Жийда ва чаканда

Ushbu kitobda sharq va tor bargli jiyda navlarining xalq seleksiyasi asosida yaratilgan mahalliy navlari va shakllarini tanlash hamda jiyda va chakandaning genetik resurslarini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan ko‘p yillik ilmiy tadqiqotlar natijalari aks ettirilgan. Kitobda o‘simliklarning biologiysi, ekologiyasi, areali, geografik tarqalishi, bioximiyasi hamda ko‘paytirish texnologiyasi kabi muhim jihatlar ochib berilgan. Shuningdek, sanoat miqyosida o‘stirish uchun istiqbolli shakllari tavsiya etilgan va ularni parvarishlash agrotexnikasi keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Jiyda va chakandani o‘rganishning nazariy asoslari: Jiyda va chakanda turkumlarining tarixiy tadqiqotlari, biologik va geografik tarqalishi hamda tashqi muhit bilan munosabati haqida ma'lumot beradi.
  • Jiyda va chakanda genofondi: Jiyda va chakandaning genetik resurslari va istiqbolli shakllarini tanlash hamda ularning biomorfologik tavsifi keltirilgan.
  • Jiyda va chakandani ko‘paytirish: Jiyda va chakandani vegetativ hamda urug‘idan ko‘paytirish va ko‘chatlarini yetishtirish agrotexnikasi, shuningdek, ularning iqtisodiy samaradorligi yoritilgan.