PHP texnologiyasi kursi

Ushbu uslubiy qo'llanmada PHP texnologiyalarini ishlash printsiplari, asosiy komponentlari va asosiy imkoniyatlari keltirilgan. Unda webserverlarni o'rnatish, PHP sintaksisini, operator va funksiyalari bilan ishlash, MySql MBBT bilan ishlashni hamda ulardan foydalanib ma'lumotlarni qayta ishlash, cookie va sessiyalar bilan tanishish o'rgatilgan. PHP yordamida ma'lumot turlari bilan ishlashni ko'rish va uni bugungi kundagi web 2.0 standartidagi loyihalarni tuzishda qo'llanilishi ham tushuntirilgan. Qo'llanma o'quv jarayonida va mustaqil o'rganuvchilar uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • I BOB. WEB 2.0 TEXNOLOGIYASINING ASOSIY JIHATLARI VA PHP ARXITEKTURASI: Ushbu bobda Web 2.0 konsepsiyasi, web saytlarning tuzilmaviy qurilishi, PHP asosiy tushunchalari, sintaksisi va imkoniyatlari, global o'zgaruvchilar yordamida ma'lumotlarni qabul qilish va uzatish, funksiyalar va ob'ektlar hamda forma elementlari va fayllar sistemasi bilan ishlash kabi mavzular yoritilgan.
  • II BOB. Dinamik web loyihalarda PHP texnologiyasidan foydalanish. Xavfsizlik va autentifikatsiya masalalari: Ikkinchi bobda dinamik web loyihalarda PHP texnologiyasidan foydalanish, xavfsizlik va autentifikatsiya masalalari, ma'lumotlar bazasi bilan ishlashda PHP va MySQL MBBTdan foydalanish, web saytda autorizatsiya vositalari, cookie fayllar va sessiyalar bilan ishlash, ma'lumotlarni almashish formatlari: XML va JSON kabi mavzular yoritilgan.