Maktabgacha ta’lim muassasalarida maktabga tayyorlov yoshda applikatsiya mashg‘ulotlari orqali kompozitsion xislarni shakllantirish
Ushbu bitiruv malakaviy ishi maktabgacha ta'lim muassasalarida maktabga tayyorlov yoshda applikatsiya mashg'ulotlari orqali kompozitsion xislarni shakllantirish jarayonini o'rganishga bag'ishlangan. Unda maktabgacha ta'limda badiiy-estetik didni shakllantirishning mazmuni va ahamiyati, bolalarni tasviriy faoliyatga o'rgatish masalalarining o'rganilganligi, tasviriy faoliyat mashg'ulotlarida ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish jarayoni, applikatsiya mashg'ulotlari orqali kompozitsion xislarni shakllantirish, "Bolajon" dasturi asosida turli yosh guruhlar tasviriy faoliyat mashg'ulotlarining tashkil etilishi, tasviriy faoliyat mashg'ulotlarini kuzatish va tahlil etish kabi masalalar atroflicha o'rganilgan.
Asosiy mavzular
- Maktabgacha ta'limda badiiy-estetik didni shakllantirishning mazmuni va ahamiyati: Maktabgacha ta'lim bola shaxsini sog'lom va etuk, shu bilan birga maktabga tayyorlagan holda shakllantirish maqsadini koʻzlaydi. O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida”gi Qonunning 11-moddasida: "Bu ta'lim 6-7 yoshgacha oilada, bolalar MTMsida va mulk shaklidan qat'iy nazar, boshqa ta'lim muassasalarida olib boriladi”,- deb ta'kidlangan. Darhaqiqat, ta'lim-tarbiya qanchalik erta boshlansa, uning samarasi shunchalik erta namoyon boʻladi va insonning butun hayot tarziga ijobiy ta'sir qiladi.
- Maktabgacha ta'lim muassasalari turli yosh guruhlarida applikatsiya ishiga o'rgatishning vazifalari va turlari: Bolani rasm chizishga qiziqtirish, atrof-olam haqidagi tasavvur va taassurotlarini tasvirlashga oʻrgatish. YIl davomida bolaning ranglar (qizil, koʻk, sariq, yashil, oq, qora) haqidagi tushunchalarini aniqlash va mustahkamlash. Bolaga qalam va moʻyqalamni toʻgʻri ushlashni o'rgatish.
- Maktabgacha ta'lim muassasasidatasviriy faoliyat mashg'ulotlarini tashkil etilishining amaliy shart – sharoitlari: Applikatsiya mashg'uloti mavzulari quyidagilar: Savatdagi sabzavotlar – baqlajon, lavlagi, turp (qog'ozni yirtish va bo'rttirish usuli). Olma ko'targan tipratikon (gulqog'ozni yirtish usulida). Koʻza (simmetrik usulda). Naqshli lagan (bir martalik likobcha va gulqog'oz). CHiroyli soʻzana (kvilling). Samodagi raketa (bo'rttirish usuli). Qorparchalar (qat-qat taxlash usulida). Archa o'yinchoqlari (gulqog'ozdan). Qorqiz (qog'oz va mato).