Eurydema Lap туркуми қандалаларининг заракунандалигини хамда биологик, экологик ўзига хослигини ўрганиш
Ushbu ishning maqsadi Xorazm vohasi karamguldoshlar oilasiga mansub oʻsimliklarga zarar yetkazuvchi Eurydema Lap. turkumi qandalalarining zararkunandaligini hamda biologik, ekologik oʻziga xosligini oʻrganishdir. Tadqiqotda ushbu turdagi qandalalarning klassifikatsiyasi, tashqi tuzilishi, tarqalishi, biologik va ekologik xususiyatlari, rivojlanishi, koʻpayishi, zararkunandaligi va ularga qarshi kurash choralari oʻrganilgan. Ushbu tadqiqot natijasida karamguldoshlilar qandalalarining sabzavotlarda, xususan, karamdagi tur tarkibi aniqlandi, shuningdek, zararlilik koeffitsiyentini soniga bogʻliqligi aniqlandi. Ilk bor Xorazm vohasi sharoitida E.maracandica va E.wilkinsi turlari qishlashdan chiqqandan soʻnggi faolligi, rivojlanishi va xulqi oʻrganildi.
Asosiy mavzular
- Eurydema Lap. turkumi qandalalarining oʻrganilish tarixi: Qishloq xoʻjalik zararkunandalarining rivojlanishi va oʻzini tutishi, soni va tarqalishini tashqi muhit omillaridan ajratib oʻrganib boʻlmaydi. Qishloq xoʻjalik zararkunandalariga, shu jumladan karamguldoshlar qandalalariga qarshi kurash choralarini ratsional tizimini ishlab chiqishda ular haqidagi biologik va ekologik ma'lumotlar katta ahamiyatga ega. Karamguldoshlar qandalalarining hayotiga harorat va oziq oʻsimliklarning ta'sirini oʻrganish zararkunandaning biologiyasi va ekologiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun karamguldoshlar qandalalarining tarqalishi, oziqlanishi, rivojlanishi, qurtlarining tirik qolishini va imagolarining ayrim hayotiy sikllarida serpushtligi nuqtai nazaridan ularga haroratning va oziq oʻsimliklarining ta'sirini chuqur oʻrganish zarar boʻldi. Shunga qaramasdan Markaziy Osiyoning karamguldoshlar qandalalarining biologiyasi va ekologiyasi deyarli oʻrganilmagan edi.
- Tadqiqot materiallari va uslublari: Tadqiqot materiallari Xorazm viloyati Urganch tumani karam maydonlaridan olindi. Tadqiqotda karamguldoshlar oilasidagi eng koʻp ekiladigan oʻsimlik karam hisoblanadi. Zararkunandalarning karamga ta'siri, ularning zararlilik koeffitsiyentini aniqlash maqsadida tajriba maydonida 50 ta erta pishar va 50 ta kech pishar navli karam oʻsimligi tanlandi. Ushbu tadqiqotda turli usullar qoʻllanildi, jumladan: tajriba maydonida kuzatishlar, laboratoriya tajribalari, hisob-kitoblar va statistik tahlillar.
- Eurydema Laporte turkumi qandalalarining karamguldoshlilar oilasiga mansub oʻsimliklarga nisbatan salbiy ta'sirini oʻrganish: Ushbu bobda Eurydema Laporte turkumi qandalalarining klassifikatsiyasi va tashqi tuzilishi, geografik tarqalishi, karam oʻsish sur’atiga ta’siri, karamguldoshlilar qandalalarining tabiiy dushmanlari, Eurydema Lap. turkumi qandalalarining (E.maracandica Osh. va E.Wilkinsi Dist) rivojlanishi va xulqi, ular ustida haroratning ta'siri, oziq oʻsimlikni qandalalarning jinsiy yetilish tezligi, serpushtligi va hayot davomiyligiga ta'siri kabi masalalar yoritilgan.
- Eurydema Lap. turkumi qandalalarining biologik hamda ekologik oʻziga xos jihatlari: Karamguldoshlar qandalalarining biologiyasi va ekologiyasini oʻrganish nafaqat amaliy, balki katta nazariy qiziqishga ega. Qishloq xoʻjalik zararkunandalarining rivojlanishi va oʻzini tutishi, soni va tarqalishini tashqi muhit omillaridan ajratib oʻrganib boʻlmaydi. Karamguldoshlar qandalalarining hayotiga harorat va oziq oʻsimliklarning ta'sirini oʻrganish zararkunandaning biologiyasi va ekologiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, karamguldoshlar qandalalarining tarqalishi, oziqlanishi, rivojlanishi, qurtlarining tirik qolishini va imagolarining ayrim hayotiy sikllarida serpushtligi nuqtai nazaridan ularga haroratning va oziq oʻsimliklarining ta'sirini chuqur oʻrganish zarur.
- Xulosa: Xorazm vohasi karamguldoshlar oilasining sabzavot oʻsimliklarida qandalalarining Eurydema Laporte turkumiga mansub uch turi: xantal qandalasi - E.ornata L., Oʻrta Osiyo karamguldoshlilar qandalasi (butsimon naqshli qandala) – E.maracandica Osh. va E.Wilkinsi Dist uchraydi. E.maracandica bilan zararlangan karam zararlanmaganga qaraganda hosilni yigʻish davrida oʻsishda 11 dan 39,6% gacha orqada qoladi; E. Wilkinsi da esa oʻsimlikning zararlanish darajasiga bogʻliq ravishda 8% dan 35% gacha boʻladi. E.maracandica bilan zararlangan erta pishar karamning boshining pasayishi ikki yil davomida 24,82% ni tashkil qildi. Kechki karam bundan ham koʻp zarar koʻradi. Karamning hosilini oʻrtacha yo'qotilishi 26,9% ga teng bo'ldi. Qandalalar serpushtligi oziq oʻsimliklar sifati va sharoit haroratlariga bevosita bogʻliq boʻlib, E.maracandicaning tuxum qoʻyish serpushtligi 60 dan 350 ta tuxumgacha; E. Wilkinsi niki esa 48 dan 252 tani tashkil qiladi. E.maracandicaning embrional rivojlanishi 3-5 dan 27 kungacha, E,Wilkinsi niki esa 4 dan 29 kungacha boʻladi, qurt bosqichining davomiyligi asosan haroratga bogʻliq ravishda birinchi tur uchun 19-65 kun, ikkinchi tur uchun esa 20,5-73 kun boʻladi. Karamguldoshlilarqandalalari yil davomida uch avlodda toʻliq rivojlanib, effektiv haroratlar summasi 47,4°C, E.wilkinsida esa 49,5 °C ni tashkil qiladi.