Pleurotus ostreatus замбуруғи асосида фермент олиш технологияси
Mazkur ishda 'Pleurotus ostreatus' zamburug'idan sut chirituvchi ferment olish texnologiyasi asosida ferment ishlab chiqarish texnik-iqtisodiy asoslari va uni avtomatlashtirish tizimi to'liq yoritilgan. Ishda qo'llanilgan asosiy uskunalar, ularning ishlash prinsipi, xom-ashyolar tavsifi, iqtisodiy hisob-kitoblar, mehnatni muhofaza qilish va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga alohida urg'u berilgan. Zamonaviy texnologiyalar, jumladan, avtomatlashtirish tizimlarini qo'llash orqali ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirish yo'llari ko'rsatilgan. Tadqiqot natijasida 'Pleurotus ostreatus' zamburug'idan olingan fermentning tabiiy ximozinga yaqinligi va ushbu texnologiyaning iqtisodiy samaradorligi tasdiqlangan.
Asosiy mavzular
- Kirish: Fermentlar haqida umumiy ma'lumot, ularning ahamiyati va birotexnologiyadagi roli, ferment texnologiyasining rivojlanishi hamda uning istiqbollari haqida qisqacha ma'lumot berilgan.
- I. Nazariy qism: Ishlab chiqarish fizika-kimyosining nazariy asoslari, asosiy texnologiyalar va uskunalar tavsifi, foydalanilgan xom-ashyolar va shu kabi mavzular yoritilgan.
- II. Hisoblash qismi: Ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan yordamchi materiallar, chiqindilardan foydalanish, asosiy uskunani tanlash va uning hisob-kitoblari, mahsulot hisobi va texnologik kimyoviy nazorat kabi masalalar qamrab olingan.
- III. Avtomatlashtirish, mehnat muxofazasi va iqtisodiy qism: Asosiy uskunaning avtomatlashtirilishi, mehnat, fuqaro va atrof-muhit muxofazasi, iqtisodiy qism, xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar kabi mavzularni o'z ichiga oladi.
- Xulosa: Olingan natijalarning umumlashtirilishi, 'Pleurotus ostreatus' zamburug'idan ferment olish texnologiyasining iqtisodiy samaradorligi va istiqbolliligi haqida yakuniy xulosalar berilgan.