Geodeziya

Ushbu kitob geodeziya fanining «Geodeziya –II» moduli bo'yicha tayyorlangan bo'lib, unda geodeziya va kartografiya hamda kadastr yo'nalishi bo'yicha tahsil olayotgan 2-kurs bakalavrlari uchun mo'ljallangan. Kitobda 54 ta ma'ruzalar matni, kirish va adabiyotlar ro'yxati keltirilgan bo'lib, namunaviy ishchi o'quv dasturi asosida tuzilgan. Kitobda geodeziya, poligonometriya, nivelirlash, lazerli nivelirlar va masofalarni o'lchash kabi mavzular chuqur yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • 1-BO’LIM. III VA IV KLASS NIVELIRLASH: Ushbu bo'limda nivelirlashning umumiy ma'lumotlari, unda qo'llaniladigan asboblar, nivelirlarni sinash va rostlash, ularni tekshirish, ishni tashkil etish, dala ishlari, jurnalni to'ldirish va tekshirish, geodezik punktlarni joyga o'rnatish, nivelirlash aniqligi, yo'lni tenglashtirish va boshqa mavzular chuqur o'rganilgan.
  • 2-BO’LIM. POLIGONOMETRIYA: Ushbu bo'limda poligonometriya, uning turlari, burchak va masofa o'lchashdagi xatolar, poligonometriya punktlarini joyga o'rnatish va loyihani tuzish, vizir markalari, optik markazlashtiruvchilar, burchak o'lchashlar, masofani invar simlar bilan o'lchash, masofani svetodalnomerlar va optik dalnomerlar bilan o'lchash, masofani parallaktik usul bilan o'lchash kabi mavzular chuqur yoritilgan.