МАЛАКА ОШИРИШ КУРСЛАРИ ТИНГЛОВЧИЛАРИ УЧУН «ПЕДАГОГИКАНИНГ ДОЛЗАРБ МАСАЛАЛАРИ» ЎҚУВ МОДУЛИ БЎЙИЧА ЎҚУВ-МАВЗУ РЕЖА, ЎҚУВ ДАСТУРИ ВА МАЪРУЗА МАТНЛАРИ

Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi pedagogika sohasidagi kadrlarning malakasini oshirish institutida ta'lim olayotgan tinglovchilar uchun mo'ljallangan. Unda pedagogika, psixologiya va menejment kafedrasi tomonidan tayyorlangan "Pedagogikaning dolzarb masalalari" o'quv moduli bo'yicha ma'lumotlar, jumladan, o'quv-mavzu rejasi, o'quv dasturi va ma'ruza matnlari keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Pedagogikaning nazariy-metodologik asoslari. Milliy pedagogikaning mohiyati: Pedagogikaning ijtimoiy-siyosiy fan ekanligi, uning umumiy asoslari, qismlari boshqa fanlar bilan o'zaro aloqadorligi masalalari. Markaziy Osiyo allomalari va jahon pedagog olimlarining ta'lim-tarbiyaviy qarashlari.
  • Didaktika. Didaktik tamoyillar va ularning amaliyotda qo'llanilishi: Didaktika haqida tushuncha, uning tadqiqot obyekti va predmeti. Ta'lim-tarbiya jarayonida didaktika fanining vazifalari. Didaktika tamoyillari hamda ularning amaliyotda qo'llanilishi.
  • Pedagogik innovatsiyalar va ularni ta'lim jarayoniga qo'llashda o'qituvchining roli: O'zbekiston Respublikasida ta'lim tizimidagi innovatsion o'zgarishlar. Innovatsiya, innovatsion jarayon, innovatsion ta'lim tushunchalari.
  • Hamkorlik pedagogikasi va uning asosiy masalalari: Hamkorlik pedagogikasi - pedagogika fanining asosiy turlaridan ekanligi. Hamkorlik pedagogikasi va maktab boshqaruvi masalalarining chambarchas bog'liqligi.