Korxonalarda moliyaviy mexanizmlarni takomillashtirish imkoniyatlari

Mazkur dissertatsiya Surxon paxta sanoat hududiy aksiyadorlik birlashmasining faoliyatini moliyalashtirish va rivojlantirish masalalarini tadqiq etishga bag'ishlangan. Ishda korxona moliyasini tashkil etish, shakllantirish va rivojlantirishning o'ziga xos xususiyatlari, investitsiyalardan foydalanish va ularning samaradorligini oshirish yo'llari, sanoat korxonalarini moliyaviy bozor va investitsion faoliyatdan foydalanish mexanizmlari tahlil qilingan. Shuningdek, Surxon paxta sanoat hududiy aksiyadorlik birlashmasi misolida moliyalashtirish manbalari va rivojlanish istiqbollari ko'rib chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • KIRISH: Mavzuning dolzarbligi, uning o'rganilganlik darajasi, maqsad va vazifalari, ob'ekti, uslub va uslubiyati, ilmiy yangiligi, ilmiy-amaliy ahamiyati va hajmi ko'rsatilgan.
  • I BOB. SANOAT KORXONALARINI MOLIYASINI TASHKIL ETISH VA SHAKLLANTIRISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI: Bozor munosabatlari sharoitida sanoat korxonalarining iqtisodiy rivojlanishida investitsiya va investorlar xizmatidan foydalanish ko'rsatib o'tilgan.
  • II BOB. SANOAT KORXONALARIGA MOLIYAVIY RESURSLARNI JALB QILISH VA TAQSIMLASHDA MOLIYAVIY BOZORDAN FOYDALANISH VA INVESTITSION FAOLIYAT: Bozor munosabatlari sharoitida sanoat korxonasi ishlab chiqarishida moliyaviy manbaalardan foydalanishning ob’ektiv shart-sharoitlari va imkoniyatlarining hozirgi holatining moliyaviy iqtisodiy tahlili.
  • III BOB. SURXON PAXTASANOAT HUDUDIY AKTSIONERLIK BIRLASHMASI FAOLIYATINI MOLIYALASHTIRISH MANBAALARI VA RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI: Surxon paxtasanoat hududiy aksiyadorlik birlashmasi faoliyatini moliyalashtirish va rivojlantirishda aktsionerlik kapitalidan foydalanish.
  • XULOSA VA TAKLIFLAR: Xorijiy investitsiyalar globallashuv (erkinlashtirish) jarayonida eng asosiy tushunchalardan biri bo'lib, u zamonaviy iqtisodiyotni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimiz iqtisodiyoti chuqur tahlil qilindi. Investitsiya siyosatining asosiy jihati, iqtisodiyotni erkinlashtirish, infratuzilmani takomillashtirish, aholi turmush tarzini yaxshilash va xalq farovonligini ta'minlashdan iborat.