Psixologiya
Ushbu kitob O‘zbekiston oliy ta'lim muassasalarida o‘qitiladigan ijtimoiy psixologiya faniga oid bo‘lib, ijtimoiy psixologiyaning nazariy, amaliy va tadqiqot usullari, shaxs psixologiyasi, undagi bilish jarayonlari, ijtimoiy faoliyat, hissiy-irodaviy xususiyatlari, muloqot texnikasi, boshqaruv psixologiyasi va boshqa jihatlarni qamrab oladi. Kitob talabalarga ijtimoiy munosabatlar, o‘z-o‘zini anglash, shaxsning rivojlanishi, muomala madaniyati, jamoada ishlash va boshqaruv asoslarini o‘rgatishga qaratilgan.
Asosiy mavzular
- Ijtimoiy psixologiyaning asosiy tushunchalari va muammolari: Ijtimoiy psixologiyaning nazariy tamoyillari, rivojlanish tarixi, ilmiy asoslari, vazifalari, shaxs va ijtimoiy munosabatlar, shaxsning shakllanishi, ijtimoiy psixologik jarayonlar, muloqot, jamoa va liderlik tushunchalari.
- Shaxs psixologiyasi va uning individual xususiyatlari: Shaxsning individual xususiyatlari, tipologiyasi, qobiliyatlari, temperamenti, xarakteri, irodasi, hissiyotlari, motivlari, dunyoharashi va ularni shakllantiruvchi omillar.
- Shaxsning bilish jarayonlari: Bilish jarayonlari, diqqat, sezgi, idrok, xotira, tafakkur, ijodiy fikrlash va ularning psixologik mohiyati va turlari.
- Shaxs faoliyati: Faoliyat tushunchasi, shaxs faolligi, faoliyatning turlari, jismoniy va aqliy harakatlar, ularning psixologik ahamiyati.
- Shaxsning hissiy-irodaviy xususiyatlari: Xis-tuyg'ular, emotsiyalar, affektlar, kayfiyatlar, ularning turlari va shakllari, iroda, irodaviy akt, irodaviy fazilatlar va ularni shakllantirish.
- Muloqot psixologiyasi: Muloqot tushunchasi, uning turlari va shakllari, shaxslararo munosabatlar, kommunikativ, intеraktiv va pеrtsеptiv tomonlari, muloqot texnikasi, o’z-o’zini boshqarish va o’zini anglash, boshqa odamlar bilan muloqot qilish usullari.
- Boshqarish psixologiyasi: Boshqarish psixologiyasining asosiy muammolari, guruxlarda rahbarlik va liderlik, boshqaruv uslublari va rahbarlik sifatlari.
- Ijtimoiy psixologik trening va uning amaliy tadbiqlari: Ijtimoiy psixologik treningning ma'nosi, turlari, shakllari, uni tashkil etish texnologiyasi va amaliy qo'llanilishi.