IBN SINO ta’limoti
Ushbu kitob O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan nashr etilgan bo‘lib, u oliy ta’limning 4-kurs davolash ishi-5510100 yo’nalishi, tibbiy pedagogika kasbiy ta’limi-5111000 yo’nalishi (davolash ishi-5510100) va stomatologiya - 5510400 ta’lim yo’nalishlari asosida ta’lim olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan. Ushbu o’quv qo’llanma Ibn Sinoning hayoti, ijodi, qoldirgan boy ilmiy merosi, inson mizoji, turlari, organizm ichki gomestazini bir xilda saqlovchi –xiltlar, ularni organizmdagi roli, kasalliklar ularni daolash usullsri, klassifikasiyasi haqida etarlicha ma’lumotlar berilgan. Shunindek o’quv qo’llanmada har bir a’zo, ularning anatomo-fiziologik xususiyatlari, ularda uchrovchi kasalliklarni aniqlash va davolash usullari, diagnostikasi to’g’risida etarlicha ma’lumotlar berilgan. Ushbu qo’llanma sharq tabobatida kasalliklarni tashxislash va davolash usullari, jumladan ichak kasalliklari, o’pka kasalliklari, yurak kasalliklari, bosh miya kasalliklari va boshqa ko’p kasalliklar haqida ma’lumot beradi. Shuningdek, xalq tabobatida foydalaniladigan dorivor o’simliklar va ularning sharqona usulda tayyorlanishi haqida ham ma’lumot berilgan. Kitob sharq tabobati, Ibn Sino ta’limoti va umumiy davolash usullari haqida keng qamrovli ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Asosiy mavzular
- I-BOB. UMUMIY BO’LIM: Kirish, Abu Ali ibn Sinoning hayoti va faoliyati, Tib qonunlari, Unsur, mizoj, xilt va quvvatlar, Inson organizmini sharqona tabobat usulida o`rganish. Asosiy va yordamchi a`zolar, inson mizoji, Abu Ali ibn Sino ta`limotiga asosan xastaliklar, ularning asosiy sabablari, Ibn Sino ta`limotida sog’liqni saqlash tadbirlari.
- II - BOB. IBN SINO TA’LIMOTIDA DAVOLASH USULLARI: Bemorlarni sharqona tabobat usulida parvarish qilish. Hammom, tuz, qum ta`siri: ko`rsatma va monelik. Sharq tabobatida bemorlarni davolash uslublari. Ovqatlanish tadbiri, Jigarni tozalash, tarbiya, jismoniy mashqlar, uyqu va uyg’onish rejimi.
- III-BOB. IBN SINO TA’LIMOTIDA DORILAR BILAN DAVOLASH: Sharq tabobatida dori-darmon tayyorlash uslublari. Xom-ashyo va tayyorlanadigan dori-darmonlarni saqlash. Sodda va murakkab dorilar. Taryoq va ma’junlar haqida. Yog’larni tayyorlash.
- IV-BOB. BOSH MIYA VA BOSHDA JOYLASHGAN A’ZOLAR KASALLIKLARI: Asab sistemasi kasalliklarini sharqona usulda tashxislash va davolash. Bosh miya anatomiyasi va fiziologiyasi. Bosh miya kasalliklari va ularning kelib chiqish sabablari. Bosh og’riqlari va ularning tasnifi. Shaqiqa, tuxum silindri. Noxuna. Tutqanoq. Sakta. Laqva. Bosh miya kasalliklarini davolash.
- V-BOB.KO’KRAK QAFASI A’ZOLARI KASALLIKLARI: O’pka kasalliklarini sharqona usulda tashxislash va davolash. O’pka nayi va o`pkaning anatomiyasi. O`pka kasalliklari. Yo`tal, qon tuflash, o`pka yaralari, o`pka sili.
- VI-BOB.QORIN BO’SHLIG’I A’ZOLARI KASALLIKLARI: Me`da kasalliklarini sharqona usulda tashxislash va davolash. Me`da anatomiyasi va fiziologiyasi. Me`da mizojini baxolash. Me`da xastaliklari. Me`da og’riqlari. Sababi. Tashxislash va davolash. Me`dada bo’ladigan yaralar. Bavosir kasalligi sharqona usulda tashxislash va davolash. Bavosir xastaligi. Ichak bavosiri. Ichakning yopiq va ochiq bavosiri. Jigar kasalliklari. Jigarning tabiiy mizoji. Jigar kuchsizligi. Jigarning tarkib kasalliklari. Jigar shishlari. Gepatoxolesistitlar. Taloq kasalliklari.
- VII-BOB.SIYDIK AJRATISH VA JINSIY A’ZOLAR KASALLIKLARI: Buyrak, siydik tosh va qovuq xastaliklarini sharqona usulda tashxislash va davolash. Buyrak anatomiyasi. Buyrak kasalliklari. Siydikdan olinadigan dalillar. Buyrak mizojining belgilari. Buyrak toshi. Qovuq anatomiyasi. Qovuq kasalliklari. Moyaklar va urug’ yo’llari anatomiyasi. Bepushtlik, impotensiya sabablarini aniqlash, sharqona usulda tashxislash va davolash.
- VIII-BOB. MUSHAK , TAYANCH SISTEMASI VA TERI KASALLIKLARI: Mushak va tayanch sistemasi kasalliklari, poliartrit, bod kasalliklari, niqris, irqunnaso, osteoxondroz kasalliklarini sharqona usulda tashxislash va davolash. Teri kasalliklari, yaralar, chipqon, bahaq, moxov kasalliklarini sharqona usulda aniqlash va davolash.
- IX-BOB. DORIVOR SHIFOBAXSH O’SIMLIKLAR: Shifobaxsh dorivor o`simliklar.