Экология
Ushbu kitobda ekologiya fanining asosiy tushunchalari, ekologik omillar, ekologik tizimlar, populyatsiyalar ekologiyasi, biogeotsenozlar, biosfera, Orol dengizi muammosi, global isish va iqlim o'zgarishining oqibatlari, sanoatning ekologiyaga ta'siri, tabiatni muhofaza qilish usullari, ekologik monitoring va O'zbekiston tabiat bog'lari hamda qo'riqxonalar haqida ma'lumotlar berilgan. Kitobda O'zbekistonning ekologik holati ham atroflicha yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish: O'zbekiston ekologik siyosatining mohiyati va bugungi kundagi ahamiyati, ekologiya fanining kelib chiqishi, rivojlanish tarixi, maqsadi va vazifalari, asosiy tushunchalari va munosabatlari.
- Ekologik omillar: Organizmlarning tashqi muhit bilan aloqasi, abiotik va biotik omillar, ularning klassifikatsiyasi va organizmlarga ta'siri.
- Ekologik tizimlar: Yer biotasi, moddalar va energiya almashinuvi, tabiatda ekotizimlarning klassifikatsiyasi va tarkibiy qismlari.
- Populyatsiyalar ekologiyasi: Populyatsiyalar ta'rifi, klassifikatsiyasi, son jihatdan tarifi, gomeostazi va biotsenozga o'tish sabablari.
- Ekotizimlar: Biotsenozlar va biotik turkumlar, ekotizimning mahsuldorligi, tur, tarqalishi va ekologik strukturasi, ekologik nisha va populyatsiyalarning biotsenozga o'tish sabablari.
- Biosfera haqida ta'limot: Biosfera, noosfera, biosfera va insoniyat, biosferaning rivojlanish jarayoni va uning bosqichlari.
- Sanoatdagi ekologik jarayonlar: Ishlab chiqarish texnologiyasini ekologik toza holga keltirish, kam chiqindili texnologiya, sanoat korxonalarining tashlamalari, gazni tozalash usullari va sanoat mahsulotlarining ekologik yaroqliligi.
- Atrof muhitni tozalash usullari: Oqar suvni tozalash usullari, qattiq chiqindilardan atrof muhitni himoya qilish, suvni qayta foydalanishga tayyorlash, qishloq xo'jaligida pestitsidlarning tasiri.
- Atrof muhitning ifloslanish darajasi: Atmosfera, suv va tuproqning ifloslanishi, ularning sabablari va O'zbekiston sharoitida bu muammolarning holati.
- Global isish va iqlim o'zgarishi bilan bog'liq muammolar: Iqlim o'zgarishining sabablari, global isish va uning oqibatlari, jumladan, inson salomatligiga ta'siri, qishloq xo'jaligi va demografik muammolar.
- Qo'riqxona va tabiat bog'lari: O'zbekiston hududidagi qo'riqxonalar va tabiat bog'lari, ularning ahamiyati va tabiatni saqlashdagi roli.
- Ekologik monitoringni tashkil qilish: Ekologik monitoringning maqsadi va vazifalari, uni tashkil qilish tizimi, joyni tanlash va tarifflash usullari, ekologik baholash.