʻtkazuvchanligi 85% ni, boshlang'ich qatlam bosimi 575 kgs/sm² ni, qatlam harorati esa 115 °C ni tashkil etadi. 2008 yil Davlat zahira komissiyasi tomonidan Alan konining boshlang'ich zahiralar miqdori hisoblab chiqildi. Tabiiy gaz 210000 mln.m³, gaz kondensatining geologik zahirasi 9759 ming tn, olinadigan zahirasi 8180 ming tn. Alan koni 2014 yilga qadar 2002 yilda «UzLITIneftgaz»AJ instituti xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan «Korrektivi k proyektu razrabotki mestorojdeniya Alan» loyihasi asosida ishlatildi. Alan konida qatlam va quduq usti bosimi tushib borayotganligi sababli konda 2014 yil SKS qurib ishga tushirilishi va konni yangi loyixa asosida ya'ni SKS bilan ishlatish varianti asosida ishlatish kerak edi. Shu sababli 2014 yilda «UzLITIneftgaz»AJ instituti xodimlari tomonidan yangi loyiha «Proyekt dorazrabotki mestorojdeniya Alan» ishlab chiqildi va hozirgi kunda konni shu loyiha asosida ishlatish boshlandi. Boshlangich qatlam bosimi 575 kgs/sm² edi hozirgi kunda kelib esa oʻrtacha qatlam bosimi 50,5 kgs/sm² ni tashkil etadi 2015 yilda kelib qatlam bosimi 70 kgs/sm² tashkil qilsa bu ko'rsatkich 2017 yiga kelib oʻrtacha 50,5 kgs/sm² ni tashkil etmoqda. 2017 yil 10-11 dekabr oyida Alan konida №155,177 quduqlarda geofizika ishlari oʻtkazildi unga muvofiq 10 dekabr kuni №177, quduqning 2801 metrdan qatlam bosimi oʻlchanganda 48,6 kgs/sm² ni tashkil qildi. 11 dekabr kuni №155 quduqning qatlam bosimi oʻlchandi 2806 metrda va u 48,05 kgs/sm² tashkil qildi. Bundan koʻrinib turibdiki yil oxiriga kelib qatlam bosimining pasayganligini kuzatishimiz mumkin. Alan konida jami quduqlar fondi 110 tani tashkil qiladi. Shundan ishlatiladigan quduqlar soni 74 ta (№№ 2, 4,5, 11, 13, 16, 101, 103, 104, 106, 110, 112, 114, 115, 116, 118, 119, 120, 121, 122, 123, 126, 127, 129, 131, 132, 133, 134, 135, 136, 137, 138, 139, 140, 141, 142, 144, 145, 147, 148, 149, 151, 152, 154, 155, 158, 159, 160, 162, 164, 165, 166, 167, 168, 169, 170, 174, 175, 177, 178, 179, 181, 183, 184, 185, 186, 187, 188, 189, 190,192, 193,195, 196). Tugatilishi kutilayotgan quduqlar soni 15 ta (№№ 3,143, 150, 153, 172, 102, 105, 113, 117, 130,156,191,107,109,111). Tugatilgan quduqlar 21 ta (№№ 1, 6, 7, 8, 9, 10,12, 14, 15,17,124, 125, 146, 163, 171, 176, 182, 128, 173, 161, 180). 01.01.2017 yil holatiga koʻra tasdiqlangan loyihaga koʻra Alan konida ishlatiladigan quduqlar fondi 92 tani tashkil etishi kerak edi, haqiqatda esa 74 tani tashkil qildi va ushbu quduqlar harakatdagi quduqlar hisoblanadi. 2017 yilning may oyida №107 quduq, iyul oyida №111 quduq, avgust oyida №109 quduq, oktabr oyida №156 quduq, noyabr oyida №124 va №191 quduqlar tuz oqimi kelganligi sababli to'xtab qoldi va hozirgi kunda tugatilishi kutilayotgan quduqlar fondiga oʻtkazildi. 2017 yilning 8 may kunida №107 quduqni quvur gazi yordamida uzlashtirish ishlari olib borildi. Oʻzlashtirish ishlari samara bermadi va hozirgi kunda ushbu quduq tugatilgan quduqlar fondiga oʻtgazildi. 2017 yilning 7 iyulda №111 quduqni quvur gazi yordamida oʻzlashtirish ishlari olib borildi. Uzlashtirish ishlari samara bermadi va hozirgi kunda ushbu quduq tugatilgan quduqlar fondiga oʻtgazildi. 2017 yilning 22 avgust kunida №109 quduqni quvur gazi yordamida oʻzlashtirish ishlari olib borildi. Oʻzlashtirish ishlari samara bermadi va hozirgi kunda ushbu quduq tugatilgan quduqlar fondiga oʻtgazildi. 2017 yilning 3 oktabr kunida №156 quduqni quvur gazi yordamida oʻzlashtirish ishlari olib borildi. Oʻzlashtirish ishlari samara bermadi va hozirgi kunda ushbu quduq tugatilgan quduqlar fondiga oʻtgazildi. Joriy yilning mart, iyun va noyabr oylarida «IGIRNIGM» OAJ xodimlari tomonidan Alan konida tadqiqot ishlari oʻtkazilganda konda qazib olinayotgan gaz tarkibini va qazib olinayotgan gaz tarkibidagi kondensatni solishtirma chikishi (potensial soderjaniye) ni oʻzgarishini kuzatishimiz mumkin. 1-jadval NoNo Ko'rsatkichlar tadqiqot o'tkazilgan sana t/r Mart Iyun Noyabr 1 CH4 87,204 87,801 87,788 2 C2H6 3,689 3,788 3,789 3 C3H8 1,009 0,997 0,981 4 изо-С4Н10 0,184 0,180 0,182 5 H-C4H10 0,230 0,229 0,228 6 изо-С5Н12 0,133 0,126 0,124 7 H-C5H12 0,107 0,121 0,106 8 C6H14+B 0,380 0,388 0,381 9 N2 0,743 0,713 0,731 10 CO2 4,35 5,595 4,829 11 H2S 0,043 0,043 0,044 12 Gaz tarkibidagi S5+v kondensatni solishtirma chikishi, gr/sm3 26,477 26,475 26,473 Gaz va gazkondensat konlari jihozlarining korroziya jarayonini oʻziga xosligi Gaz konlari jihozlarining korrozion yemirilish sharoitlari, quduqlardan qazib olinayotgan mahsulotlarning geterogen tarkibga ega ekanligidan kelib chiqadi. Mahsulotlar tarkibidagi uglevodorod va suv fazalarining oʻzaro nisbati har xil boʻlishi mumkin. Oqishni yuqori harakat tezligida, fazalarni intensiv aralashishi ta'minlanib, yog'ni suvdagi yoki suvni yog'dagi emulsiya tizimi hosil boʻladi. Tindirilganda bir biri bilan aralashmaydigan fazalar hosil boʻladi. Hamma holatlarda suv karroziya muhiti hisoblanadi. Gaz va gazkondensat tarkibida sirt faol tabiiy moddalarning boʻlishiga koʻra, uglevodorod fazasi agressiv hossaga ega boʻlmaydi. Sirti faol moddalar quvur yuzasida yupqa parda hosil qilib, himoya vazifasini bajaradi, ya'ni karroziyani sekinlashtiradi. Gaz va gazkondensat koʻpgina omillarga bog'liq: haroratni ortishi bilan vodorod oltingugurti (H2S) birikmasi ishtirokida hoʻllash hususiyati kamayadi. Muhitning harakat tezligi kichik bo'lganda, suvning qattiqligi oshganda, neftning suvdagi miqdori koʻpayganda ho'llash ortadi. Korroziya jarayoning sodir bo'lish kinetikasi va mexanizmi vodorod uglerodi va suv fazalar nisbatining harakteriga bog'liq boʻladi. Qazib olinayotgan gaz va gaz kondensatlar tarkibida H2S, CO2 va suv (namlik) ni boʻlishi va ular ta'sirida bo'lgan, ya'ni quduq jihozlari, maxsulotlarni tashuvchi kon xavza quvurlari, saqlovchi rezervuarlar, neft va gazni jo'natishga tayorlashda ishlatiladigan metall qurilmalari korroziyalanadilar. Shularni hisobga olib H2S va CO2 ta'sirida sodir boʻladigan korroziya jarayonlari va qurilmalarda namoyon boʻladigan oʻzgarishi bilan bog'liq boʻladi. Vodorod oltingugurti (H2S) korroziyasi va uning mexanizmi Vodorod oltingugurti noyob agressiv hossaga ega. Elektokimyoviy korroziya mexanizmida va vodorod quritishi natijasida metall qurilmalarining korroziya yemirilishlarini sodir etadi. U suvda erib kuchsiz kislota kabi ionlarga dissotsiyalanadi H2S HS- + H+ S2- + 2H+ Muhitning pH koʻrsatkichiga koʻra reaksiya muvozanati oʻnga va chapga siljiydi. Neytral va ishqoriy muhitlarda ko'proq gidrosulfid ionlari, kislotali muxitlarda malekulyar vodorod oltingugurti, kuchli ishqoriy elektorodlarda kam miqdordagi sulfid ionlari nomoyon boʻladilar. Koʻpgina neft va gaz konlarining mahsulotlari tarkibida katta miqdorda vodorod oltingugurti boʻladi. Vodorod oltingugurtini suvda yaxshi erishi (30 °S da 3000 mg/l atrofida), quduq mahsulotlari suv fazasining rN ko'rsatkichini kamayishiga olib keladi. Shunga koʻra, suv va vodorod uglerodi fazalari tomonidan absorbsiyalangan (yutilgan) H2S asosiy qismi ion koʻrinishida boʻlmay malekula koʻrinishida (formasida) boʻladi. Hozirgi kunda temir bilan H2S oʻrtasidagi kimyoviy reaksiya soddalashtirilgan quydagi кўринишда бўлади . Fe + H2S =FeS + H2 Lekin u haqiyqiy vodorod sulfid karroziya mexanizmini ifodalaydi. Ifoda oraliq reaksiyalari sodir bo'lishini hisobga olib, quvurlarda bilan vodorod oltingugurti o'rtasida sodir bo'ldigan reaksiyani quydagicha taqlid etadi. Fe + H2S + H2O = Fe (HS-)ads + H3O+, Fe (HS-)адс = (Fe HS)+ + 2e, (Fe HS)+ + H3O+ + H2S + H2O. Quvurlarda yuzasida kimyoviy yutilgan katalizator (HS)ads, ya'ni oltingugurt bilan mahkam bog'langan temir atomlari, quvurlarda atomlarining oʻrtasidagi oʻzaro bog'lanishning kamaytiradi. Natijada metal atomlarining ionlarga parchalanishini osnlashtiradi. Fe2+ + HS = FeS + H+ reaksiyasi boʻyicha ikki valentli temir ionlarini sulfidlar bilan oʻzaro taʼsirida ularning elektrod oldi konsentratsiyasi kamayadi. Natijada temir elektrodi potensiyali manfiy tomonga siljiydi. Bu o'z navbatida korroziyani anod jarayoni tezligini oshirada. Vododrod oltingugurtini katod reaksiyasiga ta'sir mexanizmi quydagicha: Fe + HS- Fe (HS-)ads, Fe (HS-)ads + H3O+ Fe (H-S-H) ads + H2O, Fe(H-S-H) ads + e = Fe(HS-)ads + H адс Vodorod oltingugurti toʻgʻridan-to'g'ri katot reaksiyasida qatnashmaydi, faqat vodorod ionlarining zaryadsizlanishi tezligini oshirishda katalizator vazifasini bajaradi. Qaytarilgan vodorod atomlarining ma'lum qismi birlashadi va ma'lum qismi metall hajmiga difuziyalanib vodorod moʻrtligini hosil qiladi. Tarkibida vodorod oltingugurti boʻlgan muhitda hosil boʻlgan temir korroziyasi mahsulotnig umumiy ifodasi FexSy ko'rinishda boʻlib u koroziya jarayonining kinetikasiga jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Ma'lumotlarga koʻra hosil boʻlgan korroziya mahsuloti (FeS) Temirga nisbatan katod boʻlib u bilan gol'vanik juft hosil qiladi. Sul'fatlarning po'lat bilan makrogalvanik juftlarni hosil qilishi qobiliyati, gaz gazkondensat konlari jihozlarining korrozion yemirilish tezligini oshiradi. Qazib olingan mahsulotlar tarkibidagi vodorod sulfidi (H2S) korroziya tzligini oshirishi bilan bir qatorda, po'lat asosida gaz vagazkondensat konlari qurilmalari moʻrtligini va karrozion chatnashishini (yorilishini) sodir etadi. Bular eng havfli omillar hisoblanadi. Vodorod sulfidi ta'sirida metaldagi mo'rtligini namoyon boʻlish mexanizmi hozircha aniq emas. Ma'lum tushuntirishlar mavjud: 1) Yuzaga yutilgan (adsorbsiyalangan) H2S molekulalari, vodorod atomlarini hosil qilishi bilan uni elektrsizlantiradi va ularning metal yuzasidagi konsentratsiyasini oshiradi, H2S + 2e = 2 Надс + S2-; 2) Vodorod sulfidi vodorod atomlarining yuzadagi konsenrtatsiyasini oshiradi va ularning metell hajmiga kirib borishini osonlashtiradi, ya'ni H2S + е = Надс + HS-адс. Kegin metall yuzasida toʻgʻridan to'g'ri H2S molekulalari tiklanadi. HS-ads + H3O+= H2S + H2O. Metall hajmiga kirib borgan vodorod atomlarini ma'lum qismi, metelning zich boʻlmagan joylarida va yoriqlarida molekula koʻrinishida yigʻiladi. Metall tomonidan yutilgan vodorod, quidaga koʻra hajm boʻyicha bir hil tarqaymay har doim harakatda bo'ladi va turli koʻrinishdagi (yoriqlarni, izlarni) nuqsonlarni sodir etadi. Po'lat tarkibida 7 12 sm³ vodorod boʻlsa, ya'ni 100 g metall hisobida u egiluvchanlik hossasini yoʻqotadi – moʻrtlashadi. Vodorod moʻrtligi statik kuchlanish sharoitida bo'lgan metalning doimiy (uzoq vaqt davom etadigan) mahkamligini kamayishiga olib keladi. Bu hodisani “Statik vodorod charchashi
- Sement toshining vodorod uglerodi va vodorod oltingugurti muhitidagi karroziyasi: Sement toshining tarkibi turli kimyoviy birikma aralashmasidan tashkil topgan. Ularning tashqi muhit ta'siridagi boʻlgan turg'unligi quyidagicha taqsimlangan: CaCO3>C6S6H>C2S2H2.5>C5S6H5.5>CS2H2> C2S6H2> C2S6H3> >C4AH19> C3S2H3> C3AH6> Ca(OH)2 Keltirilgan ma'lumotlarga koʻra, eng yuqori turgʻunlikka karbonat kalsiy (CaCO3), past asosli kalsiy gidrosilikatlar C6S6H;C2S2H2.5;C5S6H5.5;CS2H2 ega. Sement toshining kuchli karroziyaga kirishadigan kamponenti kalsiy gidroksidi hisoblanadi va u bilan H2S oʻrtasida karroziya jarayoni sodir boʻladi. Sement toshining kovaklariga kirgan H2S, boʻshliqdagi namlik fazasida (suvda) erib dissotsiyalanadi, natijada H⁺, HS, S²- ionlari hosil boʻladi. Muhitning pH koʻrsatkichi eng katta S²- konsentratsiya maksimal boʻladi. Oʻz narata, kalsiy gidroksidi kovak suyuqligida dissosatsiyalangan holda (Ca2+ va OH), qattiq faza yaqinida maksimal konsentratsiyada boʻladi va ular bu holatda muvozanatda boʻladi. S²- va Ca2+ ionlari oʻrtasidagi kimyoviy reksiya natijasida CaS birikmasi hosil boʻladi, biroq uning kristallanishi (choʻkmaga tushishi) uchun kovakning aniq oʻlchami (kichik oʻlchamli boʻshliq) kerak boʻladi va bu kovak boʻshligʻida CaS dissotsiyalangan koʻrinishda boʻladi. Reaksiya natijasida S²- va Ca2+ ionlarining kamayishi gaz va suyuqlik va qattiq faza oʻrtasidagi muvozanatni siljitadi. Natijada H2S yangi porsiyalarni erishi (dissotsiyalanishi) va qattiq fazani gidrolizlanishi sodir boʻladi. Hosil boʻlgan karroziya mahsuloti CaS ni maqbul oʻlchamli kovaklarda yigʻlishi, bu kovaklarda ichki kuchlaninshning hosil boʻlishiga va toshning buzlishiga olib keladi. Kon materillarining taxlili ko'p hollarda sement toshi va quduqlardagi absad kalonnlarini buzilishi (yemirilishi) uglerod kislotasi karroziyasi natijasida sodir boʻlishini asoslaydi. Uglerod II-oksidi (CO2) qatlam suyuqligida erib, uglerod kislatasini (H2CO3) hosil qiladi va uning pH koʻrsatkichi 3.7 gacha kamayishi mumkin. Sement tarkibidagi birikmalarni CO2 bilan reaksiyaga kirishini boshlanishiga koʻra ular quyidagi tartibda joylashadilar. CAH10<C3AH6<Ca(OH)2<ГКАК<ГСАК<C4AH19<C5S6H5.5 bu yerda, GKAK - kalsiy gidrokarboalyuminiylar GSAK - kalsiy gidrosulfoalyuminiylar. Absad quvurini (kalonnasini) quduq ichiga tushirilish davomida uning tashqi yuzasini oʻrab turgan togʻ jinsi qatlami oʻrtasidagi boʻshliq tampanaj eritmasi bilan to'ldirilib boriladi va u qotib sement toshini hosil qiladi. 2.2.- rasm. Absad quvurining umumiy chizmasi: 1-absad quvuri, 2-sement toshi, 3-tog' jinisi qavati, 4-mahsulot qatlami. Sement toshi, asosan, ikkita vazifani bajaradi: absad quvuri tashqi yuzasini oʻrab turgan togʻ jinisiga boʻlgan yopishqoqligini – mahkamligini oshirish, oʻrab turgan muhit (qatlam suvlari, H2S, CO2 va boshqalarni) ta'sirini kamaytirish. Tomponaj eritmasini boʻshliqqa kiritilishi va uning qotish jarayonida ma'lum nuqsonlar (bo'shliqlar) hosil boʻlishi mumkin. Bular qatlamda namoyon boʻlgan, gaz ko'rinishidagi H2S, CO2 larni sement toshining hajmiga kirib kelishiga va korroziya jarayonini sodir boʻlishiga imkoniyat yaratadilar. Quyidagi adabiyotlarda keltirilgan H2S, CO2 larning sement toshiga boʻlgan ta'sirlarini oʻrganish boʻyicha olib borilgan tadqiqot ishlarining natijalari bilan tanishamiz. Uglerod II-oksidi kalsiyning eritmaydigan va kam eriydigan birikmalarini hosil qiluvchi birinchi guruh gazlaridan biri hisoblanadi. U sement toshi gʻovaklarini ma'lum bir ichkarisiga kirib, boʻshliq suyuqligida eriydi va Ca(OH)2 bilan kimyoviy reaksiyaga kirishadi va choʻkmaga tushadigan CaCO3 hosil boʻladi. Uglerod II-oksidi karroziyasi jarayonini quyidagi bosqichlarga boʻlish mumkin: sement toshini havo bilan gʻovak va kapilyarlari ichiga CO2 ni diffuziyalanishi; kislota hosil boʻlishi bilan, sementning suyuq fazasida gazni erishi. Faza suyuqligini pH iga koʻra, kislotani ionlarga H+, HCO3, CO32- dissotsiyalanishi; kalsiy gidroksidini (Ca(OH)2) erishi, ya'ni Ca2+ va OH ionlariga dissotsiyalanishi; bikarbonat kalsiyni hosil qiladigan karbonat va gidrokarbonat ionlarini Ca2+ ionlari bilan oʻzaro kimyoviy ta'siri; CaCO3 ni kristallanishi; Umuman karroziya jarayoni sement toshining bo'shliqlarida CO2 diffuziya tzligini chegaralaydi. Berilgan jarayon natijasida sement tosh muhiti chegarasida qayta ishlangan material fronti (CaCO3) hosil boʻladi. Bu asta- sekin sement toshining ichiga kirib boradi. Uning qalinligini ortishi bilan diffuziya qarlishigi ortadi, ya'ni hosil boʻlayotgan CaCO3 hajmini oshishi bilan sement tosh kovaklarining kolmotatsiyasi hisobicha. Keltirilgan ma'lumotlarga koʻra hajmi qisman oshishi ichki kuchlarishlarni hosil qilmaydi va sement toshida buzlishlar bo'lmaydi. Karbonat angidrid gaz (CO2) suvda erib kuchsiz dissotsiyalangan ikki asosli vodorod uglerodi (H2CO3) kislotasini hosil qiladi. Hosil boʻlgan uglerod kislotasi sement toshining kovaklariga kirib, suyuq fazada erigan Ca(OH)2 bilan reaksiyaga krishadi. Suyuq fazaning pH koʻrsatkichiga koʻra, hosil boʻladigan kimyoviy reaksiyani quyidagicha yozish mumkin: Ca(OH)2 +2H2CO3= Ca(HCO3)2+H2O Ca(OH)2 +H2CO3= CaCO3+2H2O 7<pH<11.5 да 12<рН<14 да Reaksiya muhitida Ca(OH)2 miqdorini kamayib borishi, suyuq faza bilan gidrotatsiya mahsulotlari oʻrtasidagi muvozanatni buzadi. Bu o'z navbatida H2CO3 kirib borish chuqurligida Ca(OH)2 ni hosil boʻlishi bilan sement toshining gidrolizlanishini, ya'gi qattiq fazaning yemirilishin sodir etadi. Suyuq fazaning pH<11.5 da, bikorbanat kalsiyga nisbatan kam eriydigan CaCO3 hosil boʻladi va u reaksiya sodir bo'layotgan zonada yig'iladi. Natijada H2CO3 oqimining ichkariga kirib borish tezligini va erigan Ca(OH)2 atrof muhitga olib chiqish tezligini, umuman karrozion shikastlanish jarayonini sekinlashtiradi. Lekin keyinchalik H2CO3 yangi karroziyasi bilan CaCO3 qisman oʻzaro ta'siri sodir boʻlib Ca(HCO3)2 ni hosil qiladi. Umuman kerakli miqdordagi CaCO3 hosil boʻlganda Ca(HCO3)2 atrofga chiqilmasa, tizimda (sistemada) yangi kimyoviy muvozanat boshlanadi va qattiq fazani erish jarayoni tuxtaydi. Agar hosil boʻlgan kimyoviy reaksiya mahsulotlari atrofga chiqib tursa H2CO3 ning yangi porsiyalarini ichkariga kirib borishi va qattiq fazani gidrolizlanishi sodir boʻladi. Absad kolonnasi gaz va gazkondensat oluvchi quduqlar jihozlarining korroziyasi va himoyasi Absad kolonnasi gaz va gazkondensat quduqlarining asosiy texnologik qurilmasi hisoblanadi. Tashqi yuzasi sement halqasi orqali agressiv suyuqliklar va tog' jinslari bilan oʻzaro ta'sirda boʻladi. ichki aylana yuzasi esa u bilan nasos kompressor quvuri oʻrtasida boʻshliqni to'ldiruvchi, qazib olinayotgan neft, neft gazi va qatlam suvi taʼsirida boʻladi. Absad quvurlarining muddatidan oldin ishdan chiqishiga asosan korroziya yemirilishi sabab boʻladi. Absad quvurlarining muddatidan oldin ishdan chiqishiga asosan korroziya yemirilishi sabab boʻladi. Quduqlarda absad quvurlarining korrozion yemirilishi oʻzgaruvchan sharoitlarda sodir boʻladigan murakkab elektrkimyoviy jarayonlar asosida amalga oshadi. Boshlanish davrda, qazish tamom boʻlgandan keyin, kollonna burgʻulash eritmasi, suv yoki sement ta'sirida boʻladi va korroziyalanishi statik sharoitlarda amalga oshadi. Keyinchalik qatlamlardagi suvning aylanma va tik (vertikal) xarakatlarida, gidrodinamik rejimni oʻzgarishida, korroziya jarayonlari dinamik sharoitlarda sodir bo'ladi. Absad kolonnaning korroziyalanish tezligi muhitda agressiv komponentlarni H₂C, CO2, O2 larni boʻlishiga muxitning mineral koʻrsatkichiga, pH ga, harakat tzligiga, korroziyalantiruvchi mikroorganizmlarni va boshqalarni boʻlishiga bog'liq boʻladi. Absad kolonnalaridagi elektrkimyoviy korroziya jarayonlari yuza mikrostrukturasini bir hilda bo'lmasligida hosil boʻlgan mikrogalvanik elementlarni va kolonnani suv qatlami ta'sirida hosil boʻlgan makrogalvanik elementlarning ishlashi davomida amalga oshadi. Qatlam suvlari mineral tarkibi pH ko'rsatkichi, agressiv komponentlarni yuqori agressiv koʻrsatkichiga ega boʻlgan mahsulotlarni olishda, neft quduqlardagi absad kolonnalarining ichki yuzalarni yemirilishi arzimas boʻladi. Tarkibida H₂Cva CO₂ boʻlgan uyumlarni ishlatishda esa, ularning korroziyon yemirilish ko'rsatkichlari ortib boradi. Yuqorida ko'rsatib oʻtganimizdek, muhitdagi H₂Cva CO₂lar hosil boʻlgan galvanik elementlar ishlarini tezlashtiradi, ya'ni: 4Fe = 4Fe K 8e (anodni yorishi) Fe + H2S = FeS_K 2H (temir sulfitning hosil boʻlishi) Fe + 2CO2 K 2H2O = Fe(HCO3)2 + H Hosil boʻlgan N ionlari galvanik elementlardagi katod jarayonlarni tezlashtiradi. Absad kolonnalari daydi toklar ta'sirida ham korroziyalanishi mumkin. 2.3. - rasm. Absad kolonnani daydi toklar ta'siridagi elektrkorroziya jarayonining umumiy chizmasi. 1-temir yul; 2-havo simi;3-katod zona; 4-potensial qiymati oʻzgarunchan zona 5-kon yer osti quvuri; 6-anod zona. Daydi toklarning yer va metall qurilmalarida hosil bo'lish mexanizmi va ular ta'siridagi metall qurilmarining elektrokorroziya jarayonlari batafsil soʻz yuritilgan. Amalda kon xavza jihozlarini korroziyadan himoya kilishda: metall va nometall qoplamalardan, korroziyaga turg'un materiallardan, korroziya ingibitorlari va elektrokimyoviy vositalardan foydalaniladi. Absad kolonnasining uzoq vaqt davomida ishlashini ta'minlovchi samarador usullardan biri- uni tug'ridan tugʻri oʻrab turuvchi tuproq, qatlam suvlari ta'siridan dielektrik xususiyatga ega boʻlgan materiallar bilan izolyatsiya qilish hisoblanadi.Sement toshlarining tarkibi qanchalik boʻlsa, absad kolonnasini korroziyadan himoya qilishda samaradorligi shunchalik yuqori boʻladi. Absad kolonnalarning ishlatishdagi ishonchliligini oshirish uchun bufer suyuqliklardan ham foydalaniladi. Bunda sement toshi yuqoridagi quvurni tashqi yuza boʻshligʻi bufer eritmasi bilan to'ldiriladi. Bufer eritmalariga SKB yashash faoliyatlarini kamaytiruvchi va kislorodni bog'lovchi reagentlar qo'shiladi. Bufer suyuqliklari vazifasida yuqori ishqorli tuproq eritmasi (pH=11) qo'llaniladi. Berk tizimdagi kislorodni ajratib olish uchun, sul'fit natriy (Na2SO4), гидрозин (N2H4 *H2O) ishlatiladi Kislorodni ajratib olish reaksiyasi qoʻydagicha sodir boʻladi: 2Na2SO4+ O2 → 2Na2SO4 2NH4* H3O+O2→3H2O+N2 Bir metr kub eritmani ishlash uchun 0.5 kg sul'fit natriy kerak buladi. Kislorodni ajratib oluvchi reagent bilan ishlangan muhitda po'latning korroziya tezligini kamayishi bo'yicha olib borilgan tekshirish ishlarining natijalari 2.1.-jadvalda keltirilgan. 2.jadval Korroziya tezligini kamayishi Suvdagi Ingibitor Ingibitor Tekshirish Kislorodni Korroziya kislorod miqdori, muddati, nisbiy miqdori, tzligi, miqdori, % mg/l soat m/l g/(m*m*soat) 1 2 3 4 5 6 8,6 Sulfit natriy 50 2280 6,15 0,0262 100 2280 0,527 0,0322 250 2350 2,9 0,002672 250 4461 6,2 0,0274 500 2350 0 0,00405 500 4464 2,5 0,0182 1 2 3 4 5 6 8,6 Sulfit natriy 250 2352 0,0276 reaksiyasini 500 2352 0,044 tezlatuvchi (CuSO4) 8,6 Gidrozin 75 2352 0,0105 nordon tuzi 75 4464 0,0127 80 2160 0,00635 100 2352 0,00967 100 4464 0,00407 Paker ustida quvur tashqi boʻshligʻini to'ldirish uchun, konsentratsiyasi 100 mg/l boʻlgan formalin kerak buladi. Absad quvurini korroziyadan himoya qilishdagi texnologik tadbirlardan biri quvurlar oʻrtasidagi boʻshliq gaz muhiti bosimini kamaytirish va suyuqlikning erkin sirkulyatsiyasini hosil qilish hisoblanadi. Bu tadbir parker moslamarini o'rnatish va ular ustidagi bushliqni agressiv xususiyatga ega boʻlmagan neft bilan to'ldirish orqali amalga oshiriladi. 2.9.Quvur tarmoklari va quduqlar absad kolonnarining elektrokimyoviy himoyasi Gaz yoki gazgazkondensat yig'uvchi guruh punktlariga ulangan quduqlar absad kolonnarining elektrokimyoviy himoyasi dalada oʻrnatilgan bitta katod qurilmasi yordamida amalga oshiriladi. Bu qurilmaning toki bilan dala yer osti qurulmalari: dala komunikatsiyalari (past haroratli yer osti jihozlari, quvur tarmoqlari, suv quvurlari va quduqlar absad kolonnalari katod kabi qutblanadi. Gaz yoki gazgazkondensat yig'uvchi guruh punktlardan uzoq joylashgan quduq jixozlarida meyoriy darajada himoya potensiallarini hosil qilish uchun guruh protektor qurilmalarini yoki quduqlar yaqinida tok manbasi boʻlsa, katod stansiyasini ishlatish tavsiya etiladi. Markaziy katod stansiyasi qurulmasi tokining uzatuvchi (shleyfax), qudularga olib boruvchi, guruh yaqinida joylashgan quvurlarda yaxshi taqsimlanishi uchun, izolyatsiya flanetslarini o'rnatish tavsiya etiladi va ular qarshilikni moslab turuvchi kashak (peremichkoy) bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Kon xavzasi boʻyicha utuvchi neft, gaz va kondensatni yigʻish uchun aylanma quvurlar magistral quvurlar, suv quvurlari alohida elektrokimyoviy himoya qilinishi kerak. O'rnatilgan elektroximyaviy himoya vositalarining ish rejimi quduklar ish rejimi bilan moslangan boʻlish kerak. Elektrokimyoviy himoya vositalarning sozlashini osonlashtirish uchun, olinayotgan mahsulotlarni yig'uvchi punktlarga tashuvchi (uzatuvchi) quvurlarda o'rnatish mumkin (2.4. -rasm). 5 4 3 2 7 1 8 6 9 10 2.4.-rasm. Dala va yigʻuvchi kollektorlarni elektr seksiyalash uchun izolyatsiya flanetslarini o'rnatish sxemasi: 1 -gurux punktlari kommunikatsiyalari; 2-quduqlar; 3-uzatuvchi quvurlar (shleyflar); 4- dala katod stansiyasi; 5-yerga ulangan anod; 6 izolyatsiya qiluvchi flanetslar; 7- gaz quvurlari; 8-kondensat quvuri; 9- suv quvuri; 10- kon quvurlarini katod stansiyasi; Absad kolonnalarni korroziyadan himoya qilishda elektrodrenaj qurilmasidan foydalaniladi. 1 I 2 3 4 2.5.-rasm. Absad kolonnasi elektrodrenaj himoyasining umumiy chizmasi: 1 - absad kolonna; 2 – drenaj qurilmasi; 3 – rels; 4 – ulovchi kabel; I Tokning yoʻnalishi. Absad kolonnasidagi daydi toklar o'lovchi kabel orqali oqb boradi. Bunda daydi toklarning oʻziga yerga oqib oʻtishi va elektrokimyoviy korroziya jarayoni sodir bo'lmaydi. Yer osti quvurlarini korroziyadan himoya qilishda polimerlar asosidagi yopishqoq izolyatsiya qoplamalaridan: polivinilxlorid, polietilen, polipropilen va boshqalardan foydalaniladi. Bu turdagi polimer qoplamalari yuqori dielektrik va korroziyadan himoya qilish xususiyatlariga ega boʻlishlari bilan bir qatorda ular suvga chidamli hamda ishlatilishi oson hisoblanadi. Quvurlarni polimer lentalar bilan izolyatsiya qilish, ya'ni polimer lenta qavatini oʻrash zavod yoki trassa sharoitida amalga oshiriladi. Polimer lentalarini quvur yuzasiga zavod sharoitida oʻrash, qoplamani yuqori sifatga ega bo'lishligi ta'minlaydi, ya'ni butunligi, yopishqoqligi, elastikligi va boshqalari yuqorida boʻladi. Hosil qilingan izolyatsiya qoplamasi tekislash (bitum eritmasi yoki kley bilan) va bir yoki bir necha qavat polimer lentasidan tashkil topgan boʻladi. Oʻralgan lenta qavatlariga koʻra, izolyatsiya qoplamasining konstruksiyasi normal kuchaytirilgan va juda kuchaytirilgan boʻladi. 2.10. Alan konida texnologik jihozlarda korroziyaga qarshi himoya usullari Texnologik jihozlarda korroziyadan shikastlanishi natijasida katta yo`qotishlar bo`layotganligi, iqtisodiy jihatdan samarador bo`lgan korroziyaga qarshi himoya usullarini ishlab chiqishni taqozo etadi. Texnologik jihozlarda konstruktsiyalarning tabiiy sharoitlarda atrof muhit ta`sirida ishlash davri juda qisqa bo`lganligi tufayli amaliyotda ularning ishlash muddatini asosan qo`yidagi usullarda himoyalash keng qo`llaniladi: 1) qurilma sirtini tashqi tajavvuzkor muhit tutashuvidan qoplamalar yordamida himoya qilish; 2) korroziyaga bardoshli materiallardan foydalanish; 3) muhitga uning tajavvuzkorligini kamaytirish maqsadida ta`sir qilish. 4) yer osti metall qurilmalarini elektrokimyoviy usullarda himoyalash usullarini qo`llash; Koroziyadan himoya qilishning eng ko'p tarqalgan usullari buyumlar sirtida korrozion chidamli sirt qatlamlari olishga qaratilgan. Texnologik jihozlarni sirtiga shu jihoz va atrof muhitga nisbatan kimyoviy jihatdan inert va yuqori dielektrik hossalarga ega bo`lgan moddalarni qoplash passiv usullarga kirib, bu usullarga turli xildagi mastikalarning qo`llanilishi, gruntovka, futerovka, plastmassalar, kompozitsion polimer materiallar, lak buyoqli qoplamalar, emalli qoplamalar kiradi. Bu materiallar sirtga suyuq holatda surtiladi, qurigandan so`ng qattiq metall sirtida etarli darajada mustahkamlikga va yaxshi adgezion (ilashuvchan) himoya qoplamasi (plyonka) hosil qiladi. Shuningdek, bu usullarga yupqa ilashuvchan izolyatsion qoplamalar bilan Texnologik jihozlarni sirtini o`rab qoplash va maxsus yer osti qurilmalarini yotqizish usullari, masalan, quvurlarni maxsus kanallar (kollektorlar)ga yotqizish ham kiradi. Buyumlarni maxsus eritmalar bilan ishlov berib ularning sirtida kam eriydigan metall tuzlarini olish, masalan, po`lat buyumlar sirtida erimaydigan fosfatlar hosil qilish yoki alyuminiy buyumlar sirtida alyuminiy oksidini hosil qilish usullari mavjud. Bunda metall buyumlar sirtini passivlantiruvchi eritmalar bilan qoplash sirtning faol holatidan passiv holatga o`tishiga asoslangan. Metall buyumlar sirtini boshqa metallar bilan qoplash usullari amaliyotda keng qo`llaniladi. Po'lat va qotishmalardan tayyorlangan detallarning sirti rux, qurg'oshin, mis, xrom kabi metallar bilan qoplanadi. Bu qoplamalar ishlatilish jarayoniga ko`ra anodli va katodli turlarga bo`linadi. Anodli qoplamalarda qoplama materiali emirilib, asosiy metallni korroziyadan asrab qoladi. Masalan: Fe da Zn qoplamasi anodli qoplama vazifasini o`taydi. Katodli qoplamalarda sirtdagi himoyalovchi qoplamaning yemirilishi natijasida yemirilish joylarida asosiy metallning korroziyasi sodir bo`ladi. Masalan, Fe da polimer qoplamala. Tabiiy sharoitlarda metall sirtida hosil bo`ladigan yupqa qatlamlarning himoya ta`siri, ya'ni passivlanish jarayoni ham metallarni korroziyadan saqlanishiga katta yordam beradi. Po`latlarning korrozion bardoshliligini oshirish uchun legirlovchi elementlar qo`llaniladi. Legirlovchi element sifatida Cr, Ni elementlari ishlatiladi. Zanglamas po`latlardan 12...13% Cr li, hamda 18% Cr va 8% Ni tarkibli xromnikel po`latlar keng ko'lamda ishlatiladi. Po`latlarning korroziyaga bardoshliligini oshirish uchun termik va kimyoviy-termik ishlov berish usullari, hamda sirt tozaligini oshirishning mexanik usullari qo`llaniladi. Shuningdek detallarni saqlashda mikroiqlim va himoyalovchi atmosferalar hosil bo`lishi kabi himoya usullari mavjud. Korroziya ingbitorlari detal va konstruktsiyalarni tayyorlash, foydalanish va saqlash sharoitlarida korroziyaga qarshi himoya qiluvchi samarador vositasidir.
- Korroziyaga qarshi himoyadagi muammolar: Korroziyaga qarshi himoya usullarini tadqiqot qilish asosan qo`yidagi yo`nalishlarda olib borilmoqda: a) metalga ta`sir; b) muhitga ta`sir; v) kombinatsiyalashgan va kompleks himoya usullarini ishlab chiqish. Sanoatda metall konstruktsiyalarni katodli himoya qilish, protektorlar yordamida va boshqa turdagi elektrokimyoviy korroziyadan usullari qo`llanilishi keng tarqalgan. himoyalanish Gaz va gazkondensat konlarida qo`laniladigan quvurlar va rezevuarlar neft-gaz-suv tizimi hossalariga bog`lik ravishda ichki korroziyaga va atrof muhit, atmosfera, tuproq va adashgan toklar ta`sirida tashqi korroziyaga uchraydi. Respublitkamizda neft va gaz konlarini qazish va ulardan foydalanish uchun mo`ljallangan jihozlar va qurilmalar yillar o`tishi bilan korroziya natijasida eskirib bormoqda. Ularni almashtirish va boshqa turdagi himoya vositalarining qo`llanilishi ko`plab iqtisodiy harajatlarni talab qiladi. SHuning uchun respublikamizda mavjud imkoniyatlardan foydalanilgan holda, asosan korroziyaga qarshi himoya vositalarini ishlab chiqishi, sinash va qo`llash zaruriyati to`g`ilmokda. Bu borada amalga oshiriladigan tadbirlar qo`yidagilar hisoblanadi: • zaruriy tadbirlarga javob beruvchi aniq hossali lakbuyoq materiallari, mastikalar, ingibitorlar ishlab chiqish; • jihozlarni germitizatsiyalash va futerovkalardan foydalanish; • muhitni kislorodsizlantirish; inert muhitlar hosil qilish; tindirgichlar qo`llanilishiga erishish usullarini ishlab chiqish;
- Atrof muhit muhofazasi: Tabiat muhofazasi, resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanish, ish bilan birgalikda yer osti boyliklaridan eng muhim muammolardan hisoblanadi. Hozirgi davrda va texnika tehnologiyalarning globallashuvi davrida davlatimiz elektro – energetik bazamizni kuchaytirish eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Respublikamizda gaz qazib ko'rsatgichlarini o'sib borayotganligi hamda neft mahsulotlariga boʻlgan talabning oshib ketayotganligi sababli yer osti boyliklarimizdan kompleks ravishda oqilona tejamkorlik bilan foydalanish va ularni asrash va himoya qilish oldimizga turgan muammolardan biri hisoblanadi. Davlatimizda Oliy Majlis tomonidan mineral hom ashyolardan foydalanishni yaxshilash yer osti va yer usti boyliklarini geologik qidiruv ishlarini jadallashtirish bo'yicha keng miqyosdagi programmolarni amalga oshirish masalasi qoʻyilgan. Bu programmada yer osti va yer usti boyliklaridan oqilona foydalanishni ta'minlash boʻyicha bir qator qonunlar ishlab chiqilmoqda. Yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni himoya qilishning bosh yo'nalishlaridan biri tejamkorlik bilan foydalanish, tog' kon qidiruv ishlarini burgʻilash va konlarni ishga tushirishni ilmiy asoslangan rejalar asosida amalga oshirish kerak boʻladi. Yer osti boyliklarini va atrof muhitning muhofazasi muammalari yer usti va yer osti atmosferani himoya qilish bilan chambarchas bog'liqdir. Yuqoridagi mulohazalardan kelib sanoatning neft gaz tarmoqlarida bunday muammolarning bosh masalasi sifatida qoʻyidagilarni koʻrib chiqish mumkin : A) boyliklarni joylashuvini kompleks geologik o'rnatish, neft va gaz va shunga yo'ldosh boʻlgan foydali qazilmalarning zaxirasini sifatli va miqdori toʻgʻrisida asoslangan ma'lumotlarni olish. B) konlarni qidirish va ishlatish jarayonlarida otilmalar, ochiq favvoralar, qatlam ichra va quduq ichra oqimlarni oqib ketish jarayonlarida neft va gaz zahiralarini yoʻqotiishiga yoʻl quymaslik; V) qazib olingan neftni, yoʻldosh gazni va tabiiy gazlarni kondensatni ishlatish jarayonida, tayyorlashda va neft gazni saqlashda yo'qotilishga yoʻl qo'ymaslik; G) kam harajat sarflab neft, gaz va kondensat hamda boshqa yoʻldosh foydali qazilmalarni zahiralarini qazib olishni maksimal koʻrsatgichiga erishish. D) burgʻilash, ishlatish, quduqlarni tadqiqotlash, neft va gazni yer osti saqlagichlarini qurish va ishlatish davrida ifloslanishga, zaharlanishiga, deformatsiya boʻlishiga yo'l qo'ymaslik. Respublikamizda qonunchilikga asosan yer osti boyliklaridan foydalanish uchun: geologik o'rganish, foydali qazilmalarni qurish va ishlatish foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog'liq boʻlgan jarayondir. Boyliklardan foydalanish muddatsiz yoki vaqtinchalik boʻlishi mumkin. Boyliklardan muddatsiz foydalanish deganda oldindan ishlatish muddatlari oʻrnatilmaydi. Agarda vaqtinchalik foydalanilganda 10 yil muddat belgilinadi, kerak bo'lganda vaqtinchalik foydalanish muddati oʻzaytirilishi mumkin. Haroratdagi oyliklardan foydalanishda foydalanuvchilar qoʻyidagi talablarni bajarishga majburdir: 1. Geologik o'rganishning toʻlikligi yer osti boyliklarda tejamkorlik va kompleks foydalanish: 2. Boyliklardan foydalanilganda ishlarini olib borishda, ishlovchi xodimlar va aholining xavsizligi taʼminlanishi kerak: 3. Atmosfera havosini,yerlarni, oʻrmonlarni.suv va obektlarni oʻrab turgan tabiiy muhitlar hamda binolar va inshoatlar ishlarni xararli ta'sir etish bilan bog'liqdir 4. Boyliklardan foydalanilganda hayvonot olamini tabiiy va modniy hotiralarni shikastlanishinga yo'l qo'ymaslik kerak. Neft va gaz konlarini ishlatish faqat ishlatishning texnik qoidalari boʻicha ishlangan sxemala va loyihalarga mos kelish kerak.buning uchun asosiy va yo'ldosh foydali qazilmalarni qazib olishda tejamkor va samarali usullardan foydalani ko'rsatilgan meyordan ortiqcha yo'qotilishga yo'l qo'ymaslik. Foydali qazilmalarni zahiralarini asoslanmagan yoʻqotilishga olib kelganda konining boy uchastkalarini tanlab ishlatishga toʻgʻri keladi. Bundan tashqari konlarni ishlatish jarayonida zahiralarning harorati va yoʻqolish holati hisobiga olinishi hamda yer osti boytsliklarini va atrof muhitni muhofazasi choralari oldindan koʻrilishi kerak. Neft va gaz sanoati boyliklarini muxofaza qilish ishlari davlat tomonidan nazorat qilinadi. 1. Neft va gaz konlarini toʻgʻri ishlatishda boyliklarni himoya qilish talablarni bajarish: 2. Zahiralarni hisobga olish tartibiga rioya qilish. 3. Boyliklardan foydalanilganda, ishlarni amalga oshirishda xafsizlik qoidalariga va normalariga rioya qilish kerak: 4.Konlarning ishlatishda geologik ishlarini amalga oshirish qoidalariga rioya qilinishi kerak.
- Mehnat muxofazasi va texnika xavfsizligi: Respublikamizning iqtisodiy taraqqiyoti va rivojlanishi yoʻlida neft va gaz sanoati muhim rol o'ynaydi. Hozirgi vaqtda neft va gaz sanoatining rivojlanishi uchun bir qancha chora – tadbirlar amalga oshirilmoqda. Mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqariladigan mahsulot sifatini yaxshilash, avariyalar sonini kamaytirish, jarohat, kasb kasalliklari bilan bog'liq boʻlgan, iqtisodiy yo'qotishlarni oldini olish muhim iqtisodiy omillar hisoblanadi. Bularni amalgan oshirish uchun 1993 yil 6 may oyida Vazirlar Mahkamasining raisi tomonidan tasdiqlangan "Oʻzbeksiton Respublikasining mehnatni muxofaza qilish to'g'risida”gi qonuni muhim ahamiyatga egadir. Mehnatni muxofaza qilishda meyoriy hujjatlar asosida ishlar olib borildi. Mehnatni muxofaza qilish bu tegishli qonun va boshqa meyoriy hujjatlar asosidagi, insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat salomatligi va ish qobiliyati saqlanishi ta'minlanishiga qaratilgan tashkiliy, sanitariya gigiyena va davolash profilaktika tadbirlari hamda vazifalari tizimidan iborat. Qonunlar majmuasi asoslari, ya'ni Oʻzbekiston Konstitutsiyasi respublika fuqorolarining xuquqlarini, mehnat qilish, dam olish, bilim olish, ijtimoiy ta'minot, shuningdek fuqorolik majburiyatlarini belgilab beradi, ishchilarga tekin tibbiy xizmat, dam oluvchilarga yo'llanmalar, sanatoriya kurortlarda davolanish, ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda bilim olish umumiy iste'mol fondi orqali ta'minlanadi. Ishchilarga bepul maxsus kiyim bosh, maxsus poyabzal individual himoya vositalari va sut-choy mahsulotlari bilan ta'minlanadi. Ishchilarga sog'liqni saqlash va xavfsiz mehnat sharoitini yaratish uchun ish vaqti uzoqligini chegaralash muhim omil hisoblanadi va ish vaqti quyidagilardan oshmasligi kerak: oddiy ish sharoitida 18 yoshdan yuqori bo'lganlarga haftada 40 soat; zararli mehnat sharoitida ishlovchilar hamda 16 18 yoshgacha boʻlgan o'smirlarga haftada 36 soat qilib belgilangan. 50 metrgacha boʻlgan masofaga va balandligi 3m dan oshmagan joylarga bir kishiga qo'lda yuk koʻtarish normasi quyidagilardan oshmasligi kerak: 18 yoshdan yuqori boʻlgan ayollar uchun 9kg. 16 - 18 yoshgacha boʻlgan o'smirlar uchun 13kg. 18 yoshdan yuqori boʻlgan erkaklarga – 50kg - professional yukchilarga – 80kg. Korxonaning portlash xavfi bor obyektlariga chiqish qat'iyan man etiladi. Bu yerga chiqish faqat maxsus ajratilgan joylarda ruxsat etiladi. Ishchi xizmatchilar ishga kelishi va qaytishi davomida transport xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlari shart. Mast holda ishga kelish qat'iyan man etiladi. Hayot faoliyati xavfsizligi masalalari ishlab chikarish muxitining texnologik jarayonlari va uskunalari moddalarning xususiyatlari va xossalari bilan boglik xolda xal etiladi. Hayot faoliyati xavfsizligining asosi boʻlib ishlab chikarish jarayonidagi xavfli hodisalarni aniklash va ularni oldini olish (uskunalarning koʻllanishi, portlashlar, yonginlar, zaxarli moddalarning okib ketishi) inson faoliyati jarayonida ular kollektiv boʻlib olib borganda shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlashdir. Bizning respublikasizning neft va gaz sanoati inson ishlab chikarish funksiyalari, faoliyat sharoitlari keskin oʻzgaradigan soxalariga kiradi. Oʻzbekiston xukumati neft va gaz sanoatining korxonalaridagi mexnat sharoitlari va xayot faoliyati xavfsizligiga asosiy e'tibor beradi. Shuning uchun mexnat sharoitlari kiyin korxonalarda ishlaydigan xodimlarga koʻshimcha toʻlovlar, maxsus himoya vositalari dam olish joylariga, sanatoriyalarga korxona xisobidan bepul yo'llanmalar beriladi, ishchilarga zaxarli moddalar ta'sirini oldini olish uchun sut maxsulotlari tarkatiladi. Ko'pgina xollarda zaxarli moddalar nafas olganda inson koniga oʻtadi va butun organizmi boʻylab tarkaladi, muxim yashash organlariga tushadi. Asosiy zaxarli moddalar neft va gaz konlarini ishlatishda nouglevodorodli gazsimon, bugsimon va suyuk moddalar boʻlib kelmokda. Ular oltingugurtli neftlar, tabiiy gaz va uni kayta ishlash maxsulotlarida tarkibida boʻladi (oltigugurt vodorodi, oltigugurtli angidridi, kam oltingugurt uglevodorodi va neft xamda gazni kazib olish va jo'natishda ishlatiladigan kimyoviy faol moddalar kiradi). Oltingugurt vodorodi inson organizmiga kuyidagicha ta'sir etadi: markaziy nerf sistemasiga (uyg'otadi, qiynaydi, yurak tizimi va nafas olish tizimlarini falaj qiladi); yemirilish jarayonlariga (kislorodni hazm qilishini 80-85 % gacha kon gemoglabini tushiradi); konga (eritrotsitlar sonini oshiradi, konning qovushqokligini va gemoglabinini pasaytiradi). Deyarli barcha zaharli moddalar, hozirgi davr neft va gazni qazib olish texnologiyasi uchun xarakterli boʻlib, ular insonga salbiy taʼsir etadi va shuning uchun uning hayoti va salomatligiga xavf soladi. Manbalarni aniqlash va zaharli moddalar hajmini aniqlash, ularning atmosferaga tarkalishi, ta'sir etish xossalarini oʻrganish, texnologik jarayonlarning atrof-muhitga ta'sirini oʻrganish va boshqalar unumli nazorat shartlari va barcha tozalash ishlari uchun kerakli miqdorlardir. Zaharli gazlarning qiriq gaz qazib olish korxonalaridagi asosiy manbalari quyidagilardir: GKTK (UKPG) dagi mash'alalar; tutun quvurlari; oltingugurt olish qurilmalari; quduqlarni tozalash; quvurlarni va idishlarni ta'mirlash va ishlab chiqarishda payvandlash ishlaridan oldin ulardagi gazni chiqarishda. Texnika jihozlarining ishlash vaqtida ishchilar meyoriy instruksiya va qoidalarga rioya qilishlari, ularni baxtsiz hodisalardan, avariyalardan saqlaydi. "Alan" gaz va gazkondensat konini ishlatishda, xizmat koʻrsatuvchilarning shaxsiy xavfsizligini ta'minlash va avariyali vaziyatlar yaratilishini oldini olish maqsadida "Oʻzbekiston Respublikasi neftgazqazibchiqarish sanoatida xavfsizlik qoidalari" ga rioya qilinishi shart. Bunda, xavf quyidagi omillar tufayli kelib chiqishini inobatga olish zarur: -portlashxavfli va yongʻinxavfli xonalarda ishlash zaruriyati tug'ilganda, yuqori bosim va harorat ostida boʻlgan berkituvchi moslamalar, separatorlar, nasos-kompressor uskunalariga xizmat koʻrsatish zaruriyati tug'ilganda; -xizmat ko'rsatuvchilarning zaharlanishi xavfini oʻz ichiga oluvchi komponentlarning gaz va kondensatdan ajralishi roʻy berganda, belgilangan sharoitlarda esa – portlash yoki yong'in xavfi sodir bo'lganda; «DODIKOR-4717» va «Aminkor» yemirilishga qarshi ingibitorlaridan foydalanishda, nazorat-oʻlchov moslamalarida esa simobdan foydalanganda; ishlab turgan texnologik uskuna yaqinida gaz xavfli va olovli ishlarning olib borilishi zaruriyati to'g'ilganda; har-xil meteorologik sharoitlarda GDTQ uskunalariga va quduqlarga kechayu-kunduz xizmat koʻrsatilishi zaruriyati paydo boʻlganda. Mana shu omillar oqibatida, xavfli va avariyali ishlab chiqarish vaziyatlar, uskunalarni ishlatishda texnologik reglamentning buzilishi tufayli, olovli ta'mirlash ishlarini olib borishda esa, xavfsizlik texnikasi boʻyicha yo'riqnomalarning buzilishi tufayli kelib chiqadi. GDTQ ga xizmat koʻrsatuvchilar quyidagilarga rioya qilishlari shart: barcha apparatlar, quvuroʻtkazgichlar, armaturalar, NOʻMvaA ning sxemalari va vazifalarini bilishi va ularning sozligini qat'iy kuzatib turishi; quduqlar uchun belgilangan ishlash rejimini amalga oshirish va uni bir maromda ushlab turishda ishtirok etishi; shleyflar va favvorali armaturalar bog'lamlarining barcha elementlarini soz holati ustidan nazorat qilib turishi; gaz va kondensatning sizib chiqishini, topilgan nosozliklarni bartaraf qilishda, shuningdek GDTQ, yig'ish punktlari, quduq og'zi uskunalarini ta'mirlash, montaj qilish, demontaj qilishda ishtirok etish; texnologik rejimning belgilangan meyorlardan ogʻishlarini oʻz vaqtida tuzatish; separatorlardagi bosimning texnologik rejimning ruxsat etilgan chegaradagi meyorlaridan yuqori yoki past darajaga oshib ketishi yoki pasayib ketishiga yo'l qo'ymaslik; berkituvchi, tartiblashtiruvchi va ehtiyot saqlovchi armaturalarning soz holda harakatlanishini oʻz vaqtida tekshirib turish; nasos-kompressor uskunalarining moʻtadil ishlashini kuzatib turish, zarur vaqtlarda zahira uskunani ishga tushirish. Gaz qazib chiqarish bo'yicha operator, quyidagilarga alohida e'tibor qaratgan holda qurilma va quduqlar ishlashini tekshirib turishi shart: - quduqlarning ishlash rejimi; -kolonnalararo hudud bosimi; - separatorlar va KQB bosimi; -separatorda suyuqlik bosimi. Quduqlarni mo'tadil ishlatish, NKQ boʻyicha amalga oshirilishi shart. Quvurlara hududi boʻyicha quduqlarni ishlatishga, «Sanoatkontexnazorat» Davlat inspeksiyasi yoki "Oʻzbekneftgaz” MXK ning maxsus ruxsati boʻyicha va tegishli texnik-iqtisodiy asoslar boʻlganda ruxsat etiladi. Quduqlarning ishlash rejimi koʻrsatkichlari, shuningdek undagi har qanday oʻzgarishlar maxsus jurnalda qayd etilishi shart. Oʻrnatilgan rejim buzilgan hollarda, uni tiklashning tezkor choralari koʻrilishi shart. -Qazib chiqaruvchi quduqlar ustidan bevosita tezkor nazorat qilishda quyidagi kuzatishlarni bajarish shart: - quduqlar fondining texnik holatini; -quduq og'zi bosimi va haroratini, quduqlarning ishchi mahsul miqdorini davriy oʻzgarishini. Favvorali armatura, nosozlik paytida manometrlarni almashtirish imkonini beradigan ventillarga ega boʻlishi shart. Armaturada bosim mavjud boʻlganda, tez eskiruvchan va almashtiriladigan detallarni montaj qilish, demontaj qilish, nosozliklarni bartaraf qilish man qilinadi. Nosoz manometrlarda yoki ular yo'q boʻlganda, berkituvchi moslamalarda nosoz klapanlar boʻlganda armaturalarni ishlatishga ruxsat etilmaydi. Davriy ravishda flanetsli birikmalarning yaxshi tortilishini tekshirish zarur. -Favvorali armaturalarga xizmat koʻrsatishda quyidagilar qat'iyan man etiladi: flanetsli birikmalarda oqib chiqish ro'y berganida kon ustasining ruxsatisiz ularni tortib mahkamlash; zatvorning germetikligini oshirish maqsadida zadvijka maxovikidagini tez aylanishinikoʻpaytirish uchun qoʻshimcha richag qoʻllash; flanetsli birikmalarni gayka kalitlari bilan tortib mahkamlash; zadvijkaga pasta yoki moy haydash vaqtida teskari klapan oʻqi yonida va moy haydagich oʻqi yonida turish; ingibirlashdan va h.k. oldin armaturani mustahkamlikka sinashda, uning yaqinida boʻlish; zatvorning yarimochiq holatida zadvijkani ishlatish. Har bir zadvijkaning ishonchli ishlashi uchun, uni toʻliq yopgandan soʻng, ochish yo'nalishida 1/4 aylanmaga maxovikni burib qoʻyish zarur. 4.3. Texnologik quvur oʻtkazgichlar va quvuroʻtkazgichli armaturalarni ishlatish Quvuro'tkazgichlarning ishonchli va avariyasiz ishlashi, ularni xavfsiz ishlatish, ko'rikdan o'tkazishda va reviziyada aniqlangan hajmda o'z vaqtidagi ta'mirlash bilan ta'minlanadi. Barcha texnologik quvuroʻtkazgichlar, bosh muhandis tasdiqlagan, vaxta kitobiga natijalarni yozgan holda, xizmat ko'rsatuvchilar tomonidan har smenada ko'rikdan oʻtkazish grafigiga asosan reviziya qilinishi shart. Berkituvchi armaturalarning joylashuvi, ularga qulay va xavfsiz xizmat ko'rsatilishini ta'minlashi shart. Ishlamaydigan quvuroʻtkazgichlarda berkituvchi armaturalarni ochiq holda qoldirish ta'qiqlanadi. Quvuro'tkazgichni ishga tushirishda, ular, standart zaglushkalarni oʻrnatish yo'li bilan yopilgan boʻlishi shart. Quvuroʻtkazgichlardagi berkituvchi armatura muntazam ravishda moylanib turishi va yengil ochilishi shart. Quvuro'tkazgichlardagi berkituvchi armaturani, gidravlik zarbning oldini olish maqsadida, sekin ochish va yopish tavsiya etiladi. Berkituvchi armaturani tartiblashtiruvchi sifatida qoʻllash taqiqlanadi. Qo'lda bajariladigan uzatmali berkituvchi armaturani, qoʻshimcha richaglarni qoʻllamasdan ohista ochish va yopish zarur. Du-400mm va undan yuqori boʻlgan kranlarni, faqat yonma-yon uchastkalardagi bosim tenglashtirilgandan so'ng va tayyorlovchi-zavod tomonidan ko'rsatilgan bosimning ruxsat etilgan farqi mavjud bo'lganda ochishga ruxsat etiladi. Pnevmogidrouzatmali sharli kranlar, quvuroʻtkazgichlardagi muhit vositasida va alohida hollardagina qoʻlda, dublyor (nasos) yordamida boshqariladi. Xorijda ishlab chiqarilgan pnevmogidravlik boshqariladigan kranlarning gidrotizimlarini, faqat tayyorlovchi-firmalar tavsiya etgan maxsus moylar bilan to'ldirish tavsiya etiladi. Suyuqlik sathini tartiblashtiruvchi va berkituvchi klapanlarning baypasli armaturasi, moʻtadil ishlaganda yopiq holatda boʻlishi va faqat bosim ostidagi apparatlarni to'xtatib yoki ishlab turgan texnologik sxemadan uzib, ularni bo'shatganda ochilishi shart. Suyuqlik sathini avtomat tartiblashtirish tizimini toʻgʻrilash va nosozliklarni bartaraf qilishda baypasli armaturalardan qisqa muddatli foydalanishga ruxsat etiladi, bunda vizual koʻrsatgich boʻyicha suyuqlik sathining holati ustidan doimiy kuzatilishni va uni belgilangan chegaralarda ushlab turilishini ta'minlash zarur. 4.4.Texnologik uskunani taʼmirga tayyorlash va uni oʻtkazish Ta'mirlash yoki koʻrikdan oʻtkazish shart boʻlgan barcha texnologik quvur oʻtkazgichlar va apparatlar quyidagicha tayyorlangan boʻlishi shart: mahsulotlarning kirish va chiqish quvuroʻtkazgichlaridagi barcha berkituvchi armaturalarni yopish, suyuq mahsulotlardan tizimni butunlay bo'shatish, hamma quvuroʻtkazgichlar va apparatlardan bugʻlash yo'li bilan bosimni tushirish. Ta'mirlash ishlariga tayyorlangan tizimni yakuniy o'chirish, tayyorlangan apparat yoki quvuroʻtkazgichlarni qolgan tizimlar bilan bog'lovchi texnologik quvuroʻtkazgichlarning barchasida zaglushkalarni o'rnatish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Zaglushkalar yaxshi ko'rinadigan "dumcha" larga ega boʻlishi shart. Zaglushkada, uning raqami koʻrsatilgan tamg'a qo'yilgan boʻlishi shart. Zaglushkalarni o'rnatish majburiy tartibda “Zaglushkalarni o'rnatish va yeçish
- Korroziyaga qarshi himoyalash: Korroziya ingibitorlari sirt faol moddalari bo`lib, tajavvuzkor muhitga oz miqdorda bo`lsa ham kiritilsa, korrozion yemirilish jarayonlarini va metall va qotishmalarning mexanik hossalari o`zgarishini sekinlashtiradi. Gaz va gazkondensat sanoatida korroziya ingibitorlarining qo`llanilishi soxada foydalaniladigan jihozlar va qurilmalarning konstruktsion uglerodli po`latlardan tayyorlanganligi va ularning «neft-gaz-suv» korrozion tajavvuzkor muhitida ishlashi bilan bog'liq. Korroziya ingibitorlari alohida va boshqa himoya usullari bilan birgalikda qo`llanilishi mumkin. Hozirgi paytda neft va gaz sanoatida o`zining tarkibida azot, oltingugurt va kislorodlar bilan bog'langan yuqori molekulali organik: alifatik va aromatik birikmalar ingibitorlar sifatida qo`llanilmoqda. Ingibitorlarning himoyalash mexanizmlari to`g`risida bir qancha nazariy qarashlar mavjud bo`lib, ulardan eng asoslanganlari adsorpsion va qatlamli himoyalash mexanizmlari hisoblanadi. Neftgaz jihozlari ichki korroziyasi metall sirtlarida har ikkala turdagi: anod va katod reaksiyalari orqali ko'rsatilganligi uchun odatda tarmoqda aralash ingibitorlar qo'llaniladi. Neftgaz muhitining tavsifiga ko'ra asosan suyuq va gaz muhitlarida qo'llaniladigan ingibitorlar suyuq va qattiq holatlarda suvda yoki uglevodorodlardagi eritmalari qo'llaniladi. Ingibitorlarning turini tanlashda berilgan tumanning aniq holdagi klimatik sharoitlari va etarli darajada erituvchilarning bo'lishi hisobga olinadi. 5.3.Korroziya ingibitorlarining himoyalash samaradorligi Korroziya ingibitorlarining samaradorligi ularning himoyalash darajasi Z (%) va to'xtatish koeffisienti Y (ingibitorlik effekti) orqali ifodalanadi va quydagi formula orqali topiladi: Z = K1 - K2/K1·100 = 11 - 12/11·100 bu erda: K₁ va K2 mos ravishda ingibitorsiz va ingibitorli muhitlarda metallning erish tezligi, [g/(m²·s)]; i1 va i2 mos ravishda ingibitorsiz va ingibitorli muhitlarda metall korroziya toki zichligi. Agar ingibitorning himoyalash koeffisienti Z=100% bo'lsa, u shu berilgan muhitda metallni to'liq korroziyadan himoya qiladi. To'xtatish koeffisienti Y (ingibitorlik effekti) muhitdagi ingibitorning ta'siri natijasida korroziya tezligining necha marta kamayganligini ko'rsatadi. γ= K1/K2= 11/12 Z va Y bir – biri bilan o'zaro quyidagi munosabatlar orqali bog'langan: Z = (1 −1/γ)·100; γ= 1/(1- Ζ/100)
- Xulosa: Ushbu bitiruv malakaviy ishimni bajarish jarayonida “Muborakneftgaz MCHJ'ga qarashli Tabiiy gaz konlaridan gazni qazib olishda quduq jixozlarini korroziyasi va ularga qarshi ximoya usulini oʻrganish (Alan koni misolida) buyicha malakaviy ishimni bajardim. Gaz konlaridan gazni qazib olishda quduq jixozlarini korroziyasi va ularga qarshi ximoya usulini oʻrganish neft va gaz sanoati tizimida mahsulotlarni qazib olish, tashish va saqlashda xom ashyoning korrozion tajavvuzkorligini kamaytirish asosiy kimyoviy texnologik himoya tadbirlaridan biri hisoblanadi. Xom ashyo mahsulotning tarkibida qatlam suvlari, mexanik gazlar va boshqa qoʻshimchalarning bo'lishi qoʻllanilayotgan jihozlar ichki korroziyasini kuchaytirib ulardan foydalanish muddatini keskin kamaytiradi. Shuning uchun tabiiy gaz va gaz kondensatlarining tarkibidan: qatlam suvlari va namliklarni ajratib olish; har xil tarkibdagi mexanik tuzlarni ajratib olish; mexanik gazlar – H2S, CO2 larni kimyoviy reagentlar va katalitik usullarda ajratib olish korroziyaga qarshi himoyaning muhim texnologik himoya tadbirlari hisoblanadi. Bu texnologik jarayonlarni amalga oshirishda qoʻllaniladigan jixozlarning uzoq muddat ishonchli ishlashi esa toʻgʻridan toʻgʻri ularning muhit ta'siridagi yemirilish tezliklariga bogʻliq. Bu borada esa jihozlar ichki qismigi muhit bilan birgalikda korroziya ingibitorlaridan foydalanish texnologik jarayonning uzviysizligini ta'minlash nuqtai nazaridan va iqtisodiy jihatlardan eng maqbul hisoblanadi. Respublikamizning neftgaz qazib chiqarish va qayta ishlash sanoatida hozirgi kunda har xil turdagi korroziya ingibitorlaridan foydalaniladi. Bu ingibitorlar Respublikamizga katta valyuta hisobiga keltiriladi. Shu sababli maxalliy xom ashyolar asosida korroziya ingibitorlari ishlab chiqish va ularni qoʻllash ishlari muhimdir. Qazib olinayotgan gaz va gazkondensatlari tarkibida qatlam suvining boʻlishi uning namligin oshiradi korrozion jarayonlarni tezlashtiradi. Bu texnologik jarayonlarni amalga oshirishda qoʻllaniladigan qurilmalar va jihozlarning muxit ta'siridagi ichki korroziyasini kamaytirish orqali ularning uzoq muddat ishlashini ta'minlash yanada muhimdir. Yuqorida keltirilgan barcha ma'lumotlar va adabiyotlar tahlili asosida mazkur bitiruv malakaviy ishimda gaz konlaridan qazib olinayotgan xom ashyo korrozion tajavvuzkorligining jihozlar va quduq ish qobiliyatiga ta'sirini kamaytirish va ularning ishonchliligini oshirish, hamda uzoq muddat ishlashini ta'minlash maqsadida korroziyaga qarshi usullar "Muborakneftgaz" MChJsining yirik konlaridan biri boʻlgan qoʻllanilayotgan gazni qazib olish, dastlabki va kompleks tayyorlash, tashish va saqlashda qo'llaniladigan jihozlar ichi qismida xom ashyo tarkibiga bog'liq ravishda sodir boʻladigan tabiiy gaz konlaridan gazni qazib olishda quduq jihozlarini korroziyasi va ularga qarshi himoya usulini oʻrganildi.