Ichki kasalliklar propedevtikasi
Ushbu kitob ichki kasalliklar propedevtikasi, umumiy va mahalliy ko'zdan kechirish, palpatsiya, perkussiya, auskultatsiya usullari, shuningdek diagnostik va instrumental tekshirish usullarini o'rganishga bag'ishlangan. Unda nafas tizimi, yurak-qon tomir tizimi, oshqozon-ichak tizimi, buyrak tizimi, qon tizimi, gematologiya, endokrin tizimi, surunkali xolestit, pankreatit, jigar kasalliklari, reflyuks ezofagit, miokard infarkti, stenokardiya, gipertoniya, va nurlanish kasalliklari kabi ko'plab mavzular chuqur yoritilgan. Kitobda qo'shimcha ravishda nazorat savollari, testlar, adabiyotlar ro'yxati va mavzular yuzasidan mashqlar ham keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Umumiy diagnostika va bemorni ko'zdan kechirsh: Bemorlarni tekshirish vaqtida tibbiy xodimlar tibbiyot deontologiya qonun qoidalariga asoslanishi lozim. Bemorlarni tekshirish vaqtida yoki so'rab surishtirishda muloqot ko'nikmalaridan foydalaniladi. Bemorlar bilan to'g'ri muloqotda bo'lsa, yaxshi munosabat o'rnatsa bemorlar albatta o'z muammolarini to'la to'kis tibbiy xodimga aytadilar va shundagina to'la ma'lumot to'plash mumkin. To'liq ma'lumot to'plagan xodimgina aniq diagnoz qo'yadi va bemorni ishonchiga kirib, kasallikni asoratsiz davolay oladi. "Muloqot san'ati bor vrach, diagnostikada adashmaydi (Narziev SH.S.)". Vrach qabulda kelgan bemorni tashxislash uchun asosan 45-50% holatda so'rab surishtirishga va 30-35% ob'ektiv tekshirish natijalariga va 20% holatlarda laborator instrumental va funktsional tekshiruvlarga tayanib ish tutishi kerak. Hamma vaqt ham shunday.
- Nafas tizimi va yurak qon tomir tizimi kasalliklari: Nafas tizimi kasalliklari: O'tkir va surunkali bronxit, bronxial astma, o'pka to'qimasi zichlashish sindromi, o'pka to'qimasi yallig'lanishi kasalligi (krupoz va o'choqli pnevmoniya) bosqichlari, simptomatologiyasi, davolash. Asosiy klinik sindromlar va nazorat savollari.
- Hazm tizimi kasalliklari: Oshqozon va 12 barmoqli ichak yara kasalligi, gastritlar, ezofagit, xolangit, pankreatit, safro kasalliklari, qizilo’ngach kasalliklari, patologiyasi, diagnostikasi, nazorat savollari.
- Buyrak va siydik ajratish tizimi kasalliklari: O’tkir va surunkali piyelonefrit, glomerulonefrit, nefrotik sindrom, Buyrak kasalliklari, siydik ajratish tizimini patologiyasi, diagnostikasi, nazorat savollari.
- Qon tizimi kasalliklari: Anemiya, gemorragik sindrom, gemolitik anemiya, orttirilgan gemolitik anemiya, Gemoblastozlar, O’tkir va surunkali leykozlar, Limfogranulematoz, Limfomalar va ularning tasnifi, Gemoblastozlar diagnostikasi, nazorat savollari.
- Endokrin tizimi kasalliklari: Diffuz toksik zob, Gipotireoz, Qandli diabet, Diabetik koma, Giperglikemik koma, tireotoksik kriz, Rego simptomi, Gunter glossiti, mexanik sariqlik, Bazedov kasalligi va uning klinikasi hamda diagnostikasi.
- Radiatsion nurlanishlar. Ionlovchi nurlanishning asosiy turlari, ularning organizmga tasiri: Radiatsion jarohatlanish organizmga yadroli portlash va radioaktiv bulut izining har xil ionlanuvchi nurlari ta'siri natijasida ham vujudga keladi. Ionlanuvchi nurlanishlar: elektromagnit va korpuskulyar nurlanishlarga bo’linadi. Nazorat savollari va topshiriqlar.