Moliyaviy nazorat

“Moliyaviy nazorat” oʻquv uslubiy majmuasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan fan dasturi asosida ishlab chiqilgan. Ushbu majmua O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan fan dasturi asosida tayyorlangan. Unda moliyaviy nazoratning nazariy va huquqiy asoslari, uni amalga oshiruvchi organlar, moliyaviy nazoratning turlari, shakllari va usullari, umumdavlat nazorati, iqtisodiy nazorat, bojxona nazorati, sug‘urta nazorati, bank nazorati, byudjet nazorati kabi mavzular chuqur yoritilgan. Kitobda ko’plab jadvallar, sxemalar va test topshiriqlari keltirilgan bo’lib, ular talabalarning mavzularni chuqur o’zlashtirishiga yordam beradi. Shuningdek, kitobda rivojlangan mamlakatlarda moliyaviy nazoratni tashkil etish amaliyoti va BMT, INTOSAI kabi xalqaro tashkilotlarning moliyaviy nazoratdagi roli ham tahlil qilingan. Foydalanilgan adabiyotlar va internet manbalari ro’yxati keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Moliyaviy nazoratning nazariy va huquqiy asoslari: Moliyaviy nazorat – bu iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni boshqarish ustidan davlat nazoratining tarkibiy elementi hisoblanadi. Uning maqsadi - kelgusida yuqori malakali iqtisodchi-mutaxassislar bo’lib yetishadigan talabalar uchun moliyaviy nazoratni tashkil etishning nazariy va tashkiliy-huquqiy asoslari haqida bilimlar berish, ularda moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi organlar faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish, rivojlangan mamlakatlar moliyaviy nazorat tizimi bo‘yicha ko‘nikma va malakalar shakllantirishdir. Moliyaviy nazoratning asosiy vazifalari – nazoratni tashkil qilishdan iborat.
  • Moliyaviy nazoratni tashkil qilishning turlari, shakl va usullari: Moliyaviy nazorat amal qilish sohalari: davlat va nodavlat moliyaviy nazorati. Davlat moliyaviy nazorati va nodavlat moliyaviy nazoratlarining maqsadlari. Moliyaviy nazoratning uni amalga oshiruvchi sub’ektlarga ko‘ra turlari. Umumdavlat moliyaviy nazoratining mohiyati va ahamiyati. Umumdavlat moliya nazorati organlari, ularning vazifalari. Mahkamaviy (idoraviy) moliyaviy nazoratning mohiyati, uning o‘ziga xos xususiyatlari, amalga oshiruvchi subyektlari. Jamoatchilik moliyaviy nazorati va uning shakllari. Jamoatchilik moliyaviy nazoratini amalga oshiruvchi subyektlar. Xo’jalik ichidagi moliyaviy nazoratni korxona va tashkilotlarning iqtisodiy va moliyaviy xizmatlari tomonidan o’tkazilishi va ahamiyati. Ichki auditnining mohiyati va tashkil etilishi.
  • Umumdavlat nazorat organlari va ularning moliyaviy nazoratni tashkil etishi: Davlat moliyasini boshqarish tizimidagi islohotlarning moliyaviy nazoratni tashkil etishga ta’siri. Umumdavlat moliyaviy nazoratining shakllanishi va ahamiyati. Umumdavlat nazorat organlarining guruhlanishi. O‘zbekiston Respublikasi Senati va Qonunchilik palatasi tomonidan olib boriladigan nazoratning asosiy vazifalari, umumdavlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishdagi ahamiyati. Parlament nazoratining subyektlari va obyektlari. Parlament nazoratini amalga oshirish shakllari. Rivojlangan davlatlarda parlament nazoratining shakllari. Parlament nazoratini amalga oshirishda parlament nazorati sub’ektlarining majburiyatlari. O’zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishdagi ahamiyati.
  • O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va uning moliyaviy nazoratni tashkil etishdagi o’rni: O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va uni tashkil etishning maqsadi, faoliyatida amal qiladigan prinsiplari. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi oliy tashqi audit va moliyaviy nazorat organi sifatida. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining vazifalari va funksiyalari, huquq va vakolatlari. O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tarkibiy tuzilishi: Hisob palatasi raisi va unga bo‘ysunuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlarini bajarishda ijro intizomiga rioya etilishini nazorat qilish sho‘‘basi, Hisob palatasi raisining 1-o‘rinbosariga bo‘ysunuvchi O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga tushumlarning to‘liqligini nazorat qilish Inspeksiyasi: Qo‘shimcha daromad manbalarini aniqlash axborot-tahlil sho‘‘basi va Soliq, moliya organlari va soliq to‘lovchilar bilan ishlash sho‘‘basi, Hisob palatasi raisining 2- o‘rinbosariga bo‘ysunuvchi byudjet tizimi byudjetlarining shakllantirilishi va xarajat qismining ijro etilishini nazorat qilish sho‘‘basi va Pul-kredit va valyuta siyosati sho‘‘basi.
  • Moliya organlari tomonidan moliyaviy nazoratni amalga oshirilishi: Davlat moliyaviy nazorati tizimida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining o’rni. Moliya organlarining ko’p qirrali nazorat faoliyati byudjetni rejalashtirish, moliyaviy rejalar va smetalar loyihalarini ko’rib chiqish, byudjetning barcha daromadlarini to’plash, davlat byudjeti bilan tegishli moliya yili uchun nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonida amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi respublikaning markaziy moliyaiqisodiy organi sifatida.O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi, uning vazifalari, funktsiyalari, huquq va majburiyatlari. Moliya vazirligi tizimi faoliyatini tartibga solish va takomillashtirishga hizmat qiluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar.
  • Soliq nazorati: Zamonaviy soliq tizimi. Soliq nazoratining mohiyati va uni tashkil etishning huquqiy asoslari. Soliq nazoratini amalga oshirish shakllari. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to’lovchilarning hisobini yuritish. Soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bog’liq obyektlarni hisobga olish. Kameral nazoratning mohiyati va zaruriyati. Soliq to’lovchining naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini tashkil etish. Nazorat-kassa mashinalarining davlat reestriga kiritilgan fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalari majburiy qo’llanilishi. Aksiz to’lanadigan ayrim turdagi tovarlarni tamg’alash qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat.
  • Bojxona xizmati nazoratini tashkil etish: Bojxona nazoratining mohiyati va zarurligi. Bojxona xizmati nazoratini tashkil etishning huquqiy asoslari. Bojxona nazorati va uning vazifalari. Bojxona nazoratining shakllari: hujjatlar va ma’lumotlarni tekshirish; og‘zaki so‘rov; axborot olish; bojxona ko‘zdan kechiruvi; tovarlarning tamg‘alanganligini tekshirish; bojxona ko‘rigi; shaxsiy ko‘rik; bojxona identifikatsiyalashi; bojxona kuzatuvi; binolar va hududlarni tekshirish; tovarlarni va transport vositalarini hisobga olish, ularni hisobga olish tizimini tekshirish hamda ushbu tovarlarni va transport vositalarini inventarizatsiya qilish; tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati.
  • Sug’urta tashkilotlarida nazorat ishlarini tashkil etish: Sug’urta nazoratining mohiyati va zarurligi. Sug’urtaning sohalari. O’zbekistonda sug’urta xizmatlari bozorini rivojlantirishning huquqiy asoslari. Sug’urta bozorining professional ishtirokchilari. Sug‘urta nazorati va uning vazifalari. Sug’urta nazoratining subyektlar va obyektlari. Sug’urta faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishning maqsad va vazifalari. Sug’urta nazoratining qamrab olish doirasi. Sug’urta tashkiloti faoliyati ustidan amalga oshiriladigan davlat nazorati samaradorligi. Maxsus vakolatli davlat organi tomonidan sug’urta faoliyatini nazorat qilish tartibi.
  • Bank muassasalarida moliyaviy nazoratni tashkil etish: Bank nazoratining mohiyati va zarurligi. Bank nazoratining vazifalari. Bank nazoratining rivojlanish bosqichlari. Bank nazoratini amalga oshirish sabablari. Bazel qo’mitasining tashkil topishi va ahamiyati. Xalqaro bank nazoratining tamoyillari. Bank nazorati tizimi. Bank nazoratini olib boruvchi organ. Bank nazorati turlari va usullari. Markaziy bank tomonidan tijorat banklar faoliyatini masofadan turib nazorat qilish. Masofadan nazorat qilishning qulayligi va samaraliligi. Banklarni joylarga chiqib inspeksiya qilish. Joyga chiqib tekshirishlarni tashkil qilishdan ko’zlanadigan maqsadlar. Joyga chiqib nazorat o’tkazish jarayoniga tayyorgarlik bosqichlari. Joylarda nazorat o’tkazishning afzalliklari. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bank nazoratini amalga oshirishdagi roli va ahamiyati, uning tuzilmasi. Markaziy bank nazorat funksiyalari. Markaziy bankning nazorat qilish sferasi. Tijorat banklarini lisenziyalash va davlat ro’yhatidan o’tkazish orqali nazorat qilish.
  • Byudjetni tuzish va ijro etish jarayonini nazorat qilish: Davlat moliyasi tizimida markaziy o’rinni egallaydi. Iqtisodiyot rivojlanishini turli bosqichlarida byudjet davlat siyosatini amalga oshirish quroli, mo’ljallangan dasturlar va tadbirlarni amalga oshirish uchun pul mablag’larini asosiy manbai hisoblanadi. Davlat byudjeti, davlat xokimiyatining kundalik masalalarini ham, rivojlanish istiqbollari vazifalarini ham hal etishda katta ahamiyatga egadir. Byudjet uch tarkibiy qismdan — xarajat, daromad qismlari va ular balansidan iborat ,ya’ni daromadlarning xarajatlarga muvofiqligi qoidasiga amal qilishi lozim. Byudjetni shakllantirish avvalo uning xarajat qismini tuzish yo’li bilan yuz beradi, chunki davlat o’zida mavjud moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqibgina xarajatlar qilishi mumkin emas. Davlat avvalo jamiyatni samarali rivojlantirish maqsadida uning oldida turgan vazifalarini bajarish uchun zarur mablag’lar hajmini belgilashi va shundan keyingina o’z qo’lida bo’lgan byudjet daromad qismini to’ldirishning asosiy vositasi - soliqlar va boshqa manbalar yordamida ana shu moliyaviy resurslarni jalb etishi kerak.
  • Byudjet tashkilotlari xarajatlar smetasini rejalashtirish va byudjetdan moliyalashtirishdagi moliyaviy nazorat: Byudjet tashkilotlarini smetali moliyalashtirish tartibini nazorat qilish. Byudjet tashkilotlarining asosiy ishlab chiqarish (operativ-tarmoq) ko‘rsatkichlari – tekshirish ob’ekti sifatida. Byudjet tashkilotlari asosiy ko‘rsatkichlarini hisoblash va rejalashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari. Xarajat guruhlari bo‘yicha asosiy hisobkitoblar, ularning to‘g‘riligini tekshirish tartibi, tekshirish manbalari. Xarajatlarni rejalashtirishning qonuniy, huquqiy va me’yoriy asoslariga rioya qilishni tekshirish. Byudjet me’yorlari, xarajatlarni limitlash, ularga rioya qilinganlikni tekshirish Moliya organlarining byudjet tashkilotlari xarajatlar smetasini tuzish, tasdiqlash, smeta asosida moliyalashtirish va mablag‘lardan foydalanish jarayonidagi nazoratiqtisodiy ishlar.
  • Korxonalarda ichki moliyaviy nazoratni tashkil etish: Ichki nazorat tizimining mohiyati va uni tashkil etish. Ichki moliyaviy nazorat tizimining asosiy bo’g’ini. Ichki moliyaviy nazorat tizimi aniq xo’jalik yurituvchi sub’ektlar hamda byudjet tashkilotlari va muassasalarining rahbarlari va funksional tuzilmalari tomonidan amalga oshiriladigan kundalik ish-faoliyatning ajralmas qismi sifatida.Xo’jalik yurituvchi sub’ektning ichki nazorat tizimi: nazorat muhiti; buxgalteriya hisobining mavjud tizimi; aktivlarning saqlanganligi ustidan nazorat; qonun va me’yoriy xujjatlarga rioya qilish ustidan nazorat.
  • Auditorlik nazoratining moliyaviy nazoratni amalga oshirishdagi ahamiyati: Moliyaviy nazorat tizimida auditorlik nazoratining ahamiyati. Auditorlik nazoratini tashkil etishning me’yoriy-huquqiy asoslari. Auditorlik nazoratining mohiyati va auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari. Auditorlik tashkilotlarini o‘z faoliyatida amal qilshi lozim bo‘lgan majburiy shartlar.Auditorlik tashkilotlarining vazifalari, huquq va majburiyatlari. Auditorlik tashkilotlarini litsenziyalash tartibi. Litsenziya talabgorlariga qo‘yilgan talablar. Auditor malaka sertifikatining amal qilish va tugatish tartibi.
  • Rivojlangan mamlakatlarda moliyaviy nazoratni tashkil etish amaliyoti: Rivojlangan mamlakatlarda moliyaviy nazoratni tashkil etish. BMTning taftish organini moliyaviy nazorat faoliyati. BMTning tashqi nazorat tizimi. Xorij mamlakatlarida moliyaviy nazorat faoliyatini olib boruvchi asosiy tashkilotlar. INTOSAI tashkilotining tashkil etilishi va uning doirasida LIMA deklorasiyasining qabul qilinishi. Evropada moliyaviy nazorat tizimi. Oliy nazorat organlarining a’zolari va hamkorlari. Moliyaviy nazorat organlarining xususiyatlari. Soliq, byudjet va moliya nazoratining o‘ziga xos jihatlari. Nazorat-iqtisodiy ishlarni mikrodarajada tashkil etish amaliyoti. Xalqaro va ko’pmillatli tashkilotlarni tekshirish. Davlatdan subsidiya oladigan tashkilotlarni tekshirish. Iqtisodiy nazoratni mikrodarajada tashkil etish amaliyoti, bu sohadagi xorijiy tajribalarni O‘zbekistonda tatbiq etish imkoniyatlari.