Ahоli geоgrafiyasi
Ushbu kitob aholi geografiyasiga bag'ishlangan bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy dastur asosida yozilgan. Kitobda dunyo va O'zbekiston aholisining soni, tarkibi, joylashuvi, o'sish dinamikasi, migratsiyasi, etnik va diniy tuzilishi, urbanizatsiya jarayonlari kabi masalalar ko'rib chiqiladi. Geografiya mutaxassisliklari talabalari uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Aholi geografiyasi kursining predmeti, maqsadi va vazifalari: Aholi geografiyasining tadqiqot ob'ekti va predmeti, asosiy vazifalari, boshqa fanlar bilan aloqasi.
- Axolining soni va uning takror barpo qilinishi masalalari: Aholi o'rtasida o'lim ko'rsatkichlari va unga ta'sir etuvchi omillar, o'rtacha umr ko'rish, axolining tabiiy o'sishi.
- Dunyo axolisi va uning dinamikasi. Yer yuziga joylanish xususiyatlari: Dunyo axolisining o'sish dinamikasi, joylashuvi va zichligi, hududiy joylashishiga sotsial-iqtisodiy va tabiiy omillarning ta'siri.
- Mehnat resurslari va ularning tarkibi: Mehnat resurslari haqida tushuncha, iqtisodiy faol axoli, mehnat resurslaridan foydalanish muammolari.
- Axolining yosh va jinsiy tarkibi: Jinslar takribi, erkaklar bilan xotinlar nisbati, yoshlar bo'yicha tarkibi: mehnat resurslariga ta'siri, aholining iqtisodiy faolligi.
- Axolining etnik milliy va irqiy tarkibi: Axolini etnik tarkibi, murakkab muammolar, dunyo regionlarida millatlararo munosabatlar, rivojlanayotgan mamlakatlarda etnik va milliy munosabatlar, irqiy birikmalar, irqlarni kelib chiqishi va tarqalishi, asosiy katta irqlar va dunyo axolisi.
- Dunyo axolisining diniy tarkibi: Dinlarni tarqalishi va ahamiyati, jahon dinlari, milliy dinlar.
- Axolining hududiy taqsimlanishi va zichligi: Axolining territorial joylanishi, dunyo regionlarida axolining zichlik darajasi, axoli zichligiga xo'jalikning ta'siri.
- Shahar va qishloq aholisi: Shahar axolisi - shaharlar mavqeining o'sishi, urbanizatsiya haqida tushuncha, qishloq axolisi: qishloq va ferma.
- Axoli migratsiyasi: Aholi migratsiyasi haqida tushuncha, migratsiya turlari va shakllari, aholini joylanishi va migratsion harakatlari.
- Demografik siyosat: Axoli ko'payishi va demografik faollik, demografik siyosat - axolini ko'payishini boshqarish.
- Markaziy Osiyo davlatlari axolisining soni va oʻsish dinamikasi: Markaziy Osiyo davlatlari axolisining soni ko'payishi va joylanishi, axolini diniy, etnik tarkibi, axoli punktlari.