Хоразм вохаси шароитида экилаётган кечки қовун навлар биологияси ва махсулдорлиги

Ushbu doktorlik dissertatsiyasi Xorazm viloyati sharoitida kechki qovun navlarining biologiyasi va mahsuldorligini o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqotda Xorazm viloyatining tuproq-iqlim sharoiti, qovunning biologik xususiyatlari, urug'ini ekish muddatlari, o'sish davrlari, hosildorligi va mahsuldorlik ko'rsatkichlari tahlil qilingan. Shuningdek, qovunning o'zbekistonlik va mahalliy navlari hamda ularning agrotexnikasi yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • KIRISH: Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridanoq aholini maxalliy yetishtirilgan sifatli va eksportbop mahsulotlar bilan ta'minlash ustuvor vazifalardan biri etib belgilandi. Qovun tarkibida 18 foizgacha qand, 8-20 foiz quruq modda, 0,2-35,2 milligramm S, PP vitaminlari, folat kislotasi, kaliy, natriy, kalsiy, magniy, temir, fosfor va boshqa elementlar mavjud. Bu, qovun nafaqat oziq-ovqat mahsuloti, ayni paytda shifobaxsh ne'mat ekanligidan dalolatdir. Istiqlolimizning dastlabki yillaridanoq siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa yo'nalishlarda keng qamrovli islohatlar o'tkazishga kirishildi. Xususan, tabiiy resurslardan samarali va oqilona foydalanish tamoyillariga alohida e'tibor qaratildi. Tabiiy resurslar orasida qishloq xo'jalik ishlab chiqarishining asosiy vositasi - yer resurslari katta ahamiyat kasb etadi. Yer resurslarining chegaralanganligi, qayta tiklanishi juda og'irligi, ulardan samarali foydalanish va shu bilan bir vaqtda ularni kelajak avlodlarga extiyot qilib qoldirishni taqozo etadi.
  • I.BOB. ADABIYOT SHARXI: Polizchilik-qishloq xo'jaligining eng muhim tarmog'i bo'lib, u fan sifatida poliz (qovun, tarvuz va qovoqning) ekinlari morfologiyasi, biologiyasi va ulardan yuqori hosil olish texnologiyasining nazariy va amaliy usullarini o'rganadi. Qovunning ekinlari yer sharining tropik, subtropik va mo'tadil iqlimli mintaqalarida ekilib, yetishtiriladi. Poliz mahsulotlarini yetishtiruvchi davlatlar - Xitoy, Turkiya, Hindiston, AQSh, Eron, Misr, Ispaniya kabilar hisoblanadi. Tuproq arxeologik qazilmalarida topilgan qovunning qoldiqlari (mil. av. 7—8- asrlar) buni tasdiqlaydi. O'zbekistonning tuproq-iqlim sharoiti bu ekinlar yetishtirish uchun qulay bo'lgani uchun, qadimdan o'stirilgan. Qovunningning madaniy turlari Amerikadan kelib chiqqan. Yirik mevali qovunning asli kelib chiqqan vatani Afrika bo'lib, qattiq po'stli qovunning Shimoliy Amerikadan, muskat qovunning esa madaniy o'simliklarning kelib chiqqan markazlari joylashgan Egipit o'choqlarida paydo bo'lgan.
  • II.BOB. XORAZM VILOYATINING TUPROQ VA IQLIM SHAROITI.: Xorazm viloyati O'zbekistonnning shimoli-g'arbida, Amudaryoning quyi qismi, 60°-61° sharqiy, 40°-41° shimoliy kenglikda joylashgan. Xorazm viloyati hududi Turon pasttekisligining shimoliy qismida bo'lib, qadimgi Amudaryo yoyilmasi chap qirg'og'ining bir qismi va o'ng kirg'og'ida Qizilqumning bir oz qismini egallagan. Viloyat shimoliy-g'arbdan, janubiy-sharqqa tomon 280 km ga cho'zilgan. Viloyatning 80% dan ortiq hududi Amudaryoning chap soxilida, qolgan qismi esa uning o'ng soxilida joylashgan. O'ng soxilidagi hududlar- Buxoro, Navoiy viloyatlarining o'zlashtirilmagan maydonlarining Xorazm viloyatiga berilishi munosabati bilan vujudga kelgan. G'arb, janubiy-g'arb va janubdan ko'proq Turkmanistonnning Ung'iz orti Qoraqum qumliklari, Toshhovuz viloyati, shimoli-g'arb va shimoli-sharqdan Qoraqolpog'iston Respublikasi va Buxoro viloyati bilan chegaralanadi.. Xorazm viloyatining umumiy yer maydoni 605,2 ming gektar, shundan 272 ming ga sug'oriladigan yerlar hisoblanadi[8].
  • III.BOB. TAJRIBA TIZIMI VA TADQIQOTLARDA QO'LLANILGAN USLUBLAR.: Dala tajribalarini o'tkazish, ekish, ekinni parvarish qilish hosilni yig'ish va hisoblash, kuzatish, o'lchash va analizlar O'zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo'jaligi vazirligi (O'zRQSXV, 1998), Butunrossiya o'simlikshunoslik instituti (VIR, 1984), O'zbekiston O'simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot institutining (1999) kabilar uslubi hamda tavsiyalari asosida olib borildi. Tadqiqotlar jarayonida quyidagi hisoblash, kuzatish va analizlar o'tkazildi: kechpishar nav bo'lib may oyining birinchi o'n kunligida ekiladi.Ekish va o'simlikni dalada to'g'ri joylashtirish tuproq iqlim sharoitlariga bog'liq bo'lib dala sharoitida keng qatorda egatlarga ekishga mo'jallangan.Qovun navi 180×70×60 sm sxemasida 3 qatorlanishda ekildi. Bunda: 180 – qator oralarining kengligi 70- egatning kengligi 60- o'simliklar orasi Haqiqiy ko'chat qalinligi (ko'chat ekilgach va hosilni yig'ish oldidan); Fenologik kuzatish Davlat nav sinash komissiyasi (1984) uslubi bo'yicha; Tajriba dalasining agrokimyoviy ta'rifi, haydalma (0-30 sm) qatlamdagi gumus I.V.Tyurin bo'yicha (1983), yalpi azot, fosfor, kaliy I.M.Maltseva va L.P.Gritsenko bo'yicha (1983) hamda nitrat azoti Grandval -Lyaju bo'yicha, harakatchan fosfor V.P.Machigin (1983) bo'yicha, almashinadigan kaliy P.V.Protasov (1983) bo'yicha aniqlandi; Tupning maxsuldorlik ko'rsatgichlari har bir variantdagi 10 ta qovun mevasining o'rtacha vazni bo'yicha o'rganildi; Hosildorlik ko'rsatkichlari dispertsion analiz usuli bilan B.A.Dospexov (1985), B.J.Azimov, B.B.Azimov (2002) bo'yicha statistik tahlil qilindi.
  • IV.BOB. TADQIQOTNING NATIJALARI VA ULARNING TAHLILI.: Poliz ekinlarining yaxshi o'sib rivojlanishi uchun tuproq namligi dala nam sig'imidan 80-85% va havo namligi 50-60 % bo'lishi kerak Qovun-qovoqdoshlar oilasi bodring turkumiga mansub bir yillik o't o'simlik turi; poliz ekini. Yovvoyi holda Janubiy-G'arbiy Osiyo va Afrikada uchraydi. Madaniy madaniy navlarning vatani-Kichik va O'rta Osiyo Markaziy Osiyoda qovun ekiladigan maydon jihatdan poliz ekinlari orasida birinchi o'rinda turadi. Ildizi o'q ildiz, uzunligi 1m gacha boradi. Palagi ingichka, yotib o'sadi. Juda ko'plab yon shoxlar chiqaradi. Barglari uzun bandli, palakda ketma ket joylashgan. Gultoji sariq odatda besh tojbargli, otaliklari beshta, changdonlari ikki uyali, bir uyli ayrim jinsli. Qovun mevasining shakli turlicha [yumoloq, ovolsimon, cho'zinchoq]. Po'sti qalin 1.5-2sm o'tacha 1-1.5sm yupqa 0.5-1.4sm qattiq eti juda yumshoq, kuvrak, sersuv, sershira, qumoq bazilariniki tolali, 1000dona urug'ning vazni 30-45g. Naviga qarab qovun vaznida eti 63-84, po'sti 10-30, urug' va urug'tutarlari 3.1-7.7% ni tashkil etadi. Mevasi tarkibi 8- 20% quruq modda 18% qand saxaroza, 0.1-0.7% klechatka, 0.2-35.2% C PP vitaminlari, folat kislata, kaliy, natriy, kalsiy, magniy, temir, fosfor, oltingugurt va boshqa mikroelementlar bor.
  • XULOSALAR: Adabiyotlarni tahrir qilish davomida kechki qovun navlarini 10dan ortiq olimlar o'rganganligi aniqlandi. Kechki qovun navlarining 13 tasini morfologik va biologik xususiyatlari o'rganildi. Kechki qovunning navlari marfologiyasini o'rganish orqali ularning bir-biridan farqlanishi aniqlandi. Mevasining og'irligi esa 2,5 kgdan 17 kggacha bo'lishi aniqlandi. Tajribalar natijasida kechki qovunning 13ta navida quruq modda miqdori va undagi qand miqdori aniqlandi. Bunga ko'ra o'rtacha hisobda quruq modda miqdori 8-15,5% gacha, qand miqdori 7-12%gacha ekanligi o'rganildi. Quruq modda miqdori Zargulobi navida, qand miqdori Maxalliy olahamma navida yuqori bo'lishi aniqlandi. Zar gulobi navi, uzoq vaqtda pishadigan nav Umrboqi navi ekanligi o'rganildi. Manashu avj olib o'sish davrida, naviga, turiga, yerning unimdorligiga va qo'llanilgan agrotexnika darajasiga qarab, palakda 7-8 tadan13-15 taga shoxlar vujudga keladi. Qovunning o'simligiga meva tukqandan to qovunning pishib yetilguncha uning tur va naviga qarab o'rta hisobda 20 kundan 70 kunga qadar vaqt o'tadi. Qovunning kechpishar navi ko'chatini dala maydoniga 15 iyunda ekish mo'ljallansa, urug'larni 10 mayda ekib o'stirish qulay muddatdir. Oziqanish maydonining kattaligi qovunning kechpishar navi mevalarining yirik bo'lishiga ijobiy taosir ko'rsatadi. Kechpishar qovunning ekilgan maydon birligidagi ko'chatlar soni o'simlikda pishib yetilishi mumkin bo'lgan mevalar soniga aks taosir etib, mevalarni pishishini kechiktiradi. Maydonda ko'chatlarni siyraklashishi mevalar yetilishini tezlashtirib uning miqdorini oshiradi.