“Iqtisodiyot nazariyasi”

Ushbu o‘quv qo‘llanma talabalar uchun «Iqtisodiyot nazariyasi» fanini o‘rganishda zarur bo‘lgan nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, pedagogik hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi. Unda iqtisodiyotning predmeti, iqtisodiy tizimlar, mulkchilik munosabatlarining shakllanishi, bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilish mexanizmi, O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning hususiyatlari, biznes va tadbirkorlik faoliyati, raqobat va narxning shakllanishi, milliy iqtisodiyot va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, milliy boylik, iqtisodiy o‘sish va uning omillari, moliyaning mohiyati va moliya tizimi, davlatning soliq byudjet siyosati, pul muomalasi, kredit va banklar, investitsiya va investitsion siyosat, ishchi kuni bandligi va mehnat bozori, iqtisodiyotni tartibga solishning bozor va davlat mexanizmlari, jahon xo‘jaligi va iqtisodiy integratsiya kabi muhim mavzular chuqur yoritilgan. Har bir mavzu bo‘yicha nazariy ma’lumotlar, klasterlar, blits-so‘rovlar, keyslar, muammoli vazifalar va mustaqil ta’lim mavzulari berilgan bo‘lib, talabalarning bilimini mustahkamlashga va ularning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan.

Asosiy mavzular

  • «Iqtisodiyot nazariyasi» fanining predmeti. Iqtisodiy tizimlar: O‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Iqtisodiyot nazariyasi» fani dasturiga asoslanadi. Unda iqtisodiyotning predmeti, iqtisodiy tizimlar, iqtisodiy kategoriyalar va qonunlar, iqtisodiyot nazariyasining tahlil uslublari, iqtisodiyot nazariyasining boshqa iqtisodiy fanlar bilan bog‘liqligi, ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarning mohiyati va turlari, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari va ularni bilishga bo‘lgan yondashuvlar, iqtisodiy tizimlar va ularning turli modellari kabi mavzular yoritilgan.
  • Mulkchilik, tovar va pul munosabatlarining shakillanishi: Ushbu mavzu ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy shakllari bo'lmish mulkchilik munosabatlarining mohiyati, mulk turlari, ularning shakllanishi va rivojlanishi, tovar va pulning mohiyati, vazifalari va rivojlanish tarixi kabi masalalarni chuqur yoritadi. Mulkchilikning ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va ularning iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni, mulkdan foydalanish va uni tasarruf etishning huquqiy asoslari ham ko‘rib chiqiladi.
  • Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilish mexanizmi. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning hususiyatlari: Mavzu bozor iqtisodiyotining mohiyati, asosiy belgilari, turlari, O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li, tamoyillari va xususiyatlari, bozor islohotlarini amalga oshirish va uning asosiy yo‘nalishlari, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish vazifalari kabi masalalarni o‘z ichiga oladi. Mavzu bozor iqtisodiyotining rivojlanish bosqichlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qiladi.
  • Biznes va tadbirkorlik faoliyati. Raqobat va narxning shakillanishi: Ushbu mavzu tadbirkorlik tushunchasi, uning vazifalari va rivojlanish shart-sharoitlari, tadbirkorlik faoliyatining shakllari, tadbirkorlik kapitalining xarakati va aylanishi, raqobatning mohiyati, shakllari va usullari, narxning mazmuni va uning vazifalari kabi masalalarni yoritadi. Tadbirkorlik iqtisodiy faoliyatning ajralmas tarkibiy qismi sifatida ko‘rib chiqiladi.
  • Milliy iqtisodiyot va makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, milliy boylik. Iqtisodiy o’sish va uning omillari: Mavzu milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari, milliy boylik, iqtisodiy o‘sish va uning omillari, iqtisodiy sikllar, inflyatsiya, tadbirkorlik, raqobat va narx kabi masalalarni chuqur o‘rganadi. Milliy iqtisodiyotning rivojlanish tamoyillari va O‘zbekistonning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari ham yoritilgan.
  • Moliyaning mohiyati va moliya tizimi, davlatning soliq byudjet siyosati. Pul muomilasi, kredit va banklar: Mavzu moliyaning mohiyati va moliya tizimi, davlatning soliq byudjet siyosati, pul muomalasi, kredit va banklarning mohiyati, vazifalari, turlari va rivojlanish tamoyillarini o‘z ichiga oladi. Pul muomalasini tartibga solish qonunlari, inflyatsiya va uning turlari, kredit va bank tizimlari, ularning vazifalari ham chuqur tahlil qilinadi.
  • Innvestitsiya va investitsion siyosat. Ishchi kuni bandligi va mehnat bozori: Mavzu investitsiya va investitsion siyosat, ishchi kuni bandligi va mehnat bozori, ishsizlikning turlari va ularning sabablarini o‘z ichiga oladi. Investitsiyalarning mazmuni, manbalari, turlari, ularning darajasiga ta’sir etuvchi omillar, ishchi kuchini takror ishlab chiqarish va mehnat bozori tahlil qilinadi.
  • Iqtisodiyotni tartibga solishning bozor va davlat mexanizmlari: Ushbu mavzu iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning nazariyalari, maqsadlari va vazifalari, davlatning iqtisodiyotga ta’sir qilish usullari va vositalari, ijtimoiy siyosatning asosiy yo‘nalishlari kabi masalalarni qamrab oladi. Bozor va davlat mexanizmlarining o‘zaro aloqadorligi va ularning ahamiyati tahlil qilinadi.
  • Jahon xo’jalagi va iqtisodiy integrasiya: Mavzu jahon xo‘jaligi va iqtisodiy integratsiyaning mohiyati, jahon xo‘jaligi rivojlanishining asosiy bosqichlari, xalqaro mehnat taqsimoti, iqtisodiy integratsiyaning shakllari, to‘lov balansi, valyuta kurslari, jahon valyuta tizimi kabi masalalarni o‘z ichiga oladi. Jahon xo‘jaligining o‘ziga xos jihatlari va O‘zbekistonning jahon xo‘jaligiga integratsiyasi ham yoritilgan.