Suv xo’jaligida elektr ta’minoti
Ushbu kitob "Qishloq va suv xo'jaligida elektr ta'minoti" fani bo'yicha tayyorlangan ma'ruzalar matnidir. Unda elektr ta'minoti tizimlari, elektr energiyasini uzatish va taqsimlash jarayonlari, elektr energiyasi sifatini aniqlash, elektr tarmoqlarining ishonchliligi va himoyasi hamda shu kabi muhim mavzular chuqur yoritilgan. Kitobda qishloq xo'jaligi tarmoqlari uchun elektr energiyasini xisoblash, ularni loyihalash, himoya qilish va boshqarishning nazariy va amaliy jihatlari batafsil bayon etilgan.
Asosiy mavzular
- I bob. Kirish: O‘zbekistonda elektr energiyasining rivojlanishi, ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligini elektr ta’minoti masalalari bayon etiladi.
- II bob. Suv xo‘jalik elektr ta’minoti vazifasi: Elektr energiyasini vazifalari, xo‘jalik iste’molchilarini elektr ta’minotini ishonchliligi va suv xo‘jaligi elektr ta’minotini ishonchligini oshirish choralari ko‘rib chiqiladi.
- III bob. Sirtqi elektr tarmoklarni tuzilishi: Sirtqi elektr tarmoklarni tuzilishi, ularni simlar va kabellarini xisoblash, va ularni aktiv va reaktiv qarshiligi tahlil qilinadi.
- IV bob. Iqtisodiy ko‘rsatmalar asosida elektr tarmoklarni xisobi: Elektr energiyasini uzatish tannarxi va keltirilgan sarflar, elektr tarmokdagi energiyani isrofi va ularni kamaytirish choralari hisoblanadi.
- V bob. Simlar va kabellar asosida xisoblash: Ochiq simlarni qizishi asosida ruxsat etilgan yuklamalar, izolyasiyalangan simlarni qizishi va kabellarni qizishi tahlil qilinadi.
- VI bob. Elektr tarmoklardagi kuchlanishni isrofini xisoblash: Teng yuklangan uch fazali tarmoqlardagi, teng yuklanmagan uch fazali tarmoqlardagi va murakkab liniyalardagi kuchlanishni isrofi hisoblanadi.
- VII bob. Elektr tarmoqlarida qisqa tutashuv toklarini xisoblash va ularni himoya qilish: Qisqa tutashuv tokini hisoblash, va ularni himoya qilishning asosiy usullari tahlil qilinadi.
- VIII bob. Xo‘jalik tarmoqlardagi kuchlanishni rostlash: Qishloq xo‘jalik elektr stansiyalaridagi generatorlarni kuchlanishini rostlash, tarmoqlardagi kuchlanish rostlagichlar va ularni qo‘llanilishi ko‘rib chiqiladi.
- IX bob. Qisqa tutashuv toklar va erga ulanish. Umumiy tushunchalar: Qisqa tutashuv toklarini aniqlash, erga ulanish va ularni himoya qilish sxemalari tahlil qilinadi.
- X bob. Xo‘jalik podstansiyalar: Umumiy tushunchalar, tuman transformator podstansiyalarini yuqori kuchlanish taqsimlash qurilmalarni konstruksiyalari, o‘lchov transformatorlari, elektr apparatlarni tanlash masalalari yoritilgan.
- XI bob. Elektr tarmoq tizimlarini rele himoyasi va avtomatikasi: Rele himoyasi, klassifikatsiyasi, tok himoyasi, kuchlanish relesi, va avtomatik qurilmalarning ishlash prinsiplari tahlil qilinadi.
- XII bob. Rezerv elektrstansiya: Rezerv elektr stansiyalarni quvvatini aniqlash va ularni joylashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi.