Anatomiya II Jild

Ushbu kitob O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tibbiy ta’lim yo‘nalishlari uchun mo‘ljallangan anatomiya darsligidir. Mualliflar tomonidan yaratilgan ushbu darslikda odam organizmining shakli, tuzilishi, uning rivojlanish jarayonini o‘rganadigan fan sifatida anatomiya, uning tibbiyotdagi o‘rni, birinchi bosqichdan boshlab I, II va III semestrlarda o‘qitilishi hamda talabalarga klinik fanlarni oson o‘rganishlari uchun zamin bo‘lish mezonlaridan kelib chiqilgani ta’kidlanadi. Darslik lotin atamalarini xalqaro anatomik terminologiyaga mos ravishda keltirilgan. Kitobning ikkinchi jildida siydik ta’nosil, ichki sekretsiya bezlari, yurak-qon-tomir va nerv tizimlari a’zolari haqidagi ma’lumotlar kiritilgan. Shuningdek, ushbu darslik tibbiyot institutlarining barcha yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan shu sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar ham foydalanishlari mumkin.

Asosiy mavzular

  • GISTOLOGIYA VA EMBRIOLOGIYA: Inson organizmining rivojlanish bosqichlari, hujayra va to'qimalar haqida ma'lumotlar keltirilgan.
  • SIYDIK VA TANOSIL APPARATI: Odam siydik va tanosil a'zolarining tuzilishi, rivojlanishi va vazifalari haqida batafsil ma'lumot berilgan.
  • ENDOKRIN BEZLAR: Organizmdagi endokrin bezlar, ularning tuzilishi, vazifalari va gormonlarning ahamiyati haqida ma'lumotlar berilgan.
  • YURAK VA TOMIRLAR TIZIMI: Yurak va qon tomirlar tizimining tuzilishi, vazifasi va taraqqiyoti, qon aylanish doiralari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
  • NERV TIZIMI HAQIDAGI ILM (NEVROIOGIA): Nerv tizimining tuzilishi, vazifalari, rivojlanishi va markazlari, shuningdek periferik nerv tizimi haqida batafsil ma'lumotlar berilgan.