Mutahasisslikka kirish

Ushbu uslubiy ko'rsatma O'zR OO’MTVning 2018 yil 25 avgustdagi 744-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan “Mutaxassislikka kirish” fanining na'munaviy dasturi talablari asosida ishlab chiqildi. Mazkur uslubiy koʻrsatma oliy o'quv yurtlari Arxivshunoslik ta'lim yoʻnalishining bakalavriat bosqichi talabalari uchun tayyorlangan boʻlib, unda arxivshunoslik ta'lim yo'nalishi o'quv rejasidagi fanlarga oid atamalar bo`yicha bilimlar, ko`nikma va malakalar berish belgilab berilgan. Ushbu uslubiy koʻrsatma Namangan davlat universiteti oʻquv-uslubiy kengashining 2018-yil 28- noyabrdagi 7- sonli yig'ilishida muhokama qilinib, nashrga tavsiya etilgan.

Asosiy mavzular

  • KIRISH: Milliy tarix oʻzining barcha ibratli namunalari bilan milliy mafkuraning muhim tarkibiy qismi boʻlishi kerak. Chunki buyuk ajdodlarimizning hayoti va ijodi o'sib kelayotgan yosh avlod uchun ibrat namunasi, ularni ma'naviy-axloqiy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash manbai hisoblanadi. Xolisona yoritilajak tarix millatning murabbiysiga aylanishi lozim. Oʻzbek xalqi va uning davlatchiligini tarixini xolisona oʻrganishning ilmiy asoslarini shakllantirish, tadqiqotlarni zamonaviy talablar darajasiga ko'tarish, davlatchiligi haqqoniy tarixini tarixiy manbalar asosida oʻrganish, ish yuritish va arxiv ishi sohasida yagona davlat siyosatini olib borish vazifalari belgilangan. Tasviriy va audio materiallar tarixiy manba sifatida. Audiovizual va elektron arxivlar, hujjatlar va avtomatlashtirilgan qidiruv tizimi fanini oʻqitish malakaliy arxivshunos kadrlar tayyorlashga yordam beradi. Mustaqillik yillarida arxivshunos, ish yurtituvchi mutaxassislarni tayyorlashda bir qator amaliy ishlar qilinmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini saqlash va ularda ilmiy-amaliy maqsadlarda foydalanish sifatini oshirishda arxivshunos, ish yurituvchi kadrlarni tayyorlash muhim ahamiyat qasb etadi. Shuningdek, tashkilot, korxona va muassasalarda ish yuritishni tashkil etish, hujjatlarni toʻgʻri rasmiylashtirish va tartibga solishni o'rgatish jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy muammaolarni tartibga solishni ta'minlaydi. Tasviriy va audio materiallar tarixiy manba sifatida. Audiovizual va elektron arxivlar, hujjatlar va avtomatlashtirilgan qidiruv tizimi bilan tanishtirish orqali zamonaviy talablarga javob beruvchi malakali arxivshunos va ish yurituvchi mutaxassislarni tayyorlashga xissa qoʻshishdan iborat. Shuningdek, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ko'rsatib o'tilgan talaba-yoshlarning tarixiy dunyoqarashini boyitish, ularda mustaqil fikrni qaror toptirish, tarixni mukammal darajada bilish, insoniyat sivilizatsiyasining yutuqlaridan va tajribasidan to'la bahramand boʻlish, umuminsoniy qadriyatlarni anglab etishga ko'maklashish va dunyo miqyosida mavjud bo'lgan muammolarning tarixiy ildizlarini izlab topish kabi dolzarb masalalarni oʻrganadi.
  • 1-MAVZU: O'ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI TARIXI: Reja: 1. Tarix fakultetining tashkil topishi va faoliyati. 2. Mustaqillik yillarida fakultetdagi oʻquv va ilmiy jarayonlar. Darsning maqsadi: Talabalarda “Milliy Universitet" to'g'risida tushunchalar hosil qilish. E'tibor bering: XX asrning 20-yillarida Moskva va Leningrad shaharlaridan ilmiy muassasa va oliy oʻquv yurtlari, ular bilan birgalikda yirik olimlar va oʻqituvchilar Toshkentga ko'chirila boshlandi. Ular orasida akademiklar B.D.Grekov, R.V.Vitter, V.V.Struve, Sobiq Ittifoq FA muxbir-a'zolari V.I.Picheta, A.Yu. Yakubovskiy, E.A.Udalsov, professorlar M.V.Nechkina, Sn.Valk, B.E.Shteyn, I.I.Polosin, A.V.Predtechenskiy, N.N.Stepanov, A.I.Anekshteyn, M.V.Lev-chenko, I.P.Petrushevskiy, A.N.Bernshtam, L.V.Voronin, G.A.Knipovich, V.B.Smirnov, dotsentlar A.S.Nifontov, E.D.Chernishevskiy va boshqalar bor edi. Mavzu bo'yicha asosiy adabiyot va manbalarni o'rganib chiqish. Mustaqillik yillarida Universitetning talaba, aspirant va yosh oʻqituvchilarini ta'lim olishlari, stajirovka oʻtashlari va ma'ruza o'qishlari maqsadida Yevropa mamlakatlariga yuborillarini o'rganib chiqish. Qo'llaniladigan ta'lim texnologiyalari: "Aqliy hujum”,” Oʻz-o'zini nazorat”, “Klaster”, “Birgalikda o'rganamiz”, “O'ylang - juftlikda ishlang - fikr almashing" Savollar. 1. Universitetning tashkil topish tarixi?
  • 2-MAVZU: TARIX FAKULTETI: TARIXI VA HOZIRGI FAOLIYATI.: Reja: 1. Tarix fakultetining tashkil topish tarixi. 2. Mustaqillik yillarida tarix fakulteti. 3. Tarix fakultetining aloqalari. Darsning maqsadi: Mutaxassislikka kirish fani, uning shakllanish tarixi, tarixchi mutaxassislarning tayyorlashning o'ziga xos hususiyati, Tarixchi-arxivchi tayyorlashning usullari, Xozirgi kunda Tarix fakultetida tarixchi-arxivchi kadrlarning tayyorlashning zamonaviy texnik vositalar bilan tanishtirishni ko'zda tutadi. E'tibor bering: Fakultetda yosh ilmiy xodimlarni aspirantura orqali tayyorlashga katta e'tibor qaratilmoqda. O'tgan asrning 70-80-yillarida tarix fakultetida 14 aspirant va tadqiqotchilar nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilishgan. Hozirda ham bu ishlar faol davom ettirilmoqda. 90-yillarga kelib, O'zbekiston mustaqillikka erishgach, tarix fakultetidagi ilmiy, oʻquv va ma'naviy-ma'rifiy ishlar ham yangicha ruh, yangicha tarixiy qarashlar asosida qaytadan jonlandi. Ta'lim jarayoni bakalavriat (4 yil) va magistratura (2 yil) asosida tashkil etildi. Magistraturada Oʻzbekiston tarixi, jahon tarixi, arxeologiya, etnologiya, tarixshunoslik va manbashunoslik, xalqaro munosabatlar tarixi, tarixchi-arxivshunos ixtisosliklari boʻyicha mutaxassislar tayyorlana boshlandi. Magistraturadagi ta'lim jarayonlari Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining Tarix, Sharqshunoslik, Oʻzbekiston Markaziy Davlat Arxivi, Oʻzbekiston Kino-foto-fono hujjatlar Markaziy Davlat Arxivi, Oʻzbekmuzey va boshqa ilmiy muassasalar bilan yaqin hamkorlikda yoʻlga qoʻyilgan. 2003-2004 oʻquv yilidan boshlab tarix fakulteti uchun yangi yoʻnalish «Tarixchi-arxivshunos» mutaxassisligi boʻyicha talabalar qabuli boshlandi. Mazkur sohada oʻzbek guruhlari uchun qabul kvotalarining ajratilishi avvalo, sohaga yangi bilm va texnologiyalarni oʻzlashtirgan mutaxassislar zarurligidan kelib chiqqan boʻlsa, ikkinchidan, respublikamizdagi markaziy va mahalliy arxivlarni shu yerlarda yashovchi mahalliy yoshlar bilan ta'minlash tadbirlari rejalashtirilgan. Qo'llaniladigan ta'lim texnologiyalari: “Aqliy hujum”,” Oʻz-o'zini nazorat”, “Klaster”, “Birgalikda o'rganamiz”, “O'ylang - juftlikda ishlang - fikr almashing" Savollar. 1. Qachondan boshlab fakultetda tarixchi mutaxassis tayyorlash boshlangan? 2. Milliy Universitetning Tarix fakultetini tugatgan qaysi mashhur shaxslarni bilasiz? 3. Mustaqillik yillarida arxivchi mutaxassislar qachondan boshlab tayyorlash boshlangan?
  • 3-MAVZU: TARIXCHI-ARXIVSHUNOS MUTAXASSIS TAYYORLASHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATI: Reja: 1. Tarixchi mutaxassis tayyorlashning o'ziga xos hususiyati 2. Arxivchi mutaxassis tayyorlashning o'ziga xos hususiyati Darsning maqsadi: Mutaxassislikka kirish fani, uning shakllanish tarixi, tarixchi mutaxassislarning tayyorlashning o'ziga xos hususiyati, Tarixchi-arxivchi tayyorlashning usullari, Xozirgi kunda Tarix fakultetida tarixchi-arxivchi kadrlarning tayyorlashning zamonaviy texnik vositalar bilan tanishtirishni ko'zda tutadi. E'tibor bering: Fakultetda yosh ilmiy xodimlarni aspirantura orqali tayyorlashga katta e'tibor qaratilmoqda. O'tgan asrning 70-80-yillarida tarix fakultetida 14 aspirant va tadqiqotchilar nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilishgan. Hozirda ham bu ishlar faol davom ettirilmoqda.
  • 4-MAVZU: TARIXIY BIBLIOGRAFIYA VAZIFASI VA TARIX FANLARINI O'RGANISHDAGI O'RNI: Reja: 1. Bibliografiya haqida ma'lumot. 2. Biobliografiya faning tarix bilan bog'liqligi. 3. Bibliografiyani tarix fanida o'rganish. Darsning maqsadi: Talabalarda bibliografiya fani haqida ma'lumotlarni o'rganishni ko'zda tutadi. E'tibor bering: Bibliografiya (yunoncha biblion-kitob va .... grafiya) - matbuot hamda yozuv asarlari haqida axborot tayyorlash va berish hamda ularni ma'lum ijtimoiy maqsadlarda targ'ib qilish bilan shugʻullanadigan ilmiy va amaliy faoliyat sohasi. Bibliografiya mahsulotlari, nazariyasi, tarixi, faoliyatini tashkil etish va uslubiyati bilan shugʻullanadigan fan bibliografiya fani deb ataladi. Bibliografiya taraqqiyotini turli xil bibliografik ma'lumotnoma adabiyotlarini tuzadigan maxsus tashkilotlar (bibliografiya xizmati) tizimi taʼminlaydi. Biografik asarlarga muallif belgisi biografiyasi tasvir qilingan shaxsning familiyasiga qarab beriladi va muallif belgisiga asarni yozuvchining birinchi harfi qo'shiladi. Bu tartib ayrim shaxslarning biografiyalarini polkada bir joyda toʻplashga imkoniyat beradi. Qo'llaniladigan ta'lim texnologiyalari: "Aqliy hujum”,” Oʻz-o'zini nazorat”, “Klaster”, “Birgalikda o'rganamiz”, “O'ylang - juftlikda ishlang - fikr almashing" Savollar. 1. Bibliografiya nima? 2. Jahonning yirik tarixiy bibliografiyalari haqida Internet veb-sahifalaridan ma'lumot toʻplang. 3. Oʻzbekistonda bibliografiyashunoslikning rivoji haqida nimalarni bilasiz?
  • 5-MAVZU: BIOBLIOGRAFIYANING ASOSIY TURLARI: Reja 1. Bibliografiya haqida ma'lumot. 2. Jahonning yirik tarixiy bibliografiyalari. 3. Bibliografiyashunoslik asoslari. Darsning maqsadi: Talabalarda bibliografiya fani haqida ma'lumotlarni o'rganishni ko'zda tutadi. E'tibor bering: Bibliografiya (yunoncha biblion-kitob va grafiya) - matbuot hamda yozuv asarlari haqida axborot tayyorlash va berish hamda ularni ma'lum ijtimoiy maqsadlarda targ'ib qilish bilan shugʻullanadigan ilmiy va amaliy faoliyat sohasi. Bibliografiya mahsulotlari, nazariyasi, tarixi, faoliyatini tashkil etish va uslubiyati bilan shugʻullanadigan fan bibliografiya fani deb ataladi. Bibliografiya taraqqiyotini turli xil bibliografik ma'lumotnoma adabiyotlarini tuzadigan maxsus tashkilotlar (bibliografiya xizmati) tizimi ta'minlaydi. Bibliografiyashunoslik uslubi bibliografik ishda qoʻllaniladigan qoidalarni ishlab chiqadi. eng yangi uslub va texnika vositalarini bibliografik qoʻllanmalar tuzish va bibliografiya xizmati koʻrsatishga tadbiq etadi. Bibliografiyashunoslikning tashkiliy bo'limi vazifasi mamlakatda bibliografiya xizmati tizimini yaratish, rejalashni takomillashtirish, muvofiqlashtirish, bibliograf mehnatini ilmiy tashkil etishdan iborat. Qo'llaniladigan ta'lim texnologiyalari: “Aqliy hujum”,” O'z-o'zini nazorat”, “Klaster”, “Birgalikda o'rganamiz”, “O'ylang - juftlikda ishlang - fikr almashing" Savollar. 1. Bibliografiya nima? 2. Jahonning yirik tarixiy bibliografiyalari haqida Internet veb-sahifalaridan ma'lumot toʻplang. 3. Oʻzbekistonda bibliografiyashunoslikning rivoji haqida nimalarni bilasiz?
  • 6-MAVZU: KUTUBXONALAR VA ULARNING FAOLIYATI: Reja 1. Kutubxonalar tarixi. 2. Kutubxonalarning asosiy vazifalari va adabiyotlarni joylashtirish tartibi. 3. OʻzMU Ilmiy kutubxonasi. 4. Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston milliy kutubxonasi. Darsning maqsadi: Talabalarga yozuvning paydo boʻlishi va hujjatli manbalarni, ayniqsa, qo'lyozma va keyinchalik yozma kitoblarning koʻpayishi kutubxonalarning yuzaga kelishi va rivojlanishi haqida yangi bilim va ko'nikmalar xosil qilishni ko'zda tutadi. E'tibor bering: Yozuvning paydo boʻlishi va hujjatli manbalarni, ayniqsa, qo'lyozma va keyinchalik yozma kitoblarning koʻpayishi kutubxonalarning yuzaga kelishi va rivojlanishiga sharoit yaratdi. Kutubxonalar yozma yodgorliklarni saqlovchi xazina sifatida juda qadimdan paydo boʻlgan. Miloddan avvalgi II ming yillikda sopol bitiklari saqpangan kutubxonalar boʻlgan. Miloddan avvalgi VII asr o'rtalarida Sharqdagi koʻp saroylarda, qadimgi Misr va Rim ibodatxonalari qoshida kutubxonalar boʻlgan. Qadimgi davrdagi kutubxonalarningeng mashhuri Aleksandriya (Iskandariya) kutubxonasidir. XI-XV asrlarda G'arbiy Evropada universitet kutubxonalari tashkil topdi. Uyg'onish davrida gumanizm gʻoyalarining kuchayishi bilan antik qoʻlyozmalarga boʻlgan qiziqish ortdi. Shaharlarda tashkil etilgan kutubxonalardan shaharlik fuqarolar foydalanishgan. Mutlaq monarxiya davrida qator qirollarning kutubxonalari kitoblar saqlanadigan yirik muassasalarga aylana borgan hamda ma'lum shaxslar uchun foydalanishga ruxsat berilgan. Oʻzbekiston hududida miloddan avvalgi I ming yillikning so'nggi asrlarida dastlabki kutubxonalar paydo boʻlgan. Dastlabki kutubxonalar hukmdorlar saroylarida va ibodatxonalarda tashkil etila boshlangan. Turon xalqlari Misr, Eron, Yunoniston va ularga qoʻshni boʻlgan xalqlar bilan yaqin aloqalar oʻrnatgan, o'sha davrdagi mavjud qo'lyozmalar bilan ham tanish boʻlgan. Oʻzbekiston xalqlarining qadimgi yozma yodgorliklari saqlanmagan. Beruniyning xabar berishicha, kitob xazinalari va ularni saqlovchilar turli istilolar davri (VII-IX asrlar)da yo'q qilib yuborilgan. Oʻzbekiston Respublikasida kutubxonaiing ommaviy, ilmiy va maxsus turlari bor. Ommaviy kutubxonalar adabiyotlarni saralash va keng kitobxonlar ommasiga etkazish, faoliyatida turli kitobxonlar guruhlariga mo'ljallangan kitoblarni targ'ib qilish va oʻqishni boshqarishda faol va ta'sirchan usullarni qo'llaydi. Bu guruhga O'zbekiston ma'daniyat va sport ishlar vazirligi tizimidagi shahar va qishloq kutubxonalari, kasaba uyushmalari korxonalardagi kutubxonalari, klublar, madaniyat uylaridagi kutubxonalar kiradi. Qo'llaniladigan ta'lim texnologiyalari: “Aqliy hujum”,” Oʻz-o'zini nazorat”, “Klaster”, “Birgalikda o'rganamiz”, “O'ylang - juftlikda ishlang - fikr almashing" Savollar. 1. Kutubxonalar va ularning ma'naviyathamda madaniyat rivojidagi ahamiyatini koʻrsating. 2. Kutubxonalarda adabiyotlarni joylashtirish tartibi haqida ma'lumot toʻplang. 3. Oʻzbekistondagi yirik ilmiy kutubxonalar tarixiga oid nimalarni bilasiz?
  • 7-MAVZU: ADABIYOTLAR QIDIRISH USLUBI: Reja 1. Qidirish tushunchasi va mohiyati 2. Adabiyotlarni qidirsh usullari 3. Adabiyotlarni topishda yo'l ko'rsatgichlarning o'rni Darsning maqsadi: Talabalarda adabiyotlarni topish ko'nikmalarni shakllantirishni nazarda tutadi. E'tibor bering: Talaba zimmasiga olgan dastlabki vazifalar qatoriga tanlangan mavzu bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni, asarlari hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, farmoyishi, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonuni, qarori yoki o`zgacharoq ifodalaganda mavzuga taalluqli rasmiy adabiyotlar mavjud yoki mavjud emasligini aniqlash kiradi. Keyin tanlangan mavzudan kelib chiqib, mavzuga bevosita yaqin adabiyotlarni o`rganishga kirishiladi. Chunki har bir kurs ishi yozishga kirishgan talaba tanlagan mavzusi bo`yicha mavjud tarixiy adabiyotlar, manbalarni chuqur o`rgangani, keyingi yillarda tarixshunoslik bu borada qanchalik oldinga ketganini yoki oqsayotganini asoslay olishi zarur. Bu o`z navbatida, talabalar tomonidan yoziladigan kurs ishi, o`zining tutgan o`rniga ko`ra, talabaning yuqori darajada nazariy bilimlaridan dalolat berishi zarur. Shuningdek, talaba tanlagan mavzusini yoritishda egallagan tarixiy-nazariy bilimi, voqea va hodisalar, shaxslar hamda tarixiy sanalarga tanqidiy yondashuvini, mavzuga oid adabiyot hamda manbalarni to`plab, ularni har tomonlama tahlil qilib, xolisona fikr bildirishi hamda ilmiy asoslangan xulosa qila olishini ko`rsata bilishi kerak. Qo'llaniladigan ta'lim texnologiyalari: “Aqliy hujum”,” O'z-o'zini nazorat”, “Klaster”, “Birgalikda o'rganamiz”, “O'ylang - juftlikda ishlang - fikr almashing" Savollar. 1. Qidirish bu nima? 2. Katalog bu nima? 3. Yo'l ko'rsatgich haqida nimalarni bilasiz? 4. Kutubxonalarni bo'limlarga bo'lishdan maqsad nima? 5. Arxivlarni fondlarga bo'lish deganda nimani tushunasiz.
  • 16-MAVZU: MALAKAVIY ISH MAVZUSI DOIRASIDA MANBA VA ADABIYOTLARNI QIDIRISH VA TAHLIL QILISH USLUBIYATI: Reja 1. Manba va adabiyotlarni qidirish asoslari 2. Manba va adabiyotlarni qayta ishlash tushunchasi 3. Manba va adabiyotlarni kerakli o'rinlarda foydalanish metodikalari Darsning maqsadi: Talabalarda malakaviy ish mavzusi doirasida manba va adabiyotlarni qidirish va tahlil qilish uslubiyati haqida yangi bilim va ko'nikmalar xosil qilishni ko'zda tutadi. E'tibor bering : Talaba tomonidan tanlangan bitiruv malakaviy ishi mavzusi va unga ilmiy rahbar biriktirilishi to`g`risida rektor buyrug'i chiqqandan keyin bevosita ilmiy tadqiqot ustida ishlash, ya`ni material, manbalar to`plash jarayoni boshlanadi. Bitiruv malakaviy ishini muvaffaqiyatli yakunlashda talabaning yillar davomida olgan nazariy-uslubiy bilimlari, mustaqil ilmiy tadqiqot olib borish ko`nikmasi katta ahamiyatga ega. Bitiruv malakaviy ishini yozishga kirishish uchun eng asosiy vazifalardan biri mavzuga oid umumiy va maxsus adabiyotlarni, ilmiy tadqiqot ishlari, arxiv va qo'lyozma manbalarni etarli darajada yig`ish va ularni qayta ishlab chiqish kerak. Talaba tadqiqot uchun yig`ilgan adabiyotlar va manbalarni o`rganish asosida o`zi layotgan tadqiqot mavzusi yoki unga yaqin qanday ilmiy izlanishlar yoki borilayot-gani to`g`risida ma`lumotlarni ham topish mumkin. Mavzu bo`yicha adabiyotlar, manbalar to`plashga kirishgan talaba o`zi uchun alohida papka tutishi va kutubxonalarda foydalanish uchun maxsus kartochka tayyorlab olishi maqsadga muvofiq. Kartochka namunasi quyidagi tarzda tayyorlanishi mumkin
  • 17-MAVZU: MALAKAVIY ISHNING ILMIY-MA'LUMOTNOΜΑ APPARATI: UNI TUZISH VA TASHKILLASHTIRISH ISHI: Reja 1. Ilmiy-ma'lumotnoma apparati tushunchasi 2. Ilmiy-ma'lumotnoma apparati tuzish 3. Ilmiy-ma'lumotnoma apparati tashkillashtirish ishlari Darsning maqsadi: Talabalarda Ilmiy-ma'lumotnoma apparati tushunchasi haqida yangi bilim va ko'nikmalar xosil qilishni ko'zda tutadi. E'tibor bering : Har qanday ilmiy tadqiqot jarayonida, xususan bitiruv malakaviy ishi bo`yicha ham to`rtta omil (shartli ravishda mualliflar) muvaffaqiyat uchun asos bo`ladi: Ilmiy-tadqiqot mavzusining dolzarbligi va echimi imkoniyati. Tadqiqot mavzusiga oid adabiyot va manbalar, tarixiy materiallarning etarliligi. Talabaning ilmiy tadqiqot olib borishga ko`nikmasi, salohiyati. Ilmiy rahbarning talaba tomonidan olib borilayotgan tadqiqot mavzusi bo`yicha nazariy, uslubiy tushunchalarining kengligi. Demak, bitiruv malakaviy ishi uchun tanlangan mavzu talaba ilmiy tadqiqot ishining muvaffaqiyatli yakun topishida muhim ahamiyatga molik omillardan biri hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishiga mavzu tanlash asoslari talaba uchun amalda 1-2-bosqichlardayoq boshlangan bo`ladi. Chunki talaba dastlabki bosqichlardanoq tarix yo`nalishidagi u yoki bu fanlardan mustaqil ishlar – referat yozish, kurs ishlarini yozishga jalb qilinadi. Boz ustiga tegishli kafedralar, fakultet qoshida faoliyat yuritayotgan ilmiy to`garaklar, talabalar ilmiy jamiyatlarida faol qatnashish, talabalarning fakultet, oliy o`quv yurti, respublika miqyosidagi ilmiy-nazariy anjumanlarida ilmiy axborot va ma`ruzalar bilan ishtiroki bitiruv malakaviy ishi uchun ma`lum darajada ilmiy poydevor bo`lib xizmat qilishi mumkin. Bitiruv malakaviy ishi mavzulari, yuqorida qayd etilganidek, tarixiy yo`nalishdagi tegishli mutaxassis tayyorlovchi kafedralarda talabalar soniga etarli miqdorda 3 yilga etadigan “Mavzular jamg'armasi" ishlab chiqiladi. Kafedrada ishlab chiqilayotgan mavzular Vatanimiz va jahon tarixida o`rganilmagan jabhalarni, qadimgi dunyo, o`rta asrlar, yangi va mustaqillik yillarida tariximizdagi dolzarb, qiziqarli, ahamiyatli hamda istiqbolli mavzularni qamrab olishi kerak. Bitiruv malakaviy ishi uchun ishlab chiqilgan “Mavzular jamg'armasi" dastlab tarix yo`nalishidagi tegishili kafedrada tasdiqlanib, keyin ketma-ketlik asosida fakultet hamda oliy o`quv yurti o`quv-uslubiy va ilmiy kengashlarida muhokamalardan o`tkaziladi. Tegishli tavsiyalar asosida oliy o`quv yurti Ilmiy kengashida tasdiqlanadi. Mutaxassis tayyorlovchi tarix yo`nalishidagi kafedralar tomonidan uch yillik "Mavzular jamg'armasi" 4- kurs talabalariga fanlar bo`yicha o`quv yilining birinchi mashg`ulotlarida e`lon qilinadi va ilmiy ma`lumotlar doskasida “Mavzular ro`yxati” aks etadi.
  • 18-MAVZU: ISHGA QO'SHIMCHA ILOVA: Reja 1. Ishga qo'shimcha ilova 2. Ilova shakillantirishning tartiblari 3. BMIda ilovaning asosiy vazifalari Darsning maqsadi: Talabalarda bitiruv malakaviy ishiga ilova qo'shish haqida yangi bilim va ko'nikmalar xosil qilishni ko'zda tutadi. E'tibor bering : Ilmiy tadqiqotchi o`z oldiga aniq maqsadni qo`yib, uning echimi bo`yicha tegishli tayyorgarlik ishlarini olib borishi kerak. Tayyorgarlik ishlari quyidagi yo`nalishlarda amalga oshgan bo`lishi lozim: mavzuga oid kengaytirilgan ish reja tuzilgan va ilmiy rahbar tasdig`idan o`tgan bo`lishi kerak; mavzuga oid yig`ilgan materiallarni qayta ishlashdan avval, adabiyot va manbalarni saralab, ulardan qaysi biri dastlab va qaysilari keyingi ketma-ketlikda o`rganilishini aniqlab, tizimga solib olish zarur; mavzuga oid tadqiqot materiallarini «manbalar», «adabiyotlar», «hujjatlar» kabi yo`nalishlarda, xronologik ketma-ketlik asosida, muammoli yondashuv bo`yicha, bob, bo`lim va paragraflarga bo`lingan holda, mintaqasiga, tiliga, mualliflariga, kontseptsiyasiga