Ekologiya va atrof muhit muhofazasi
Ushbu kitob 'Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi' fanining mohiyati, rivojlanish tarixi, ekologik tushunchalar, biosferaning tuzilishi, moddalar almashinuvi, energiya oqimi, ekosistemalar, populyatsiyalar ekologiyasi, biotik olam, abiotik olam, atmosferaning roli, tuproq, suv, hayvonot dunyosi, o‘simliklar, insonning paydo bo‘lishi va evolyutsiyasi, ekologik muammolar, jumladan, Orol dengizi muammosi, suv resurslarining ifloslanishi, qishloq xo‘jaligi va sanoatning ekologiyaga ta’siri, tashqi muhit omillari, iqlim o‘zgarishi, atmosferaning ifloslanishi, global ekologik muammolar, O‘zbekistonda ekologik vaziyat va uni muhofaza qilish choralari hamda yangi energetik manbalarning tabiatga ta’siri kabi muhim masalalar yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish: Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi fanining maqsadi, vazifasi, rivojlanish tarixi.
- Ekologiya fani tushunchasi: Ekologiya fanida muhit va omillar, ularni evolutsion jarayonida tutgan o‘rni. Ekologik omillarning o‘zaro munosabatlari va aloqadorligi.
- Biosfera hayot qobig‘i ekanligi: YErda hayot shakllanishi va evolutsiyasi. Biosfera va noosfera ta’limoti. Biosferada moddalarning aylanma va energiya oqimi. Biosferada hayotni o‘zgarishi. Biosferada hayotni tarqalishi.
- Ekosistemalar ekologiyasi: Ekosistemalar ekosistemasi tushunchasi. Ekosistema tuzilmasi, barqarorligi, ahamiyati. Ekosistemadagi biotsenoz, biogetsenoz va suksessiya tuzilmalari. Ekosistemada yer usti biomlari. Ekosistemalarda moddalar aylanishi va energiya oqimi. Ekosistemalar mahsuldorligi va oziq-ovqat muammosi. Ekotizimda biologik rang-baranglikni saqlab qolish muammolari.
- Populyatsiyalar ekologiyasi: Populyatsiya haqida tushuncha. Populyatsiyalarining yosh jihatdan tuzilishi. Hayvonlar populyatsiyasining ekologik strukturasi. Populyatsiyalar dinamikasi. Populyatsiyalar gemostazi. Populyatsiyalar miqdorini boshqarish qonuniyatlari. Populyatsiyalarning o‘zaro bir-biriga ta’siri.
- Abiotik olam ekologiyasi: Yer yuzida radiatsiyaning taqsimlanishi, balansi va iqlimga ta’siri. Atmosfera havosining tarkibi. Atmosferadagi uglerod ikki oksid va issiqhona effekti. Suvdagi hayot ekotizimlari. Suvning biosferadagi o‘rni va yer yuzida taqsimlanishi. Geologik davrlar bosqichlarida hayot nishonasini shakllanishi. Hayot uchun suvning ahamiyati.
- Biotik olam ekologiyasi: O‘simlik va hayvonot olamining evolutsion rivojlanishi. Hayvonot olamining insoniyat yashashidagi tutgan o‘rni. Hayvonlarning ekologik sharoitlarga moslanish xususiyatlari. Tuproq mikroorganizmlari ekologiyasi.
- Odamning paydo bo‘lishiga doir ma’lumotlar: Odamning paydo bo‘lishiga doir ma’lumotlar. Inson ekologiyasining demogrodiyasi va yuqumli kasalliklarni tarqalishi.
- Biosfera ifloslanishining biotik olamga ta’siri: Atmosfera havosining biotik olamga ta’siri. Atmosfera monitoring asosida muhofaza qilish. Yangi energetik manbalarning tabiatni muhofaza qilishdagi ahamiyati.
- Umumbashariy va mintaqaviy ekologik muammolar: O‘zbekiston respublikasi “Qizil kitobi”ning o‘simlik va hayvonlarni muhofaza qilishdagi tutgan o‘rni. Hozirgi zamonning ekologik muammolari va ularning yechimiga doir mulohazalar.