Markaziy Osiyo xalqlari tarixi

«Markaziy Osiyo xalqlari tarixi» fanining asosiy mazmuni va mohiyati tarixiy-madaniy jarayonlar tadqiqotiga asoslanadi. Mazkur fan talabalarga Markaziy Osiyo xalqlari o‘tmishini, ularning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotini, mintaqadagi tarixiy davlatlar, davlatchilik jarayonlarining yagonaligi va mahalliy xos xususiyatlari, boshqaruv tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, ichki va tashqi siyosati bo‘yicha bilim berishdan iborat. Asisiy vazifa esa – talabalarga Markaziy Osiyo hududlari yagona tarixiy madaniy mintaqa sifatida ko‘plab xalqlarning tarixiy taqdirini o‘zida birlashtirganligini e‘tiborga olib mintaqa xalqlari tarixining umumiyligi, mushtarak ildizlari va yaxlit jarayon sifatida tushuntirishdir. Markaziy Osiyo – eng qadim zamonlardan boshlab ko‘plab xalqlarning taqdirini birlashtirgan, murakkab etnik va tarixiy jarayonlar kechgan tarixiy - geografik hudud hisoblanadi. Shuningdek, bu ulkan mintaqa jahon antropogen jarayonlari ro‘y bergan, insoniyatning ilk ajdodlari shakllangan makonlardan biridir. Ming yillar davomida Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan madaniyat o‘chog‘i sifatida dunyo ilm ahlining e‘tiborini tortib kelgan. Turkiston va Markaziy Osiyo hududlarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar Markaziy Osiyo hududining insoniyat ilk ajdodlari yashagan mintaqalar qatoriga kirishini ko‘rsatmoqda.

Asosiy mavzular

  • "Markaziy Osiyo xalqlari tarixi" faniga kirish: fanning maqsadi, vazifalari, manbalari va metodologik asoslari: Fan davlat ta'lim standartlariga muvofiq ravishda jahon sivilizatsiyasi tarixini umumiy shakllantirish, Markaziy Osiyo mintaqasi tariximizning eng qadimiy davrlaridan boshlab hozirgi kunlargacha bo'lgan davrni o‗rganish, mintaqaning o‗ziga xos xususiyatlarini va boshqa hududlardan farqini tahlil qilish, mintaqa xalqlari taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini, ularning milliy davlatchiligining shakllanishi va rivojlanishi, ijtimoiy-siyosiy va madaniy taraqqiyotining tarixiy jarayonlarini ochib berishdir. Fan talabalarga Markaziy Osiyo hududlari yagona tarixiy madaniy mintaqa sifatida ko‗plab xalqlarning tarixiy taqdirini o‗zida birlashtirganligini tushuntirishga qaratilgan.
  • Markaziy Osiyo insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi makoni, mintaqa xalqlarining tarixiy-madaniy mushtarakligi: Markaziy Osiyo insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi makoni sifatida o‗ziga xos xususiyatlarga ega. Mintaqada turli etnik guruhlar yashagan. Bu hududlar taqdirlari tutash turkiy va eroniyzabon xalqlar uchun ilk beshik vazifasini o‗tagan. Shu sababli, tarixga oid xoh turkiy, xoh forsiy, xoh xitoyi yoki hindiy, yunoniy, arabiy, boringki, har qanday yozma manbaga diqqat qilinsa, mazmuni va shakli Markaziy Osiyo xalqlari o‗tmishi uchun mushtarak bo‗lib chiqqan. Buning tub mohiyati Markaziy Osiyoning qadim zamonlardan boshlab yagona tarixiy madaniy mintaqa bo‗lib kelgani bilan izohlanadi.
  • Markaziy Osiyoda paleolit va mezolit: tosh asri lokal (mahalliy) arxeologik madaniyatlarining antropogen xos va umumiy jihatlari: Markaziy Osiyo antropogen mintaqalar qatorida quyi paleolitdan boshlab inson uchun makon vazifasini o‗tab kelgan. Bugungi arxeologik tadqiqotlar o‗lkada insoniyat tarixini bir million yil atrofida belgilash imkonini bermoqda. Biroq bunday xulosa bir-ikki topilma asosida chiqarilishi yetarli darajada asosli bo‗lmasligi mumkin. Shu sababli mazkur muammoni to‗g‗ri hal qilish uchun bugungi tarix va arxeologiya fanidagi texnik tashxis imkoniyatlarini ishga solmoq lozim bo‗ladi. Masalan, bir million yil avval mintaqaning iqlim sharoiti va geografik landshafti masalasini paleogeografik asosda tekshirmasdan turib xulosa chiqarish qiyin. Shu sohada qilingan tadqiqotlar Selungur g‗orida hayot davom etgan davr uchun mo‗tadil subtropikal iqlim sharoiti mavjudligini ko‗rsatdi. Bundan tashqari million yillik da‘voni asoslash uchun radiokarbon tahlili, chirindi kukunlarni mikroskopik o‗rganish (pilseviy analiz), g‗ordan topilgan odam bosh chanog‗i suyagining rentgenologik tahlili singari ilmiy tekshirish usullari ishga solindi.
  • Markaziy Osiyoda neolit va eneolit davrlari ilk sivilizasion bosqichlari (xo‘jalik tiplari taraqqiyoti dinamikasining tahlili): Markaziy Osiyo hududida neolit davri jamoalari madaniyatining elementlari Hindistonning shimoliy hududida topilgan Soan manzilgohiga mansub mehnat qurollari bilan ayrim o‗xshashligini ko‗rish mumkin. Markaziy Osiyo paleolitining muhim xususiyatlaridan yana biri shundaki, ilk paleolitdayoq tosh o‗zaklaridan parrakalar ajratishda levellua texnik uslubi mavjud bo‗lgan. Bu jarayon paleolit yodgorliklarida turli xilda kuzatilishidan qat‘iy nazar, mehnat qurollarini yaratishda qo‗llanilgan taraqqiyot yo‗lini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu texnik uslub, ayniqsa, o‗rta paleolit davrida birmuncha rivoshlanganligini ko‗ramiz.
  • Bronza davrida nomadik va Markaziy Osiyo o‘troq madaniyatlari munosabatlari: Markaziy Osiyoda bronza asri o‗ziga xos alohida bir davrni tashkil qilib, aholining deyarli bir yarim ming yillik turmush tarzini o‗zida ifoda etadi (miloddan avvalgi III ming yillik o‗rtalaridan to I ming yillikning boshlariga qadar). Bronza asri tosh asriga nisbatan juda qisqa davrni o‗z ichiga oladi. Birinchi marta bronza mil. avv. III minginchi yillikda Old Osiyo va Hindistonda kashf etilgan. Arxeolog olimlari mizning Markaziy Osiyo hududida olib borgan ilmiy ishlari shuni ko‗rsatdiki, bronza davrida ovchilik va termachilik ijtimoiy va iqtisodiy hayotda o‗zining dastlabki rolini asta-sekin yo‗qotib borgan. Aholining asosiy yashash manbai dehqonchilik va chorvachilik bo‗lib qoldi va bu esa metallga bo‗lgan talabni yanada oshirdi. Qadimgi "metallurglar" ma‘lum davrdan so‗ng qalayni misga qorishtirib bronza (jez) olishni kashf etganlar. Bronza egiluvchan metall bo‗lsada, ammo misga nisbatan ancha mustahkam metall.
  • Markaziy Osiyoning janubiy, janubiy-g‘arbiy hududlarida bronzo davri madaniy-tarixiy markazlari: (Afg‘onistonning Dashli-I,III, Turkmanistonning Nomozgoh, Gonurtepa): Markaziy Osiyoning janubi-g‘arbidagi ilk dehqonchilik jamoalari tarixining birinchi bosqichi - Nomozgoh VI va V bosqichlariga to‘g‘ri kelsa, ikkinchi bosqichi Nomozgoh IV bosqichiga mos tushadi. Ilk bronza davri Nomozgohning ikkinchi bosqichiga to‘g‘ri keladi. Rivojlangan bronza davri esa Nomozgoh III bosqichiga to‘g‘ri keladi. Bu davr sopol buyumlari odatda hech bir naqshsiz, kulolchilik dastgohida ishlangan. Kulolchilik charxi esa sopol ishlab chiqarishda Nomozgoh IV bosqichining so‘nggi fazasida qo‘llana boshlangan. Umuman, bu davr uchun muhtasham ibodatxona va saroy tipidagi monumental inshootlar qurilishi xarakterlidir.
  • Markaziy Osiyoda Toman davri nomadik va O‗rta Osiyo o‗troq madaniyatlar munosabatlari: Bronza davrida dehqonchilik vohalarida alohida-alohida aholining joylashish tuzumi shakllandi. Aynan shu narsa shahar tipidagi aholi punktlarining shakllanishiga shart-sharoitlarni yaratdi. Shahar tipidagi aholi punktlari yuzaga kelish omillarini bilish ham muhim ahamiyatga egadir. Birinchi omil - aholi zichligi va konsentratsiyalashuviga olib kelgan oziq-ovqat yetishtirish usulidir. Dehqonchilik vohalarida aholi zichligi ovchilik va termachilik davriga qaraganda deyarli 100 barobar zichroq bo‗lgan. Shu sababli dehqonchilik jamiyatlarining ilk bosqichliridagiga nisbatan yirik aholi markazlari paydo bo‗ladi.
  • Markaziy Osiyo orqali kechgan qadimiy migrasion jarayonlar va ularning tarixiy hamda etno-madaniy jarayonlarga ko‗rsatgan ta‘siri: Turkiy xalqlar tarixini yevropa tarixshunosligi bir necha asrlar davomida faqat Oltoy mintaqasi, Ichki Osiyo, hatto Uzoq Sharq o‗lkalari bilan bog‗liq holda ta'riflab keladi. Bunday qarash zamirida yevropa olimlari xizmat qilgan mafkura ta'siri yotadi. Ya'ni, hind-yevropa nazariyasi ijtimoiy fanlarga, ayniqsa, tilshunoslikka nisbatan faol ishga solingan paytlardan boshlab, Markaziy Osiyoni, xususan, O‗rta Osiyo mintaqasini faqat eroniy xalqlar makoni qilib ko‗rsatishga urinib kelingan. Holbuki, turkiy xalqlar qadim zamonlardan boshlab, ayniqsa, eneolit va bronza davrlaridan boshlab, O‗rta Osiyoning tubjoy aholisi bo‗lgan va prototurkiy bosqich da o‗troq dehqonchilik madaniyatiga asos solgan. Ushbu fikr yevropa fani zo‗r berib da'vo qilib kelayotgan ariylar migratsiyasining davri orqali isbotlanishi mumkin. Binobarin, ariylar migratsiyasi ro‗y bergan mil. avv. II ming yillik o‗rtalariga qadar O‗rta Osiyoda yuksak rivojlangan sug‗orma dehqonchilik madaniyati hamda ilk shaharsozlik jarayoni mintaqaning qadimiy tubjoy aholisi prototurklarga tegishli edi.
  • Markaziy Osiyoning qadimgi yozuv madaniyati (sak, boxtar, so‗g‗d): Yozuv insoniyat yaratgan buyuk kashfiyotlar qatorida alohida o‗rin tutadi. Yozuv bo‗lmaganda kishilik tarixi cheksiz chegarasiz zamon oqimlarida lahzalik, oniy va albatta unutilishga mahkum hodisa bo‗lib qolar edi. Ayni yozuv insoniyat to‗plagan bilim va tajribalarni, hayot ibratlarini masofa hamda zamonlar osha uzatish vositasi sifatida beqiyos ahamiyat kasb etib kelmoqda. Yozuv madaniyatining ilk bosqichlari inson fikrini tasvir orqali, suratlar shaklida ifoda etishdek sodda va ibtidoiy holatda bo‗lgan. Bu xususiyat yozuv tarixida ming yillar davomida kuzatiladi.
  • Markaziy Osiyoga o‗rganilganlik darajasi: Markaziy Osiyo xalqlari tarixi kitobi o‗rganilgan jarayonining asosiy mazmuni va mohiyati quyidagilarni o‗z ichiga oladi: O‗rganilganlik darajasi, Markaziy Osiyo xalqlari tarixi. Shuningdek, kitobda Markaziy Osiyo xalqlari va Xitoy munosabatlari tarixi (qadimiyat va ilk o‗rta asrlar) mavzusida ham ma'lumotlar berilgan.
  • Qang„(Kangyuy) davlati, uning tarixiy geografiyasi, ijtimoiy hayoti, qo„shni Xorazm, Sug„d, Farg„ona va boshqa davlatlar bilan munsabati, Xitoy va Qang„ hamda bir qator boshqa masalalar bo„yicha fanda turli qarashlar, qarama-qarshi fikrlar mavjud.: Qang‗(Kangyuy) davlati, uning tarixiy geografiyasi, ijtimoiy hayoti, qo‗shni Xorazm, Sug‗d, Farg‗ona va boshqa davlatlar bilan munosabati, Xitoy va Qang‗ hamda bir qator boshqa masalalar bo‗yicha fanda turli qarashlar, qarama-qarshi fikrlar mavjud. Bu muammoga oid ma'lumotlar bo‗yicha ilmiy va ommabop adabiyot bilan ishlab, ma'lumotlar to‗plang, tahlil qiling, xulosalar chiqarishga harakat qiling. S.P. Tolstov, K. Shoniyozov, P. Zohidovlvrning fikrlarini solishtirib ko‗ring. Qozog‗iston olimlarining Kangyuy davri(va davlati) tarixiga munosabatini tanqidiy o‗rganib, zarur ilmiy xulosalar chiqarishga harakat qiling.
  • O‗rta Osiyo hududidagi dastlabki podshohliklar Katta Xorazm va Qadimgi Baqtriya: O‗rta Osiyo hududidagi dastlabki podshohliklar Katta Xorazm va Qadimgi Baqtriya podshohliklari shu tariqa eramizdan avvalgi VIII-VII asrlarda paydo bo‗lgan. Ular O‗rta Osiyoning kattagina qismini o‗z ichiga olgan. Ushbu davlatlar mustaqil rivojlanish jarayoni ahmoniylar bosqini natijasida eramizdan avvlgi VI asrda barham topadi. Bu podshohliklar darsliklarda hanuz tariximizdagi eng qadimgi davlatlar deb kelinmoqda. Biroq, biz yuqorida ta‘kidlaganimizdek, ular davlatchilik tariximizning ikkinchi bosqichiga tegishli davlatlardir.
  • Ahamoniylar bosqinchiligi davrida Markaziy Osiyo: Mil.avv. VI asrning o‗rtalariga kelib shafqatsiz kurashlar natijasida Midiya podsholigi o‗rnida Ahamoniylar davlati tashkil topadi. Ko‗pchilik ilmiy – tarixiy adabiyotlarda Kir II Ahamoniylar davlatining asoschisi sifatida e'tirof etiladi. Ahamoniylarning Kir II, Kambiz, Doro I, Kserks kabi hukmdorlari qadimgi Sharqdagi juda ko‗plab mamlakatlar ustidan o‗z hokimiyatini o‗rnatishni rejalashtirganlar va shunday siyosat olib borganlar.
  • Aleksandrning sharqqa yurishlari davrida Markaziy Osiyo: istilochilik va uning oqibatlari: Mil.avv. 323 yilda Aleksandr Bobilda to‗satdan vafot etdi. Uning vafot etishi bilanoq davlatdagi markazdan qochuvchi kuchlarning harakatlari faollashuvi natijasida Aleksandr to‗zgan davlat parchalanib uning o‗rniga nisbatan barqarorroq bo‗lgan davlat uyushmalari paydo bo‗ladi. Ta‘kidlash lozimki, Aleksandr davlatining parchalanishi va uning xarobalarida yangi davlatlar tizimining paydo bo‗lishi tinchlik yo‗li bilan emas balki, Aleksandr ning Makedonskiyning yaqin sarkardalari – diadoxlar o‗rtasidagi tinimsiz urushlar tufayli bo‗lib o‗tdi.
  • Ellinizmning Markaziy Osiyoga ta‟siri: Yunon-Baqtriya podsholigi davlat tuzilishining muhim tomoni – qo‗shin va uni tashkil etish edi. Avvalo, ta‘kidlash lozimki, yunon-baqtriya qo‗shinlarining katta qismini baqtriyaliklar va boshqa mahalliy aholi tashkil etgan. Qo‗shinning asosiy harakatlantiruvchi kuchlari otliq-suvoriylardan iborat bo‗lgan. Qo‗shinlar tarkibida harbiy fillar ham bo‗lgan.
  • Qadimgi Parfiya davlati, ma‟lumotlar tahlili: Qadimgi Parfiya davlati, uning tarixiy geografiyasi, ijtimoiy hayoti, qo‗shni Xorazm, Sug‗d, Farg‗ona va boshqa davlatlar bilan munosabati, Xitoy va Qang‗ hamda bir qator boshqa masalalar bo‗yicha fanda turli qarashlar, qarama-qarshi fikrlar mavjud. Bu muammoga oid ma'lumotlar bo‗yicha ilmiy va ommabop adabiyot bilan ishlab, ma'lumotlar to‗plang, tahlil qiling, xulosalar chiqarishga harakat qiling. S.P. Tolstov, K. Shoniyozov, P. Zohidovlvrning fikrlarini solishtirib ko‗ring.
  • Qangxa (kangyuy) va Markaziy Osiyo: Antik davr O‗zbekiston hududlarida tarqqiy etgan davlatlardan biri – Qang‗ davlatidir. Qadimgi Xitoy manbalarida Qang‗ davlati mavjud bo‗lganligi haqidagi ma‘lumotlar mil.avv. III asr oxiri – II asr boshlariga to‗g‗ri keladi. Ammo, Qang‗ davlati va qang‗arlar tarixining mashhur bilimdoni K. Sh. Shoniyozovning fikricha, bu davlat mil. avv III asrning boshlarida paydo bo‗ladi. Keyinroq esa, Yunon-Baqtriya davlati va qo‗shni qabilalar bilan bo‗lgan kurashlar natijasida Qang‗ davlati yanada mustahkamlanadi hamda manbalarda O‗rta Osiyodagi yirik davlatlardan biri sifatida tilga olinadi.
  • Markaziy Osiyo xalqlari va Xitoy munosabatalari tarixi (qadimiyat va ilk o‗rta asrlar): Xitoy manbalarida Davan davlati tarixi bo‗yicha uzoq yillardan buyon tadqiqot ishlari olib borilib, so‗nggi yillarda o‗zbek olimlaridan A.Asqarov, A.Xo‗jaev, B.Matboboev, A.Anorboev, S.Qudratov, B.Abulg‗ozieva, B.Abdullaev, Abduholiq Abdurasul o‗g‗li kabilar arxeologik ma'lumotlarni yozma manbalar bilan qiyosiy o‗rganish asosida samarali ishlar olib borayotgan bo‗lishlariga qaramay, bu yo‗nalishda hali ko‗pgina masalalar o‗z yechimini topmagan.
  • Xunnlar va Markaziy Osiyo. Birinchi va Ikkinchi xunnlar imperiyasi: yuksalishi va tanazzuli: Xunlar O‗rta Osiyo mintaqasi xalqlari bilan aloqador bo‗lgan. Ularning tarixiy manbalarda keltirilishicha, Xitoyga qarshi kurashda ularning roli katta bo‗lgan. Xunlar davlatining boshqaruv tizimi merosiy bo‗lgan. Odatda otadan keyin hokimiyat katta o‗g‗ilga emas, akadan ukaga, amakidan jiyanga meros qolar edi. Taxt merosxo‗ri tegin (shahzoda) deb yuritilgan. Shahzodalar to taxtga o‗tirgunlariga qadar o‗zlariga berilgan uluslarni boshqarib turganlar.
  • Markaziy Osiyo orqali kechgan qadimiy migrasion jarayonlar va ularning tarixiy hamda etno-madaniy jarayonlarga ko‗rsatgan ta‘siri: Turkiy xalqlar tarixini yevropa tarixshunosligi bir necha asrlar davomida faqat Oltoy mintaqasi, Ichki Osiyo, hatto Uzoq Sharq o‗lkalari bilan bog‗liq holda ta'riflab keladi. Bunday qarash zamirida yevropa olimlari xizmat qilgan mafkura ta'siri yotadi. Ya'ni, hind-yevropa nazariyasi ijtimoiy fanlarga, ayniqsa, tilshunoslikka nisbatan faol ishga solingan paytlardan boshlab, Markaziy Osiyoni, xususan, O‗rta Osiyo mintaqasini faqat eroniy xalqlar makoni qilib ko‗rsatishga urinib kelingan.
  • Turk hoqonligi va uning boshqaruv tizimi: Turk xoqonligida davlatning oliy hukmdori "hoqon" unvoniga ega bo‗lgan. Xitoy manbalari ma‘lumotlariga ko‗ra, turkiylar xonni taxtga o‗tqazishda maxsus marosim o‗tkazishgan. Ya‘ni, amaldorlar bo‗lajak xonni kigizga o‗tqazib, quyosh yurishi buylab 9 marotaba aylantirganlar, ishtirokchilar esa uni qutlab va ulug‗lab turganlar.
  • Sharqiy Turkiston, Oltoy va Yettisuv o‗lkasining o‗rni: Markaziy Osiyoning tarkibiy qismi bo‗lgan Oltoy, Yettisuv, Sharqiy Turkiston va Mo‗g‗iliston hududlarida bronza davrida taraqqiyot qay darajada bo‗lganligini ko‗rib chiqish mavzumizning asosiy vazifasidir. Bronza davrida Oltoy hududi bronza davrini o‗rganishda olimlar asosan ikki qismga bo‗lishni taklif qilishgan: Birinchisi, Tog‗li-Oltoy hududi bo‗lib, unga asosan Ob daryosining janubi-sharqiy irmoqlari atrofidagi hududlar kiradi.
  • Markaziy Osiyoning qadimgi yozuvlari: Yozuv insoniyat yaratgan buyuk kashfiyotlar qatorida alohida o‗rin tutadi. Yozuv bo‗lmaganda kishilik tarixi cheksiz chegarasiz zamon oqimlarida lahzalik, oniy va albatta unutilishga mahkum hodisa bo‗lib qolar edi. Ayni yozuv insoniyat to‗plagan bilim va tajribalarni, hayot ibratlarini masofa hamda zamonlar osha uzatish vositasi sifatida beqiyos ahamiyat kasb etib kelmoqda.
  • Ilk o‗rta asrlarda Choch, Iloq va Tohariston: Geografik jihatdan qulay, iqlimi moʻtadil boʻlgan Chirchiq va Ohangaron vodiylarida uzoq oʻtmishdayoq chorvachilik va dehqonchilik bilan shugʻullangan aholi yashagan. Arxeologik yodgorliklarnint guvohlik berishicha, miloddan avvalgi Ikkinchi ming yillikning oxiri va birinchi ming yillikning boshlarida koʻchmanchi chorvador aholining oʻtroqlashuvi kuchayib, dehqonchilik kengaya boshlagan.
  • Markaziy Osiyoda o‗troq dehqonchilik va ko‗chmanchilar o‗rtasidagi munosabatlar.: Markaziy Osiyoda o‗troq dehqonchilik va ko‗chmanchi chorvadorlarning birlashuvi natijasida shakllangan ko‗chmanchi chorvadorlarning ijtimoiy hayotida, birinchi galda, mol-mulkdan tashqari, yerga bo‗lgan egalik hamda aholini boshqarish tizimini shakllantirgan. Ammo, bu jarayonlar o‗ziga hos tarixiy rivojlanish xususiyatlariga ega bo‗lib, bu esa ko‗chmanchi chorvadorlar bilan o‗troq dehqonchilik o‗rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlagan.
  • Xioniylar va kidarlar davlati: Mil.avv. II asrning 60-50-yillariga kelib Kichik Osiyo va Bolqon yarim orolida Salavkiy hukmdorlari o‗rtasida hokimiyat uchun kurashlar avj oldi. Natijada salavkiylar davlatining sharqiy viloyatlarida siyosiy vaziyat o‗zgarib markazdan qochuvchi kuchlarning harakatlari faollashadi. Mil.avv. 250 yilda kelib dastlab Parfiya, keyin esa Yunon-Baqtriya davlatlari salavkiylar davlatidan ajralib chiqib o‗zlarini mustaqil deb e‘lon qiladilar.
  • Eftaliylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat: Eftalitlar davlatining siyosiy-iqtisodiy ahvoli O‗rta Osiyo xalqlari orasida katta ahamiyatga ega bo‗lgan. O‗rta Osiyoda ilk davlatlar shakllanishida eftalitlar muhim rol o‗ynagan. Ularning davlati mil.avv. V-VI asrlarda shakllangan bo‗lib, davlat boshqaruvida ko‗chmanchilik va chorvadorlik asosiy rol o‗ynagan.
  • Turk hoqonligi davri manbalari: Turk xoqonligi davlatining oliy hukmdori "hoqon" unvoniga ega bo‗lgan. Xitoy manbalari ma‘lumotlariga ko‗ra, turkiylar xonni taxtga o‗tqazishda maxsus marosim o‗tkazishgan. Ya‘ni, amaldorlar bo‗lajak xonni kigizga o‗tqazib, quyosh yurishi buylab 9 marotaba aylantirganlar.
  • Sharqiy Turkiston, Oltoy va Yettisuv o‗lkasining o‗rni: Markaziy Osiyoning tarkibiy qismi bo‗lgan Oltoy, Yettisuv, Sharqiy Turkiston va Mo‗g‗iliston hududlarida bronza davrida taraqqiyot qay darajada bo‗lganligini ko‗rib chiqish mavzumizning asosiy vazifasidir. Bronza davrida Oltoy hududi bronza davrini o‗rganishda olimlar asosan ikki qismga bo‗lishni taklif qilishgan: Birinchisi, Tog‗li-Oltoy hududi bo‗lib, unga asosan Ob daryosining janubi-sharqiy irmoqlari atrofidagi hududlar kiradi.
  • Buyuk ipak yo‗lining Markaziy Osiyo siyosiy, iqtisodiy, madaniy, hayotidagi o‗rni: Insoniyat tarixida qit'alar, mintaqala, mamlakatlar, ularda yashaydigan turli xalqlar o`rtasida iqtisodiy, madaniy munosabatlarni ko`p asrlar davomida uyg`unlashtirib turgan noyob tarixiy xodisa - "Buyuk ipak yo`li" nomi bilan ataladi. Bu yo`lning shakllanishi va davomiy ravishda amal qilishi Sharq va g`arb munosabatlari mazmunini tubdan o`zgartirib yubordi. Buyuk ipak yo`li orqali qit'alararo mol ayirboshlash, savdo-sotiq munosabatlari iqtisodiy ma'nosidan tashqari turli madaniyatlar, ma'naviy dunyoqarash tizimlari o`rtasidagi aloqalar uchun muqim vositaga aylandi.
  • Markaziy Osiyoda qadimgi yozuv madaniyati (sak, boxtar, so‗g‗d): Yozuv insoniyat yaratgan buyuk kashfiyotlar qatorida alohida o‗rin tutadi. Yozuv bo‗lmaganda kishilik tarixi cheksiz chegarasiz zamon oqimlarida lahzalik, oniy va albatta unutilishga mahkum hodisa bo‗lib qolar edi. Ayni yozuv insoniyat to‗plagan bilim va tajribalarni, hayot ibratlarini masofa hamda zamonlar osha uzatish vositasi sifatida beqiyos ahamiyat kasb etib kelmoqda.
  • Qadimgi Davan, Choch va Ustrushonada mahalliy hukmdorlar: G‗arbiy manbalarda Choch, Iloq va Tohariston tarixiga oid ma‘lumotlar mavjud. Bu manbalarda ko‗chmanchi chorva va o‗troq dehqonchilik o‗rtasidagi munosabatlar, ayniqsa, Toshkent vohasi va uning atroflaridagi shaharlar, mil.avv. I ming yillik oxirida va ilk o‗rta asrlarda ham aynan shu jarayonlar davom etganligi ta‘kidlanadi.
  • Turkiy xalqlarning Markaziy va O‗rta Osiyoda ko‗chish jarayonlaridagi o‗rni: Turkiy xalqlar tarixini yevropa tarixshunosligi bir necha asrlar davomida faqat Oltoy mintaqasi, Ichki Osiyo, hatto Uzoq Sharq o‗lkalari bilan bog‗liq holda ta'riflab keladi. Bunday qarash zamirida yevropa olimlari xizmat qilgan mafkura ta'siri yotadi. Ya'ni, hind-yevropa nazariyasi ijtimoiy fanlarga, ayniqsa, tilshunoslikka nisbatan faol ishga solingan paytlardan boshlab, Markaziy Osiyoni, xususan, O‗rta Osiyo mintaqasini faqat eroniy xalqlar makoni qilib ko‗rsatishga urinib kelingan.
  • Kushonlar davrida pul, din va boshqa sohadagi islohotlar: Kushon podsholigi: Podsho Kanishka I o‗zidan oldingi davlat boshqaruvi an‘analarini saqlab qoldi va davom ettirdi. Ma‘lum viloyatlar va shaharlar davlat tepasida turuvchi oliy hukmdor noiblari tomonidan boshqarilar edi. Bunday noiblar podsho tomonidan tayinlanib, uning eng yaqin va ishonchli vakillari hisoblangan.