Sanoat korxonalarida davr harajatlarini kamaytirish imkoniyatlarini ishlab chiqish

Ushbu bitiruv malakaviy ishi

Asosiy mavzular

  • Kirish: Mamlakatimizda qabul qilingan iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo'llab quvvatlash bo'yicha belgilangan vazifalarni izchillik bilan amalga oshirilishi, jumladan, mahsulot eksport qiluvchi korxonalarning byudjet oldidagi va bank kreditlari bo'yicha qarzlarini to'lash muddatlarini uzaytirilishi, sanoat korxonalarida mahsulot tannarxini kamaytirish bo'yicha choralar, ichki talabni ko'paytirish orqali sanoat korxonalari mahsuloti bozorini kengaytirish, zarar ko'rib ishlayotgan sanoat korxonalarini banklar balansiga o'tkazish orqali ularni moliyaviy sog'lomlashtirish ishlari yirik investitsiya dasturlarini muvaffaqiyat bilan amalga oshirish sanoat ishlab chiqarishining 2017 yilda ham ijobiy dinamikasi ta'minlanishiga olib keldi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev quyidagi fikrlarni bildirgan: "Barchamiz so'zsiz tushunamiz, iqtisodiy islohotlar va ijtimoiy o'zgarishlarni amalga oshirish eng avvalo iqtisodiy va moliyaviy organlarning faoliyati samaradorligiga bog'liqdir. Ular yaqin va uzoq istiqbolga mo'ljallangan, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlashga doir strategik vazifalarni nafaqat ishlab chiqishi, balki amalga oshirishni ta'minlashi zarur" deb aytdilar va ushbu vazifalarni bajarishda iqtisodiyot vazirligi boshqa vazirlik va idoralar uchun xarakatlantiruvchi kuch vazifasini bajara olmayotganini tanqid qildi. Albatta, bunday natijalarga erishishda korxonalarda ishlab chiqarish jarayonini samarali tashkil etish, ulardagi resurslardan oqilona foydalanish, ularning moliyaviy barqarorligini oshirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu masalalarni ijobiy hal etishda, korxonaning samarali faoliyat yuritishini belgilovchi muhim shartlaridan biri «moliyaviy natijalar» kategoriyasining ijobiy xulosaga ega bo'lishida xarajatlar tarkibida unga bevosita ta'sir qiluvchi davr xarajatlari elementlari.
  • I-BOB. DAVR XARAJATLARINING NAZARIY TAVSIFI.: Iqtisodiy hodisa va jarayonlar mazmunining kengayishi va tobora murakkablashib borishi iqtisodiy bilimlar tizimida ham unga nisbatan moslashuvchanlik, shakliy va uslubiy o'zgaruvchanlik zaruriyatini talab etmoqda. Davr xarajatlarining tarkibi, mohiyatini yoritishda davr xarajatlari tarkibiga kiruvchi xarajatlar haqidagi ma'lumotlarning shakllanishini o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o'z navbatida axborot manbayi sifatida hizmat qiluvchi buxgalteriya hisobiga murojaat etishni taqozo etadi. Shu nuqtai nazardan, bugungi buxgalteriya hisobi tizimi ilgarigi maqsadidan tubdan farqlanib, bevosita xo'jalik hodisalari to'g'risidagi ma'lumotlarni shunchaki rasmiylashtirish va statistika funktsiyalaridan, ya'ni tartibli jamlash va umumlashtirishdan iborat bo'libgina qolmay, balki xo'jalik boshqaruvida ta'sir va yutuq darajasiga ega bo'lgan qarorlar uchun lozim bo'lgan foydali axborotlar talabini qondirishdan iborat bo'lmog'i lozim. Uning bosh maqsadi ham shunga mos ravishda aniq yechimlar sharti bo'lgan ma'lumotlar bazasini to'g'ri va aniq tarzda talab obyektiga yetkazishga qaratilgan. Belgilangan maqsadga erishishda, hisob jarayonida amal qilinishi lozim bo'lgan tamoyillar mavjud bo'lib, ular asosiy Qonun hujjatida ham alohida ahamiyat kasb etgan. Bular: buxgalteriya hisobini ikki yoqlama yozuv usulida yuritish; uzluksizlik; xo'jalik operatsiyalari, aktivlar va passivlarning pulda baholanishi; aniqlik; hisoblash; oldindan ko'ra bilish (ehtiyotkorlik); mazmunning shakldan ustunligi; ko'rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi; moliyaviy hisobotning beterafligi; hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi; aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholanishidan iborat. Sanab o'tilgan tamoyillarning amal qilishi buxgalteriya hisobining bosh maqsadiga erishish vositasi bo'lib hisoblanadi. Jumladan, xuquqiy asoslarda hisob tizimining maqsadi quyidagicha aks ettirilgan. Ya'ni: «Buxgalteriya hisobining maqsadi aktivlar va majburiyatlarning holati va harakati to'g'risidagi ma'lumotlarni hisobvaraqlarda to'g'ri va aniq aks ettirishdan iboratdir». Shu bilan birga normativ asosda hisob tizimining oldiga qo'yilgan vazifalari ham alohida punktlar bilan yoritilgan. Unda foydalanuvchilarga o'z vaqtida to'g'ri va aniq ma'lumotlarni yetkazib berish bosh shart sifatida yoritilgan. Bugungi kunda buxgalteriya hisobining asosiy vazifasi ham aynan shundan iborat, faqat ilgari mavjud mulk va uning butligini, harakat shaklini doimiy kuzatish, uslubiy ifodalash va tartibli aks ettirishdan iborat bo'lgan bo'lsa, joriy davrda mazmunida shu yo'nalishlarning samaradorlik ifodalari salmoqli ulushga ega bo'lib bormoqda. Buning sababi, iqtisodiyotimiz jadal rivojlanib borayotgan bir davrda buxgalteriya hisobini samarali boshqarish yutug'iga olib borishda oddiy kuzatish asosida tartiblash va jamlash orqali erisha olmaydi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda buxgalteriya hisobining bosh vazifasiga quyidagicha ta'rif berishimiz, fikirimizcha joriy davrda uning barcha qirralarini to'liqroq ifodalashga olib keladi. Buxgalteriya hisobining bosh vazifasi -xo'jalik aloqalari, iqtisodiy hodisa va jarayonlar to'g'risidaga ma'lumotlarni aniq, o'z vaqtida va ma'lum uslub asosida umumlashtirish orqali, boshqaruvni zaruriy iqtisodiy ko'rsatkichlar bilan ta'minlashdan iboratdir. Buxgalteriya hisobi xo'jalik mexanizmining asosiy elementi sifatida korxonani boshqarish uchun talab qilinadigan ma'lumotlarning 70 foizini yoki eng kamida 25 foizini berishini e'tiborga oladigan bo'lsak, uning tarkibiy qismi sanalgan davr xarajatlari hisobi va tahlilining maqsad va vazifalarini bozor iqtisodiyoti talablari asosida tashkil qilinishi bugungi kunning o'ta dolzarb masalalaridan biri ekanligini alohida ta'kidlash mumkin. Iqtisodiy samaradorlikka erishishning bosh shartlaridan biri bo'lgan, moliyaviy natijalarga bevosita ta'sir doirasida joylashgan davr xarajatlarini intensiv tashkil qilish boshqaruvning bosh maqsadi ekan, buxgalteriya hisobining vazifasi ham avvalo mazkur bog'lanishlar ifodasida aks etadi. Buxgalteriya hisobining vazifasi ushbu xarajat elementlari va moddalari bo'yicha sarflarni ko'rsatkichlarda to'g'ri aniqlash, real ifodalashdan, tahlil vazifasi esa ularni davrlar davomida tarkibli va omilli o'zgarishlarini o'rganish asosida samaradorligini oshirish bo'yicha ichki imkoniyatlarni aniqlash va ularni xo'jalik faoliyatiga joriy qilishdan erishiladigan natijalarni baholashdan iborat.
  • 1.1.1-chizma. Davr xarajatlarini o'rganishning funksiyalari.: Davr xarajatlari o'rganishning maqsadi har bir sarflangan xarajat moddalariga tegishli mablag'lar butligi ustidan nazoratni ta'minlash tizimi vositasida samaradorligini baholash uchun boshqaruvni xarajatlarni kamaytirish yuzasidan zarur axborotlar bilan ta'minlashdan iborat. Ushbu maqsadga erishishni ta'minlash uchun davr xarajatlarini o'rganish vazifalariga quyidagilarni keltirish mumkin: - sotish xarajatlarining tarkibini o'rganish va ulardan samarali foydalanishni nazorat qilish; - boshqaruv xarajatlarining to'g'ri va aniq rejalashtirilganligi hamda hisobga olinishini ta'minlash, ushbu xarajatlarni boshqarish bo'yicha tegishli ma'lumotlarni korxona rahbariyati uchun yetkazib berish; - boshqa operatsion xarajatlar va daromadlar haqidagi ma'lumotlar dinamikasini o'rganishni to'g'ri tashkil qilish, ular ustidan samarali nazoratni o'rnatish; - iqtisodiy tahlil etish shartida mazkur xarajatlar rejasining bajarilishiga, tarkibiy o'zgarishi va dinamikasiga baho berish; - davr xarajatlarini tarkibiy o'rganish asosida uning o'zgarishiga ta'sir etuvchi omillarni aniqlash; - davr xarajatlarining moliyaviy natijalarga kam ta'sirda va yuqori natijali elementlarini chegaraviy miqdorini oshirish va samarasizlarini yo'qotish yuzasidan choralarni belgilash. Demak, davr xarajatlarini boshqarish natijaviy samaradorligini ta'minlashda belgilangan maqsad yo'lidagi tegishli vazifalarning o'z vaqtida bajarilib borilishi va amal qilinishi lozim bo'lgan tamoyillarga doimiy rioya qilinishi muvaffaqiyat garovi sanaladi.
  • 1.2. Sanoat korxonalarida davr xarajatlari tarkibi.: Davr xarajatlari tarkibiga korxona ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog'liq bo'lmagan xarajatlar kiradi. Bular jumlasiga boshqaruv, tijorat bilan bog'liq xarajatlar, shuningdek umumxo'jalik xarajatlari, jumladan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari bo'yicha xarajatlar ham kiradi. Bu xarajatlar korxona asosiy faoliyati va mahsulot sotish bilan bog'liq bo'lmaganligi, lekin ma'lum bir jarayonlarni amalga oshirish bilan bog'liq bo'lganligi uchun ular operatsion xarajatlar, umumiy va ma'muriy xarajatlar deyiladi. Ular mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmiga bog'liq bo'lmagani, va aksincha, vaqt bilan, xo'jalik faoliyatining davomiyligi bilan bog'liq bo'lgani sababli davr xarajatlari deb yuritiladi. Mahsulot sotish, ma'muriy xarajatlar, xizmat ko'rsatuvchi xo'jaliklar xarajatlari, boshqa operatsion xarajatlar davr xarajatlari tarkibiga kiritiladi. Belgilangan tartibga binoan davr xarajatlari quyidagi hisobvaraqlarda aks ettiriladi: <<Sotish xarajatlari», «Ma'muriy xarajatlar», «Boshqa operatsion xarajatlar», «Kelgusida soliqqa tortiladigan bazadan chegiriladigan hisobot davri xarajatlari».
  • 2.2. «O`Z ERAE CLIMATE CONTROL» MCHJ qo'shma korxonasida davr xarajatlari tahlili.: Mahsulot tannarxi korxonalar faoliyatining asosiy sifat ko'rsatkichlaridan biridir. Bozor munosabatlari shakllanishi bilan, tahlildagi asosiy e'tibor xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning moliyaviy holatiga qaratilmoqda va bunda mahsulot tannarxining tahliliga ham katta e'tibor qaratilmoqda. Yuqoridagi fikrlardan shu ma'lum bo'ladiki, bugungi kunda ishlab chiqarish xarajatlari tahlili mahsulot tannarxi tahlili tarkibida yuritilayotgan bo'lsa, davr xarajatlarining tahlil qilinishi xo'jalik moliyaviy natijalarining tahlili bilan uzviy bog'liqlikda olib borilmoqda va shu tarkibda yuritilmoqda. «O`Z ERAE CLIMATE CONTROL» MCHJ qo'shma korxonasida 2017 yilda jami xarajatlar 2016 yilga nisbatan 28709866 ming so'm bo'lgan bo'lsa bu o'tgan yilga nisbatan 2,8 barobarga ko'paygan. Ammo 2017-yilda jami xarajatlar 2015-yilga nisbatan 16703248 ming so'mga ortgan. Bu esa 2016-yilga nisbatan kamroq. Davr xarajatlari ham o'tgan yilga nisbatan oshgan (2.2.1-jadval). Korxona ishlab chiqarish tannarxiga kiritilgan xarajatlar esa 2015-yilda 19725067 ming so'm bo'lsa 2016-yilda ushbu xarajatlar 10106828 ming so'mni, 2017-yilga kelib esa 28397614 ming so'mni tashkil qilgan. Ushbu xarajatlar 2017-yilda 2015-yilga qaraganda 8672547 ming so'mga oshgan va 2016-yilga nisbatan esa 18290786 ming so'mga ko'paygan xisoblanadi. Davr xarajatlari 2017-yilda 5492688 ming so'mni tashkil qilgan bo'lsa 2016-yilda 3469759 ming so'mni 2015-yilda esa 3801357 ming so'mni tashkil qilgan. Korxona davr xarajatlari 2017-yili 2015-yilga qaraganda 1691331 ming so'mga, 2016-yilga qaraganda esa 1922929 ming so'mga ortganligi jadvaldan ma'lum. Korxona o'z faoliyatini moliyaviy xarajatlarga bog'liqligini hisobga oladigan bo'lsak, ushbu korxona 2015-yilda moliyaviy faoliyat bo'yicha xarajatlari 4490739 ming so'm, 2016-yilga kelib 2433958 ming so'm va 2017-yilga kelib esa 10830109 ming so'm xarajatlar qilgan xisoblanadi. Ushbu ko'rsatkichlar shuni ko'rsatadiki korxona 2017-yilda 2015-yilga nisbatan 6339370 ming so'm xarajat qilgan va 2016-yilga nisbatan esa 8396151 ming so'm xarajatlarni amalga oshirgan.
  • 2.2.3-diagramma. Korxona davr xarajatlari o'sib borishi.: Keltirilgan diagrammadan ko'rinib turibdiki davr xarajatlari tarkibidagi o'zgarishlar tempi bir xil emas. Xususan, sotish xarajatlari 2016-yilda keskin kamayib 2017-yilda 2016-yilga qaraganda 3 baravar oshgan. Ma'muriy xarajatlar ko'rib chiqilayotgan davrda sezilarli o'zgarmagan. Biroq operatsion xarajatlar 2017-yilda 2016-yilga nisbatan keskin oshgan, ya'ni 1.8 barobarga ortgan. Shu bilan birga bu xarajatlarning davr xarajatlari tarkibidagi salmog'i 2017-yilda Masalan, 2017-yilning sotish xarajatlarining tarkibi quyidagi 2.2.3-jadvalda ko'rsatib o'tilgan.
  • 2.2.4-jadval. Ma'muriy xarajatlar tarkibi 2017-yil: Quyidagi 2.2.4-jadvaldagi ma'muriy xarajatlar tarkibining eng katta qismlarini mehnat haqi xarajatlari hamda ma'muriy xarajatlar tashkil qilmoqda. Ma'muriy xarajatlarning eng kam qismini esa har xil xarajatlar tashkil qilmoqda. Korxonada sotish hamda ma'muriy xarajatlardan ham eng katta qismini boshqa operatsion xarajatlar tashkil qilgan bo'lib, ularning quyidagi 2.2.5-jadvalda keltirib o'tamiz. Xarajatlar tarkibida unumsiz xarajatlar mavjudligi e'tiborni jalb etmoqda. Ushbu ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki boshqa operatsion xarajatlar davr xarajatlari tarkibining eng katta qismini tashkil qilmoqda. Tovar aylanishi hajmi oshsa, davr xarajatlari hajmi ham oshadi va aksincha. Xususan, mazkur sharoitda xarajat moddalarining o'zgaruvchan va doimiy xarakterlarni kasb etishi hamda turlarga ajratilishiga e'tibor qaratilmog'i lozim. Shu boisdan, davr xarajatlari tarkibida hisobga olinuvchi va realizatsiya hajmiga aloqadorligi jihatidan o'zgaruvchan va doimiy xarajat moddalarining to'g'ri tartiblanishi hamda ularning realizatsiya hajmining o'zgarishiga muvofiq o'zgarishlarini belgilashga katta ahamiyat berish tavsiya etiladi.
  • III-ВОВ. «O`Z ERAE CLIMATE CONTROL» MCHJ QO'SHMA KORXONASI DAVR XARAJATLARINI KAMAYTIRISH MUAMMOLARI VA IMKONIYATLARI.: Xarajatlarning maqsadli va natijaviyligi xo'jaliklar moliyaviy hayotida naqadar muhimligi, mazkur iqtisodiy kategoriyaning mohiyati, mazmunini nazariy jihatdan bozor tamoyillariga tayangan bugungi kun talablari asosida aniq, to'laqonli ifodalashni taqozo qilmoqda. Mazkur maqsadga erishish uchun «xarajat» kategoriyasining iqtisodiy mazmunini yoritishda adabiyotlar va ayrim manbalardagi mavjud fikrlarning tahliliy xulosalarini keltirishni joiz topdik. Xarajatlarga faqatgina chiqim sifatida va uning ayrim elementlar vositasida qarash quyidagicha fikrga olib keladi: «Xarajatlar -ishlab chiqarish faoliyati jarayonida yuzaga kelgan chiqim. Ularga sotilgan mahsulot tannarxi, noishlab chiqarishdagi ma'muriy xarajatlar, foizlarni to'lash, ijara to'lovi, ish haqi, soliqlar kiradi>2. Yuqorida keltirilgan ta'rif juda tor doirada ifodalangan bo'lishi bilan birgalikda, umumiylik ko'lami jihatidan ham ayrim qirralarni qamrab olgan xolos. Sababi, unda ishlab chiqarishga yondoshilgan hususiyatlar o'z aksini topishi bilan birgalikda, «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to'g'risida»gi Nizomda3 keltirilgan xarajat turkumlaridan ayrim elementlarigina sanab o'tilgan. Xarajatlarni faqatgina mahsulotni ishlab chiqarish va iste'molchiga yetkazib berishdan iborat, deb qarasak, u holda quyidagi fikrni o'rinli deb sanash mumkin. <<Ishlab chiqarish sarf-xarajatlari deganda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste'molchilarga yetkazib berishga qilinadigan barcha sarflar tushuniladi»4. Lekin, bu holatda ham mazkur tushunchaning iqtisodiy mohiyati to'liq ochib berilmagan. U ayrim iqtisodiy voqeliklarga ko'ra xarajatlar haqida xulosa chiqarganligini ifodalamoqda. Xarajatlar tannarxni tashkil qilishda ham bevosita ishtirok etib, uni xarajatlar yig'indisi sifatida uch tomonlama ko'rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Ya'ni: birinchidan xarajatlar mavjud resurslardan foydalanish evaziga aniqlanadi; ikkinchidan, xarajatlar foydalanilgan resurlarning pul o'lchamida ifodalanishini aks ettiradi; uchinchidan, xarajatlar ularni amalga oshirish maqsadlariga ko'ra aniqlanadi mahsulot ishlab chiqarish, korxona bolimlari faoliyati va hokazo. Bu xarajatlarni tannarx bilan bir xil ma'nodosh sifatida qaralishini keltirib chiqaradi. Ya'ni: «Tannarx (xarajatlar) aniq maqsadlarda foydalanilgan resurslar hajmining puldagi ifodasidir». Mazkur ta'rif tannarx xarajatlardan tashkil topishi nuqtai nazaridan o'rinlidir. Bu o'rinda, barcha xarajatlar ham tannarxni tashkil qilavermasligini alohida ta'kidalash zarur. Mahsulot qiymatiga qo'shilmaydigan xarajat turlari ham mavjud. Xarajatlarning amalga oshirilishi korxona xo'jalik faoliyatida mablag'larni yanada ko'paytirish maqsadida vaqtincha kamayishiga olib kelishini aks ettiruvchi quyidagi keltirilgan fikr o'rinlidir va bu mohiyatni to'laroq aks ettirgan.
  • 3.2. Davr xarajatlarini kamaytirishning yo'llari va usullari: Iqtisodiy fanga “mehnat resurslari” tushunchasining kirib kelishi bilan undan samarali foydalanish, mehnat resurslarini faollashtirish, mehnat resurslaridan foydalanishni takomillashtirish borasida ham ilmiy, nazariy, amaliy tajribalar, izlanishlar olib borildi. Mehnat resurslarining faolligini oshirishda, undan foydalanishni takomillashtirishda olib boriladigan konkret faoliyat g'oyatda ko'p qirralidir. Mehnat resurslarini faollashtirish ma'naviy qadriyatlarni shakllantirishning murakkab jarayonlari, oilaviy muammolar, uy va maktab tarbiyasi, kadrlar siyosati, insonning jismoniy sog'ligi, madaniy an'analarni saqlash, ta'lim, mehnat sharoitlari va boshqalardan iborat ko'p qirrali muammoni o'zida mujassamlashtiradi. SHu sababdan ham mehnat resurslaridan foydalanishni takomillashtirish yo'lari tahlil qilinganda turli tadqiqotlarda turlicha yo'nalishlar yoritiladi. Mehnat resurslarini faollashtirish, undan samarali foydalanish foydalanish yo'llari turli tadqiqotlar, ilmiy risolalar va adabiyotlarda son va tarkib jihatdan farq qilsada, ularni umumlashirgan holda shuni ko'rsatish mumkin-ki, mehnat resurslaridan foydalanishni takomillashtitish quyidagi yo'nalishlarda olib boriladi va bu boradagi tadqiqotlarda ushbu yo'nalishlardan biriga ko'proq, biriga kamroq darajada e'tibor qaratish asosida xilma-xil yondashuvlar taxlil qilinadi. Ushbu yo'nalishlar quyidagilardan iborat: firmada faoliyat ko'rsatayotgan ishchi va xodimlar malakasini oshirish, ularni qayta o'qitish va kasbiy tayyorlash; mehnat sharoitlarini yaxshilash; samarali motivatsiya olib borish; ish haqini firma ichida tartibga solish boshqaruv madaniyatini tashkil qilish; sog'liqni saqlash tizimini yaxshilash va boshqalar. Ishchi kuchi malakasini oshirish. XX asrning ikkinchi yarmida jahon miqiyosida chinakam mo'jiza ro'y berdi. Asrlar davomida qoloq va qaram bo'lib kelgan bir guruh mamlakatlar faqatgina mehnat resurslari tufayli, boshqarishning zamonaviy texnologiyalarini ishlatgan holda tarixan juda qisqa vaqt ichida texnikaviy jihatdan ilg'or mamlakatlarga aylandilar. Ular o'zlarining yuqori sifatli va raqobatbardosh mahsulotlari bilan jahon bozorlarini egallay boshladilar. SHular qatoriga Gon-Kong, Janubiy Koreya, Malayziya, Tailand mamlakatlarini misol qilib olsa bo'ladi. Bu mamlakatlar tabiiy xom-ashyoga boy emaslar. O'tgan asrning 70-yillaridan boshlab ular asosiy investisiyalarni mehnat resurslarini rivojlantirishga sarfladilar. Yoshlarni rivojlangan xorijiy mamlakatlarga o'qishga yuborib ilg'or texnikaviy bilimlarni «sotib oldilar». Bu bilimlar mamlakatning intellektual mulkiga aylandi. Albatta bu mamlakatlar xalqlarining mehnat sevarligi, qobilyati va boshqa psixologik xususiyatlarini hisobga olmaslik mumkin emas. Ammo ko'pgina mamlakatlarda ham yuqori mehnat qobilyatiga ega bo'lganlar oz emas. Lekin ular shunday imkoniyalarini ishga sola olmaganlar. Kadrlarning kasbiy tayyorgarligini oshirish va rivojlantirish yangi texnika va texnologiya, ish bilan bandlik sohasidagi o'zgarishlar, fan-texnika taraqqiyoti, xo'jalik mexanizmining qayta qurilishi bilan bevosita bog'liqdir. Texnikaning tezlik bilan yangilanishi, axborotlar va yangi bilimlarning kirib kelishi ishchilar, injener-texnik xodimlar, xizmatchilarning to'xtovsiz o'qitilishi va malakasining oshirilishini talab qiladi. Bugungi kunda tez texnologik o'zgarishlar sababli yuzaga kelgan birinchi navbatdagi muammolardan biri kompyuter savodxonligi bilan bog'liq. Ish joylarini taklif qilayotgan e'lonlar tahlili shuni ko'rsatadiki, bugungi kun kompyuter mutaxasisi eng avvalo ijodiy va kasbiy jihatdan yetuk shaxs bo'lishi kerak. U mustaqil fikrlay olishi va korxona manfaatlari uchun xirmat qilishi kerak. Bugungi kunda g'arb mutaxasislarining baxolariga ko'ra ishchi bilimlari yarmining eskirish davri 3-5 yilga qisqardi, ya'ni endilikda, 3-5 yil ichida ishchi bilimlarining yarmi talabga javob bermay qo'yadi. Mehnat tobora ko'proq malaka va bilimlarni talab qilmoqda. Kam ixtisoslashgan eski kasblar va qo'l mehnati asta-sekin yo'qolib bormoqda. Yuqori malakali xodimga ega bo'lgan korxonalar ishda ancha yutuqqa erishadilar. Xodimlarni o'qitish zaruriyati quyidagi hollarda tug'iladi: Yangi xodim ishga qabul qilinganda; Xodimning lavozimi o'zgarganda; Malakasini, bilim darajasini oshirish maqsadida o'qitish; Korxonadagi ruhiy muhitni o'zgartirish maqsad qilinganda; Ishlab chiqarish jarayonini o'zgartirish maqsad qilinganda; Mahsulot tarkibini o'zgartirish maqsad qilinganda va hokazo. O'qitish: Ishlab chiqarishdan ajralgan holda ikki haftalik; Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ikki yillik; Maxsus tayyorlangan kompleks dastur asosida; Rahbarlar kuchi bilan; Maxsus topshiriqlar bilan; Turli korxonalarga malaka oshirishga jo'natish yo'li bilan; CHet ellarga o'qitishga yuborish yo'li bilan; Seminar va konferensiyalarga jalb qilish yo'li bilan amalga oshiriladi. Xodimlar malakasini oshirish quyidagi vazifalarning bajarilishini nazarda tutadi: Qisman unutilishi mumkin bo'lgan bilimlarni tiklash; Fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish, mehnat va boshqarishni tashkil etish tizimlaridagi o'zgarishlar bilan bog'liq bo'lgan yangi muammolarni, yangi ish uslublarini o'rganish; Boshqaruvni qayta tashkil etish va qayta qurish, mehnatning jamoa turlarini tashkil etishning tutash kasblarini egallashni talab etuvchi xar-xil shakllarining rivojlanishi munosabati bilan xodimlarni boshqa malakaga tayyorlash. Respublikamizda "Kadrlar tayyorlash to'g'risida"gi milliy dasturning qabil qilinishi mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun malakali kadrlar yetkazib berishning asosiy yo'nalishlari va bosqichlarini belgilab berdi. Bugungi kunda respublikamiz mustaqilligi sharoitida xodimlarni o'qitish jahonning eng rivojlangan mamlakatlarida ham olib borilmoqda. Bu turdagi o'qitish ham ikki maqsadni ko'zlaydi: Respublika uchun zarur bo'lgan mutaxasisliklar bo'yicha jahon talablariga javob beradigan xodimlarni tayyorlash; Mutaxasis xodimlarning ilg'or xorijiy davlatlar oliy o'quv yurtlarida zamonaviy bilimlarni egallash. Bu kabi mutaxasis xodimlar mustaqil O'zbekistonimizning iqtisodiyotini, fan va texnikasini, ishlab chiqarishini jahon talablariga javob beradigan qilib taraqqiy ettirishlari juda ham zarur. Mehnat resurslaridan samarali foydalanishda mehnat sharoitlarini yaxshilash muhim ahamiyat kasb etadi va ilmiy tadqiqotlarda bu yo'nalishga alohida urg'u beriladi. Rivojlangan mamlakatlarda mehnat sharoitlari, inson va texnika o'rtasidagi munosabatlarni tashkil qilish alohida fan ergonomika (“ergos” - mehnat, “nomos" - qonun, qoida) sifatida o'rganiladi. Ushbu faktning o'zi ham mehnat sharoitlari mehnat resurslarini faollashtirishda qanchalik muhim ahamiyat kasb etishini va unga jiddiy munosabatda bo'lish zaruriyatini ko'rsatib beradi. Ishlab chiqarish muhiti avvalambor mehnatning sanitar-gigienik sharoitlari (harorat, shovqin, yoritilganlik, changlanganlik, gazlanganlik, vibratsiya va hokazo), ish faoliyatining xavfsizligi, mehnat va dam olish rejimi, shuningdek korxonada ishlovchilarning o'zaro munosabatlari orqali xarakterlanadi. SHunday qilib mehnat sharoiti texnik, tashkiliy, psixofiziologik, ijtimoiy, xuquqiy va boshqa jabxalar nuqtai nazaridan ko'rib chiqiladi. Mehnat sharoitlarini loyixalash korxonada ishlovchilarning jinsi, yoshi, malakasi, psixologik va ijtimoiy xarakteristikalari hisobga olingan holda amalga oshiriladi. Umumiylik va majburiylik darajasi turlicha bo'lgan tavsiyalar va normativ materiallar tizimi (Xalqaro mehnat tashkiloti tavsiyalari, tarmoq, hududiy, zavod, korxona, firma normalari) ishlab chiqilgan bo'lib, ular mehnat sharoitlari loyihalashtirilayotganda hisobga olinishi shart. Mehnat sharoitini reglamentlovchi asosiy direktiv hujjatlarga korxonalarni loyihalash bo'yicha sanitar normalar, qurilish normalari va qoidalari, Davlat standartlari, texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi talablari kiradi. Sanoat korxonalarini loyihalashda sanitar normalarda ish joyidagi zararli moddalarning yo'l qo'yilgan konsentratsiyasi belgilab qo'yiladi. Normal mehnat sharoitini ta'minlash uchun texnologiyalarni takomillashtirish, qurilmalarni avtomatlashtirish va germetik berketish, ishlab chiqarish binolarini shamollatish ishlarini olib borish zarur. «O'z ERAE Climate Control>» MCHJ qo'shma korxonasida davr xarajatlarini kamaytirish nafaqat ushbu korxonada balki har qanday ishlab chiqarish korxonasida ham juda ko'p yo'llar mavjud bo'lib ularga: -mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi xarajatlarini kamaytirish yo'llarini izlab topish; maxsus kiyim-bosh va poyafzalni yuvish va tuzatishga materiallarni sifatlisidan foydalangan holda, ko'p xizmat qiladigan kiyimbop material xarid qilish. Bunda sifatli material sotib olish bilan korxona davr xarajatlari oshib ketishi mumkin ammo kelgusi davr xarajatlari qisqarishiga olib kelishi aniq holatdir; -bozorda korxona mahsuloti o'z o'rnini egallagan so'ng, oshiqcha reklama xarajatlarini kamaytirish; -savdo ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar, inshootlar va xonalarni ijaraga olishda kelishilgan xolda sifatlisini hamda binoni ta'mirlash xarajatlari yo'qligiga ishonch xosil qilgan xolda ijara shartnomasini belgilash; -mahsulotni sotish bilan bog'liq mehnatga haq to'lash xarajatlarini imkon qadar kamaytirish; -jahon amaliyotida qo'llanilayotgan CIB VA FOB qoidalariga rioya qilgan holda xaridor korxona va sotuvchi korxona o'rtasidagi yetkazib berish transport xarajatlarini oldini olish; -tashish, saqlash va sotish chog'ida tovarlarning norma doirasida va undan ortiqcha yo'qotilishini oldini olish uchun maxsus bir ishchi xodim tayyorlash;
  • Xulosa va takliflar: Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlar qatorida munosib o'rin egallash, milliy mahsulotlarimizning jahon bozorlaridagi raqobatdoshligini ta'minlash, shu asosda eksport hajmini sezilarli darajada oshirish mavjud soha va tarmoqlarni texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash asosida modernizatsiyalashni taqozo etadi. Ayni paytda, jahon bozoridagi ehtiyoj va talabning o'zgarishini hisobga olgan holda iqtisodiyotimiz tarkibiy tuzilmasini takomillashtirib borish, bu maqsadga yangi, zamonaviy tarmoqlarni barpo etish va jadal rivojlantirish lozim bo'ladi. Davr xarajatlarini tarkibini batavsil o'rganish asosida shu narsalar aniqlandiki import bo'yicha valyuta almashtirish birja sarflari ham davr xarajatlari tarkibiga kiritilgan. Avvalo bu xarajatlarning davr xarajatlariga kiritilishi o'zi 4-Buxgalteriya xisobi milliy standartlariga asosan noto'g'ri deb hisoblanishi mumkin. Ikkinchidan, valyuta operatsiyalari xususida, bu jarayonlar doimiy ravishda ro'y berayotganligini hisobga olib korxona o'z siyosatini ishlab chiqishi lozim. Tahlil natijalari shuni ko'rsatadiki QQS ham davr xarajatlariga kiritilyapti. Bu xarajatlar odatda budjetga soliqlar va to'lovlar bo'yicha hisob-kitob qilinishi kerak. Demak korxonada hisob tizimi va hisob siyosatini ko'rib chiqish kerak. Barqaror faoliyat yuritishni ta'minlash, korxonalarda ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirish hamda ular to'g'risidagi axborotlar paketini shakllantirishda kombinatlarning amalga oshirayotgan xarajatlari natijaviyligi hamda u haqdagi ma'lumotlar manbai sanalgan buxgalteriya hisobi muhim belgilovchi omil hisoblanadi. Ayniqsa, moliyaviy natijalarga bevosita ta'sir hususiyatiga ega bo'lgan xarajat guruhlari tarkibidagi davr xarajatlari elementining hisobotlarning xalqaro standartlar doirasida shakllantirish, korxonalarda ishlab chiqarish sohasi hisobot tizimini jahon tartib-qoidalariga moslashtiradi. Jumladan, ishlab chiqarish korxonalarining davr xarajatlari hisobini takomillashtirish, moliyaviy natijalarga ta'sirini imkon qadar aniqlashtirish hamda hisob tizimini rivojalantirishda hal qilinishi lozim bo'lgan bir qancha masalalar mavjulligi ilmiy tadqiqot jarayonida aniqlandi va ularning yechimi bilan bog'liq bir necha nazariy va amaliy xulosalar olindi. Ular quyidagilardan iborat: 1.Hamdo'stlik davlatlari hamda mamlakatimiz iqtisodchi olimlarining fikrlari tahlil qilingan holda, «Xarajatlar», «Aktivlar», «Majburiyatlar» tushunchasining mazmun-mohiyatini kengroq ochib berish maqsadida, ularni quyidagicha ta'riflash tavsiya qilindi: 1.1.Xarajat-foydali natijalarga erishish matssadida, aktivlarni sarflash xisobiga xususiy kapital miqdorining vaqtincha kamayishiga olib keluvchi majburiyatlarni yuzaga kelishidir. 1.2.Aktivlar -korxona ixtiyoridagi moddiy va nomoddiy ko'rinishga ega bo'lgan barcha boyliklar jamg'armasidir. 1.3.Majburiyatlar-mavjud sanagacha bo'lgai davrlarda korxonaning barcha qarzlari, ularning qoplanishi natijasida mablag'larning sarflaiishi ko'rinishida manfaatlarning qisqarishidir. 2.«Foyda» tushunchasining «Daromad» va «Tushum» tushunchalaridan farqli jihatlari aniq aks ettirlib, unga alohida quyidagicha tarif berildi: Foyda -bu daromadlar va xarajatlar fartslanishidagi ijobiy (musbat) natijaviylikdir. 3.«Zarar» tushunchasining mazmuni ochib berildi va quyidagicha ifodalandi: Zarar -bu aktivlarning kelgusida hech qaiday ijobiy natijaviylik keltirmaydigan isrofga yuz tutishidir. 4. MXXSlari talablaridan kelib chiqib hamda MDH, G'arb va mamlakatimiz iqtisodchi olimlarining fikrlari keng tahlil qilinib, «Davr xarajatlari» tushunchasini quyidagicha ta'riflash tavsiya qilindi: «Davr xarajatlari-maxsulot tannarxini tashkil qilmasdan, balki takror ishlab chiqarish jarayoii faoliyatini tashkiliy hosil qilish, uzluksizligiii ta'minlash, boshqarish va korxonani umumiy tartibga solib turish bilan bog'liq asosiy funktsiyalarni doimiy bajarish tusidagi hamda hisobot davri yakunida to'g'ridan-to'g'ri moliyaviy natija xisobidai qoplanadigan sarflardir». 5. Korxonalarda ma'muriy xodimlar ish haqi hisobi va uni hisoblash tizimi mavjud maxsus avtomatik programma (1S; Info-Buxgalter, BEM)larda yuritilishi nazarda tutilmagan. SHuning uchun, ko'pgina tashkilotlarda hisob tizimi avtomatlashtiriligan tarzda yuritilsada, ish haqi hisobi, ayniqsa soliqlar va ularga tenglashtirilgan ushlanmalar hisob-kitobi qo'l mehnatiga asoslangan. Ushbu hisob tizimini takomillashtirish maqsadida Windows» opretsion tizimining «Microsoft Yexsel» programmasi bo'yicha elektron hisoblash formasi taklif qilindi. Ushbu formaga xodimning ishlagan kunlari, bir soatlik ish haqi va ish haqining minimum darajasi to'g'risidagi ma'lumotlar kiritiladi. Qolgan tahliliy hisobkitoblar avtomat bajariladi. 6. Mavjud amaldagi buxgalteriya hisobi tizimi, jahon amaliyotida keng qo'lanilayotgan «Qisqartirilgan tannarx» («Direct-costing») qoidalariga asoslangan <<Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to'g'risida»gi Nizom asosida yuritilib, bunda ishlab chiqarish xarajatlarining mahsulot tannarxiga kiritilishi va davr xarajatalrining (hisobot davri oxirida) moliyaviy natijalar hisobidan qoplanishi nazarda tutilgan. Mazkur qoidalar asosida tuziluvchi hisobot shakllari tashqi foydalnuvchilar uchun maqbuldir. Lekin, ushbu hisob tizimi boshqaruv uchun: baho siyosatini yuritishi; mahsulot rentabelligini aniqlash kabi masalalarda zarur bo'lgan ma'lumotlarni yetkazib berishga asoslanmagan. Buning uchun buxgalteriya hisobi tizimida «To'liq tanarx» haqida ma'lumotlar beruvchi jarayonni shakllantirish lozim. 7. Korxonalarda MXXSlari qoidalariga asoslanib, mol-mulk solig'ini to'laligicha 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti tarkibida emas, balki mazkur mol-mulkning ishlab chiqarishga aloqador qismiga mos ulushini 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schyotiga olib borish taklif qilindi. SHunday qilib, ushbu referatimizda ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar korxonalarda davr xarajatlari hisobini tashkil qilish hamda kelgusida ularni yanada takomillashtirishga zamin yaratadi deb hisoblaymiz.