O'zbek adabiyoti tarixi. 1-qism
Ushbu uslubiy qo'llanma O'zbek mumtoz va milliy uyg'onish adabiyoti
Asosiy mavzular
- ADABIY TASAVVUR VA BADIIY TAFAKKURNING SHAKLLANISH DAVRI. ISLOMGA QADAR YARATILGAN ADABIYOT (ENG QADIMGI DAVRLARDAN X ASRGACHA): O'zbek adabiyotini davrlashtirish masalasi. Turonzamin qadimgi madaniy markazlardan biri sifatida. Qadimgi davrlardan eramizning VIII asrigacha Markaziy Osiyoda yashagan xalqlar madaniyati, yozuvi va san'ati. Qadimgi shumer madaniyati va turkiy qavmlar tarixi. “Bilgamish” dostonining turkiy xalqlar eposiga munosabati. Eng qadimgi og'zaki adabiy yodgorliklar. Qahramonlik eposi.
- QADIMGI TURKIYLAR VA YUNON ADABIYOTI: Homerning “Iliada” asarida tasvirlangan yana bir muhim dalil turkiylarning maishiy turmush tarzi bilan bog'liq. Skif, massaget qabilalari, Herodot yozganidek, chorvachilik bilan shug'ullanib, sutli ovqatlar bilan turmush kechirishgan. Yunon mifologiyasiga ko'ra, Troya shahrini Zevsning o'g'li Dardanning evarasi Il qurdirganligi haqida shunday afsona mavjud. Troya-yunon urushidagi yunon bahodirlaridan biri Itaka shohi Odisseydir. Mana uch ming yildirki, Odissey yunonlarning sevimli qahramoni. Lekin “Iliada”da asar ijodkorining butun mehri troyaliklar tomonida bo'lganidek, “Odisseya”da bu ruh yanada bo'rtib ko'rinadi. “Odisseya”ning turkiylarning antik qatlamga mansub asarlari bilan juda o'xshash tomonlari bor. Bunday yaqinlikni “Alpomish” va “Qo'rqut ota kitobi” eposlari misolida ko'ramiz.
- YOZMA YODGORLIKLAR. “AVESTO” KITOBI: Qadimgi yodgorliklarning yozuv xususiyatlari. Iyeroglifik va piktografik yozuvlar. Mixxatlar va runik yozuvdagi ilk manbalar. “Avesto” (er.av.VII asr) - zardushtiylikning muqaddas kitobi. Zardusht. “Avesto” qadimgi mif va afsonalar majmui sifatida. “Avesto”ning tarkibiy tuzilishi. Asosiy qism va Zandlar. “Avesto”ning ilmiy-tarixiy qimmati. “Avesto”ning o'rganilishi tarixidan. “Avesto” adabiy manba sifatida. Asardagi yetakchi qahramonlar va timsollar.
- O`RXUN-ENASOY OBIDALARI: O`rxun-Enasoy obidalari (VI-VIII asrlar) adabiy manba sifatida. Yodgorliklarning yaratilish tarixi va tarqalish o`rni. Ularning kashf etilishiga oid ma’lumotlar. Bilga xoqon yodgorligida Vatan daxlsizligi uchun kurashning aks etganligi. Kul Tegin yodgorligi. O`rxun-Enasoy toshbitiklari adabiy manba sifatida. Toshbitiklarning til xususiyatlari, adabiy qimmati. O`rxun-Enasoy yodgorliklarining janr xususiyatlari: tarixiy qahramonlik dostonlari, qo`shiq va yig´i janrlari. Toshbitiklar va turkiy xalqlar og´zaki ijodi o`rtasidagi munosabat. O`rxun-Enasoy yodgorliklarida mifologik tasavvurlar. To`nyuquq bitigi. Unda shaxs va millat erki. Irq bitigi (Ta’birnoma) adabiy manba sifatida.
- ISLOM MADANIYATINING SHAKLLANISHI VA MUSULMON INTIBOHI (RENESSANSI). ARAB VA FORS TILLARIDAGI ADABIYOT: Islom madaniyatining shakllanishi va musulmon intibohi (renessansi). Somoniylar, saljuqiylar, g´aznaviylar va qoraxoniylar davrida islomiy madaniyat. Hadis to`plash an’anasi va unda turkistonlik buyuk muhaddislarning roli. Imom Buxoriy va at-Termiziy. «Al-jome’u-s-sahih» va «Shamoyili Muhammadiyya» asarlari. IX-X asrlarda arab tilining madaniy hayotga faol aralashuvi. Arab va fors tillaridagi adabiyot. Turkiy xalqlarning arab va fors tillarida ijod etishi. Markaziy Osiyo buyuk allomalar vatani: Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino asarlarida adabiyot masalalari. Badiiy asarlar va tazkirachilik. Abu Mansur as-Solibiy va uning «Yatimatu-t-dahr» asari. Chag´oniyon adabiy muhiti.
- MUMTOZ DIDAKTIK BADIIY IJOD, DOSTONCHILIK VA QISSACHILIKNING VUJUDGA KELISH DAVRI (XI-XIII ASRLAR). XI-XIII ASRLARDA MARKAZIY OSIYODA MADANIY HAYOT: XI-XIII asrlarda Markaziy Osiyoda madaniy hayot. Turkiy tilning yangi adabiy bosqichga ko`tarilishi. Qoraxoniylar davrida turkiy madaniyatning taraqqiyoti. Bolasog´un va Koshg´ardagi madaniy hayot. Turkiy dostonchilik maktabining vujudga kelishi. Badiiy asarlarda Qur’oni karim va Hadisi sharif sharhlari.
- MAHMUD KOSHG´ARIY VA UNING «DEVONU LUG´ATIT TURK» ASARI: Mahmud Koshg´ariy va uning “Devonu lug´oti-t-turk” asari. “Devonu lug´oti-t-turk” – adabiy manba sifatida. “Devon...”da uchraydigan turkiy adabiy janrlar.
- YUSUF XOS HOJIB HAYOTI VA IJODINING MANBALARI: Yusuf Xos Hojib hayoti va ijodining manbalari. “Qutadg´u bilig” adabiy manba sifatida. “Qutadg´u bilig” hamda ijtimoiy-siyosiy va falsafiy masalalar. Dostonda axloqiy va estetik qarashlar. Doston janrlari: masnaviy, qasida, to`rtlik va g´azal unsurlari. Asarning ahamiyati.
- ADIB AHMAD YUGNAKIY IJODI: Ahmad Yugnakiy hayoti va ijodining manbalari. Adib Ahmad Yugnakiy hayoti va ijodining o`rganilish tarixi. “Hibatu-l-haqoyiq” asari. Asar mavzui va tarkibi. Asarning badiiy xususiyatlari.
- XOJA AHMAD YASSAVIY IJODI: Xoja Ahmad Yassaviy ijodi. Turkiy she’riyatda hikmat janrining shakllanishi. “Devoni hikmat” asari va uning tarkibi. Yassaviy izdoshlari. Sulaymon Boqirg´oniy asarlari. “Boqirg´on kitobi” mundarijasi.
- SAKKOKIY IJODI: Sakkokiy hayoti va ijodining o`rganilish tarixi. Sakkokiy adabiy merosi. Turkiy qasidachilik taraqqiyotida Sakkokiyning o`rni. Sakkokiy lirikasining mavzulari va timsollar tizimi.
- GADOIY HAYOTI VA IJODI: Gadoiy hayoti va ijodining o`rganilish tarixi. Gadoiyning ijodiy merosi. Gadoiy she’riyatining mavzulari, mundarijasi Gadoiy she’riyati janr xususiyatlari.
- LUTFIY IJODI: Lutfiyning ijodiy faoliyati. Lutfiy va Navoiy munosabatlari. Lutfiy lirikasining mavzular ko`lami va timsollar olami. Lutfiy she’riyatida badiiy mahorat. Lutfiyga nisbat berilgan asarlar.
- HUSAYN BOYQARO (HUSAYNIY): Husayniy lirikasining manbalari. Husayniy va Alisher Navoiy munosabatlariga doir. “Risola” asari va uning mundarijasi. Husayniy lirikasining badiiy xususiyatlari.
- XORAZMIY VA UNING “MUHABBATNOMA” ASARI: Xorazmiy va uning “Muhabbatnoma”si. Asar tarkibi va janr xususiyatlari. Noma janri va uning taraqqiyoti.
- DURBEK IJODI: Durbek ijodi. “Yusuf va Zulayho” dostoni. Doston muallifligi masalasi. Badiiy adabiyotda “Qissayi Yusuf” syujeti.
- QUTB IJODI: Qutb hayoti va ijodining manbalari. “Xisrav va Shirin” dostonining yaratilish tarixi, nusxalari. Asar sujeti, voqealar silsilasi va asosiy qahramonlari.
- ATOIY IJODI: Atoyi ijodiy merosining o`rganilish tarixidan. Atoyining lirik merosi. Lirikasining mavzular ko`lami va timsollar olami. Atoyi she’riyatida majoz va haqiqat.
- XORAZMIY VA UNING “MUHABBATNOMA” ASARI: Xorazmiy va uning “Muhabbatnoma”si. Asar tarkibi va janr xususiyatlari. Noma janri va uning taraqqiyoti.