Shaxsni axborot olish madaniyati" tushunchasining pedagogik - psixologik talqini
Ushbu tadqiqot ishi O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligi Z.M. Bobur nomidagi Andijon Davlat Universiteti, Ijtimoiy Iqtisodiyot Fakulteti, Pedagogika Psixologiya yo'nalishi IV bosqich
Asosiy mavzular
- KIRISH: Kishilik jamiyati paydo bo'lgandan beri inson axborot olish, tarqatish va undan foydalanishga ehliyoj sezib keladi. Albatta, qadimda bu jarayon juda sodda ko'rinishga ega edi. Dunyo taraqqiy etgan sari u murakkablashib, axborotning jamiyatdagi o'rni yanada oshdi. Hatto, davrimiz ham "Axborot texnologiyalari asri" - deb nom olgani bejiz emas. Bugungi kunda mamlakatimizda axborot sohasida bosqichma-bosqich islohotlar amalga oshirilmoqda. Yurtboshimiz ta'kidlaganlaridek, "...fuqarolarning axborot sohasidagi huquq va erkinliklarini ta'minlash masalasi insonning axborot olish, axborotni va o'z shaxsiy fikrini tarqatish huquqi hamda erkinligini o'zida mujassam etgan bo'lib, bu yurtimizda demokratik jamiyat asoslarini barpo qilishning muhim sharti. tabir joiz bo'lsa, tamal toshi hisoblanadi." Axborot kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi vaqt va masofani qisqartirib, jahon sivilizatsiyasi bilimlariga keng yo'l ochib bermoqda. Bir vaqtlar fan, madaniyat, ta'lim va biznes sohasi uchun ma'lum hududda joylashgan kutubxonalardagi resurslardan foydalanilgan bo'lsa, bugungi kunda ular foydalanishi mumkin bo'lgan resurslar hajmiga Internet tarmog'idagi barcha resurslami ham kiritish mumkin boiadi. Jamiyatda paydo bo'layotgan axborot resurslari hajmining jadal ortib borishi axborot bo'ronini vujudga keltirmoqda. Bu resurslardagi axborotlarning barchasi ham ishonchli. aniq faktlarga asoslangan, jamiyat rivoji uchun xizmat qiladigan axborotlar degan fikrdan yiroqmiz. Axborot olish va tarqatish bir vaqtning o'zida axborot xurujlarini keltirib chiqarmoqda. Bu haqda prezidentimiz ham quyidagi fikrlarni bildirib o'tgan: “Shuni unutmaslik kerakki, bugungi kunda inson ma'naviyatiga qarshi yo'naltirilgan, bir qarashda arzimas bo'lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko'zga ko'rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo'lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkin.” Aynan shuning uchun ham jamiyatda hosil bo'layotgan axborot bo'ronidan jamiyat a'zolarini, ayniqsa, jamiyatning kelajagi bo'lgan yoshlarni himoya qilish uchun ularda axborot olish madaniyatini shakllantirish hozirgi kundagi o'ta dolzarb muammo sanaladi. Muammoning o'rganilganlik darajasi. Shaxsda axborot olish madaniyatini shakllantirish muammosi bir qator fan mutaxassislari tomonidan hozirgi kundagi dolzarb muammo ekanligi e'tirof etilmoqda (psixolog, pedagog, sotsiolog). Keyingi yillarda axborotlarni, xususan internet tarmog'idagi axborotlami saralamasdan to'g'ridan- to'g'ri qabul qilish odatiy holga aylanmoqda. Bu esa ko'pchilik yoshlarda hali infoetikaning to'liq shakllanmaganligidan dalolat beradi. Bu muammo yuzasidan yurtboshimiz bir qator o`zbek faylasuflari, pedagoglari, psixologlarining ilmiy nazariy tadqiqotlari tahliliga to`xtalamiz: 1. M.Quronov, M.Bekmurodov, Z.Qosimova, H.Do'stmuhamedov, M.Mo'minov, A.Rasulov, Klod Shenon, Norbert Viner, A.Layderman, S.Lev, V.Nalimov, Z.M.Melchenko, A.Zinoyev, A.Parshev, I.G.Zaharova, N.I.Gendina kabi olimlar, ham atroflicha o'rganib chiqqanlar. Ishning maqsadi. O'quvchi, talabalar ongida axborot olish madaniyatini shakllantirish va yoshlarni turli xil axborot xurujlaridan himoyalash. Ishning vazifalari: 1. shaxsda axborot olish jarayonidagi ijobiy va salbiy jihatlarni o'rganish; 2. o'rganib chiqilgan salbiy jihallarga qarshi pedagogik chora-tadbirlarni ishlab chiqish; 3. shaxsda axborot olish madaniyati tushunchasining pedagogik jihatdan ladqiq etish; 4. axborotning turlari va shakllarini tavsiflab o'rganish;
- I BOB. "AXBOROT OLISH MADANIYATI" TUSHUNCHASINI PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK TALQIN QILISHNING NAZARIY MANBALARI.: Axborot va uning jamiyatda tutgan o'rni Biz uchun ming yillikka qadam qo'yish. XXI asrni o'z navbatida axborot asri desak, adashmaymiz. Bunda axborotsiz ishlab chiqarish rivojlanishini tasavvur etib bo'lmaydi. Hozirda ommabop texnik vositalardan unumli foydalanish fan, ishlab chiqarish, iqtisodiyot va hokazo barcha sohalarda juda muhimdir. Bilim axborotlar majmuining idrok qilinishi. Axborot esa malumot berish, tushuntirish, izohdir. Biz atrofga qarasak, ko'rish sezgisi, biror narsa eshitsak, eshitish sezgisi orqali axborot olamiz. Biror narsa so'zlasak yoki ko'rsatsak, axborot beramiz. Demak, qiladigan ishimiz, vazifamiz, asosan, axborot olish, yig'ish, qayta ishlash va uzatishdan iborat ekan. Bularni barchasini umumlashtirgan holda informatsiya almashish jarayoni desak adashmaymiz. "Informatsiya" so'zi turli tillarda ishlatilib, ma'nosi turlicha talqin qilin-sa ularning asosida lotincha informatio so'zi yotadi. U "malumot", "tushuntirish", "tavsiflash" degan ma'noni anglatadi. O'zxbek tilida informatsiya so'zi axborot deb tushuniladi. IX-X asrlarda Farobiy tahallusi bilan ijod etgan yurt-doshimiz Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug' Tarqon bilish jarayonini ikki bosqich- aqliy bilish va hissiy bilishdan iborat bo'lib, ular o'zaro bog'liq, lekin bir boshqasiz vujudga kelmasligini alohida talcidlaydi. Bilishning mazkur bosqichlari axborotsiz shakllanmaydi va demak, axborot bilishning asosini tashkil etuvchi element hisoblanadi. Farobiy "Ilm va fanning fazilatlari" risolasida tabiatni bilish jarayonini cheksizligini, bilim bilmaslikdan bilishga, sababni bilishdan oqibat bilishga, sifatlardan mohiyatga qarab borishni va buning asosida, ilmining borgan sari ortib, chuqurlashib borishni talcidlaydi.Allomaning aytishicha, odamning iftidosida avvalo "oziqlanish talabi" paydo bo'lib, unga ko'ra odam ovqatlanadi. Shundan so'ngi talablar "tashqi talablar" bo'lib. ular bevosita tashqi ta'sir natijasida sezgi a'zolari orqali vujudga keladi. Mazkur "tashqi talablar" 5 turlidir: teri-badan sezgisi; ta'm bilish sezgisi; hid bilish sezgisi; eshitish sezgisi; ko'rish sezgisi. Axborot tushunchasi. Axborot turli sohalarda turlicha tushunib kelinadi. Masalan, dehqon uchun axborot- ertangi ob-havo, yerning ozuqa bilan to'yinganligi yoki yetishtirilgan mahsulotning bozordagi narhi; tibbiyot hodimlari uchun- bemorning kasallik tashxisi, dori-darmonlar; muhandislar uchun- texnika va texnologiyalar; o'quvchi uchun- fanlardan olayotgan maiumotlari. Boshqa sohalarda ham o'z soharlari bilan bog'liq bo'lgan ma'lumotlarni axborot sifatida qabul qiladilar. Demak, inson doimo axborot bilan ish ko'rib kelgan. Axborot nazariyasi asoschilaridan biri amerikalik Klod Shenon axborotni narsa haqidagi bilimlarimizdagi noaniqlikni bartaraf etilishi kabi e'tirof etadi. Kibernetika fanining asoschisi Norbert Viner axborotni bizni va sezgilarimizni tashqi olamga moslashuvimizdagi mazmunni ifodalash¹,- deb qaraydi. Axborotga olimlar tomonidan yuqoridagi kabi ta'rif berishga urinishlar ko'p bo'lgan. Lekin, axborot tushunchasiga har tomonlama ilmiy asoslangan ta'rif berish mumkin emas, chunki u juda ko'p ma'nolarni o'z ichiga oladi. Axborot haqidagi tushunchaga ega bo'lish uchun hayotingizdagi bir misolni esga olaylik. Go'daklik vaqtingizda "muzqaymoq" so'zini esga olaylik. Go'daklik vaqtingizda muzqaymoq so'zi sizga faqatgina "mazali shirinlik” ma'nosini anglatardi. Uni boshqa shirinliklar ichidan nomi, ko'rinishi, ta'mi, hidi yoki sovuqligidan ajratib olardingiz. Maktab yoshingizda muzqaymoq so'zi “shakar, qaymoq, какао yoki kofe, temperatura, tomoq og'rig'i, angina, vrach, LOR, ishlab chiqaruvchi davlatlar” kabi o'zaro bog'langan modda va tushunchalar hamda muzqaymoqni tayyorlash usullari bilan bog'liq ma'lumotlar bilan to'ldi. Keyinchalik esa “muzqaymoq” malekulalardan iboratligi haqida ma'lumot oldingiz. Lekin bu hali muzqaymoq haqidagi lo'liq ma'lumol emasligini, vaqti kelib bu so'z yana boshqa ma'lumotlar bilan to'lishini tushunish qiyin emas. Demak, inson yiliar davomida hayotdan ma'lumotlar olar ekan birini ikkinchisi bilan bog'lab to'ldirib boradi. Yuqoridagi misol va alloma Farobiy fikrlaridan kelib chiqib axborotni qanday tushunish mumkin degan savolga quyidagicha javob berish mumkin: AXBOROT deganda biz barcha sezgi a'zolarimiz orqali borliqning ongimizdagi aksini yoki ta'sirini, bog'liqlik darajasini tushunamiz. Demak, axborot borliqdagi narsa yoki jarayonlarning holatlari, xossalari va boshqa xususiyatlari haqidagi ma'lumotlarning turli vositar va sezgi a'zolarimiz orqali bizga yetib kelishi va ongimizga ta'siri hamda bu ma'lumotlammg ongimizda boshqa ma'lumotlar bilan bog'lanishi ekan. Demak, INSON borliqning bir qismi bo'lgani uchun, u o'zi haqida ham (og'riq, isib ketish, charchash va hokazo) ma'lumot oladi. Bundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, hozirgacha yig'gan barcha ma'lumotlarimiz axborot bo'lib, axborotlar bog'langach csa bilimni tashkil etadi. Mutaxassislarning fikricha, hozirda axborot iqtisodiyotning eng serdaromad manbaiga aylanib bormoqda. AQSh Strategik tadqiqotlar institutining malumotlariga ko'ra, axborot mahsulotiga sarflangan har bir dollar, yoqilgl- energetika sohasiga sarmoya qilingan I dollardan ko'ra bir necha barobar ko'p foyda berar ekan. Bu faqat uning iqtisodiy jihati, uning siyosiy jihati esa o'z shaxsiy manfaatlariga o'ta arzon, o'ta qulay yollar bilan erishish sifatida qaralmoqda. Shu nuqtai nazardan bugungi kunda axborot omili ham siyosiy, ham iqtisodiy jihatdan ayrim kuchlar manfaatiga aylanib bormoqda. Shuning uchun ham yangi mustaqil davlatlarning milliy xavfsizligini ta'minlashda siyosiy, iqtisodiy, harbiy omillar bilan bir qatorda uning axborot jihatlari borgan sari dolzarblashmoqda.2
- II BOB. SHAXSNI AXBOROT OLISH JARAYONINIG METODIK ASOSLARI: 2.1. Shaxsni axborot tahdidlaridan himoyalashning pedagogik shart-sharoitlari. Ayonki, texnik taraqqiyotni to'xtatish mumkin emas: biz buni xohlaymiz. mi yo'qmi, kompyuter texnologiyalari hayotimizda mustahkam o'ringa ega, kompyuter savodxonligi ko'rsatkichi esa ko'p hollarda insonning yuqori saviyasini belgilab beruvchi omilga aylanib bormoqda. Bugun kompyuterda ishlashni bilmaydigan xodimni yaxshi mutaxassis deyish qiyin. Agar o'tgan asming 90-yillari o'rtalarida yoshlarning eng sevimli mashg'ulotlari musiqa tinglash va teleko'rsatuvlar ko'rish bolsa, ayni kunda esa kompyuter va internet avvalgi qiziqishlarni yosh avlod hayotidan siqib chiqardi. Hozirgi zamon yoshlarining 70 foizi o'z. qiziqish va sevimli mashg'ulotlari haqida so'z yuritganda sport, do'stlar bilan suhbatlashish, ma'naviy va madaniy hordiq chiqarish chiqarish bilan bir qatorda kompyuter texnologiyalari, internetga bo'lgan qiziqishini birinchi o'rinda tilga oladi. Onlayn hayot vakillari Nielsen/Net Ratings kompaniyasi o'tkazgan so'nggi ilmiy tekshiruvlar nalijalariga ko'ra, butun dunyo larmog'iga ulanayotgan yosh bolalaming soni kun emas, soat sayin oshmoqda: birgina 2007 yili Yevropada o'sib kelayotgan yosh avlod vakilining uchdan bir qismi onlayn tizimida bolishi kuzatildi. O'tgan yili dunyo tarmog'ida 10 million yoshlar «sayr qilgan» bolsa, hozirda ularning soni allaqachon 13 millionga yetdi. Mutaxassislaming fikricha, bu - tabiiy holat. Negaki. kundan-kunga internetdan foydalanayotgan oilalar, demak, undan foydalanayotgan farzandlar soni kupaymoqda. Bunday onlayn hayotda yashaydigan yoshlarning katta qismi 4,5 millioni Buyuk Britaniyaga to'g'ri keladi. Ular har kuni elektron manzillarini tekshiradi, turli xil saytlardan malumot izlaydi va chat (global tarmoqdagi suhbatxona)lar orqali muloqotda bolishadi. Germaniyada hozircha 3 va Fransiyada 1,5 million yoshlar vaqlini asosan onlayn tizimida o'tkazadi. Bir yildan so'ng esa bu ko'rsalkich ikki baravarga oshishi kutilmoqda. Darhaqiqat, XXI asr zamonaviy yoshlar hayotiga sezilarli chizgilami kiritdi. O'tgan asr bolalari maktab, turli to'garak va sport sektsiyalariga chopgan bo'lsa, bugun ular o'zaro disklar, fleshkalar va axborotni saqlovehi shu kabi boshqa vositalardan imkon boricha tez foydalanishga shoshiladi. Yosh avlodning ota- onalariga nisbatan kompyuter savodxonligi baland, ko'pgina olti yashar bolalar blyutuz (bluetooth) va spam nimaligini kattalarga nisbatan yaxshi biladi. Dunyoning rivojlangan mamlakatlaridan biri Kanadada on yetti yoshgacha bolgan 6 ming bola o'rtasida o'tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko'ra, ular sodda ota-onalari o'ylaganidek, intemetdan aksariyat, hollarda axborot olish maqsadida foydalanmas ekan. So'rovda ishtirok etganlaming 99 foizi intemetdan foydalanishini. ularning har o'n nafaridan sakkiz nafari uyda ulanish imkoniyatiga ega ekanini bildirdi. Kanada yoshlarining yarmidan ko'pi internet va kompyuter texnologiyalami ota- lonalaridan yaxshiroq bilishini aytgan. Ularning 80 foizi mustaqii ravishda internetga ulanishini. ota-onalari kompyuterga himoya vositasi bolgan «filtrlash>> dasturini o'matib qo'ymaganliklari va farzandlari qanday saytlarga kirishini nazorat qilmasligini tan olishdi. Umuman olganda, ota-onalarning aksariyat qismi, aniqrogl, 65 foizi farzandlari intemetdan faqat uy vazifasini tayyorlash uchun foydalanadi, degan ftkrda, yoshlar esa ilm olishni eng oxirgi o'ringa qo'yadilar. Ular asosan internet orqali musiqa tinglaydi, elektron manzilni tekshiradi, xullas, vaqtini chog' o'tkazadi. Yoshlaming uchdan ikki qismi internetga yangi do'stlar orttirish va kim bilandir suhbatlashish maqsadida ulanadi, ularning 15 foizi keyinchalik bu munosabatlarni real hayotda davom ettirar ekan. Muloqotning bu kabi shakllari yaxshi. albatta. Biroq masalaning ikkinchi tomoni ham borki, unga chuqurroq nazar tashlash lozim. Alohida e'tibor talab etadigan jihat esa internet orqali ta'qib deb nomlanadi. Virtual ta'qib ommalashmoqda Tadqiqotlar natijalaridan malum boldiki, hozirda maktab yoshidagi bolalar internetdan tobora erta foydalana boshlamoqdalar. Masalan, boshlanglch sinf o'quvchilari bemalol maktab yon atrofidagi kafe yoki klubga kirib, internetdan foydalanishi mumkin.
- Axborotning shakllari va xususiyatlari: Inson hayotini axborotsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Axborotning esa hayolda turli xil ko'rinishlari va lurlari bor, masalan, axborot main, tasvir.jadval, animasiya, audio va video kabi ko'rinishlarga ega. Shu bilan birga biror ko'rinishdagi axborotdan foydalana olishimiz uchun u qanday xususiyatlarga ega bo'lishi zarurligi ham g'oyatda muhimdir. Axborotning shakllari: matn, tasvir, animasiya, audio va video. Malumki. axborotlami insonlar bir-biriga uzatish jarayonida matn ko'rinishdagi, jadval ko'rinishdagi, tovush ko'rinishdagi va tasvir ko'rinishdagi malumotlardan foydalanadi. Matn. Matn - bu malumotlarni ifodalash shakli bo'lib. u mazmunan yagona, yaxlit va tanlangan tilning belgilari ketma-ketligidan iborat. Matn hujjat asosidir. Axborot tizimiga matn kiritish klaviatura, nurli pero, mikrofon, yoki skaner yordamida amalga oshiriladi. Matnlarga ishlov berish matn muharriri deb ataluvchi maxsus amaliy dasturlar majmuasi tomonidan amalga oshiriladi. Tarmoq orhali matnlar malumotlar bo'laklari ko'rinishida uzatiladi. Tanlangan maqola Alisher Navoiy (1441 . fev. — 1501 yan.) — ulug' o'zbek shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi. G'arbda chig'atoy adabiyotining buyuk vakili deb qaraladi, sharqda «nizomi millati va d-din» (din va millatning nizomi) unvoni bilan ulug'lanadi. Belgili. Turli ishoraviy belgilardan iborat axborotlar. Bular biror voqea- hodisalar haqidagi axborotlami uzatishda foydalaniladi. Tasvir. Tasvir - bu biror voqea, xodisa yoki jarayonlarni o'zida ifodalagan rasm bo'laklari va ranglardan iborat ma'lumotdir. Foto, manzara, matematik funksiyalar grafigi, statistik ma'lumotlar diagrammasi va shunga o'xshash ma'lumotlar tasvir hisoblanadi. Kompyuter yordamida tasvirlarga ishlov berishni to'rt guruhga ajratish maqsadga muvofiq hisoblanadi: Kulrang va rangli tasvirlar; Ikki xil va bir necha "rangli" tasvirlar; Uzluksiz egri va to'g'ri cqiziqlar; Nuqtalar yoki ko'pburchaklar iborat tasvirlar. Bu turkumlash tasvirni ko'rib idrok qilish mexanizmi bilan emas, balki ularni taqdim etish va qayta ishlashga yondashish bilan bog'liq. Graflk shaklidagi axborotlar: Axborotning asosiy xususiyatlari. Axborotdan hayot faoliyatida foydalana olish uchun, asosan, quyidagi uchta muhim xususiyatga ega bo'lishi lozim: Axborot ma'lum darajada qimmatli bo'lishi kerak, aks holda, undan foydalanish ehtiyoji tug'ilmaydi. Qimmatli axborot vaqt o'tishi bilan o'z qimmalini yo'qotishi mumkin. Masalan, “30 sentabr kuni tantana o'tkaziladi” degan axborot 1 noyabrda o'z qimmatini yo'qotadi. Axborot to'liqlik xususiyatiga ega bo'lishi lozim, ya'ni axborot o'rganilayotgan narsa yoki hodisani har taraflama to'liq ifodalashi lozim. Aks holda noto'g'ri tushunishga yoki xato qaror qabul qilishga olib keladi. Masalan, sinf rahbaringizning “yakshanba kuni hammamiz teatrga boramiz. shuning uchun hamma teatr binosi oldiga yig'ilsin
- Axborotni ishlatish maqsadidan kelib chiqib foydalilik yoki ortiqchalik: Axborotni ishlatish maqsadidan kelib chiqib foydalilik yoki ortiqchalik xususiyatlarini bilish zarur. Masalan, "2008-yilda daflarga tomoni 5 ta katakka teng bo'lgan kvadrat qizil rangda chizilgan. Uning yuzini hisoblang." Masalasi uchun kvadrat tomonini bilish yetarli. lekin "2008- yilda" va "qizil rangda" kabi qo'shimchalar berilishi ortiqcha axborotdir | Axborot turlari. Axborotlar yuqoridagi xususiyatlar bilan farqlanishidan tashqari yana ikki turga ya'ni, uzluksiz (analog) va uzlukli (diskret.raqamli) ga ajratiladi. Ob-havo holati yoki vaql uzluksiz axborotga misol bo'ladi. Ammo shunday jarayonlar ham borki. ular to'g'risida hamma vaqt ham axborot ololmaymiz. Masalan, faqat soat va minutlami ko'rsatadigan soat yordamida soniyalarni bilish mumkin emas. U uzuq shaklda faqat soat va daqiqalarni ko'rsatadi, halos. Inson hayoti uzluksiz axborotga misol bo'lsa, uning yurak urishi, nafas olishi uzlukli (chunki, qachondir nafas chiqarishi zarur) axborotga misol bo'ladi (1-ilovaga qarang). Axborotlami uzatish. Axborotni uzatish deganda ehtiyojdan kelib chiqib, uni bir kishidan ikkinchi kishiga yoki bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga turli vositalar yordamida yetkazib berish tushiniladi. Axborotlami uzatishning turli xil usullari mavjud bo'lib. ular kompyuter dasturlari yordamida, pochta orqali, transport vositalari yordamida, aloqa tarmog'i orqali uzatish mumkin. Aloqa tarmog'i orqali axborotlami qisqa vaqt ichida uzoq masofaga uzatish mumkin. Bunda malumotlarni uzatish vaqti sezilarli darajada qisqaradi.
- Axborotni inson miyasiga qabul qilinish jarayoni.: Axborotni inson miyasiga qabul qilinish jarayoni. Biz bilamizki, inson organizmidagi barcha funksiyalarni MNS (Markaziy nerv sistemasi) boshqarib turadi. Bu sistema esa bosh miyada joylashgan. Hozir biz qiziqayotgan axborot qabul qilinish jarayoni ham aynan mana shu yerda sodir bo'ladi. Endi buning qanday sodir bo'lishini ko'rib chiqamiz. Tashqaridan olingan ma'lumot signal tarzida ko'zning to'r pardasiga tushadi (ko'zning to'r pardasi axborotni qabul qiluvchi priyomniklarning kishilarda bo'ladigan bir turidir). To'r parda hamma kishilarda bir xil tuzilgan. Unga tushgan yorug'lik axborot olib keladi, bu- yorug'lik signalidir. To'r pardada yorug'lik signallari ta'sirida elektr signallari hosil bo'ladi, ya'ni ilmiy til bilan aytganda, axborotlar kodi almashinadi - axborot bir shakldan boshqa shaklga o'tadi, yorug'lik signallari "elektr signallari" ga aylanadi. Ko'z nervi elektr signallarini miyaga yetkazadi. Bir xildagi signalning boshqa xil signalga aylanishi muayyan qonunlar asosida ro'y beradi. Ko'zning to'r pardasidan ko'z nervi orqali miyaga yetib brogan elektr signallari to'r pardaga tushgan yorug'lik signallarining tezligiga va taqsimlanishiga muayyan tarzda bog'liq bo'ladi. Lekin elektr signallari bilan yorug'lik signallarini bog'lovchi qonunlar berilayotgan axborotning ma'no- mazmuniga mutlaqo bog'liq emas. Signallar miyaga yetib borgandan keyingina bizning tushunchamizdagi oddiy “AXBOROT''ga aylanadi. Tafakkurimiz turli xil signallardan iboratligini olimlar allaqachonlar aniqlagan, ammo biz o'zimizni xuddi ma'nodor obrazlar bilan fikrlayotgandek his qilamiz. Miyada sodir bo'layotgan jarayonlar yangi axborot keltirib chiqaradiki, ularning ma'nosi va mazmuni miyaga tashqaridan axborot bergan signallarga hamda miyaning xususiyatlariga bog'liq. Miya qanday ishlaydi, axborotni qanday qilib o'zgartiradi, miyada qanday protseslar ro'y beradi- bu juda muhim, jiddiy masaladirki, uni faqat zamonaviy fan yecha oladi. Avloddan avlodga- ota-onalardan farzandlarga taxminan bir xildagi axborotlar o'tadi, lekin har avlodning odamlari har xil bo'ladi. Ba'zan odamlar ichesida juda iste'dodlilari chiqib qoladi, ularning tafakkuri fanni. san'atni boyitadi, bundaylar insoniyatning iftixoriga aylanadi. Ba'zan buning teskarisi ham bo'ladi. Dunyoda ulug' iste'dodli shaxslar va kamtar mehnatchilar qo'lga kiritadigan qimmatli axborotlardan tashqari, juda ko'p miqdorda bema'ni “axborotlar
- Axborot xavfsizligi: Axborot xavfsizligi - shaxs, jamiyat va davlatning axborot muhitida axborotga bo'lgan huquqiy jihatdan himoya qilinishi. Shuningdek, axborotdan foydalanishda xavfsizlikni ta'minlashdir. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29-moddasida har kim fikrlash, so'z va e'tiqod erkinligi huquqiga ega, har kim o'zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega... deb ta'kidlab qo'yilgan. Demak, jamiyatimizdagi yoshlarga "Sen uni o'qima!", "Buni ko'rma!" qabilida ta'sir o'tkazishga hech kimning haqqi yo'q. Unda kishilarni, ayniqsa, yoshlarni kuchli axborot bosimi ta'siridan qanday yo'l bilan himoyalash mumkin? Fikrimizcha, birdan bir to'g'ri yo'l yoshlarni axborotlarni ongli ravishda saralab qabul qilishga o'rgatish, ya'ni axborot qabul qilish madaniyati - INFOETIKAni shakllantirish zarur. Yoshlaming o'zida axborotlarni qabul qilishda tanlash va saralashga nisbatan ehtiyoj bo'lmasa, ular ongida infoetika madaniyati shakllanmasa, kuchli axborotlar bosimi ostidagi zararli g'oyalar domiga tushib qolish xavfi orta boradi. Bu esa barkamol avlodni tarbiyalashdek muhim vazifani amalga oshirishimizda katta to'siq bo'ladi. Matbuotda e`lon qilingan "Internet hamlasi" nomli maqolada shunday fikrlar keltirilgan. "...mutaxassislaming fikricha, yoshi o'nga yetmagan bola mustaqil ravishda intemetdan foydalanish uchun zarur bo'lgan tanqidiy fikrlash va shu asnoda ma'lumotlami farqlash, ularni ajrata bilish, boshqacha qilib aytganda, "Filtrlay"olish qobiliyatiga ega emas..." ("Ma'rifat", 2009.4-fevral) Ayrim o'quvchi yoki talabalar ertalab. birinchi soat mashg'ulotlaridayoq o'zlarida charchoq sczadilar. Mashg'ulotlarni tinglash va hazm qilish uchun o'zlarida kuch topa olmaydilar. Sababi bitta, u ham bo'lsa bunday talaba va o'quvchilar har kuni yarim tungacha televizor qarshisida o'tirib. turli mavzudagi ayqash filmlarni tomosha qiladilar. Ayrimlari internet tarmog'iga ulangan kompyuter qarshisida soatlab turli saytlami varahlaydilar, telefonda gaplashadilar. Bunday katta axborot bosimi ostida yurish muttasil davom etsa, har qanday kishini psixologik jihatdan charchatib, zada hilib tashlashi tayin. Agar joiz bo'lsa, buni insondagi axborot qabul qilish sig'imini "to'lib qolganlikka" tenglash mumkindir. Inson miyasi juda katta imkoniyatlarga ega. Mutaxassislarning fikricha. inson miyasida 16-17 milliardgacha nerv xujayralari bo'lib, odam bolasi uning o'rtacha 3 nari borsa 4 yoki 6 foizidan foydalanishi mumkin ekan. Ammo inson miyasi cheksiz o'lchovdagi axborotlami qisqa vaqt ichida qabul qilganida kuchli ruhiy loiihishga uchrashi mumkin. Inson tomonidan ixtiro qilingan kompyuter 80 mcgabaytdan 1000 megabaytgacha axborotni qabul qila olgan holda, insonning o'zi har doim ham ana shunday imkoniyatlarga ega bo'lolmasligi mumkin. Beqiyos axborot oqimini ramziy ma'noda o'zaniga sig'may oqayotgan, atrofidagi jamiki narsalami vayron qilayotgan toshqin daryoga qiyoslash mumkin. Shu bois ular uyda ham internetga ulanish imkoni bolishini xohlashi tabiiy. Lekin, mutaxassislarning fikricha, yoshi o'nga yetmagan bola odatda mustaqil ravishda internetdan foydalanish uchun zarur bolgan tanqidiy fikrlash va shu asnoda malumotlarni farqlash, ularni ajrata bilish. boshqacha qilib aytganda, «filtrlay>> olish qobiliyatiga ega emas. Shu sabab, internetdan yolg'iz qolganda ham foydalanish ehtimoli bolgan bolani qattiq nazorat ostiga olish kerak, unga o'zi haqidagi shaxsiy malumotlarni internet orqali tanishgan odamlarga aytmaslikni o'rgatish zarur. Biroq dunyo tarmog'idagi qanday axborot maktab yoshidagi bolalar uchun foydali bolishi mumkin? Kuniga bir necha soatlab kiber makonda «sayohat qiladigan» o'smirlar aslida nima bilan shug'ullanadi va bu holat ularning dunyoqarashi, xarakterida qanday aks etadi? Zarur hollarda o'smirlarning axborot xavfsizligini qay usulda ta'minlash mumkin? Mazkur savollar ko'pchilik ota-onalar hamda yoshlar muammolari bilan shug'ullanuvchi tashkilot xodimlarini tobora ko'proq tashvishga solayapti va o'ylantirmoqda. Bunga jiddiy asos ham bor. So'nggi paytlarda internet orqali ta'qib etish yoki ilmiy tilda aytadigan bolsak, grifing holatlari ko'p kuzatilmoqda. Bu kabi tarmoq bezoriligining eng birinchi qurbonlari aynan yoshlar qatlami, xususan, o'smirlar hisoblanadi. Sababi, shu yoshda bolalar tabiatan ochiq bo'ladi hamda dunyoga faqat ijobiy nuqtai nazar bilan qaraydi. Ular o'zlari erishgan yutuqlari bilan o'rtoqlashishni, o'z fikrlarini birovlarga bayon etishni, g'oyalari bilan bolishishni xohlaydilar. O'smirlar o'ta ishonuvchan, kompyuter o'yinlariga qobiliyatli, buyruqlarni osonlikcha bajaradigan boladilar. Atrofdagilar bilan ko'proq muloqotda bolib, yangidan-yangi fikr- g'oyalami o'rtaga tashlaydilar, ulami amalda qollashga intiladilar, biroq bu borada ularga hayotiy tajriba yetishmaydi. Shuning uchun ham ular saytlarda qidiruvni amalga oshirayotganda, axborotni qabul qilishda yoki elektron pochta manzilidan foydalanayotganda kattalar yordamiga muhtoj. Chunki bir qarashda beozor tuyulgan chat xonalar yoki maxsus muloqol dasturlari orqali kechadigan suhbatlar taafakkuri endi shakllanayotgan bolalami oxir-oqibal jinoyatgacha yetaklab borayotgani hayotiy haqiqat. Grifing bilan shug'ullanuvchilar yoki grifyorlar zamonaviy yoshlaming qiziqishlaridan juda yaxshi xabardor bolib, onlayn konferentsiya, forum xonalarida istalgan mavzuda suhbat yuritishi, o'zlarini ularning muammolarini lushunadigan odamlar sifatida ko'rsatishi mumkin, buning ustiga veb larmoqda anonimlikni saqlash xususiyati qisqa fursat ichida ishonchga kirib olishga imkon yaraladi. Qarshi kurash choralariga kelsak... Grifing bilan kurashishning eng oddiy usuli - kompyuterga maxsus taqiqlov dasturlari (eng mashhurlari Kiberpatrul yoki Kidskontrol)ni o'matish. Shunda o'sha foydalanuvchidan keladigan barcha xabarlar avtomatik tarzda fiitrlanadi yoki dasturga ota-onalar tomonidan kiritilgan cheklov tufayli bolaning o'zi qiziqib nojo'ya axborotni olmoqchi bolganda avtomatik taqiq ishga tushadi. Ayni paytda mazkur dasturlar ham toliq xafvsizlikni kafolatlay olmaydi. chunki ba'zida ular foydali axborotni cheklab qo'yishi yoki keraksizini o'tkazib yuborishi mumkin. Hozirgi kunda ko'plab mamlakatlarda intemetdan foydalanish darslari fakultativ sifatida maktab dasturiga kiritila boshlandi. Buni ham grifingga qarshi kurashishning o'ziga xos usuli sifatida ko'rsatish mumkin. Negaki, fakultativ darslar orqali bolalar intemetdan olinadigan malumotlaming haqqoniy va to'g'riligini tekshirishga o'rgatiladi. Bunday darslar ayniqsa, o'smirlar uchun zarur. Internetda grifingdan tashqari aynan o'smir yoshdagilar uchun yana bir qancha xavflar ham bor. Vaqt o'tgani sayin bolalar va internet muammosi tobora chuqurlashib borayotgan bir paytda, global tarmoqning yashirin xavflariga faqatgina ta'sir tushib qolishni emas, balki ekstremistik xarakterdagi, sekta va turli xil uyushmalar saytlarining foydalanishga ochiqligini. virtual firibgarlikka keng yo'l qo'yilganlikni ham ko'rsatish mumkin. Bolalarning qiziquvchan tabiati ularni yuqorida tilga olingan turdagi saytlarga yetaklashi, bu veb sahifalarda ularning ruhiy yoki jismoniy soglig'iga xavf soluvchi malumotlarni ko'rishiga olib kelishi labiiy. Elektron pochta manzillari orqali olingan xabarlar kuchli ruhiy ta'sir o'tkazib, bolalami internet doirasida va undan tashqarida ham jinoyatga undashi hech gap emas. Bank yoki kredit kartochkasidagi hisob raqamlarni bilgan bolakaylar onlayn savdolarda qatnashish imkoni bilan birga kichik o'yinchoqdan tortib to eng so'nggi rusumdagi mashina sotib olish huquqiga ega degani. Bu narsa ularni virtual firibgarlarning nishoniga aylantiradi. Shu sabab, global tarmoq foydalanuvchilari ko'p bolgan Belorusiyada bu kabi muammolar qator yangi kasblaming vujudga kelishiga ham turtki boldi. Mazkur yangi turdagi mutaxassislarining vazifasi oilada internetdan foydalanish madaniyatini joriy ctadigan hamda bolalarga psixologik. ma'naviy hamda jismoniy zarar yetkazmaydigan ochiq va xavfsiz axborot makonini yaratishdan iborat. Shuningdek, ko'plab jamoat tashkilotlari, nodavlat tashkilotlar va xususiy kompaniyalar o'z faoliyatini intemctning bolalarga ta'siri va bundan boladigan zararning oldini olish usullarini o'rganishga qaratgan. Jumladan, internet mazmunini baholash assotsiatsiyasi (1CRA) mustaqil xalqaro tashkilot bolib. asosiy vazifasi ota-onalami ulaming farzandlarini tarmoqda kutayotgan ko'ngilsizliklar va xavfli munosabatlar haqida ogohlantirish, kiber makonda bolalami noto'g'ri axborotlardan himoyalash va so'z crkinligini ta'minlashdan iborat. Ota-onalarga ko'rilayotgan muammolar yuzasidan maslahat, ko'mak beruvchi Kiberfarishtalar (Cyberangels) internetda bolalar huquqini himoya qilishga yo'naltirilgan Yevropadagi ilk tashkilotga 1995 yili asos solindi va ayni paytda AQSh. Kanada kabi davlatlar ham a zolar safidan o'rin oldi. Muammolar chuqurlashgani sayin bu kabi tashkilotlar ham keng ko'lamda ladqiqotlar o'lkazish va xavflarga qarshi kurash choralari ishlab chiqishni kuchaytirmoqda. Xususan, Bolalarni asraylik (Save the Children) xalqaro huquqiy tashkiloti o'tgazgan so'rovnomalar natijasida ma'lum boldiki, AQShdagi 15-17 yashar o'smirlarning 85 foizi, Kanada yoshlarining 93 foizi muntazam ravishda intemetdan foydalanadi. Kommunikatsiya vositalari tadqiqoti assotsialsiyasi (Association for the Research of Communication Media) olgan natijalarga ko'ra esa, o'smirlar katta yoshlilarni 2004 yildayoq intemetdan foydalanish bo'yicha ortda qoldirgan. Ispaniyaning Bolalarni hirnoya qilish agentligi (Child Protection Agency) tadqiqotlari natijalari shuni ko'rsatdiki, intemetdan doimiy ravishda foydalanuvchi bolalaming 44 foizi virtual muloqot paytida hech bolmaganda bir marta, 11 foizi esa bir necha bor ta'qib ostiga olingan. E'tiborli tomoni, so'rovlarda ishtirok etgan yoshlaming 14,5 foizi internet orqali notanish odamlar bilan uehrashuv belgilagan, 10 foizi bunday uchrashuvlarga yolglz borgan, 7 foizi bu haqda hech kimga hech narsa aytmagan. Dunyo miqyosida esa 38 foiz bolalar zo'ravonlik ruhidagi saytlami, 26 foizi millatchilik xarakteridagi veb sahifalarni muntazam kuzatib borishi malum bo'ldi. O'tgan yilning oxirgi oylarida dunyoning eng mashhur kompaniyalaridan biri <<Maykrosoft» (Microsoft) 28 davlatda o'zining chat xonalarini yopishini cion qildi. Bu harakat bolalar muammolari bilan shug'ullanuvchi huquq-tartibot hamda xayriya tashkilotlari tomonidan toliq qollab-quvvatlandi, chunki crkin va nazoratsiz forum xonalar spam, virus va axloqsiz axborotni tarqatish manbaiga aylanib qolgandi. Shu tariqa, MSN tekin chatlari Yevropa, Yaqin Sharq, Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasining ko'plab mamlakatlarida o'z faoliyatini to'xtatdi. O'rniga Microsoft Messenger tezkor xabar almashinish tizimi joriy qilindiki, endilikda bu xizmatdan foydalanish uchun shaxsiy malumotlarni kiritish asosida ro'yxatdan o'tish talab etiladi. Chunki o'tgan yili Buyuk Britaniyada shov-shuvga sabab bolgan zo'ravonlar ustidan o'tkazilgan sud jarayonlarining kamida 26 holatida qurbonga aylangan bolalar ta'qibchilar bilan virtual muloqot orqali tanishgani aniqlandi. Xulosa o'mida zamonaviy texnologiyalaming tez sur'atlarda o'sishiga qaramay, ba'zan odamlar ulardan oqilona foydalanish qanday kechishi kerakligini toliq anglab yetmaydi. Kompyuter va internetgacha bolgan davrda o'sib-ulg'aygan ko'plab ota-onalar va muallimlarning katta qismi, agar bola internetdan foydalana boshlasa, buning, albatta, foydasidan zarari koproq, deb o'ylaydi. Bolani kompyuter yoki internetdan chalgltish harakati zamirida aslida boshqa bir muammo, ya'ni kattalarning bu masalada nisbalan savodsiz ekani aniqlandi. Biroq agar ular o'zlari avval texnologiyalar savodsizligi masalasiga jiddiyroq yondashib, uni bartaraf etishsa, maqsadga muvofiq bolardi. Negaki, savodsizlik masalasidan qochish orqali bolani texnologiyalardan ajratib qo'yish to'g ri emas. Buning ustiga yana bir jihat e'liborga loyiq: aynan kattalarning lutgan yolidan kelib chiqqan holda bolalarda kibernetik do'stiga nisbatan munosabat shakllanadi. Shubhasiz, internet bilim va kerakli axborotni olish uchun ulkan imkoniyatlar yaratadi, biroq tarmoqqa joylashtiriladigan katta hamjdagi axborotning barchasini ham ishonchli va foydali deb bolmaydi. Foydalanuvchilar malumotlarning to'g'riligini aniq ajrata bilishi uchun tanqidiy fikrlash qobiliyatiga ega bolishi talab etilarkan. bu jihat «Intcmetda bolsa, demak, to'g'ri» deya fikrlaydigan bolalarga ham tegishlidir. Bu borada ularga internetda xohlagan inson o'z sahifasini yaratishi,
- Shaxsda axborot olish madaniyatini shakllantirish usullari va vositalari: XXI asrga kelib dunyomizga "Globallashuv" deb nom olgan jarayon kirib keldi. Bu jarayonni bugun mutaxassislar dunyoning bir butunlashuvi, dunyoning yaxlitlashuvi kabi nomlar bilan ham izohlashmohda. Mazkur jarayon qanday nom bilan atalmasin, insoniyat hozirda uning ijobiy va salbiy "ta'm'ini his hilib yashamohda. Bir tomondan olib haraganda, dunyoning globallashuvi natijasida umumbashariy tus olgan muammolar o'zining ijobiy yechimini topmoqda, taraqqiyot ilgarilamoqda. Ammo shu bilan birga, globallashuv o'zining salbiy jihatlarini ham namoyon qilmohdaki, natijada mafkuraviy kurash maydonlarida turli tahlikali holatlar paydo bo'lib, odamlarni tashvishga solmoqda. Barcha sohalarda bo'lgani singari dunyoning axborotlashuvida ham globallashuv jarayoni o'zining kuchli ta'sirini ko'rsatmoqda. Natijada axborotlar ko'lami o'lchab bo'lmaydigan darajada kengayib, jamiyat kuchli axborotlar bosimi ostida qolmoqda. Prezidentimiz 2009 yil 9 yanvar kuni O'zbekiston jurnalistlariga hilgan murojaatida "hech kimga sir emas, hozirgi vaqtda chetdan ko'lami va miqyosini o'lchab bo'lmaydigan shiddatli informasiya oqimi kirib kelayapti-ki, ular orasida bizga yot va begona bo'lgan zararli g'oyalar ham oz emas. Hammamiz yaxshi bilamizki, bunday xatarlardan saqlanish uchun jamiyatni temir devor bilan o'rab, himoya qilib bo'lmaydi" (Eng asosiy mezon hayot haqiqatini aks ettirishdir. T., "O'zbekiston ".2009),- deb barchamizni ogohlikka chorlagan edi. O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 29 - moddasida har kim fikrlash, so'z va e'tiqod erkinligi huquqiga ega. har kim o'zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huhuhiga ega... deb takidlab qo'yilgan. Demak, jamiyatimizdagi yoshlarga "Sen uni o'qima!", "Buni ko'rma!" qabilida ta'sir o'tkazishga hech kimning haqqi yo'h. Unda kishilami, ayniqsa, yoshlarni kuchli axborot bosimi ta'siridan qanday yo'l bilan himoyalash mumkin? Fikrimizcha, birdan bir to'g'ri yo'l yoshlarni axborotlarni ongli ravishda saralab qabul qilishga o'rgatish, ya'ni axborot qabul qilish madaniyati- INFOETIKAni shakllantirish zarur. Yoshlaming o'zida axborotlarni qabul qilishda tanlash va saralashga nisbatan ehtiyoj bo'lmasa, ular ongida infoetika madaniyati shakllanmasa, kuchli axborotlar bosimi ostidagi zararli g'oyalar domiga tushib qolish xavfi orta boradi. Bu esa barkamol avlodni tarbiyalashdek muhim vazifani amalga oshirishimizda katta to'siq bo'ladi. Matbuotda e`lon qilingan "Internet hamlasi" nomli maqolada shunday fikrlar keltirilgan. "...mutaxassislaming fikricha, yoshi o'nga yetmagan bola mustaqil ravishda intemetdan foydalanish uchun zarur bo'lgan tanqidiy fikrlash va shu asnoda ma'lumotlami farqlash, ularni ajrata bilish, boshqacha qilib aytganda, "Filtrlay"olish qobiliyatiga ega emas..." ("Ma'rifat", 2009.4-fevral) Ayrim o'quvchi yoki talabalar ertalab. birinchi soat mashg'ulotlaridayoq o'zlarida charchoq sczadilar. Mashg'ulotlarni tinglash va hazm qilish uchun o'zlarida kuch topa olmaydilar. Sababi bitta, u ham bo'lsa bunday talaba va o'quvchilar har kuni yarim tungacha televizor qarshisida o'tirib. turli mavzudagi ayqash filmlarni tomosha qiladilar. Ayrimlari internet tarmog'iga ulangan kompyuter qarshisida soatlab turli saytlami varahlaydilar, telefonda gaplashadilar. Bunday katta axborot bosimi ostida yurish muttasil davom etsa, har qanday kishini psixologik jihatdan charchatib, zada hilib tashlashi tayin. Agar joiz bo'lsa, buni insondagi axborot qabul qilish sig'imini "to'lib qolganlikka" tenglash mumkindir. Inson miyasi juda katta imkoniyatlarga ega. Mutaxassislarning fikricha. inson miyasida 16-17 milliardgacha nerv xujayralari bo'lib, odam bolasi uning o'rtacha 3 nari borsa 4 yoki 6 foizidan foydalanishi mumkin ekan. Ammo inson miyasi cheksiz o'lchovdagi axborotlami qisqa vaqt ichida qabul qilganida kuchli ruhiy loiihishga uchrashi mumkin. Inson tomonidan ixtiro qilingan kompyuter 80 mcgabaytdan 1000 megabaytgacha axborotni qabul qila olgan holda, insonning o'zi har doim ham ana shunday imkoniyatlarga ega bo'lolmasligi mumkin. Beqiyos axborot oqimini ramziy ma'noda o'zaniga sig'may oqayotgan, atrofidagi jamiki narsalami vayron qilayotgan toshqin daryoga qiyoslash mumkin.
- Psixologik tavsiya: Oʻrganilgan va taxlil qilingan ilmiy, amaliy ma'lumotlar asosida quyidagi tavsiyalarni berib oʻtamiz. - Avvalo, talim jarayonida uning muhim ahamiyatga ega ekanligini anglab yetish mohiyati va oʻziga xos tomonlarini aniqlash va shunga asosan individual yondashish usullarini tanlash maqsadga muvofiq. - Talabalarda huquqiy madaniyatni yanada oshirish va shakllantirishning oʻziga xos tomonlarini izlab topilsa maqsadga muvofiq boʻlar edi. - Axborot manbalarini ongli ravishda tanlash va ularga qayta ishlov berish algoritmini egallash shakllari, tizimi va samaradorligi ta'sirlanishini aniqlash va shunga asosan munosabatga kirishish maqsadga muvofiq. - o'quv va o'quv-biluv faoliyatida axborot manbalariga tahliliy-sintetik qayta ishlov bera olish. talim olish jarayonida matndan foydalana bilish, kompyuter savodxonligini egallashni yanada oshirishda oila va jamoatchilikning roli tasavvurlari koʻlamini kengaytirshi hamda ijtimoiy ustanovkalarda mustahkamlanadi. - Jamiyatni modernizatsiya qilish va yangilash sharoitida talabalarning huquqiy madaniyatini yanada oshirish muammolari.
- XULOSA VA TAVSIYALAR: Bugun jahonda yuz berayotgan globallashuv jarayoni odamlarning axborot olishga bolgan talabini oshirmoqda. Qaysi ko'rinishda bo'lishidan, qanday maqsadga xizmat qilishidan qat'i nazar, axborot va uni yetkazuvchi vositalarning bozori chaqqonlashgan. Dunyoning ayrim davlatlari esa oʻz manfaatlariga xizmat qiladigan axborot tovarni tarqatmoqda, «iste'molchi mamlakatlar»ga zo'r berib <<eksport» qilmoqda. Bu xatti-harakatlar tobora mafkuraviy g'oyaviy tus ola boshladi va oqibatda jahon jamoatchiligini xolis, haqqoniy, eng muhimi, voqelikka asoslangan axborot bilan ta'minlash masalasi o'tkir muammoga aylanmoqda. Olib borilgan tadqiqotimiz natijasi ham shuni ko'rsatib turibdiki, bugungi yoshlaming aksariyati asosiy axborot manbai sifatida internetga murojaat qilishadi. Lekin ularning ayrimlarida hali axborot immuniteti shakllanmaganli sabablimi, mish-mishlar dunyosi bo'lmish "Internet" orqali ma'naviyatga salbiy ta'sir qilish hollari ko'p uchramoqda. Nega salbiy la'sir qiladi? Demak, yoshlarimiz ayniqsa, maktab va kollej o'quvchilarining ko'pchiligi kelayotgan axborotlarni saralamasdan, qo'pol qilib aytganda “filtrlamasdan” qabul qilishadi. Bu esa axborot olish madaniyatining yetarli darajada shakllanmaganligidan dalolat beradi. Bundan kelib chiqib, shaxsda axborot olish jarayoninig turli xil jihatlarini o'rginish, aniqlangan salbiy jihatlarga qarshi pedagogik chora- ladbirlami ishlab chiqish, axborot olish madaniyati tushunchasini pedagogik jihatdan tadqiq etish va shaxsda axborot olish madaniyatini shakllanlirishdagi pedagogik jarayonning mazmuni, shakli, vosila va metodlarini puxta ishlab chiqish kerakligini aytishimiz mumkin. Bugungi kunda yoshlarimiz - turli xil g'arb seriallari ta'sirida, milliy qahramonlarimiz jasoratidan bexabar o'sayotganligi sababli yoshlaming ma'naviyatiga qaytadan chuqur e'libor qaratmas ekanmiz, ularning zehni o'tkir. Dunyo bilimlarini egallagan bo'lishlariga qaramasdan, Vatan manfaati yo'lida xizmat qilishlariga, begona g'oyalarga berilmasliklariga kafolat bera olmaymiz.