Физикадан лаборатория ишлари.
Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanmadan fizika fanining elektr va magnetizm qismidan bajariladigan laboratoriya ishlari o'rin olgan. Unda keltirilgan laboratoriya ishlari nofizik yo'nalishlarga mo'ljallangan. Qo'llanma
Asosiy mavzular
- 1 - Laboratoriya ishi: Elektrostatik maydonni o'rganish. Ishning maqsadi: Elektrostatik maydonning kuch va energetik xarakteristikasini grafik ko'rinishda o'rganish. Kerakli asbob-uskunalar: Elektr maydon spektrini demonstrasiya qilishga mo'ljallangan asbob (ПДС), o'zgaruvchan tok indikatori (vibrasion galvonometr, yoki ossillograf, yoki telefon), tovush generatori (ГЗМ), kuchsiz osh tuzi eritmasi yoki vodoprovod suvi, o'tkir uchli zond (2-ta), ulash simlari (2-ta). I. Nazariy ma'lumotlar: Xar qanday zaryadlangan jism atrofida materiyaning maydon shakli elektr maydoni xosil bo'ladi. Bu maydonga kiritilgan zaryadga elektr kuchi - Kulon kuchi ta'sir qiladi. Zaryadlangan jismlarning o'zaro ta'sirlashishi elektr maydoni orqali amalga oshadi. Elektrostatik maydon - qo'zg'almas zaryadlar hosil qiluvchi maydon bo'lib, elektromagnit maydonning xususiy xolidir. Elektrostatik maydonning ixtiyoriy nuqtasi ikkita asosiy fizik kattalik bilan tavsiflanadi: kuchlanganlik E vektori - kuch xarakteristikasi va skalyar kattalik potensial φ- energetik xarakteristikalaridir.
- 2 - Laboratoriya ishi: O'zgaruvchan tokda ishlaydigan uitson ko'prigi yordamida kondensatorning sig'imini aniqlash. Ishning maqsadi: Ko'prik sxemasida kondensatorning sig'imini aniqlash va kondensatorlarni o'zaro ulash usullarini xam nazariy, xam amaliy jixatdan o'rganish. Kerakli asbob-uskunalar: 1) reoxord, 2) telefon,3) sig'im magazini,4) demonstrasion tovush generatori (DTG), 5) ЛИП-90 to'g'rilagichi, 6) sig'imi noma'lum kondensatorlar, 7) kalit, 8) ulanadigan simlar (12 ta). I. Nazariy ma'lumotlar: Yakkalangan o'tkazgich sirtining potensiali yoki qisqacha o'tkazgich potensiali unga berilgan zaryadga to'g'ri proporsionaldir, ya'ni φ = -q/C. Bundagi 1/C proposionallik koeffisiyenti. Demak o'tkazgich zaryadini uning potensialiga nisbati o'zgarmas kattalikdir.
- 3 - Laboratoriya ishi: O'zgaruvchan tok ko'prigi yordamida muxitning dielektrik singdiruvchanligini aniqlash. Ishning maqsadi: Dielektriklarning dielektrik singdiruvchanligini kondensatorning elektr sig'imini o'lchash orqali aniqlash. Kerakli asbob-uskunalar: 1) sonli avtomatlashgan o'zgaruvchan tok ko'prigi (P589), 2) yassi kondensator. 3) dielektrik namunalar. 4) yassi kondensator qoplamalari o'rnatiladigan maxsus moslama. 5) ulash simlari (2ta). I. Nazariy ma'lumotlar: Tashqi elektr maydoni ta'sirida moddaning butun xajmi bo'ylab ko'cha oladigan zarrachalar ega bo'lgan zaryadga erkin zaryad deyiladi. Tashqi elektr maydoni ta'sirida moddani faqat tarkibiy zarrasi (atom yoki molekula) o'lchamidagina ko'cha oladigan zaryadga bog'langan zaryad deyiladi. Odatdagi sharoitlarda faqat bog'langan zaryadlarga ega bo'lgan moddalarga dielektriklar deyiladi.
- 4 - Laboratoriya ishi: Yer magnit maydonining gorizontal tashkil etuvchisini aniqlash. Ishning maqsadi: Tangens galvanometrni o'rganish va u bilan Yer magnit maydoni kuchlanganligi vektorining gorizontal tashkil etuvchisini aniqlash. Kerakli asbob uskunalar: Tangens-galvanometr, o'zgarmas tok manbai (akkumulyator batareyasi yoki to'g'rilagich), kalit -kommutator, M1107-rusumli milliampermetr, MKMS-rusumli qarshilik magazini va ulash simlari (6-ta). I. Nazariy ma'lumotlar: Yerni, qutblari geografik qutblari yaqinida joylashgan, ulkan sharsimon doimiy magnit deyish mumkin. Yerning shimoliy (SH) geografik qutbi yaqinidagi (730 shimoliy kenglik va 96° g'arbiy uzoqlikdagi) nuqtada uning janubiy (S) magnit qutbi, janubiy (J) geografik qutbi yaqinidagi (72º janubiy kenglik va 155º sharqiy uzoqlikdagi) nuqtada esa shimoliy (N) magnit qutbi joylashgan (1-rasm).
- 5 - Laboratoriya ishi: Faradey soni va elektronning zaryadini aniqlash. Ishning maqsadi: Elektroliz qonunlarini o'rganish; misning elektrokimyoviy ekvivialentini aniqlash orqali Faradey soni va elektronning zaryadini aniqlash. Kerakli asbob-uskunalar: O'zgarmas tok manbai (PCП, 50 Om), ampermetr (JM-1), mis kuporosining suvdagi 20% li eritmasi va unga mis elektrodlar botirilgan elektrolitik vanna, kalit, sekundomer, analitik tarozi va uning toshlari, ulash simlari (6-ta). I. Nazariy ma'lumotlar: 1.1 Elektrolitlar orqali elektr tokining o'tishi. Tuzlar, kislotalar va ishqorlarning toza noorganik suyuqliklardagi eritmalari elektr tokini yaxshi o'tkazadi. SHunday eritmalarga elektrolitlar deyiladi. Elektrolitlar ikkinchi jins o'tkazgichlarga mansub bo'lib, ionli o'tkazuvchanlikka ega bo'ladilar. Ularda tok hosil qiluvchi zaryadli erkin zarralar – ionlar elektrolitik dissosiasiya hodisasi tufayli paydo bo'ladi. Erituvchi (tuz, kislota, ishqor) va erituvchi (masalan, suv) molekulalarining erish jarayonida o'zaro ta'sirlashishlari tufayli eruvchi molekulalarning qarama-qarshi ishorali zaryadga ega bo'lgan ionlarga parchalanish hodisasiga elektrolitik dissosiasiya deyiladi.
- 6 - Laboratoriya ishi: O'zgaruvchan tok ko'prigi yordamida suyuq elektrolit elektr qarshiligining temperaturaga bog'lanishini o'rganish. Ishning maqsadi: Suyuq elektrolitlar orqali elektr tokinig o'tishi va ular qarshiligining temperaturaga bog'la nishini tajribada o'rganish. Kerakli asbob-uskunalar: U –simon nay, termometr, reoxordli ko'prik (P38), voltmetr (959), avtotransformator (ЛАТР), suv qizdiriladigan idish, ulanadigan simlar (6 ta). I. Nazariy ma'lumotlar: Ikki va undan ortiq bir-birida eruvchi moddalarning qo'shilishidan hosil bo'lgan aralashmaga eritma deyiladi. O'zidan elektr tokini o'tkazuvchi eritmalar esa elektrolitlar deyiladi. Ularda elektr tokini hosil qiladigan zaryadli zarralar eritmada erigan modda molekulalarining dissosialanishi tufayli hosil bo'ladi. Eritma hosil bo'lish paytida erituvchi suyuqlik molekulalarning ta'siri ostida eriyotgan modda molekulalarining qarama-qarshi ishorali zaryadga bo'lgan ionlarga parchalanish hodisasiga elektrolitik dissosiya deyiladi.
- 7 - Laboratoriya ishi: Metallar qarshiligining temperaturaga bog'liqligini o'rganish. Ishning maqsadi: Metallar elektr qarshiligining temperaturaga bog'liqligini nazariy va tajribaviy jihatdan o'rganish. Kerakli asbob-uskunalar: Metallar elektr qarshiligining temperaturaga bog'liqligini tajribada o'rganadigan moslama, universal o'zgarmas tok ko'prigi (УМВ), tok manbai (akkumulyator), elektr qizdirgich (pech) va ulash simlari (4-ta). I. Nazariy ma'lumotlar: 1.1 Metallarda elektr o'tkazuvchanlik tabiati. Metallarda elektr tokini elektronlarning tartibli harakati hosil qilish haqidagi xulosa qator klassik tajribalarning va bularga tayanib P.Drude, G. Lorens, A. Zommelfeldlar tomonidan ishlab chiqilgan klassik elektron nazariyaning xulosasidir.