"Konveroll universal" MCHJ sharoitlari uchun "1130303 Kronshteyn" detalini tayyorlash texnologik jarayonini va operatsiyalarining texnologik ta'minot vositalari konstruksiyalarini ishlab chiqish

Ushbu diplom loyihasi mashinasozlik sanoatida

Asosiy mavzular

  • KIRISH: Mamlakat iqtisodiy rivojlanishida mashinasozlik sanoatining o'rni, O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi, "Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab quvvatlash yili" doirasida qabul qilingan Davlat dasturi va mashinasozlik sanoatini rivojlantirishga oid yangi qarorlar va dasturlar haqida ma'lumot beriladi. Davlatning moddiy bazasiga bog'liq bo'lgan taraqqiyot strategiyasi, raqobatdosh, eksportbop hamda import o'rnini bosuvchi, yuqori qo'shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish va uning yetakchi tarmoqlarini rivojlantirish ko'zda tutilgan.
  • UMUMIY QISM: Loyihalashtirilayotgan "Kronshteyn" detalining xizmat vazifasi, mashinasozlik, sanoat, qishloq xo'jaligidagi mashina, mexanizm va uzellarda uning keng qo'llanilishi. Kronshteynlarga bazaviy detal sifatida mexanizm yoki uzelning qolgan detallari maxkamlanadi. Qora va rangli metallardan quyish, bosim bilan ishlash, payvandlash kabi usullar bilan tayyorlanishi tahlil qilinadi. "Kronshteyn" detaili uchun qo'yim miqdorini hisoblash va uning yillik ishlab chiqarish sonini aniqlash keltirilgan. "Kronshteyn" detalining kimyoviy tarkibi va mexanik xossalari GOST 380-81 standartiga muvofiq keltirilgan.
  • TEXNOLOGIK QISM: Zagotovka turini tanlash va uni olish usulini aniqlash, "Kronshteyn" detalini tayyorlash texnologik jarayonini va operatsiyalarini ishlab chiqish, ya'ni qora frezalash, gorizontal frezalash, vertikal parmalash, radial parmalash, zenkerlash, razvyortkalash kabi operatsiyalar uchun kesish maromlarini hisoblash, ya'ni kesish tezligi, surish tezligi, aylanishlar soni, kesish kuchi va dastgoh quvvati aniqlanadi. Texnologik jarayonlarni vaqt me'yorini hisoblash amalga oshirilgan.
  • KONSTRUKTORLIK QISM: Frezalash uchun moslamani hisoblash va loyihalash, maxkamlash kuchini hisoblash. Moslamani aniqlikka hisoblash, bazalashning o'rnatish xatoligi, nazorat moslamasi hisobi va uni aniqligi bo'yicha hisoblash ishlari bajarilgan. Spiral parmani hisobi va uni geometrik va konstruktiv parametrlarini aniqlash.
  • XAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI: Talabalarga detalga ishlov berish jarayoni GOST 123-002-85 bo'yicha ishchilar mehnatini xavfsizlik sharoitlarini inobatga olgan holda tuzilgan texnologik jarayon, unda ishlatiladigan tokarlik, frezerlash, parmalash, заточка stanoklari, ularga ishlov berishda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan zararli va havfli omillar (chang, tovush, titrash), ularni kamaytirish yo'llari va elektr xavfsizligi bo'yicha zaruriy ma'lumotlar berilgan.
  • IQTISODIY QISM: Texnologik jarayonlarning samaradorligini aniqlash uchun mahsulot tannarxi hisoblanadi. "Kronshteyn" detalining yillik ishlab chiqarish dasturi N=10000 dona. Bino-inshoatlar, dastgohlar, asbob-uskunalar, inventarlar qiymatlari hisoblangan. Material sarfi, ishchilarning ish haqi fondi, jihozlarni tutish va ulardan foydalanish xarajatlari, seh sarf-xarajatlari, umumiy korxona xarajatlari hisoblanib, detalning tannarxi va foydali yo'nalishlar aniqlangan.
  • XULOSA: Loyihada "Kronshteyn" detalini zagotovka holatidan tayyor detal ko'rinishiga kelguniga qadar bo'lgan texnologik marshruti, jihozlar, moslamalar, kesuvchi asboblar tanlandi va loyihalandi. Mexanik ishlov berish uchun qo'ldirilgan qo'yim miqdorlari analitik va jadvallar usulida hisoblandi. Kesish maromlari aniqlandi. "Kronshteyn" detalini tayyorlash uchun sarflangan vaqt me'yorlari va iqtisodiy ko'rsatkichlar aniqlandi. Loyihada olingan bilimlarni amaliy va nazariy jihatdan mustahkamlandi.