Ona tili oʻqitish metodikasi

Ushbu kitob maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni tasviriy faoliyatga o'rgatish metodikasiga bag'ishlangan bo'lib, unda bola tarbiyasining turli jihatlari, jumladan estetik tarbiya, axloqiy tarbiya, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish, harakatlar tizimi va boshqa ko'plab jihatlar atroflicha yoritilgan. Kitobda rasm chizish, loy ishi, applikatsiya, qurish-yasash kabi turli tasviriy faoliyat turlari, ularning usullari va metodlari, shuningdek, maktabgacha ta'lim muassasalarida ushbu faoliyatlar bilan ishlashning o'ziga xos jihatlari haqida batafsil ma'lumot berilgan. Kitobda har bir mavzu bo'yicha nazariy va amaliy mashg'ulotlar, shuningdek,Nazorat savollari keltirilgan. Elektron ta'lim resurslari va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati ham mavjud.

Asosiy mavzular

  • Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarni tasviriy faoliyatga o'rgatish metodikasining axamiyati: Maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy faoliyat vositasida bolalarning qobiliyatlari va ijodkorligini rivojlantirish, tasviriy faoliyatning turlari, bolalardagi qobiliyat hamda imkoniyatlarni aniqlab, ularni to'g'ri shakllantirish va yuzaga chiqarish.
  • Tasviriy faoliyatning boshqa faoliyatlar bilan uzaro bog'likligi: Tasviriy faoliyatning boshqa faoliyatlar bilan uzaro bog'likligi, bolalarning tasviriy faoliyatlarining rivojlanish vazifalari (2soat). Ko'rgazmali metod va o'rgatish usullari, naturadan foydalanish, rasmlardan foydalanish, bolalar ishlarini tahlil qilish, og'zaki metod va o'rgatish usullari, suhbat o'rgatish metodi, amaliy metodlar, badiiy adabiyotning obrazlaridan foydalanish.
  • Rasm, loy, qirqib yopishtirish va qurish – yasash ishlarining boshqa mashg’ulotlar va faoliyat turlari bilan bog’likligi: Rasm chizish, loydan buyum yasash vaapplikasiya-bu tasviriy faoliyat turlari bo’lib, ularning asosiy vazifasi-tevarak atrofni obrazli aks ettirish hisoblanadi. Tasviriy faoliyat bolalarning sensor tarbiyasiga, ko’rgazmali, obrazli fikr yuritishga imkon beradi. Tasviriy faoliyat bolalarni ahloqiy tarbiyalaydi.
  • Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni tasviriy faoliyatga o'rgatishda rasm turlari: Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarni tasviriy faoliyatga o'rgatishda rasm turlari. Maktabgacha ta’lim muassasasida alohida predmetlarning rasmini chizishga o'rgatishning vazifalari. Maktabgacha ta’lim muassasasida mazmunli rasm chizishga o'rgatishning vazifalari. Maktabgacha ta’lim muassasasida dekorativ rasm chizishga o'rgatishning vazifalari.
  • Maktabgacha ta’lim muassasalarida applikatsiya ishiga o'rgatishning vazifalari va turlari: Applikatsiya ishiga o'rgatishning asosiy maqsadi–tevarak-atrofdagi borliqni tasavvur qilishda bolalarga yordam berish. Applikatsiya so’zi lotincha so’zdan olingan bo’lib, «joylashtirish» degan ma’noni anglatadi. Applikatsiya tasviriy faoliyatning bir turidir. Applikatsiyada ishlatiladigan ashyo o’ziga xosligi bilan ajraladi. Rang applikatsiyaning ifodalash darajasini oshiruvchi vositadir.
  • Maktabgacha ta’lim muassasalarida loydan buyum yasashga urgatish: Modellashtirish-badiiy ijodiyotning aniq shakli. Bola yaratgan narsanini nafaqat ko'radi, qo'liga oladi, paypaslaydi, kerak bo'lsa o'zgratiradi. Modellashtirishning asosiy asbobi qaychi, qalam, mo'yqalam emas balki qo'ldir. Loy ishida qo'llaniladigan usullar va modellashtirish texnikasi.
  • Maktabgacha ta’lim muassasalarida qurish-yasashga o'rgatish metodlari, turlari: Qurish-yasash mashg'ulotlarini bola rivojlanishidagi ahamiyati. Qurish-yasash materiallarining turlari. Kichik guruhlarda qurish-yasashga o'rgatishning vazifalari. O'rta guruhlarda qurish-yasashga o'rgatishning vazifalari. Katta guruhlarda qurish-yasashga o'rgatishning vazifalari. Maktabga tayyorlov guruhlarda qurish-yasashga o'rgatishning vazifalari.