Amaliy mexanika fanidan ma’ruzalar matni

Ushbu kitob "Amaliy mexanika" fanining "Mashina va mexanizmlar nazariyasi" va "Mashina detallari" boʻlimidan maʼruza darslari oʻtish va kurs loyiha topshiriqlarini bajarishga moʻljallangan. Unda tasmali va zanjirli uzatmalar, tishli uzatmalarga doir qisqacha nazariy maʼlumotlar hamda mexanik uzatmalarning qismlarini hisoblash va loyihalashga doir maʼlumotlar keltirilgan. Kitobda mexanizmlarning asosiy turlari, ularning tuzilishi, kinematik juftlar, mexanizmlarning harakatlanish darajasi, mexanik uzatmalar (frikstion, tasmali, zanjirli, tishli, vintli, chervyakli, planetar, to’lqinsimon) va ularning geometriyasi, kinematikasi hamda hisoblash usullari, shuningdek, mashina detallarining mustahkamligi, bikrligi, issiqbardoshlik, titrashga chidamliligi kabi muhim masalalar yoritilgan. Mashinasozlikda ishlatiladigan materiallar va ularni tanlash hamda uzatmalar va detallarning mustaxkamlikka hisoblash asoslari batafsil bayon etilgan. Har bir mavzu oxirida nazorat savollari va tayanch soʻzlar keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Mexanizmlarning asosiy turlari: Mashinasozlikda ishlatiladigan mexanizmlarni konstrukstiyasiga qarab richagli, kulachokli, shesternyali, vintli, frikstion, egiluvchan zvenoli, gidravlik va pnevmamtik, elektrik mexanizmlarga boʻlinishi, ularning turlari va tasnifi.
  • Mexanizmlarning strukturasi. Kinematik juftlar. Mexanizmlarning harakatlanish darajasi: Mexanizmlarning strukturasi, zvenolar, kinematik juftlar, ularning sinflari, mexanizmlarning harakatlanish darajasi (qoʻzgʻaluvchanlik) va uni aniqlash formulalari (Chebishev formulasi). Tekis mexanizmlar uchun tuzilish formilasi.
  • Mashina detallarining ishlash layoqati va uni taʼminlash: Mashina detallariga qoʻyiladigan talablar, ularning ishlash layoqatini aniqlaydigan asosiy belgilar (mustaxkamlik, bikrlik, issiqbardoshlik, yoyilishga va titrashga chidamlilik). Har bir belgi turlicha ish sharoitiga qarab qanday aniqlanishi va unga qoʻyiladigan talablar.
  • Mashinalarni konstrukstiyalash. Sanoatda ishlatiladigan konstrukstion materiallar va ularni tanlash: Mashinalarni konstrukstiyalashning 5 bosqichi, avtomatlashtirilgan loyixalashtirish, oʻzaro almashish asoslari va standartlash. Sanoatda ishlatiladigan asosiy materiallar (qora metallar, rangli metallar, metalmas materiallar) va ularni tanlash mezonlari.
  • Mexanik uzatmalar. Frikstion uzatmalar va ularni hisoblash asoslari: Mexanik uzatmalarning turlari (ishqalanish va ishlovchi), ularning foydali ish koeffisienti, uzatish soni. Frikstion uzatmalarning tuzilishi, afzalliklari, kamchiliklari va ulardan foydalanish doirasi. Frikstion uzatmalarning kinematikasi va ulardagi kuchlar.
  • Tasmali uzatmalar. Uzatma geometriyasi va kinematikasi: Tasmali uzatmalarning tuzilishi, turlari (yassi, ponasimon, doiraviy, tishli). Ularning afzalliklari va kamchiliklari. Tasmali uzatmalarning hisoblash asoslari, kinematikasi va geometriyasi.
  • Zanjirli uzatmalar. Uzatma geometriyasi va kinematikasi. Uzatmaning amaliy hisobi: Zanjirli uzatmalarning tuzilishi, turlari (rolikli, vtulkali, tishli). Ularning afzalliklari va kamchiliklari. Zanjirli uzatmalarning geometriyasi, kinematikasi va hisoblash usullari.
  • Tishli uzatmalar. Stilindrik tishli uzatmaning geometriyasi va kinematikasi: Tishli uzatmalarning turlari, ularning afzalliklari va kamchiliklari. Stilindrik tishli uzatmaning geometriyasi va kinematikasi, tish elementlarining oʻlchamlarini aniqlash. Tishli uzatmalarning asosiy xisoblash usullari.
  • Tishli uzatmalarning ishlash qobiliyati va ularning emirilishi. Ilashmaga taʼsir etadigan kuchlar: Tish sirtining emirilish sabablari va tishlarning sinishi. Tish sirrtining emirilishi turlari. Tishlarning mustahkamlikka hisoblash (egilish va kontakt kuchlanish boʻyicha). Ilashmaga taʼsir etadigan kuchlar.
  • Konussimon g’ildirakli tishli uzatmalar. Uzatmaning geometriyasi va kinematikasi: Konussimon g’ildirakli tishli uzatmalarning tuzilishi, ularning afzalliklari va kamchiliklari. Konussimon uzatmalarning geometriyasi, kinematikasi va hisoblash usullari. Tishlarni eguvchi va kontakt kuchlanish boʻyicha hisoblash.
  • Tishli uzatma tishlarini hisobi. Eguvchi va kontakt kuchlanish bo’yicha hisoblash: Stilindrik va konussimon tishli uzatmalarda tishlarni eguvchi va kontakt kuchlanish boʻyicha hisoblash usullari. Bunday hisoblashlarda qoʻllaniladigan koeffisientlar va ularning qiymatlari.
  • Chervyakli uzatmalar. Uzatmaning geometriyasi va kinematikasi. Uzatmani f.i.k. va qizishini tekshirish: Chervyakli uzatmalarning tuzilishi, turlari, afzalliklari va kamchiliklari. Chervyakli uzatmalarning geometriyasi, kinematikasi va hisoblash asoslari. Uzatmani f.i.k. va qizishini tekshirish usullari.
  • Planetar va to’lqinsimon uzatmalar. Planetar reduktorlar haqida umumiy maʼlumot. Uzatmani kinematikasi. planetar uzatmani hisoblash: Planetar uzatmalarning tuzilishi, turlari, kinematik sxemalari. Planetar uzatmalarning afzalliklari va kamchiliklari. Planetar uzatmalarning hisoblash usullari.
  • Val va o’qlar. Ularni hisoblash: Val va oʻqlarning tuzilishi, vazifasi va ularga qoʻyiladigan talablar. Vallarni mustaxkamlikka hisoblashning taxminiy va aniq usullari. Vallarning bikrligi va vibrobardoshligini hisoblash.
  • Muftalar. Muftalar haqida asosiy tushunchalar va ularning turlari: Muftalarning vazifasi, turlari (doimiy, boshqariladigan, avtomatik). Muftalarning konstruktiv tuzilishi va ularni tanlash mezonlari.
  • Podshipniklar: Dumalash va sirpanish podshipniklarining tuzilishi, turlari, afzalliklari va kamchiliklari. Podshipniklarni tanlash va hisoblash asoslari.
  • Detallarni kerakli o’lchamda tayyorlash va standartlash asoslari. Detallarning sirt tozaligi va geometrik formasining aniqligi: Standartlashtirish, oʻzaro almashuvchanlik tushunchalari. Detallarni tayyorlash uchun talablar, sirt tozaligi va geometrik forma aniqligi. Mashinasozlikda standartlashning ahamiyati.
  • Birikmalar. Ajralmaydigan birikmalar. parchin mixli birikmalar va ularni hisoblash. payvand birikmalar: Birikmalarning turlari (ajraladigan va ajralmaydigan). Ajralmaydigan birikmalar (kavsharli, payvandli) va ularning hisoblash usullari. Parchin mixlar va payvand birikmalarning afzalliklari va kamchiliklari.
  • Ajraladigan birikmalar. Rezbali birikmalar. Ularni mustahkamlikka hisoblash: Ajraladigan birikmalar, rezbali birikmalar va ularning turlari. Rezba elementlari, ularni hisoblash usullari. Boltli birikmalarning mustaxkamlikka hisoblash.
  • Shponkali va shlistali birikmalar: Shponkali va shlistali birikmalarning tuzilishi, turlari, afzalliklari va kamchiliklari. Ularni hisoblash usullari.