Ichki kasalliklar propedevtikasi
O‘zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti tomonidan tayyorlangan «Ichki kasalliklar propedevtikasi» o’quv qo’llanmasi ichki kasalliklar propedevtikasi fanini o’rganish uchun tayyorlangan ushbu qo’llanma 3-kurs davolash, tibbiy pedagogika va 3-4 kurs stomatologiya fakultetlari talabalari uchun mo’ljallangan. Qo’llanma VII bobdan iborat bo’lib, nafas olish, yurak qon-tomir, ovqat hazm qilish, siydik ajratish, qon yaratish va qon kasalliklari, endokrin tizimi kasalliklari, suyak va mushak tizimlari kasalliklarini o’z ichiga qamrab olgan. Qo’llanma talabalarga kasalliklar to’g’risida va etiologik omillarini, patogenezini, sub’yektiv (so’rab-surishtirish), obyektiv (ko’zdan kechirish, palpatsiya, perkussiya, auskultatsiya) va laborator-instrumental tekshiruv metodlarini o’rganishga imkon yaratadi hamda ko’p malumotlar olish imkonini beradi.
Asosiy mavzular
- I BOB. Fanning maqsad va vazifalari. Ichki a’zo kasalliklari to’g’risida umumiy tushuncha va ichki tibbiyot vazifalari.: Fanning maqsad va vazifalari, ichki a’zo kasalliklari to’g’risida tushuncha berish. Tayanch atama va iboralar: Simptom, sindrom, semiologiya, nazologiya, etiologiya, patogenez, diagnoz, sanitariya-gigiena, profilaktika, palpatsiya, kasallik tarixi, anamnez yig’ish. Terapevtik kasalliklar tibbiyotning eng yirik tarmoqlaridan biri bo’lib, organizmni ichki a’zolari kasalliklarini turli klinik formalarini aniqlashni, ularni kelib chiqish sabablarini, patogenezini, klinikasini, ichki kasalliklarda yuzaga keladigan palpator, perkutor, auskultativ o’zgarishlarni, laborator va instrumental tekshiruv usullari, davolash usullarini va profilaktika chora tadbirlarini o’rganadi. Terapevtik kasalliklarni o’rganish uchun propedevtika fanini bilish muhim ahamiyatga ega. «Propedevtika» so’zi grekcha so’z bo’lib, kirish yoki dastlabki o’qitish ma’nosini anglatadi. Terapevtik kasalliklar tibbiy fanlar ichida va uni amaliyotida juda muhim o’rin egallaydi, chunki ular juda ko’p uchraydi, ancha og’ir kechadi. Buning uchun kasalliklar simptom va sindromlarini bilish lozim. Simptom - kasallikni alohida belgilarini aks ettiradi. Sindrom - bir-biri bilan patogenetik bog’liq bo’lgan simptomlar yig’indisidir. Sindromlar turi: 1) anatomik; 2) funksional bo’ladi. Organlarni struktur o’zgarishlariga mos keluvchi fizik simptomlar yig’indisi “anatomik sindrom” deyiladi. Funksional simptomlar yig’indisi “fiziologik” yoki funktsional sindromni tashkil etadi.
- II BOB Yurak qon-tomir kasalliklari: Yurak, qon-tomir kasalliklari bilan kasallangan bemorlarni tekshirish Mavzuning maqsadi: Yurak qon-tomir tizimi kasalliklari bilan kasallangan bemorlarni so’rab surishtirishni, ko’zdan kechirishni va kasalliklarning etiologiyasi, patogenezi, klinikasi tekshirish usullari to’g’risida tushuncha berish. Tayanch atamalar: tireotoksikoz, tireotoksik kriz, gipotireoz, qandli diabet, Grеf simptomi, Mеbius simptomi, Yelinek simptomi, Shtelvag simptomi, Koxer simptomi, Mari simptomi, poliuriya, polifagiya, polidipsiya, keton tanachalar, glyukozuriya, diabetik koma, gipoglikemik koma, insulin, giperglikemiya, diabetik angiopatiya, diabetik neyropatiya, diabetik retinopatiya, diabetik polineyropatiya.
- III BOB. Hazm tizimi kasalliklari.: Qizilo’ngach xastaliklari bilan kasallangan bemorlarni tekshirish Mavzuning maqsadi: Hazm tizimi kasalliklari to’g’risida tushuncha berish. Gastritlar. Me’da va 12 barmoqli ichak yara kasalliklari to’g’risida tushuncha berish. Bemorlarni sub’ektiv va ob’ektiv tekshirish usullari to’g’risida tushuncha berish. Tayanch atamalar: ezofagit, disfagiya, kardiospazm, zarda qaynashi, kekirish, meteorizm, dispepsiya, axiliya, barvaqt og’riqlar, kechki og’riqlar, gastrit, enterit, yara kasalligi, ezofagoskopiya, gastroskopiya, duodenoskopiya, rentgenoskopiya, tokcha simptomi, Helicobakter pylori, kataral gastrit, gipersekretsiya, giposekretsiya.
- IV BOB Siydik ajratish tizimi kasalliklari: Mavzuning maqsadi: Siydik ajratish tizimi kasalliklari bilan kasallangan bemorlarni tekshirish usullari. Bemorlarni so’rab surishtirish, ko’zdan kechirish. Buyrak palpatsiyasi va perkussiyasi to’g’risida tushuncha berish. Tayanch atamalar: gematuriya, proteinuriya, leykotsituriya, tsilindruriya, poliuriya, nikturiya, oligouriya, anuriya, pollakiuriya, glukozuriya, pielonefrit, glomerulonefrit, nefritik sindrom, siydik yig’ish texnikalari.
- V BOB Endokrin tizimi kasalliklari: Mavzuning maqsadi: Endokrin tizimi kasalliklari to’g’risida tushuncha berish. Diffuz toksik zob. Gipotireoz. Qandli diabet to’g’risida tushuncha berish. Taynch atamalar: tireotoksikoz, tireotoksik kriz, gipotireoz, qandli diabet, Grеf simptomi, Mеbius simptomi, Yelinek simptomi, Shtelvag simptomi, Koxer simptomi, Mari simptomi, poliuriya, polifagiya, polidipsiya, keton tanachalar, glyukozuriya, diabetik koma, gipoglikemik koma, insulin, giperglikemiya, diabetik angiopatiya, diabetik neyropatiya, diabetik retinopatiya, diabetik polineyropatiya.
- VI BOB Qon yaratish tizimi kasalliklari: Mavzuning maqsadi: Qon yaratish tizimi kasalliklari bilan kasallangan bemorlarni so’rab surishtirish, ko’zdan kechirish va uning etiologiyasi patogenezi, klinikasi tekshirish usullari to’g’risida tushuncha berish. Tayanch atamalar: anemiya, membranopatiya, enzimopatiya, gemoglobinopatiya, temir yеtishmovchiligi, postgеmorragik, gеmolitik anеmiyalar, ά talasemiya, β talasemiya, anizotsitoz, paykilotsitoz, Kebot halqalari, Jolli tanachalari.