O`zbek davlatchiligi tarixi
Ushbu kitob O‘zbekiston davlatchiligi tarixini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda davlat boshqaruvi, siyosiy tizimlar, iqtisodiy va madaniy rivojlanish, mahalliy hokimiyat tuzilmalari, harbiy tizimlar va boshqa davlat muassasalarining shakllanishi va rivojlanishi atroflicha tahlil qilingan. Kitobda O‘zbekistonning qadimgi davlat tuzilmalaridan tortib, O‘rta Osiyo davlatlari, xonliklar, sovet davri va mustaqil O‘zbekistonning tashkil topishi va davlat boshqaruvi tizimi haqida keng ma’lumotlar berilgan.
Asosiy mavzular
- 1-Mavzu. Kirish. Davlatchilik tushunchasi va uning kelib chiqishi: Davlatchilik tushunchasi va uning kelib chiqishi, O‘zbekistonda davlatchilikning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, ilk davlatchilik tarixi geografik xududiy ma’noda nafaqat bugungi O‘zbekiston, balki butun Urta Osiyo mikiyosidagi kadimiy, madaniy, iktisodiy va siyosiy jarayonlarni kamrab olgan siyosiy ijtimoiy xodisa sifatida talkin kilindi. Davlatchilik tarixini urganishda arxeologik moddiy manbalar va yozma yodgorliklar asosiy urin tutadi.
- 2-Mavzu. Boshqaruv asoslarining shakllanishi va davlatlarning tashkil topishi: Qadimgi davlatlarning rivojlanish bosqichlari va davlatlarning boshqaruv tizimidagi funktsiyalar, O‘zbekiston davlatchiligining tarixi O’zbekiston istiqbolga erishgandan (1991 yil 31 avgust) so’ng XX asrning 90 yillaridagina tarix fanining yetakchi muammosi sifatida o‘rganila boshlandi. O‘zbek davlatchiligi yo`zaga kelishining tabiiyligi rivojlanishining o’ziga xosligi va an’anaviyligi ayrim davrlarda o’zga davlatlarning bu hududda hukmron bo‘lganligiga qaramasdan uning yangi asosda tiklanishini belgilovchi omillaridan biri bo‘ldi.
- 3-Mavzu. Qadimgi Baqtriya, Xorazm va So`g`diyona davlatlari.: Qadimgi Baqtriya podsholigi, Qadimgi Xorazm davlati va Qadimgi Sug‘diyona davlatlari, ularning paydo bo‘lishi va rivojlanishi haqida ma’lumot beradi. Qadimgi SHarq turli hududlaridagi tabiiy sharoit o‘ziga xos bo‘lib, ko‘pincha davlatlarning paydo bo‘lishi ushbu holat bilan bevosita bog‘liq edi.
- 4-Mavzu. Yunon-Baqtriya, Qang` va Kushonlar davlatchiligi.: Aleksandar Makedonskiyning harbiy yurishlari va unga qarshi kurash, Davlat boshqaruvi, Yunon-Baqtriya davlatining tashkil topishi, Qang‘ davlati, Kushonlar davlatining o‘zbek davlatchiligi tutgan o‘rni kabi mavzularni o‘z ichiga oladi. Ahamoniylar bosqinidan so‘ng bu hudud aholisi Oks (Amudaryo)ning shimoliga ko‘chganligi haqida fikr bildirgan bo‘lsa, I.Xlopin va I.Pyankovlar Xorazmdagi ahamoniylargacha bo‘lgan davlatchilikni inkor etadilar.
- 5-mavzu. Eftalitlar davlati: Eftalitlar davlatining shakilanishi va uningrivojlanish tarixi hamda Osiyoda ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlar haqida ma’lumot beradi. Eftalitlar davrida ham Kushonlar davridagi kabi saltanat yakka hukmdor tomonidan boshqarilgan. Taxt, otadan bolaga qolmay, shu suloladan kim loyiq deb topilsa, o‘sha taxtga o‘tirgan.
- 6-mavzu. Turk xoqonligi va uning davlat boshqaruvi tizimi.: Turk xoqonligining tashkil topishi va boshqaruv tizimi hamda Turk xoqonigining xalqaro aloqalari tahlil qilinadi. Turk xoqonligi O‘rta Osiyo yerlarini ishg‘ol etgach, Eron chegaralariga tutashdi. Eron bilan turk hoqonligi o‘rtasida bir necha bor urushlar kelibchiqdi.
- 7-mavzu. Toxiriylar va Safforiylar davlatchiligi.: Arab halifaligi tomonidan O`rta Osiyoning bosib olinishi, Toxiriylar davlatining tashkil topishi va Safforiylar davlatchiligi mavzularini o‘rganadi. Arablar bosib olgandan so‘ng, islom dini ta’limotini singdirish, arablashtirish va xalqni yetishtirgan daromadini 50 % ni tortib olgandi.
- 8-mavzu. Somoniylar va Qoraxoniylar davlati va uning boshqaruvi tartiblari.: Somoniylar davlatining tashkil topishi va boshqaruv tartibi hamda Qoraxoniylar davlat boshqaruv tartibi haqida ma’lumot beradi. Amir Ismoil o‘z davri uchun ilg‘or hisoblanmish markazlashgan boshqaruv tizimini joriy etishga muvaffaq bo‘ldi. Bu tizim asosini Oliy hukmdor dargohi (saroyi) va devonalar (vazirliklar) majmui tashkil etgan.
- 9-mavzu. G`aznaviylar va Saljuqiylar davlatchilgi.: G`aznaviylar davlatining tashkil topishi va boshqaruv tartibi hamda Saljuqiylar davlatchilgi mavzularini tahlil qiladi. G’aznaviylar davlat boshqaruvi tizimi o‘zining murakkabligi bilan diqqatni jalb etadi. U ko‘p jihatdan Somoniylar, Qoraxoniylar zamonidagi davlat boshqaruvi tizimlariga yaqin va o‘xshash.
- 10-mavzu. Xorazmshoh-anushteginiylar davlatining tashkil topishi: Xorazmshoh-anushteginiylar sulolasining tashkil topishi va davlat boshqaruv tizimi, Xorazmshoh Takash 1193 yilning dekabrida Marv shahrini fath etib, shahar va uning atroflariga katta o‘g‘li Nosiriddin Malikshohni voliy etib tayinladi. Bag‘dod xalifasi Nasr (1180-1225 yy) va G‘arbiy Saljuqiylar sultoni Tog‘rul II o‘rtasidagi nizolardan foydalanib, Takash qo‘shinlari 1194 yilning mart oyida Tog‘rul II ga qarshi urush ochdi.
- 11-mavzu. Amir Temur davlatining tashkil topishi.: Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi va Amir Temur tomonidan markazlashgan davlatga asos solinishi hamda Temuriylar davrida Movarounnahr va Xuroson mavzularini o‘rganadi. Amir Temur davlati markazda hamda tobe hududlarda xon boshchiligida mukammal va puxta davlat boshqaruv apparati shakllangan.
- 12-mavzu. Amir Temur va temuriylar davrida davlat boshqaruvi tizimi.: Amir Temur davlatida boshqaruv asoslarining shakllanishi, mansab va unvonlar hamda harbiy tizim va huquqiy munosabatlar tahlil qilinadi. Amir Temur davlatida markazda hamda tobe hududlarda xon boshchiligida mukammal va puxta davlat boshqaruv apparati shakllangan.
- 13-mavzu. Buxoro xonligi: hududi, ma’muriy tuzilishi, markaziy va mahalliy boshqaruv tartiblari: Buxoro xonligining tashkil topishi va siyosiy tarixi, Shayboniylar davlatining tashkil topishi va boshqaruv tartibi hamda Qo‘qon xonligi mavzularini o‘rganadi. Shayboniylar davrida iqtisodiyotni tartibga solish, savdo sotiqni jonlantirish maqsadida 1507 yilda pul isloholti o‘tkazilib, markaziy shaharlarga vazni bir xil bo‘lgan (5,2 g) kumu shva miss chaqa pullar zarb qilindi.
- 14-mavzu. Xiva xonligi: hududi, ma’muriy tuzilishi, markaziy va mahalliy boshqaruv tartiblari: Xiva xonligining tashkil topishi va siyosiy tarixi, Xiva qo‘ng‘irotlari sulolasi hukmronligining o‘rnatilishi, Xiva xonligining xududi, ma’muriy tuzilishi va aholisi hamda Xiva xonligida davlat tizimi, Mansablar va unvonlar tahlil qilinadi. Muhammad Amin inoq (1763-1790yy.) Xivada hokimiyatni qo‘lga olgach saroydagi bir qancha lavozim va amallarga o‘ziga sodiq va ishonchli odamlarni tayinladi.
- 15-mavzu. Qo‘qon xonligi: hududi, davlat tizimi, ma’muriy tuzilishi, markaziy va mahalliy boshqaruv tartiblari.: Qo‘qon xonligining tashkil topishi va siyosiy tarixi, Qo‘qon xonligining xududi, ma’muriy tuzilishi va aholisi hamda Qo‘qon xonligida davlat tizimi, Mansablar va unvonlar mavzularini o‘rganadi. Muhammadalixon davrida xonlikning hududlari yanada kengaydi. Bu davrda xonlik shimolda Rossiyaga qarashli Tashqi Sibir okrugi bilan, g‘arbda Xiva va Buxoro amirligi bilan, janubda Qorategin, Darvoz va undan uzoqroqdagi erlar – SHug‘non, Ro‘shon va Vaxon bilan chegaralangan.
- 16-mavzu. Turkiston Rossiya imperiyasi mustamlakachilik boshqaruv tuzuminnng qaror topishi.: O‘rta Osiyo Rossiya imperiyasi davrida . Turkiston o‘lkasida davlat boshqaruv tizimining o’zia xos hususiyatlari hamda O‘lkaning uezdlarga bo‘linishi. 1886 yilgi “Turkiston o’lkasining boshqarish haqida nizom” va boshqaruvning kuchayishi kabi mavzularni qamrab oladi. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi o‘z mohiyati va ahamiyati jihatidan sovet davridagi Konstitutsiyalardan, xususan, 1978 yilgi O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasidan tubdan farq qilishi kerak edi.
- 17-mavzu. Turkiston Muxtoriyati milliy demokratik davlatchilikning dastlabki tajribasi.: Turkiston Muxtoriyatining bolsheviklar tomonidan tugatilishi hamda Turkistonda sovet hokimiyatining o‘rnatilishi va Turkiston Muxtoriyatining tashkil topishi kabi mavzularni o‘rganadi. Turkiston Muxtoriyatining bolsheviklar tomonidan tugatilishi istqlolchilik harakatining butun Farg‘ona vodiysida boshlanishiga turtki bo‘ldi.
- 18-mavzu. Sovetlar andozasi asosida TASSR. XXSR va BXSR larning tashkil topishi.: Turkiston Avtonom Sovet Respublikasining tashkil topishi, Xiva xonligining ag‘darilishi, Xorazm Xalq Sovet Respublikasining tashkil topishi, Buxoro amirligining ag‘darilishi, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi hamda ularning milliy-hududiy chegaralanish masalasini o‘rganadi. Turkiston Muxtoriyatining qonga botirilib tugatilishi istiqlolchilik harakatining butun Farg‘ona vodiysida boshlanishiga turtki bo‘ldi.
- 19-mavzu. O‘rta Osiyoda milliy-xududiy chegaralanishning o‘tkazilishi. O‘zbekiston SSR ning tashkil topishi.: O‘rta Osiyo Rossiya imperiyasi davrida va Turkiston o‘lkasida davlat boshqaruv tizimining o’zia xos hususiyatlari hamda O‘lkaning uezdlarga bo‘linishi, 1886 yilgi “Turkiston o’lkasining boshqarish haqida nizom” va boshqaruvning kuchayishi kabi mavzularni qamrab oladi. Turkiston xalqlarining O‘z milliy davlatchiligini tiklash va rivojlantirishga intildi.
- 20-mavzu. Mustaqil O‘zbekiston davlatining tashkil topishi.: Mustaqil O‘zbekiston davlatining tashkil topishi, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va uning ijtimoiy-siyosiy hayotda o‘zgarishning boshlanishi hamda O‘zbekiston mustaqilligini e’lon qilinishi kabi mavzularni o‘rganadi. Mustaqillik davlat boshqaruvida uchta muhim tamoyil — qonunchilik, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linish prinsipiga asoslanadi.
- 21-mavzu. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish, Oliy Majlisning qonun chiqaruvchi hokimiyatini shakllantirish va boshqa vakolatlari tahlil qilinadi. "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 107-moddasida “O‘zbekiston Respublikasining sud tizimi besh yil muddatga saylanadigan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Xo‘jalik sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Oliy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining xo‘jalik sudi bilan shu muddatga tayinlanadigan viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, tuman, shahar va xo‘jalik sudlaridan iborat”, deb belgilangan.