бAkustika bo‘limida tovush hodisalarini o‘qitish metodikasi

Ushbu bitiruv malakaviy ishida tovush hodisalari, akustika tarmoqlari va ularning qoʻllanilishi o'rganildi. "Akustika bo'limida tovush hodisalarini o'qitish metodikasi” mavzusini o'qitishda pedagogik texnologiyalarning o'rni tahlil etildi va mazmun mohiyati ochib berildi. Mavzu yangi ma'lumotlar bilan boyitildi. Akademik litseylarda akustika bo'limida "Tovush hodisalari” mavzusi chuqurroq tahlil etildi va ushbu mavzudan ma'ruza va laboratoriya mashg'ulotlar jarayonida zamonaviy pedagogik hamda axborot texnologiyalarni qoʻllash natijasida o'quvchilarning mavzu materiallarini yaxshi oʻzlashtirishiga erishish mumkin ekanligi koʻrsatildi. Akademik litseylar fizika kursining «Mexanik va tovush to'lqinlari. Ultratovushlar» mavzusi yuzasidan zamonaviy pedagogik tehnologiyalardan foydalangan holda dars ishlanmasi tuzildi. Ushbu metodik ishlanmada dars jarayonida oʻquvchilarni mikroguruhlarda ishlashga o'rgatish ularda ilmiy dunyoqashni kuchaytirishi, o'z fikrlarini jamoada asoslashga o'rgatish ularning bilimini oshirishda yaxshi natija berishi asoslandi, hamda mashg'ulotlarda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan tadbiq etish o'quvchilarning faolligi oshishi, ularni oʻz-oʻzini boshqarish, hamkorlikda ishlash ko'nikmalarini kuchaytirishi koʻrsatib berildi.

Asosiy mavzular

  • Tovush tabiati, tovush hodisalari, Akustika tarmoqlari va uning qo'llanilishi: Olam turli-tuman tovushlarga to'la: soatning chiqillashi va motorlarning guvillashi, barglarning shildirashi va shamolning uvillashi, qushlar navosi va odamlar ovozi. Tovush nima va u qanday yuzaga keladi? Bu haqida odamlar qadimdan o'ylay boshlaganlar. Masalan, ular tovushlar havoda titrayotgan jismlardan chiqayotganini sezganlar. Qadimgi yunon faylasufi va entsiklopedist olimi Aristotel kuzatishlarga asoslanib, tovushning tabiatini to'g'ri tushuntirib bergan: u tovush chiqarayotgan jism galma-gal havoning siqilishini va siyraklashishini vujudga keltiradi deb hisoblagan. Masalan, tebranayotgan tor havoni goh zichlaydi, goh siyraklaydi, havonning elastikligi tufayli esa bu ketma-ket bo'ladigan ta'sirlar fazoda qatlamdan-qatlamga uzatiladi, elastik to'lqinlar yuzaga keladi. Bizning qulog'imizga yetib kelgan, ular kulon pardasiga ta'sir qilib, tovush sezgisini uyg'otadi.
  • Akustika bo'limida tovush hodisalarini o'qitish metodikasi: Bu mavzu akustik hodisalarning o'qitish metodikasiga bag'ishlanadi. Unda tovushning tabiati, tovush hodisalari, akustika tarmoqlari, ultratovushlar va ulardan foydalanish kabi mavzular chuqur o'rganilgan. Pedagogik texnologiyalar va zamonaviy o'qitish usullari ko'rib chiqilgan.
  • Mexanik va tovush to'lqinlari. Ultratovushlar mavzusi yuzasidan dars ishlanmasi: Ushbu dars ishlanmasi mexanik va tovush to'lqinlari, ultratovushlar mavzusini chuqur o'rganishga qaratilgan. Zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali o'quvchilarning mavzuni yaxshi o'zlashtirishlari ko'zda tutilgan.