Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi“ da yiliga 120 ming tonna past bosim va suyuq fazada polietilen olish texnolo-giyasining asosiy massa almashinish va gidromexanik jarayon va qurilmalari hisoblansin va loyihalansin

Ushbu bitiruv malakaviy ishida "Sho'rtan gaz kimyo majmuasi" da yiliga 120 ming tonna past bosim va suyuq fazada polietilen olish texnologiyasining asosiy massa almashinish va gidromexanik jarayon va qurilmalari hisoblash va loyihalash o'rganildi. Kimyo sanoati mashinasozligini rivojiga katta axamiyat qaratilgan. Oxirgi o'n yillik ichida kimyo ishlab chiqarish, neft-gazni qayta ishlash, mineral o'g'itlar ishlab chiqarish va boshqa sanoatlarda keskin tubdan o'zgarishlar ro'y berib, yangi texnologiyalar amalda ko'llanib, rivojlanish boshlandi. Xususan Maksam-Chirchiq, Navoi azot, Sho'rtan GKM, Dehqonobod kaliyli o'g'itlar va Qo'ng'irot soda zavodlari ishga tushdi.

Asosiy mavzular

  • Texnologik jarayonlar va qurilmalar: Massa almashinish jarayonlari, diffuzion jarayonlar, adsorbsiya, absorbsiya, quritish, kristallanish, ekstraksiya, gidromexanik jarayonlar va ularning turlari (cho'ktirish, tindirish, filtrlash, sentrifugalash) hamda ularni hisoblash usullari yoritilgan.
  • Avtomatlashtirish: Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish tizimlari, boshqarish sistemalari, reaktor qurilmasining parametrlari va avtomatlashtirish tizimining struktura sxemasi haqida ma'lumot berilgan.
  • Qurilma asosiy detallari tayyorlash texnologiyasi: Flanes, bolt, shayba va teshikli panjaralar tayyorlash texnologiyasi, ularni bichish va parmalash usullari, payvandlash usullari va texnik talablar yoritilgan.
  • Ekologiya: Atmosfera havosini tozalash, chiqindilarning turlari va miqdori, zaharli moddalarning ta'siri, himoya zonalari va sanitariya me'yorlari hamda SHurtan GKM korxonasidagi ekologik monitoring haqida ma'lumot berilgan.
  • Mehnatni muhofaza qilish: Mehnatni muhofaza qilish qonuniyatlari, GOST standartlari, zararli moddalardan himoyalanish vositalari (gaz niqoblar, resperatorlar), yong'in va portlash xavfsizligi choralari hamda fuqaro muhofazasi va favqulotda vaziyatlardan muhofaza qilishga oid qonuniy xujjatlar yoritilgan.
  • Iqtisodiy qism: Mahsulot ishlab chiqarish dasturi, tannarx hisobi, foyda va rentabellikni aniqlash, ulgurji va erkin baholash hamda asosiy iqtisodiy ko'rsatkichlar hisobi yoritilgan.