Elektr va magnetizm kursining elektrostatika bo’limini noan’anaviy o’qitish metodikasi
Ushbu bitiruv malakaviy ishi «Elektr va magnetizm» kursining «Elektrostatika» bo'limini noan'anaviy o'qitish metodikasiga bag'ishlangan. Unda «Elektr va magnetizm» kursining «Elektrostatika» bo'limidan «Elektr zaryadining xossalari» mavzusida ma'ruza mashg'ulotining ta'lim texnologiyasi modeli va texnologik xaritasi, «Elektroststik maydonning kuch xarakteristikasi» mavzusida amaliy mashg'ulotining ta'lim texnologiyasi modeli va texnologik xaritasi tuzilgan. Shuningdek, mavzular bo'yicha talabalar bilimini faollashtiruvchi savollar va testlar tayyorlangan hamda organayzerlar tuzilgan. Ishda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun «Elektr maydonda o'tkazgich va dielektriklar. O'tkazgichning elektr sig'imi. Kondensatorlar» mavzusi bo'yicha ta'lim texnologiyasiga asoslangan dars ishlanmasi ham keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish: Ushbu bo'limda mavzuning dolzarbligi, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, tadqiqot obyekti va predmeti, himoya qilinadigan asosiy qoidalar, bitiruv malakaviy ishining tuzilishi haqida ma'lumot berilgan.
- I-bob. TA'LIM TIZIMIDA QO'LLANILADIGAN NOAN'ANAVIY TA'LIM USULLARINING TURLARI VA AHAMIYATI: Bu bobda ta'lim tizimida noan'anaviy ta'limning tushunchasi, usullari, ularning ahamiyati, noan'anaviy ta'limning o'ziga xos xususiyatlari, an'anaviy ta'limdan farqi, noan'anaviy ta'limning turlari (hamkorlikda o'rganish, modellashtirish, tadqiqot), ulardan foydalanishning ahamiyati va uslublariga to'xtalib o'tilgan.
- II-BOB. «ELEKTR VA MAGNETIZM» KURSINING ELEKTROSTATIKA BO'LIMINI O'QITISH METODIKASI: Ushbu bobda «Elektr va magnetizm» kursi va uning «Elektrostatika» bo'limining o'ziga xos jihatlari, bo'limni o'qitish metodikasi, ma'ruza va amaliy mashg'ulotlar uchun keys-stadilardan foydalanish, ta'lim texnologiyasi modellari va ularning konseptual asoslari haqida batafsil ma'lumot berilgan.
- XULOSA: Xulosa qismida bitiruv malakaviy ishida bajarilgan ishlar umumlashtirilgan va ushbu ishning ta'lim jarayonini takomillashtirishdagi ahamiyati qayd etilgan.
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI: Bitiruv malakaviy ishini tayyorlashda foydalanilgan adabiyotlar va elektron ta'lim resurslari keltirilgan.