1-sinf o‘qish kitobidagi «O‘zbеkiston – mеning vatanim» bo‘limi ustida ishlash

Ushbu bitiruv malakaviy ishi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va Oʻrta Maxsus Taʼlim Vazirligi Oʻrta Maxsus Taʼlim Vazirligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon Davlat Universiteti Pedagogika Fakulteti Boshlang'ich va Maktabgacha Ta'lim Metodikasi Kafedrasi tomonidan ishlab chiqilgan davlat ta'lim standartlari hamda o'quv dasturlariga muvofiq ravishda tuzilgan. Uning maqsadi 1-sinf oʻqish kitobidagi «Oʻzbekiston – mening Vatanim» boʻlimidagi she'rlarni oʻquvchilarga oʻrgatish orqali vatanparvarlik tuygʻusini shakllantirish, oʻz Vataniga munosib kishilar qilib tarbiyalash, tafakkurni va nutqni oʻstirish, har tomonlama barkamol shaxslarni tarbiyalash va kamolga etkazishning ilmiy-pedagogik, falsafiy, lisoniy, nutqiy, psixologik tamoyillarini belgilash.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Mamlakatimiz ta'lim-tarbiya tizimini tubdan oʻzgartirish yo'lida olib borilayotgan islohotlarni amalga oshirish va bu borada qabul qilingan hujjatlar mohiyatini keng jamoatchilik tomonidan chuqur anglab olinishiga har tomonlama sharoit yaratish – davlat boshqaruvi, huquqni muhofaza qilish idoralari, ta'lim-tarbiya muassasalari xodimlarining eng dolzarb vazifalari etib belgilanishi. Ta'lim tizimining barcha bo'g'inlarida amalga oshirilayotgan o'zgarishlarning mohiyati va mazmuni jamiyat yangilanishi bilan chambarchas bog'liqdir. Bu o'zgarishlar jararyonida o'sib kelayotga avlodni tarbiyalash, unga ta'lim berish jararyonini sifat jihatdan takomillashtirishni taqoza etmoqda.
  • I bob. Oʻqish darslarining vazifalari: O'qish dasturini tuzishda gʻoyaviy-estetik, mavsumiy, tadrijiy asoslar hisobga olinadi. Shunday qilib, o'quv materiallari bolalarga ta'lim berish, ularni tarbiyalashda muhim boʻlgan borliq haqidagi bilimlar va insoniy munosabatlarni o'z ichiga oladi. Oʻquvchilarni badiiy, adabiy asarlar bilan tanishtirish orqali kitobxonlik madaniyatini tarkib toptirish o'qish dasturlarining tub mohiyatini tashkil etadi. O'tmishda xalqimiz boshidan kechirgan muhim voqea-hodisalar aks ettirilgan asarlarni o'qish orqali oʻquvchilarda o`qish malakalari shakllana boradi. Ona yurt daxlsizligi yoʻlida ajdodlarimiz olib borgan mardonavor kurashlar tarixi haqida hikoya qilingan asarlar bolalarda vatanga muhabbat tuyg'ularini tarbiyalaydi.
  • II bob. Boʻlimdagi she'riy asarlarni oʻrgatish: O'qish kitobini tuzishda shu narsaga e'tibor beriladiki, tuzilayotgan har bir bo'limda o'quvchilarni g'oyaviy, siyosiy, axloqiy tomondan tarbiyalovchi, mehnatga muhabbatni uyg'otuvchi, tabiatni muhofaza qilishga undovchi asarlar asosiy o'rinda turishi kerak. O'qish kitoblariga kiritilgan tabiat va kishilar mehnati haqidagi yuksak badiiy asarlarni o'qib tahlil qilish bilan bolalar o'z bilimlarini borliq haqidagi yangi ma'lumotlar bilan boyitadilar, ularda tabiatga muhabbat tarbiyalanadi, tabiat boyliklariga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga odatlanadilar.
  • III bob. Boshlang'ich sinflarda badiiy asar ustida ishlash: Badiiy matnda boshqa uslub matnlarida bo'lganidek qat'iy mantiq soddalik, tushunarlilik, normativlik kabi qonuniyatlarga to'la-to'kis amal qilinavermaydi. Unga badiiy tasvir vositalaridan unumli foydalaniladi. Ta'sirchanlik birinchi planga ko'tariladi. Ohangdor, jozibador birliklar ko'p qo'llaniladi. Tasvirlanayotgan voqelikda uyg'un bir musiqa ichki bir garmoniya sezilib turadi. Insonni ruhan to'lqinlashtirish, yig'latish, kuldirish, hayolot olamiga yetaklash, o'yga cho'mirish estetik tafakkurini shakllantirish voqea-hodisalarga teran boshqacha nazar bilan boqishga o'rgatish kabi ko'plab imkoniyatlarni o'zida mujassam qilgan bo'ladi.
  • IV bob Bo'limdagi maqol va topishmoq ustida ishlash: Maqollar o'zbek xalq og'zaki badiiy ijodining qadimiy janrlaridan biridir. Ularda xalqimizning duneqarashi, jamiyatga bo'lgan munosabati va axloqiy normasi uz ifodasini topadi. Maqol-mantiqiy mushohada namunasi, odob va axloq koidalarining o'zida jamuljam etgan dono gapdir. Ular qadimdan xalq donishmandligi, aql-idroki, fikr- o'ylarining ifodasi sifatida yashab kelganlar, sinalgan, turmush tasdig'idan o'tgan tushunchalarni ifodalab, unga qanot baxsh etganlar. Maqollarning talim-tarbiyaviy ahamiyati kuchli. U kishilarni ogohlantiradi, maslahat beradi, mehnatni ulug'laydi, illatlarni hajv ostiga olib, fosh etadi.
  • Xulosa: Ushbu bitiruv malakaviy ishni tayyorlash orqali biz o'quvchilarni toʻgʻri talaffuzga, til ma'nolarini to'g'ri anglashga, og'zaki nutqlarining savodli bo'lishiga, Vatanimizning oʻtmishi, buguni va mustaqillik yillaridagi taraqqiyoti, milliy urf-odatlari, borliq va jamiyat haqidagi mavjud bilimlarini yanada boyitishni maqsad qilib oldik. Bu maqsadni amalga oshirishda turli metodlardan va metodik ish turlaridan foydalandik. Ular oʻquvchilarni o'ylashga, izlanishga, xulosalar chiqarishga undaydi, Vatan oldidagi mas'uliyatini, Vatanni sevishva ardoqlash hislarini yanada oshiradi.