Анализ качество вторичного вскрытия пластовна под газовых нефтяных залеж
Ushbu bitiruv malakaviy ishining mavzusi
Asosiy mavzular
- Mavzuning dolzarbligi: Meva va sabzavotlar oziq-ovqat ratsionida muhim ahamiyatga ega. Ular faqat oziq-ovqatga ishlatilmasdan, undan xalq xoʻjaligining turli boshqa sohalarida ham ko'p foydalaniladi.
- Pomidorning umumiy taʼrifi, xususiyatlari va xalq xoʻjaligidagi ahamiyati: Pomidor ituzumdoshlar oilasiga kiradi. Pomidor Janubiy Amerikadan keltirilgan. Bu ekin bir-yillik ekin sifatida o'stiriladi, biroq tropik mamlakatlarda koʻp-yillik sifatida yetishtirilishi mumkin.
- Qayta ishlashga mos pomidor navlari tavsifi: Pomidorning respublikamizda rayonlashtirilgan koʻplab navlari mavjud. Ularning hammasini ham qayta ishlash mumkin bo'lsada, yuqori sifatli pomidor konservalarini tayyorlashda xomashyoni yetishtirish, navni toʻgʻri tanlash va ularga dastlabki ishlov berish masalalariga jiddiy e'tibor berish muhim axamiyat kasb etadi.
- Qayta ishlashga moʻljallangan pomidorni terish, tashish va tovar holatiga keltirish: Pomidor hosili koʻp marta hamda bir marta terib olinishi mumkin. Hosilni ko'p marta yig'ib olish meva navbatma-navbat pishadigan navlarga taalluqli. Bunday navlarga mevasi uzoq muddat tupida turishi mumkin emas, chunki navbatdagi mevalar pishguncha ular oʻzining tovarlik xususiyatini yoʻqotadi.
- Pomidorni qayta ishlab sirkalashning nazariy asoslari: Sirkalash yoki marinad meva va sabzavotdan tayyorlangan massa ustiga uksusli quyma quyilgan konserva mahsuloti hisoblanadi. Uksusdan tashqari quyma tarkibiga tuz, qand va ziravorlar kiradi. Marinad quymasining tarkibiga kiruvchi komponentlar kerakli ta'mni ta'minlaydigan koʻrinishda tanlanadi.
- Sirkalangan pomidor konservalarini qadoqlashda ishlatadigan idish va boshqa materiallar: Tayyor sirkalangan konservalarni qadoqlashda 1000 ml lik balonlar va tor ogʻizli shisha idishlar xam ishlatilishi mumkin. Shisha idishlar rangsiz boʻlishi, ozgina xavorang yoki yashil rangli boʻladi. Ishlab chiqarishda rangsizidan va boshqalaridan foydalanishga ruxsat etiladi.
- Tayyor sirkalangan pomidor konservalarni saqlash va ularda uchraydigan buzilish turlari: Saqlash. Konservalar bu uzoq muddatga saqlashga mo'ljallangan mahsulotlar xisoblanadi. Tarixdan ma'lumki, 90 yilgacha saqlangan konservalar oʻzini ozuqalik qiymatini va ta'm xususiyatini saqlanish davrida yo'qotmagan. Biroq amaliyotda buncha uzoq saqlashga xech qanday manfaat yoʻq.
- Mehnantni muhofaza qilish: Qayta ishlash korxonalarining ishlab chiqarish sexlarida juda koʻplab issiqlik bilan ishlaydigan uskunalar mavjud. Issiqlik qurilmalari, shuningdek bug' aylanadigan, issiq suv yuradigan, mahsulot yuradigan quvurlar tizimi himoya vositalari bilan izolyatsiya qilingan boʻlishi kerak.
- Atrof-muhit muhofazasi: Hozirgi vaqtda atmosfera havosini ikki manba: tabiiy omillar va inson faoliyatining mahsuli antropogen manbalar ifloslantiradi.
- Iqtisodiy qism: Biz "Pomidorni sirkalab konservalash texnologiyasi” mavzusida ushbu bitiruv malakaviy ishni bajarish asosida quyidagi xulosalarga keldik: