Maxsus dori turlari texnologiyasi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI DORI TURLARI TEXNOLOGIYASI KAFEDRASI

Asosiy mavzular

  • Kirish: Talabalarga gomeopatik, pediatriya, geriatriya, kosmetologiya va veterinariya amaliyotida qo‘llaniladigan dori turlari texnologiyasi, tayyorlash usullarining o’ziga hosligi va xozirgi zamon talablari, dori turidan dorivor moddani ajralib chiqishini boshqaruvchi sistemalar, ta’siri oldindan belgilanadigan va uzaytirilgan hamda yo‘naltirilgan holda a’zo, to‘qima va hujayralarga etkazishini ta’minlovchi dori vositalariga oid bilimlarni berish maqsadida “Maxsus dori turlari texnologiyasi” fani ta’lim dasturiga kiritildi. Fan bo’yicha talabalarining bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi. Talaba: - Maxsus dori turlari texnologiyaning asosiy tushunchalari, uning maqsad va vazifalari, rivojlanish bosqichlari, gomeopatiya, yoshiga qarab beriladigan, kosmetologiya va veterinariya amaliyotida qo’llaniladigan hamda zamonaviy (dori turidan dorivor moddani ajralib chiqishini boshqaruvchi sistemalar, ta’siri oldindan belgilangan va uzaytirilgan hamda yo‘naltirilgan holda a’zo, to‘qima va hujayralarga etkazishini ta’minlovchi) dorilar texnologiyasi sohasidagi ilmiy tekshirishlarning asosiy yo‘nalishlari; - Bugungi kundagi gomeopatiya, maxsus va zamonaviy dori turlari nomenklaturasi va tasnifi; - Gomeopatiya, maxsus va zamonaviy dori turlarini tayyorlashning asoslari, qadoqlash va jihozlash masalalari; - Dori turlarini sifatini me’yoriy hujjatlar asosida nazorat qilish tartibi; - Dori turlarning tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishi to‘g‘risida asosiy ma’lumotlar haqida tasavvurga ega bo‘lishi. - Gomeopatiya, maxsus va zamonaviy dori turlarini tayyorlash uchun xonalarga, jihoz va asbob-uskunalarga, xodimlarga qo‘yiladigan talablar; - Gomeopatiya, maxsus va zamonaviy dori turlari texnologiyasida qo‘llaniladigan yordamchi moddalar va ularni ta’sir etuvchi moddaning fizik-kimyoviy xossalaridan kelib chiqqan holda tanlash; - Dori turlarining texnologiyasini ishlab chiqish, bunda hisoblarni to‘g‘ri olib borishni bilish va ulardan foydalana olish. - Gomeopatiya, maxsus va zamonaviy dori turlarini tayyorlash; - Amaldagi me’yoriy hujjatlar talablariga binoan sifatini baholash; - Tayyorlangan dori turlarini asosiy ta’sir etuvchi moddaning fizik-kimyoviy xossalaridan kelib chiqib qadoqlash va jihozlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. Maxsus dori turlari texnologiyasi fanining boshqa fanlar bilan integratsiyasi: Maxsus dori turlari texnologiyasi fanini mukammal o‘zlashtirish uchun talabalar quyidagi fanlardan yetarli bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishlari kerak: - farmatsevtik terminologiya; - fizik kimyo; - gigiena; - mikrobiologiya; - farmakognoziya; - farmatsevtik kimyo; - farmatsevtik texnologiya; - farmatsevtika ishini tashkil qilish.
  • Maxsus dori turlari texnologiyasi: Ushbu fan talabalarga gomeopatik, pediatriya, geriatriya, kosmetologiya va veterinariya amaliyotida qo‘llaniladigan dori turlari texnologiyasi, tayyorlash usullarining o’ziga hosligi va xozirgi zamon talablari, dori turidan dorivor moddani ajralib chiqishini boshqaruvchi sistemalar, ta’siri oldindan belgilanadigan va uzaytirilgan hamda yo‘naltirilgan holda a’zo, to‘qima va hujayralarga etkazishini ta’minlovchi dori vositalariga oid bilimlarni berish maqsadida “Maxsus dori turlari texnologiyasi” fani ta’lim dasturiga kiritildi.
  • Go'meopatiya dorilarni tayyorlashda qo'llaniladigan asbob-uskunalar.: Gomeopatiya dorilarini tayyorlashda qo'llaniladigan asbob-uskunalar.
  • Gomeopatiya dorilarini tayyorlashda qo'llaniladigan yordamchi moddalarni ta'rifi va minеral moddalardan gomeopatik suvli-spirtli eritmalar hamda gomeopatik suvli kislotalarning texnologiyasi: Gomeopatiya dorilarini tayyorlashda qo'llaniladigan yordamchi moddalarni ta'rifi va minеral moddalardan gomeopatik suvli-spirtli eritmalar hamda gomeopatik suvli kislotalarning tеxnologiyasi
  • Gomeopatik murakkab spirtlarning texnologiyasi: Gomeopatik murakkab spirtlarning texnologiyasi
  • Gomeopatik qattiq dori turlari (trituratsiyalar, granulalar) texnologiyasi: Gomeopatik qattiq dori turlari (trituratsiyalar, granulalar) texnologiyasi
  • Bolalarga mo‘ljallangan suyuq dori turlari texnologiyasi: Bolalarga mo‘ljallangan suyuq dori turlari texnologiyasi
  • Bolalarga mo‘ljallangan qattiq va yumshoq dori turlari texnologiyasi: Bolalarga mo‘ljallangan qattiq va yumshoq dori turlari texnologiyasi
  • Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga mо‘ljallangan dorilar texnologiyasi: Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga mо‘ljallangan dorilar texnologiyasi
  • Suyuq kosmetik vositalar texnologiyasi (losyon, sutlar, xushbo’y suvlar): Suyuq кosmetik vositalar texnologiyasi (losyon, sutlar, xushbo’y suvlar)
  • Yumshoq kosmetik vositalar texnologiyasi (kremlar, gellar): Yumshoq кosmetik vositalar texnologiyasi (kremlar, gellar)
  • Qattiq kosmetik vositalar texnologiyasi. Kosmetik vositalar sifatini baholash.: Qattiq кosmetik vositalar texnologiyasi. Kosmetik vositalar sifatini baholash.
  • Veterinariya amaliyotida qo‘llaniladigan dori turlari texnologiyasi: Veterinariya amaliyotida qo‘llaniladigan dori turlari texnologiyasi
  • Polimer dorivor pardalarni tayyorlash asoslari: Polimer dorivor pardalarni tayyorlash asoslari
  • Spansula, strukturali tabletkalar, terapevtik dori sistemalar tuzilishi. Polimer dorivor pardalarni sifatini baxolash: Spansula, strukturali tabletkalar, terapevtik dori sistemalar tuzilishi. Polimer dorivor pardalarni sifatini baxolash
  • Mikrokapsulalangan dorilarni tayyorlash asoslari: Mikrokapsulalangan dorilarni tayyorlash asoslari
  • Yumshoq dori turlarini biosamaradorligini in vitro usulida aniqlash: Yumshoq dori turlarini biosamaradorligini in vitro usulida aniqlash