Oziq-ovqat korxonalari umumiy va maxsus jihozlari

Ushbu uslubiy qo'llanma Toshkent kimyo-texnologiya instituti «Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi» fakulteti «GSMT» yo’nalishidagi IV kurs bakalavr talabalari uchun «Go’sht – sut sanoati korxonalari jihozlari» fanidan amaliy mashg’ulotlarni bajarishga mo’ljallangan. Amaliy mashg’ulotlar ishchi o’quv rejasi asosida to’plangan bo’lib, «Go’sht – sut sanoati korxonalari jihozlari» fani bo’yicha «Go’sht – sut mahsulotlari texnologiyasi» mutaxassiligida ta’lim oluvchi bakalavriatura talabalari uchun IV kursda o’qitiladi.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Dunyo miqyosida so’nggi yillarda amalga oshirilgan tadbirlar natijasida tuyoqlilar va parranda go’shtini, sutni qayta ishlash korxonalarining texnik jihozlanish darajasi, jumladan qo’l mehnatining mexanizatsiyalanishi sezilarli darajada yaxshilandi. Mexanizatsiyalashgan teri shilish jarayonining salmog’i keskin oshdi, qora molni elektr toki yordamida hushsizlantirish joriy etildi. Mol va parranda ichki qism a’zolarini qayta ishlash, go’shtni turli qismlarga ajratish uchun konveyerlar, suyaklarni kesish uchun elektr arralar ishlab chiqildi va ishlab chiqarishga joriy etildi. Chorva mollarini va parrandalarni so’yish jarayonlari to’liq konveyerlashtirilgan. Bunda asosan osma konveyer liniyalari qo’llanilmoqda. Barcha submahsulotlarining 40%-ga yaqini mexanizatsiyalashgan liniyalarda qayta ishlanadi. Barcha turdagi hayvonlarni ichaklariga ishlov berish to’liq mexanizatsiyalashgan. Ozuqaviy chorva mol yog’ini ishlab chiqarish uchun AVJ, Titan, De-Laval liniyalari mavjud. Unda zamonaviy qozon va avtoklavlar, separatorlar ishlatiladi. Ayrim korxonalarda suyakdan yog’ ajratib olishning sovuq usulidan foydalaniladi, ikkilamchi xom ashyodan yog’ gidroliz usulida ajratib olinadi. Terini konservatsiyalash uchun uzluksiz ishlovchi qarama-qarshi aylanadigan shnekli barabanlar, terini qoldiq et go’sht va yog’dan tozalash mashinalari ishlatiladi. Texnik xomashyodan quritilgan mol ozuqasi ishlab chiqarish borasida katta o’zgarishlar ro’y berdi. Unda bloutank, tegirmon, quritgich, vakuum-gorizontal qozon kabi uskunalar miqdori ko’payishi bilan birgalikda konstruktsiya yaratuvchi tashkilotlar faoliyati evaziga kichik va o’rta korxonalar uchun mo’ljallangan mexanizatsiyalashgan liniyalar yaratilgan. Kolbasa va pazandalik, sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarish sohasining texnik jihozlanishi keskin rivojlandi. Go’shtni suyakdan ajratish va lahmlash jarayonlari mexanizatsiyalashgan va yangi konstruktsiyali go’sht maydalash mashinalari, kutterlar, vakuum-aralashtirgichlar, uzluksiz ishlovchi shpritslar, rezervuarlar, issiqlik almashinish uskunalari, frizerlarning turi va soni ko’paydi. Kolbasa, sosiska, sardelka, chuchvara ishlab chiqarish uchun mexanizatsiyalashgan liniyalar ishlab chiqarishga joriy etildi.
  • Amaliy mashg'ulot №1: Konveyersiz va konveyer osma yo'llarning asosiy texnik parametrlarni hisob - kitobi: Texnologik operatsiyalar o’tkaziladigan konveyersiz osma yo’lning umumiy uzunligi quyidagi ifoda orqali hisoblanadi L = 1,2 ⋅ (A ⋅ T / 60) ⋅ l, m. bunda L –ishcha qism uzunligi, m; A-ushbu bo’lim unumdorligi; T texnologik jarayonlar davomiyligi, min.; l -liniyadagi ishlov berilayotgan mahsulot birliklari oralig’idagi masofa, m; 1,2 -osma yo’lga mahsulot kelishi notekisligini hisobga olish koeffitsienti.
  • Amaliy mashg'ulot №2: Osma yo'lda chorva mollarini qayta ishlash jihozlari: Chorva mollarni mexanizatsiyalashgan yoki konveyersiz osma yo’llarda qayta ishlashda go’shtni harakatlantirish qurilmalaridan tashqari texnologik operatsiyalarni (chorva mollar haydab keltirish, hushsizlantirish, osma yo’lga ko’tarish, ozuqaviy va texnik qonni yig’ish, osma yo’ldan tushirish, terini ochish) bajarish uchun go’sht kombinatlarida turli mashina va mexanizmlardan foydalaniladi. Chorva mollarni so’yishga tayyorlash jihozlari: Chorva mollarni qayta ishlash joyiga korpus dyuralyuminli, uchida latun kontaktli plastmassa cho’pdan iborat elektr haydagich yordamida haydab keltiriladi. Haydagich korpusida akkumulyator batareyasi, yuqori chastotali kichik quvvatli generator (tok uzgich) va bir polyusli o’chirgich joylashtirilgan. Hayvonga elektr haydagich kontakti tegiziladi va akkumulyatordan kuchlanish berish tugmasi bosib ulanadi. Bu vaqtda induktsion katushkada yuqori kuchlanishli tok (1500-3000 V) hosil bo’ladi. Hayvon zararsiz, ammo uni yurgizuvchi kichik quvvatli elektr razryadi oladi. Elektr haydagich vazni (og’irligi) 1 kg, uzunligi 700 mm, tokning boshlang’ich kuchlanishi 6 V. SHoxli yirik mol va cho’chqa hushsizlantirish uchun elektr haydagich yordamida boksga haydab boriladi. Boks. Boks yoki hayvonni hushsizlantirish vaqtida bog’lash moslamasi hayvonni joylashtirish kamerasi va yuritma mexanizmidan iborat.
  • Amaliy mashg'ulot №3: Terini shilish va unga ishlov berish jihozlari: Go’sht kombinatlarida hayvonni qayta ishlash texnologik jarayonlarida teri shilish asosiy va murakkab jarayonlardan biri hisoblanadi. Teri shilishni bajarish sifatiga go’sht tanasining tovar ko’rinishi va uning chiqish miqdori, yog’ chiqish miqdori va terining sifati ham bog’liq. Hozirgi vaqtda go’sht kombinatlarida barcha hayvonlar terisini mexanik usulda tanadan shilishning mexanik jihozlaridan foydalaniladi, natijada ish unumdorligi oshadi, ishlov berish sifati yaxshilanadi. Teri osti qatlamini buzish va terini mexanik usulda shilish keng tarqalgan. Teri osti qatlamini pichoq yordamida, qo’l yoki biror moslamadan foydalanib, terini tanadan kesib ajratish unumdorlikni kamayishiga va teri zaralanishiga olib keladi. Teri shilishning boshqa usullari (gidromexanik, pnevmatik, kimyoviy, issiqlik yordamida) uskunalar nisbatan murakkab bo’lganligi uchun keng tarqalmagan. Terini tanadan kuch bilan ajratib olish usuli terini teri osti muskullari qarshiligidan kattaroq, o’zgarmas kuch bilan tortib turish hisobiga ajratib olinadi. Tana qismlarining teri osti qatlami mustahkamligi bir xil bo’lgan joyida terini hohlagan yo’nalishda shilish mumkin, teri ostidagi go’sht bilan mustahkam birikkan joyda esa terini mexanik usulda shilish, to’qimalarga perpendikulyar yo’nalishda olib borish tavsiya etiladi. Terini tanadan shilib olish qarshiligi hayvonning turi, jinsi, semizligi, yoshi hamda teri shilishinishi yo’nalishiga bog’liq. A.I.Peleev terini tortish usulida shilish vaqtida shilishga bo’lgan qarshilikni hisoblash uchun quyidagi ifodani taklif etgan: P = υ ln v+8,294 / a2 cos a - S0, N bunda υ -terini tanadan ajratish tezligi, m/min,a–terini ajratish burchagi, grad, So–tana yalang’ochlanish perimetri, m.
  • Amaliy mashg'ulot №4: Ichaklarga ishlov berish jihozlari: Ichaklar qayta ishlashga yo’g’on va ingichka ichak, qizil o’ngach, siydik pufagi, cho’chqada esa oshqozondan tashkil topgan komplektda keladi. Ichak komplektlari stol ustida qo’lda qismlarga ajratiladi. Ichaklarga keyingi bosqichda mexanik ishlov berish operatsiyasi ularni ichidagi ozuqa qoldiqlaridan bo’shatish, tashqi qismini yog’sizlantirish (penzelovkalash) va ichki shilimshiq moddani yo’qotishdan (shlyamovka) iborat. Oraliqdagi yordamchi operatsiyalar (ivitish, suv yordamida ichakni ag’darish, sovutish, navlash, to’qish va bog’lash) qo’lda amalga oshiriladi. Ichakka ishlov berish mashinalari, operatsiyalar bo’yicha texnologik ketma ketlikka rioya qilgan holda o’rnatiladi. Texnologik ketma-ketlik ishlov berilayotgan ichak turiga bog’liq. SHoxli yirik mol ichaklarining ichidagilari bo’shatilgach, avval tashqi yuzasiga ishlov beriladi, so’ngra esa ag’dariladi. CHo’chqa va shoxli kichik mol ichaklari ag’darilmaydi, har ikkala tomoniga birdaniga ishlov beriladi. Buning uchun turli konstruktsiyali mashinalar ishlatiladi. Ular o’zaro transport qurilmalari, sig’imlar va stollar ishtirokida birlashtiriladi. Natijada hozirgi vaqtda keng tarqalgan mexanizatsiyalashgan oqim liniyalari hosil qilinadi. Kichik va o’rta go’sht kombinatlarida ichakka ishlov berish uchun alohida mashinalar yoki mashinalar guruhi o’rnatiladi. Barcha turdagi hayvonlarni ichak komplektini qismlarga bo’lgach birinchi operatsiya - ular ichidagisini bo’shatish va siqish – siqish valtslarida amalga oshiriladi.
  • Amaliy mashg'ulot №5: Go’sht kesish mashinalari: Go’sht va go’sht mahsulotlarini kesish yordamida maydalash turli konstruktsiya mashinalarida amalga oshiriladi. Ulardan eng keng tarqalgani volchok (go’sht kesgich), kutter va shpik kesuvchi mashinalar deb ataladi. Bu mashinalar yordamida go’sht va shpik maydalanadi, kolbasa, kotlet, chuchvara va boshqa mahsulotlari ishlab chiqarish uchun farshga aylantiriladi. Kutterlar: Kutter ham go’shtini qayta ishlash korxonalarida keng tarqalgan mashinalardan biri. U qiymani qaynatilgan kolbasa, sosiska, sardelkalar hamda liver kolbasalar qiymani yakuniy mayin ko’rinishda maydalash uchun ishlatiladi. Go’shtni kutterda mayin maydalash va uni gomogen massaga aylantirish go’shtni vertikal o’q atrofida aylanuvchi cho’yan tog’orada tez aylanuvchan o’roq shaklli pichoqlar yordamida kesish orqali amalga oshiriladi. Kutterlar davriy va uzluksiz ishlovchi bo’ladi. Ular o’zaro go’sht solinadigan tog’ora sig’imi, pichoq o’rnatilgan vallar soni, pichoq konstruktsiyasi va aylanish tezligi hamda farshni tog’oradan ag’darish usuli bilan farq qiladi. Kutterda maydalanadigan go’sht dastlab volchokdan o’tqaliladi. Tog’orasining hajmi 120 l -ga teng kutterlar ishlab chiqarishda keng tarqalgan. FKCH-120 kutteri. Kutter (9-rasm) quyma cho’yan stanina 1 va uning ichiga o’rnatilgan yuritish mexanizmidan iborat.
  • Amaliy mashg'ulot №6: Markazdan qochirma nasos: Ishdan maqsad. Markazdan qochirma nasosning tuzilishini esga olish, uni qismlarga ajratish va yig’ishni o’rganish. Jihozlar va asboblar. NMU-6 markazdan qochirma universal sut nasosi, gayka buraydigan va maxsus kalitlar, otvyortkalar, bolg’a, plakatlar, ishlatishga oid instruktsiya. Ishni bajarish tartibi. Nasos (1- rasm) ko’zdan kechiriladi. 1 – himoya kojuxi,2 – flanets, 3– shponka, 4– qisish qurilmasi, 5 – korpuski mahkamlash gaykasi, 6–oboyma, 7– nasos korpusi, 8–kurak, 9–halqa, 10–qopqoq, 11– torets zichlagich, 12–torets shayba, 13–val uchligi, 14 – teskari klapan, 15–patruboch, 16– bosim patrubogini; mahkamlash gaykasi. Nasos korpusi 7 elektr dvigatelga mahkamlanadi, so’rish va haydash patruboklari 15 ga e’tibor beriladi. Nasos qismlarga ajratiladi. Uning asosiy uzellari va har bir konstruktiv elementining vazifasi bilan tanishiladi. Uchlik elektr dvigateli vali bilan qanday biriktirilganligiga e’tibor beriladi. Nasosning ish printsipi o’rganiladi. Sutni vakuum idishdan vaqt-vaqtida so’rib chiqarishda klapanning roli aniqlanadi. Markazdan qochirma nasos yig’iladi va qismlarga ajratiladi: a) elektr dvigatel valiga nasos detallarini montaj qilish uchun uchlik o’rnatiladi. Uchlik shponka vositasida elektr dvigatel valiga mahkamlanadi. Uchlikka prujina, oboyma va grafit salnik kiygiziladi. Nasosning qanday zichlanishi aniqlanadi; b) nasos korpusi elektr dvigatelga mahkamlanadi. Val uchligiga nasosning ish kuragi o’rnatiladi. Qopqoqning qayrilgan chetiga zichlash halqasi qo’yiladi. Qopqoq ikkita tashlama qisqich bilan korpusga mahkamlanadi. Birikmalarning zichligiga e’tibor beriladi; v) teskari klapan haydash patrubogiga qo’yiladi va nasos sut liniyasiga biriktiriladi. Nasos teskari tartibda qismlarga ajratiladi.
  • Amaliy mashg'ulot №7: OSP-ZM separatori: Ishdan maqsad. Separator tuzilishini takrorlash, uning ishlash printsipini esga olish, separatorni qismlarga ajratish va yig’ishni o’rganib olish. Jihozlar va asboblar. OSP-3M separator-qaymoq aj-ratkichi, gayka kalitlari va maxsus kalitlar, otvyortka, plakatlar, ishlatishga doir instruktsiya. Ishni o’tkazishtart i b i. OSP-ZM separatorini ko’zdan kechirshi(2-rasm). Uning konstruktsiyasidan baraban kojuxi, 1, yuritma 2, stanina 3topiladi. Gaykani burab chiqarib, qabul qilish-chiqarish qurilmasi 4va baraban kojuxi olinadi. Barabanning detallarini ko’zdan kechirib uning barcha elementlari vazifasi bilib olinadi. Separator barabanida sut, yog’i olingan sut va qaymoqning harakatlanish yo’li ko’zdan kechiriladi. YOg’i olingan sut va qaymoqni separator barabanidan chiqarish qurilmasi konstruktsiyasiga e’tibor beriladi. Baraban detallarining germetik biriktirilishini ta’minlovchi elementlar konstruktsiyasi o’rganiladi. Barabanning barcha detallari tozalab yuviladi va quritiladi.
  • Amaliy mashg'ulot №8: 001-U10 tipidagi avtomatlashtirilgan, plastinkali sut sovitish ustanovkasi: Ishdan maqsad. Ustanovkaning konstruktsiyasi va ishlash printsipini o’rganish, uni qismlarga ajratish va yig’ishni, ishga tayyorlashni, ishlatish jarayonida xizmat ko’rsatishni o’rganib olish. Jihozlar, priborlar va asboblar. 001-U10 sut sovitish ustanovkasi, rezervuar termos, sut nasosi, bo’linmasining qiymati 0,1 0S li, 0 dan 500S gacha bo’lgan temperaturani o’lchaydigan termometrlar, o’lchov idishlari, sarf o’lchagich, VTSP–25 tarozilari, sekundomerlar, ishlatishga doir instruktsiya, plastinkali apparatni joylashtirish sxemasi, plakatlar, sle-sarlik asboblari komplekti, NT 87.00 kaliti, 78-BTSS yelimi, «galosha» benzini, prokat rolik, nitrat kislota, soda. Ishni bajarish tartibi. Ustanovkaning vazifasi, undan qanday komplekslarda foydalanish mumkinligi esga olinadi. Sovitish jarayoni yupqa qatlamli yopiq oqimda yuz berishiga, jarayon avtomatik rostlanib turishiga, bu esa yaxshi sanitariya-gigiena sharoitlarini ta’minlashiga va yaxshi sovimagan sutning chiqishiga imkon bermasligiga e’tibor qaratiladi. U qanaqa komplektatsiya bilan yetkazib berilishi va qanday sovitish ustanovkalari bilan ishlay olishi, bunda qanday oraliq sovuq eltkichlardan foydalanilishi bilib olinadi. Ustanovkani ko’zdan kechirish (8-rasm). Uning konstruktsiyasidan plastinkali apparat 1, kontrol-o’lchash priborlari va regulyatorlari bor boshqarish pulti. 2, rostlash klapani 4topiladi. Plastinkali apparat konstruktsiyasi tushunib olinadi.
  • Amaliy mashg'ulot №9: RPO sut rezervuari–sovitkichi: Ishdan maqsad. Sut rezervuari-sovitkichi tuzilishini takrorlash, uning ayrim uzellarini qismlarga ajratish va yig’ishni, buzuqliklarini bartaraf etishni hamda texnik xizmat ko’rsatishni o’rganib olish. Jihozlar, priborlar va asboblar. RPO rezervuar-sovitkichi, slesarlik asboblari komplekti, cho’tkalar, «Dezmol» yuvish kukuni, plakatlar, ishlatishga doir instruktsiya. Ishni bajarish tartibi. Instruktsiyadan rezervuarning texnik xarakteristikasi qarab chiqiladi. Mazkur rezervuar-sovitkichlar uchun sovuqlik manbai sifatida suv bilan sovituvchi ustanovkadan foydalanish tavsiya etilib, u havoning temperaturasi 25 0S bo’lganda sut temperaturasini 4 0S gacha pasaytirishiga e’tibor beriladi. Rezervuarni ko’zdan kechirish (10-rasm). Uning konstruktsiyasidan sut vannasi 10, qopqoqlar 4va 7, elektr yuritmali aralashtirgich 13, yuvish qurilmasi, o’lchov lineykasi 14, tashlab yuborish qurilmasi, tashlagich 3, boshqarish shkafi 9topiladi. Rezervuarni oqar suv bilan sovituvchi mashina 3 ga (11-rasm) tutashtirish sxemasi tushunib olinadi.
  • Amaliy mashg'ulot №10: Uzoq muddat pasterizatsiyalash vannasi: Ishdan maqsad. Uzoq muddat pasterizatsiyalash vannasi tuzilishini takrorlash va uning ishlash printsipini esga olish. Jihozlar va asboblar. G6–OPA–600 vannasi, gayka kalitlari va maxsus kalitlar, termometrlar, ishlatishga doir instruktsiya, plakatlar. Ishni bajarish tartibi. 1. Vannaning ichki rezervuari (14-rasm) va uning tubi ko’zdan kechiriladi. Rezervuardan sutning to’kilishiga uning nishabligi qanday ta’sir qilishi bilib olinadi. 2. Aralashtirgich 4ni va uning yuritmasi 6ni o’rganib, kuraklarining konstruktsiyasiga va aralashtirgichning rezervuardagi holatiga e’tibor beriladi. Aralashtirgichning aylanish chastotasi qanday omillarga bog’liqligi tekshiriladi. 3. Bug’ qurilmasining kollektori 8, shuningdek kollektorga bug’ va sovituvchi suv keltirish sxemasi o’rganiladi. Quyish trubasi va to’kish shtutserining vazifasi bilib olinadi. 4. Ichki rezervuar va g’ilof suv bilan to’ldiriladi. Suv temperaturasi o’lchab ko’riladi. Bug’ ventilini ochib, aralashtirgich ishga tushiriladi. 5. Sekundomerga qarab rezervuardagi suvning boshlang’ich temperaturasi 85 0S gacha isishiga ketadigan vaqt aniqlanadi. 6.Bug’ ventilini berkitib, g’ilofga sovituvchi suv beriladi va sekundomer ishga tushiriladi. Rezervuardagi issiq eltkich sovituvchi suv temperaturasidan 2–3 0 ortiq temperaturagacha sovitiladi. Bunga ketadigan vaqt aniqlanadi. 7. Bir xil miqdordagi suyuqlikning isish va sovish vaqti solishtiriladi. Olingan natijalar taxlil qilinadi.