Degidrirlash jarayonlari. C4-С5 – uglevodorodlarini degidrirlash texnologiyasi
Ushbu ishning asosiy maqsadi - metall katalizatorlar ishtirokida alkanlarni degidrirlash bilan alkenlar va alkadienlar ishlab chiqarish jarayonini texnologik asoslash, oksidlash jarayonlari usullarini, texnologiyalarini o'rganish. Zaruriy xom ashyo va tayyor mahsulotlarni tasniflash, texnologik jarayonni tasnifini o'rganish, loyihaning hisob qismini amalga oshirish, ishlab chiqarish bilan bog'liq ekologik, fuqoro va mehnat muxofazasi bilan bog'liq muammolarni o'rganish. Degidrirlash jarayoni bilan etilenoksidi ishlab chiqarish jarayoni texnologik tizimini loyihalash. Malakaviy bitiruv ishini loyihalash bitiruv oldi amaliyoti ma'lumotlari texnologik reglament, adabiyotlar taxlili, internet maʼlumotlariga asoslangan.
Asosiy mavzular
- KIRISH: O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning joriy yil 7 fevraldagi farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish, Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilayapti. Mazkur Dasturda investitsiya va tarmoqlarni modernizatsiyalash dasturi asosida iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari hisoblangan transport infratuzilmasi, neft va gaz, energetika, kimyo, tog'-kon metallurgiya, mashinasozlik, qurilish materiallari sanoatlari va boshqa tarmoqlarda 885 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish ko'zda tutilgan.
- XOMASHYO VA TAYYOR MAHSULOT VATAVSIFI: Alkenlar gomologik katorining dastlabki uchta a'zosi – etilen, propilen va butilen odatdagi sharoitda gaz, uglerod atomlari soni 5 dan 17 gacha bulganlari suyuklik, undan yukori a'zolari esa kattik moddalardir. Alkenlar gomologlarining fizikaviy doimiyliklari 4-jadvalda keltirilgan. Alkenlar suvda erimaydi, benzol, efir, xloroform, ligroin singari erituvchilarda yaxshi eriydi.
- LOYIHANING HISOB QISMI: Ma'lumki, degidrirlash jarayonlari organik sintezda keng qo'llaniladigan, katta masshtablarda mahsulotlar ishlab chiqarishga yo'naltirilgan jarayonlardan biri hisoblanadi. Hozirda (90 % butanni degidrirlash bilan olinadi. Jarayonning asosiy bosqichi bo'lib, butanni butilenlargacha degidrirlash jarayoni hisoblanadi va uning asosiy reaktsiyasi quyidagicha: H-C4H10 → H-C4H8+H2. Hisoblash uchun C4-C5 fraktsiyasini bug' fazada nikel-xrom katalizatorlarida degidrilash va quvvati yiliga 144000 tonna bo'lgan ta'sir qurilmasini loyihalash talab etiladi.
- ISSIQLIK BALANSI: Dastlabki ma'lumotlar: Oqimlar tarkibi materiallar hisobidan olinadi; temperatura, °S: reaktorga kirishdi – 135, chiqishda – 180; to'yingan suv bug'ining bosimi 0.6 MPa. Hisoblashdan maqsad reaktorning issiqlik og'irligini va issiqlik tashuvchisini sarfini (trubalararo bo'shliqqa) aniqlash.
- MEHNATNI MUXOFAZA QILISH: O'zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo'lga kiritgandan so'ng mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi masalalariga katta ahamiyat berildi. Bu borada insoniyat zararli moddalar bilan ta'sirlanishini oldini olish uchun fan va texnika yutuqlaridan keng foydalanilmoqda. Mehnat muhofazasi bu insonlarni ishlash vaqtida sog'lig'i, ishlash qobilyatini, xavfsizligini ta'minlovchi texnik, sanitar gigienik, uyushgan qonunlashtrilgan tadbirdir.
- ATROF-MUHIT MUHOFAZASI: O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo'mitasi tomonidan Davlatimiz rahbarining «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi»da belgilab berilgan asosiy vazifalaridan kelib chiqqan holda hamda Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining ish faoliyati asosiy yo'nalishlarga muvofiq o'tgan yilda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasiga oid qonunchilikni yanada rivojlantirish, markazda va joylarda davlat hokimiyati idoralari, shuningdek, turli ijtimoiy va boshqa tuzilmalarning sog'liqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida shu paytgacha qabul qilingan dasturlarning so'zsiz bajarilishi bo'yicha mas'uliyatini oshirish yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirildi.
- XULOSA: Alkanlar aralashmasini degidrirlash bilan alkenlar olish hamda bu tarkibin ajratish usullaridan absortsion, adsorbtsion hamda xemoadsortsion usullari o'rganildi. Jarayonning texnologik parametrlari va sharoitlari aniqlandi. Bunda mahsulot chiqimiga tasir etuvchi asosiy ko'rsatgichlardan biri xom ashyoning alkanlarning tozaligi katta ta'sir ko'rsatishi aniqlandi.