Donli ekinlar
Ushbu kitob O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Toshkent davlat agrar universiteti Mevachilik va uzumchilik kafedrasi tomonidan tayyorlangan
Asosiy mavzular
- 1-Mavzu: Bug'doy ekini seleksiyasi: Bug'doyning xalq xo'jaligidagi ahamiyati, sistemasi va kelib chiqishi, boshlang'ich manbalari va seleksiya usullari. Bug'doyning qulay joylashuvi, uning qiymati, jahon va respublika bo'yicha maydonlari, hosildorligi, ozuqaviy qiymati, ishlatilishi, kelib chiqishi, klassifikatsiyasi, turlari, zoti, hosilini oshirish, irimchiligi, urug'lik va navlarni yaratish, seleksiyaning yo'nalishlari, bug'doyning navlari va ularning yetishtirish usullari, kelib chiqishi, kasallik va zararkunandalarga chidamliligi, donning sifati, ozuqaviy qiymati haqida ma'lumot beradi. Shuningdek, bug'doyning kelib chiqishi, biologik xususiyatlari, seleksiyaning asosiy yo'nalishlari va usullari haqida batafsil ma'lumot beradi.
- 2-Mavzu: Arpa ekini seleksiyasi: Arpaning xalq xo'jaligidagi ahamiyati, sistemasi va kelib chiqishi, boshlang'ich manbalari va seleksiya usullari. Arpa jahon dehqonchiligida muhim oziq-ovqat, yem-xashak va texnikaviy ekin sifatida yuqori o'rinni egallashi, donidan yorma, perlovka, un tayyorlanishi, arpa unining non yopishda ishlatilishi, arpa solodidan ajratib olingan yekstrakt moddalari sanoatda foydalanishi, jahon va respublika bo'yicha maydonlari va hosildorligi haqida ma'lumot beradi. Shuningdek, arpa seleksiyasining vazifalari va yo'nalishlari, arpa navlari va ularning yetishtirish usullari, kelib chiqishi, kasallik va zararkunandalarga chidamliligi, donning sifati, ozuqaviy qiymati haqida batafsil ma'lumot beradi.
- 3-Mavzu: Makkajo'xori seleksiyasi: Makkajo'xorining qanday kenja turlari mavjudligi, seleksiyasida sun'iy mutagenez usulining maqsadi, seleksiyasining asosiy yo'nalishlari, sug'oriladigan sharoit uchun seleksiya ishining o'tkazilishi, seleksiyasi uchun boshlang'ich material sifatida qanday shakllardan foydalanilishi, seleksiyasining asosiy usullari haqida ma'lumot beradi. Makkajo'xori yer sharida yeng ko'p tarqalgan yekinlardan biri ekanligi, uning uchun qulay iqlim sharoitlari bo'lgan deyarli hamma joylarda yetilishi, Amerika qit'asini o'ta qadimiy madaniy ekinligi, birlamchi va ikkilamchi vatani shu yerda ekanligi, hozirgi zamonda makkajo'xori jahonda keng miqyosda tarqalib Lotin Amerikasi, Meksika hamda Yevropa, Osiyo, Afrikaning qator mamlakatlari aholisining an'anaviy taomi bo'lib hisoblanishi haqida ma'lumot beradi.
- 4-Mavzu: Jo'xori seleksiyasi: Jo'xorining qanday kenja turlari mavjudligi, seleksiyasining asosiy yo'nalishlari, seleksiyasi uchun boshlang'ich material sifatida qanday shakllardan foydalanilishi, seleksiyasining asosiy usullari haqida ma'lumot beradi. Sorgo jahon dehqonchiligining yeng qadimiy yekinlaridan biri bo'lib hisoblanadi, uning vatani Afrika. Sorgo (oq jo'xori) hozirgi O'zbekiston xududida yeramizdan 2,5 - 3,0 ming yil ilgari yekilgan. Jahonda jo'xori yekin maydoni jihatidan bug'doy, sholi, makkajo'xori va arpadan keyin turadi. Uning yekinlari asosan Osiyoda (49 – 50%) va Afrikada (32-33%) joylashgan, Amerika kit'asida 15%, Avstraliya va Yevropada atigi 2 – 3% ni tashkil qiladi. FAO ma'lumotiga ko'ra har yili jahonda jo'xori 47-50 mln gektar maydonga yekiladi. AQSh da don uchun yekilgan maydoni 5,2 mln gektardan ko'p, o'rtacha hosildorligi yesa 33,6 s/ga bo'lgan.
- 5. Navdor urug'liklarni yetishtirish va urug'chilik tizimi: Urug'chilikning qabul qilingan tizimi tufayli hamma xo'jaliklarni rayonlashtirilgan navlarning yuqori sifatli urug'lari bilan to'liq ta'minlash kerak. Ixtisoslashtirilgan xo'jaliklar yoki fermer xo'jaliklaridan olinayotgan urug'liklarning sifatini yaxshilash, ularni biologik hamda mexanik ifloslanishdan, kasallik va zararkunandalardan saqlash, urug'chilik dalalariga ishlov berishni mexanizasiyalash uchun haqiqiy sharoit yaratilishi lozim. Ular birinchi navbatda qishloq xo'jalik texnikasi hamda maxsus binolar bilan ta'minlanib, yuqori malakali agronomlar tomonidan rahbarlik qilinadi.
- 7 - Mavzu: Uruglik bugdoyzorlarda aprobasiya utkazish.: Birlamchi urug'chilik jarayonida yekinlarning yelita urug'larini yuqori sifatli sog'lom, sof va mahsuldor bo'lishini ta'minlashga qaratilgan barcha choralarga qaramasdan qat'iy nazorat o'rnatilgandagina kutgan natijaga yerishish mumkin. Nav va urug'lik sifatlari yuqori bo'lgan urug'larni yekkandagina mo'l hosil yetishtirish mumkin. Shuning uchun urug'chilikning asosiy vazifalaridan biri urug'larning navdorlik va yekinboplik xususiyatlari, yekish sifatlarini yuqori darajada saqlam uchun doimiy nazorat qilishdir. Mamlakatimizda urug' sifatini doimo yaxshilab, mahsuldorligini oshirish maqsadida urug'lik yekinlar va navdor urug'liklar ustidan doimiy nazorat joriy yetilgan. Urug'chilikda joriy yetilgan nazorat ikkiga nav va urug' nazoratlariga bo'linadi. Nazorat ishlari urug'ni yetishtirish, tayyorlash, saqlash, sotish va urug'dan foydalanish jarayonlarini o'z ichiga olgan tadbirlar yig'indisidan iborat. Nav va urug' nazorati qoidalariga ko'ra, hyech bir xo'jalik nav hamda yekishga yaroqsiz sifati past bo'lgan urug'larni yekishi mumkin yemas.