O’rta Osiyo va O’zbekistonning davlat muassasalari tarixi

Ushbu kitob Oʻrta Osiyo va Oʻzbekiston davlat muassasalari tarixi fanini oʻrganishga bagʻishlangan boʻlib, unda davlatlarning tashkil topishi, boshqaruv tizimlari, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti, shuningdek, harbiy tizimlari va boshqa muhim masalalar chuqur tahlil qilingan. Kitobda qadimgi davlatlardan tortib, musulmon bosqini davrigacha boʻlgan davrlardagi Oʻrta Osiyo va Oʻzbekiston davlatchiligi tarixi yoritilgan. Xususan, "Avesto" kitobi, Ahamoniylar, Yunon-Makedonlar, Kushonlar, Eftaliylar, Turk xoqonligi va Arab xalifaligi davlatlari davrida boshqaruv tizimlari hamda davlat muassasalari haqida batafsil ma’lumot berilgan.

Asosiy mavzular

  • 1-mavzu. Oʻrta Osiyo va Oʻzbekistonda davlat muassasalari tarixi fanining predmeti, obeʼkti, maqsadi va vazifalari: Ushbu mavzu davlat muassasalari tarixi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi va vazifalari, davlat va davlat muassasalari tushunchasi, davlat muassasalarining shakllanishidagi shart-sharoitlar, hamda davlat muassasalari tarixi fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi haqida maʼlumot beradi.
  • 2-mavzu. Oʻzbekiston hududida qadimgi davlatlar va muassasalarining vujudga kelishi: Ushbu mavzu Oʻzbekiston hududida ilk davlatlar va davlat uyushmalarining vujudga kelishi, “Avesto”ning yaratilash tarixi va undagi ilk davlat birlashmalari, “Avesto”da huquqshunoslikka doir masalalar, hamda Oʻzbekiston hududidagi qadimgi davlatlar va ularda boshqaruv masalalari haqida maʼlumot beradi.
  • 3-mavzu.O’rta Osiyoda Ahamoniylar davri davlat boshqaruvi: Ushbu mavzu Ahamoniylar davlatining vujudga kelishi, bosqinchilik yurishlari, Ahamoniylar hukmronligi davrida davlat boshqaruv aparati, Ahamoniylar davlatining qoʻshin turlari va Oʻrta Osiyoni satrapliklarga boʻlinishi, hamda Ahamoniylar davrida qoʻshin turlari, madaniyat va din haqida maʼlumot beradi.
  • 4-mavzu.Qadimgi Qang’ va Davon davlatlarida davlat muassasalari tizimi: Ushbu mavzu Qang’ va Davon davlatlarining tashkil topishi tarixi, ularda davlat boshqaruv tizimi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayot, hamda Qang’ va Davon davlatlarining tanazulga yuz tutishi haqida maʼlumot beradi.
  • 5-Mavzu: Yunon Makedonlar va Salavkiylar davrida boshqaruv va davlat: Ushbu mavzu Aleksandir Makedonskiyning taxtga chiqishi va olib borgan yurishlari, Salavkiylar davlatining tashkil topishi va uning yurtimizda tutgan o’rni, Iskandar va Salavkiylar hukmronligi davrida markaziy va mahalliy boshqaruv, hamda ellinistik madaniyatning kirib kelishi haqida maʼlumot beradi.
  • 6-mavzu. Kushon davlatida davlat muassasalari tizimi: Ushbu mavzu Kushonlar davlatining tashkil topishi, Kushonlarda davlat boshqaruv tuzilmasi, harbiy soha va jinoyat va jazo organlar faoliyati, hamda Kushonlar davlatida soliq tizimi haqida maʼlumot beradi.
  • 7-mavzu. Eftalitlar davlatida davlat boshqaruv: Ushbu mavzu Eftaliylar davlatining tashkil topishi va uning tarix sahnasida tutgan o’rni, Eftaliylar davlatining boshqaruv tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy hayot yer egaligi va soliq turlari, hamda Eftaliylarda madaniy hayot va diniy munosabatlar haqida maʼlumot beradi.
  • 8-mavzu. Turk xoqonligida davlat boshqaruvi tizimi: Ushbu mavzu Turk xoqonligining tashkil topishidagi tarixiy shart-sharoit, davlat boshqaruvi tizimi, yer egaligi, ijtimoiy jazo turlari, hamda iqtisodiy-siyosiy, madaniy hayot haqida maʼlumot beradi.
  • 9-mavzu. O’rta Osiyoda arab xalifaligi davlat boshqaruvi: Ushbu mavzu Arab xalifaligining tashkil topishi, Arablar hukumronligi davrida yer egaligi va soliq tizimi, boshqaruv tizimlari va huquqiy munosabatlar, hamda iqtisodiy-ijtimoiy, va madaniy hayot haqida maʼlumot beradi.