Transport vositalarini tuzilishi va nazariyasi

“TRANSPORT VOSITALARINING TUZILISHI VA NAZARIYASI” fani bo’yicha O’QUV-USLUBlY MAJMUA O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Namangan muhandislik-qurilish instituti tomonidan tayyorlangan ushbu o'quv-uslubiy majmua transport vositalarining tuzilishi, ishlash prinsipi, ekspluatatsiya xususiyatlari va havfsizligi hamda ekologik talablari kabi muhim ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. U umumta'lim maktablarida o'qitiladigan avtomobilsozlik va transport vositalarining tuzilishi faniga oid bo'lgan bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirishga yordam beradi.

Asosiy mavzular

  • KIRISH: Fanining maqsad va vazifalari. Avtomobil sanoatining taraqqiy etish tarixi. Avtomobil transportining Respublika ijtimoiy-iqtisodiyoti rivojidagi axamiyati. Tayanch iboralar: Avtomobil sanoatining rivojlanishi bosqichlari, O’zbekistonda avtomobilsozlikning rivojlanish istiqbollari, avtomobil transportining respublika va xalq xo’jaligidagi ahamiyati. Fanni o`qitishdan maqsad talabalarda transport vositalarining tasnifi, tuzilishi,ishlash jarayoni hamda muayyan ekspluatatsion sharoitda effektiv darajada ishlash imkoniyatini aniqlash va uning konstruktsiyasini berilgan sharoitga qay darajada moslashganligini baholash usullari bo`yicha yo`nalish profiliga mos bilim, ko`nikma va malaka shakllantirishdir.Fanning asosiy vazifalari quydagilardan iborat: -avtomobil va ixtisoslatirilgan tranport vositalarining taraqqiyot va istiqbollari, tranport va ixtisoslashtirilgan transport vositalarining taraqqiyot va istiqbollari , transport va ixtisoslashtirilgan vosit alarini turlari, qismlari, uzellari, mexanizmlari, tizimlarning o`zaro joylashuvini bilish; -mexanizm agregatlarining vazifasi, tuzilishi va ishlashini bilish; -avtomobil va ITVning texnik tavsif va o`lchamlari hamda tashqi sharoitning ekspluatatsion xususiyatlariga ta`sirini bilish; Ushbu fan ma`ruza, amaliy va laborotoriya mashgulotlari hamda kurs ishi kabi o`qitish turlaridan iborat.Fanni o`qitish jarayonida zamonaviy yangi pedagogik texnologiyalar, zamonaviy o’zbek avtomobillarining konstruktsiyalari va chet el avtomobillari. EHM, virtul laboratoriyalar, animatsiyali darslik va o`quv qo`llanmalardan foydalanish ko`zda tutilgan.
  • TRANSPORT VOSITASINING UMUMIY TUZILISHI: «Avtomobil» so’zi grekcha «autos»-o’zi va lotincha «mobilis»-harakatlanuvchi so’zlar yig’indisidan tashkil topgan bo’lib «O’zi- harakatlanuvchi» degan ma’noni bildiradi.1996 yilga kelib Andijon viloyatining Asaka shaxrida «O’zDEU avto» avtomobil zavodi to’liq ishga tushirildi. Yiliga 200 mingga yaqin juda oz yonilg’i sarf etadigan ikki turdagi kichik va o’rta, kichik litrajli Tiko va Neksiya rusumli yengil avtomobillar hamda Damas rusumli kichik mikroavtobus ishlab chiqarila boshlandi.Avtomobillar vazifasiga ko’ra yengil, yuk, yo’lovchi maxsus (yong’in o’chiruvchi, sanitariya, avtokran, benzin tashuvchi, suv sepuvchi, qurilish mashinalari va hokazo) ixtisoslashtirilgan (tortqich, un, tsement, beton aralashtirgich, qurilish uchun ferma, uzun trubalarni tashuvchi traktor va ekskovatorlarni tashuvchi) avtomobillarga bo’linadiAvtomobillar vazifasiga ko’ra, transport, maxsus ixtisoslashgan poyga va o’tag’on avtomobillarga bo’linadi.Maxsus avtomobillar ma’lum ishlarni bajarishga imkon beradigan mexanizm-qurilma va uskunalar bilan jixozlangan.Poyga avtomobillari sport avtomobillari bo’lib, avtomobil sport poygasida qatnashish uchun mo’ljallangan.Avtobuslar vazifasiga qarab: shahar atrofida, shahar ichida, shaharlararo, ma’lum joylarga qatnaydigan va umumiy ishlarda foydalaniladigan bo’ladi.
  • Dvigatel: Avtomobil dvigatelini tasnifi, umumiy tushunchalar va asosiy parametrlari.Turli dvigatellarni ishlash prinsiplari, to’rt takli dvigatellar, ikki taktli dvigatellar, rotor porshenli dvigatellar, gaz trubinali dvigatellar.Dvigatelning konstruktsiyalari. Dvigatellarni mexanizm va tizimlari.Tayanch iboralar: Dvigatelning vazifasi, asosiy o’lchamlari, ikki va to’rt taktli porshenli dvigatellarning umumiy tuzilishi, ko’p tsilindrli dvigatellar va ularning ishlash tartibi, rotor va gaz trubinali dvigatellar, ichki yonuv dvigatelarning atrof muhitga ta’siri.Dvigatel yonuvchi ish aralashmaning yonishidan xosil bo’lgan kimyoviy issiqlik energiyani mexanik energiyaga aylantirib beradi va avtomobilni harakatlanishi uchun energiya sarflaydigan mashina. Ichki yonuv dvigateli tuzilishi bo’yicha: porshenli, elektr, gaz turbinali, reaktiv, rotor-porshenli, maxovik, bug’, orbital va stirinling dvigatellar bo’ladi.Zamonaviy avtotransport vositalariga asosan porshenli ichki yonuv dvigatellari o’rnatiladi. Avtomobillarga o’rnatiladigan porshenli ichki yonuv dvigatellari qo’yidagi turlarga bo’linadi:- ishlatiladigan yonilg’i turiga qarab: yengil suyuk yonilg’i - benzinda ishlaydigan yoki siqilgan suyuk gaz bilan ishlaydigan karbyuratorli dvigatellar, og’ir suyuq yonilg’ida ishlaydigan dizel dvigatellari.- yonuvchi aralashma xosil kilish usuliga qarab, tsilindr tashqarisida aralashma xosil qiluvchi karbyuratorli dvigatellar va tsilindr ichida aralashma xosil kiluvchi dizel dvigatellari.- ishchi aralashmaning alangalanish bo’yicha elektr uchkuni bilan alangalanadigan karbyuratorli dvigatellar bilan va siqish natijasida qizigan sof havoga purkalgan yonilg’i zarralari tegib o’z-o’zidan alangalanadigan dizel dvigatellari.
  • KRIVOSHIP-SHATUNLI MEXANIZM (KShM): KSHM tarifi va vazifasi. KSHM konstruktsiyasining tuzilishi va ularning ishlash printsipi. TSilindrlar blokining kallagi, porshen, porshen xalqalari, porshen barmog’i, shatun, tirsakli val, maxovik. Krivoship shatunli mexanizm tsilindrlarda ishchi aralashmaning yonishidan xosil bulgan gaz bosimini porshen orqali qabul qilib, porshenning ilgarilanma qaytma harakatini tirsakli valning aylanma harakatiga aylantirib beradi. Krivoship shatunli mexanizmlarning joylashuv tartibi bo’yicha bir yoki ikki qatorli bo’ladi. Silindrlari ikki qator joylashgan dvigatellarning silindrlari orasidagi burchak 1800 dan kam bo’lsa (900) bu holda ular V-simon dvigatellar (ZIL-130, KamAZ-740, GAZ-53, YaMZ-236, BelAZ, «O’zOtoyo’l», KrAZ avtomobillari) deyiladi va 1800 ga teng bo’lsa, ikki qatorli dvigatellar deyiladi. Bunday dvigatellarning bo’yi va vazni bir qatorli dvigatellarnikiga nisbatan ancha kichik bo’ladi. Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, ko’rgazmali taqdimot, keys, video-animatsiya, muammoli ta’lim. blits, menyu, munozara, o’z o’zini nazorat.
  • GAZ TAQSIMLASH MEXANIZMI (GTM): GTM tarifi, vazifasi va tasnifi. GTM konstruktsiyasining tuzilishi va ularning ishlash printsipi: klapanlar: yo’naltiruvchi vtulka: turtkich: shtanga: koromislo: taqsimlash vali: taqsimlash vali yuritmasi: gidrokompensator. Gaz taqsimlash fazasining tavsifi va diagrammasi. Gaz taqsimlash mexanizimi kiritish jarayonida yonuvchi aralashma (karbyuratorli va gazli dvigatellarda) yoki tozalangan havoni (dizellarda) o’z vaqtida tsilindr ichiga kiritish siqish va ish (kengayish) jarayonlarida esa silindrni tashqi muhitdan cheklab qo’yish hamda chiqarish jarayonida ishlatilgan gazlarni o’z vaqtida tsilindrlardan tashqi muhitga chiqarib yuborish uchun xizmat qiladi. Avtomobil dvigatellariga asosan klapanli gaz taqsimlash mexanizimi o’natiladi. Dvigatelning texnik iqtisodiy ko’rsatgichlari tsilindirga kirgan yonuvchi aralashma yoki havoning hajmiga klapanlarni o’z vaqtida ochilib va yopilishiga, klapanlarning jipsligiga hamda silindrni sifatli tozalanishiga bog’liq bo’ladi. Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, ko’rgazmali taqdimot, keys, video-animatsiya, muammoli ta’lim. blits, menyu, munozara, o’z o’zini nazorat.
  • SOVITISH TIZIMI: Sovitish tizimining tarifi, vazifasi va tasnifi. Sovutish suyuqligi. Sovitish tizimining konstruktsiyasining tuzilishi va ularning ishlash printsipi: radiator: jalyuzi: suyuqlik nasosi: ventilyator: gidromufta: termostat. Dvigatel silindrlarida yonuvchi aralashma yonayotganda, dvigatel qismlari qizib kengayadi, natijada birikmalardagi qismlar tez yeyiladi va qadalib qolishi mumkin, dvigatel bloki qiziydi, unga tegib turgan qistirgichli prokladkalar, rezinali salniklar, elektr simlarining izolyatsiyalari quyib qolishi va taglikdagi moy suyulib uning moylash xususiyati kamayayib ketishi mumkin. Sovutish tizimining turlari. Suyuqlikning harakatlanish usuli bo’yicha termosifon, aralash va majburiy tizimlar mavjud. Termosifon usulida suyuqlikning harakati issiq va sovuq suyuqliklar zichligining farqi tufayli tabiiy ravishda o’tadi. Aralash usulda esa radiatordagi sovutilgan suyuqlik nasos yordamida silindrlarning yuqori qismiga yuboriladi, pastki qismiga esa suyuqlik o’z tabiiy oqimi bilan oqib turadi. Majburiy usulda tizimdagi suyuqlik nasos yordamida uzlo’qsiz harakat qiladi. Zamonaviy avtomobil dvigatellarida aralash yoki majburiy (V-simon dvigatellarda) usul bilan ishlaydigan sovutish tizimlari qo’llaniladi. Sovutish tizimi tuzilishi jihatidan dvigatelni sovutish usuli bo’yicha suyuqlik bilan sovutish va havo bilan sovutish usullari mavjud. Suyuqlik bilan sovutish tizimining umumiy tuzilishi va ishlashi. Suyuqlik bilan sovutish tizimi sovutish g’ilofi, radiator, jalyuz, nasos, termostat, birlashtiruvchi shlang va kalta oraliq naychalaridan iborat bo’lib qo’yidagicha ishlaydi.
  • MOYLASH TIZIMI: Dvigatelning bir-biriga biriktirilgan qismlari katta yuklanishlarda ishqalanib ishlashi ularning yeyilishiga va qizishiga olib keladi. SHuning uchun qismlar orasidagi ishqalanishni kamaytirish ularning sirtlarini sovitish , yeyilish natijasida hosil bo’lgan metal zarrachalarini chikarib tashlash va kismlarni zanglashdan saqlash uchun qism yuzalariga uzlo’qsiz ravishda moy yuborib turish zarur. Bu vazifani dvigatelning moylash tizimi bajaradi.Moylash tizimining ishlashi. Moy nasosi ishlaganda uning g’ilofida hosil bo’lgan havosizlanish tufayli taglikdagi moy moy qabul qilgichdan o’tib nasosga,undan dag’al tozalagichga,undan bosim bilan karterdagi moy ariqchasiga boradi.moy ariqchasi orqali moy tirsakli valning tayanch va shatun bo’yni podshipniklariga,taqsimlash valining tayanch bo’yinlariga va koromislo o’qlariga va porshen barmog’iga bosim bilan borib ularni moylaydi.Qolgan qismlar esa, sachratish va oqizish usuli bilan moylanadi.Mayin tozalagichda tozalangan moy qaytib moy tagligiga quyiladi. Moy harorati belgilangandan ko’tarilib ketsa, kran 5 ni ochib moyni qaytargich klapani 4 orqali sovitish uchun moy radiatoriga yuboriladi,radiatorda sovigan moy qaytib moy tagligiga quyiladi. Moy nasosi harakatini tirsakli valdan yoki taqsimlash validan oladi. Tizimda bosimni ortib ketmasligi uchun nosos va moy tozalagichlar oldig qaytargich klapanlari o’rnatilgan. Moy tagligidagi moy sathini moy o’lchagich bilan aniqlanadi.Tizimdagi moy bosimi manometr 11 va moy haroratini termometr 2 bilan aniqlanadi.Karter tagligidagi moyni to’kish uchun taglikka moy to’kish jo’mragi o’rnatilgan.Tizimdagi moyning bosimi karbyuratorli dvigatelda 3-.5 kg/sm2 va dizellarda 5-7kg/sm2 bo’ladi.
  • BENZINLI DVIGATELLARING TA’MINLASH TIZIMI: Yonilg’i bilan ta’minlash tizimi ma’lum miqdordagi yonilg’ini o’zida saqlash, yonilg’i bilan xavoni tozalash, ularda kerakli tarkibda yonuvchi aralashma tayyorlash, aralashmani tsilindirga kiritish va ishlatilgan gazlarni tashqariga chiqarib yuborish uchun xizmat qiladi.Yonilg’i bilan ta’minlash tizimi uchun avtomobilga qo’yilgan talablar:Karbyuratorli dvigatelda 1.Karbyuratorning salt yurish, 2.Karbyuratorga qo’yilgan talablar. 3.Karbyuratorning tuzilishi, ishlash printsipi va qismlarining vazifalari.
  • DIZEL DVIGATELNING TA’MINLASH TIZIMI: Dizel dvigatelining ta’minlash tizimi, ma’lum miqdordagi yonilg’ini o’zida saqlash, uni dag’al va mayin tozalash, yuqori bosim yonilg’i nasosida yuqori bosim hosil qilib, uni forsunka yordamida silindr ichidagi siqilgan va qizigan havoga tuman shaklida purkash uchun hizmat qiladi. Dizel dvigatelida yonuvchi aralashma silindr ichida hosil bo’ladi. Dizellarda yonilg’ini purkash, yuqori bosim nasos va har bir silindrga yopiq holda o’rnatilgan forsunkadan iborat.Ta’minlash tizimi asosiy ikkita: pastki va yuqori shaxobchalardan iborat.Past bosim shaxobchasi yonilg’ining bakdan yuqori bosim nasosiga uzatadi.Yuqori bosm shaxobchasi esa, ma’lum miqdordagi yonilg’i ma’lum vaqtda bosim bilan dvigatelning silindrlariga uzatadi.
  • TRANSMISSIYA. ILASHISH MUFTASI.: Avtomobil yo’lda harakatlanganda unga ta’sir etuvchi qarshilik kuchlari har doim uzluksiz va ixtiyoriy ravishda o’zgarib turadi.Kuchlarning o’zgarishi avtomobilning tezligi, tezlanishi va yuklanishiga bog’liq bo’ladi. Qarshilik kuchlarini yengib harakatlanishi uchun dvigiteldan kelayotgan burovchi momentni o’zgartirib turish lozim bo’ladi. Bu vazifani bajarish uchun avtomobillarda kuch uzatish qo’llaniladi.Demak, kuch uzatmasi dvigiteldagi burovchi momentni bir-necha mexanizm va qurilmalar yordamida uning qiymatini va yo’nalishini o’zagartirib avtomobilning yetakchi g’ildiraklariga uzatish uchun xizmat qiladi. Kuch uzatma divigateldan olinayotgan burovchi momentni yetakchi g’ildiraklarga uzatish bo’yicha mexaniq, gidrohajmli, aralashgan (gidrotexaniq, elektromexaniq) turlarga bo’linadi.Zamonaviy avtomobillarda asosan mexanik kuch uzatish qo’llanadi.Kuch uzatma bir-biri bilan bog’langan ya’ni ulashshish muftasi, uzatmalar qutisi, kardanli uzatma, asosiy uzatma va yarim o’qlarda tuzilgan. Dvigitelning o’rnatilishi yetakchi g’ildirakning soni va joylashishiga qarab kuch uzatma turli konstruksiyaga ega bo’lishi mumkin Uzatmaning avtomobillarga tarqatilish qutisi ham bo’lib, u burovchi momentni yetakchi ko’priklarga taqsimlanadi.
  • UZATMALAR QUTISI VA TAQSIMLASH QUTISI: Uzatmalar qutisining vazifasi, turlari (pog’onali, ikki va uch valli). Uzatmalar qutisining konstruktsiyasi va ishlash jarayoni.Gidrotransformatorning tuzilishi va ishlashi. Sinfxronizatorlarning vazifasi, tuzilishi va ishlashi. Taqsimlash qutisining vazifasi, tuzilishi, turlari. Taqsimlash qutisining konstruktsiyasi va ishlash jarayoni.Fiksator, qulflarning vazifalari va ishlashi.
  • KARDANLI UZATMA: Kardanli uzatmaning vazifasi, turlari, umumiy tuzilishi.Burchak tezliklari bir xil bo’lgan va bir xil bo’lmagan kardan sharnirlari, kardanli uzatma konstruktsiyasining ishlash jarayoni. kardanli uzatmaning shlitsali birikmasi.
  • ASOSIY UZATMA. DIFFERENSIAL VA YARIM O’QLAR: Asosiy uzatmaning vazifasi, turlari.Konussimon va gipoidli asosiy uzatmaning farqi va afzalliklari. Asosiy uzatma konstruktsiyasi va tuzilishi va ishlashi jarayoni.Differentsial va yarim o’qlarning vazifasi, turlari, tuzilishi.Differentsial konstruktsiyaning ishlash jarayoni.Yarim o’qlarning turlari, o’rnatilishi, ularning sxemasi.
  • AVTOMOBILNING YURISH QISMI: Ko’tarib turuvchi tizimning vazifasi va turlari. Ramaning vazifasi turlari va konstruktsiyasi.Osmalarining vazifasi tuzilishi va turlari. Osmaning konstruktsiyasi.Amartizatorning ishlashi va konstruktsiyasi.G’ildiraklarning vazifasi va turlari. SHinaning vazifasi, turlari va o’lchamlari. G’ildirakning to’g’ini gupchagi va birlashtiruvchi elementlarining tuzilishi. Boshqariluvchi g’ildiraklarning o’rnatilish burchaklari.Kuzovning vazifasi va turlari: yengil avtomobil kuzovlari: avtobus kuzovlari: yuk avtomobil kuzovlari va kabina. Kuzovni shamollatish va isitish tizimi.
  • AVTOMOBILNI RUL BOSHQARMASI: Rul boshqarmasining vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi, rul mexanizmining vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi, rul yuritmasining vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi. rul yuritmasining gidravlik kuchaytirgichining vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi. gidrokuchaytirgichi ajratilgan rul mexanizmining tuzilishi va ishlashi.
  • TORMОZ BOSHQARMASI: Tormoz boshqarmasining vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi. Tormoz mexanizmining turlari, shakli, tuzilishi va ishlashi. Tormoz yuritmasining vazifasi, turlari, shakli, tuzilishi va ishlashi, gidrosiyraklash kuchaytirgichining vazifasi shakli, tuzilishi va ishlashi. Antiblokirovkalovchitizimning vazifasi sxemasi va ishlash printsipi.
  • Ixtisoslashtirilgan transport vositalari (2 soat): Ixtisoslashtirilgan transport vositalarining turlari. Avtopoezdlarning vazifasi, turlari, afzalliklari va kamchiliklari.Bir va ikki o’qli tirkamali avtopoezdlarning turlari va ulardan unumli foydalanish yo’llari.Qurilish konstruktsiyalarini va og’ir va uzun o’lchamli yuklarni tashuvchi avtopoezdlarda tashish.Furgon, refrejeratorlar, tsisternalar.Kuzov va kabinalar.
  • Avtomobilning tortish tezlik xususiyati. Avtomobilning tortish xarakteristikasi. Xarkatlanishga qarshilik kushlari.: Avtomobilni tortish qobiliyatini hisoblash.Berilgan o’lchamlarni qanoatlantiruvchi dvigatelning quvvatini hisoblash.Asosiy uzatmaning uzatish sonini aniqlash, oraliq uzatish sonini aniqlash.Arifmetik, geometrik va garmonik qator.Avtomobilga ta’sir etuvchi kuch va momentlar sxemasi.Dvigatel energiya manbai.Dvigatelning tashqi tezlik tavsifi.Avtomobilga ta’sir etuvchi qarshilik kuchlari.balandlikka chiqishga qarshilik kuchi, g’ildirashga qarshilik kuchi, g’ildirashga qarshilik koeffitsienti.Havoning qarshilik kuchi, qarshilik koeffitsienti, qarshilik kuchlarini yengish uchun sarf bo’ladigan quvvat.
  • Avtomobilning dinamik omili, dinamik tavsifnomalarini hisoblash: Avtomobilning dinamik omili va dinamik tavsifnomasi to’g’risida tushuncha xosil qilish, fizik ma’nosini o’rganish va masalalar yechish.Avtomobilning dinamik omili va dinamik tavsifnomalarini qurish.Avtomobilning dinamik omilini ko’rsatuvchi nomogrammani qurish.
  • Avtomobilning yonilg’i tejamkorlik xususiyatini hisoblash: Avtomobilning yonilg’i tejamkorlik tavsifi.Yonilg’i tejamkorlik tavsifini hisoblash.Yonilg’i tejamkorligiga ta’sir etuvchi ekspluatatsion omillar.
  • Avtomobilning ekologik xususiyatlari: Avtomobilning ekologik xususiyatlari ta’rifi, atrof muxitga ta’siri.Avtomobilning atrof muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish tadbirlari.Alternativ yonilg’i turlarini qo’llash. Kattalik neytralizatorlar.
  • Avtomobilning boshqariluvchanligi va turg’unlik xususiyati: Avtomobilning boshqariluvchanligi.Boshqariluvchanlikni baholovchi ko’rsatkichlar, boshqariluvchanlik bo’yicha kritik tezlik.SHinaning yonaki surilishi va surilish koeffitsienti.Avtomobilni buriluvchanligi uning turlari.Neytral, kam va ortiqcha buriluvchanlik, buriluvchanlik bo’yicha kritik tezlik.Ekspluatatsion xususiyatlarni boshqariluvchanlikka ta’siri.Avtomobilning turg’unligi va turg’unlikni yo’qolish turlari, baholovchi o’lchamlar.Avtomobilni bo’ylama tekislikdagi turg’unligi.Avtomobilning old va orqa o’qi bo’yicha ag’darilish burchagi.Avtomobilning ko’ndalang tekislikdagi turg’unligi.
  • Avtomobilning burilishdagi ag’darilish bo’yicha kritik tezligini aniqlash: Qiya tekislikda burilayotgan avtomobilning burilish markazi qiyalikning pastida va qiyalikning yuqorisida bo’lgan paytlardagi burilishdagi ag’darilish bo’yicha kritik tezligini aniqlash.
  • Avtomobilning sirpanish bo’yicha kritik tezligini aniqlash: Avtomobilning tekis yo’lda yoniga sirpanmasdan ag’darilmasdan egri chiziq bo’yicha xarakatlanish uchun uning kiritik (chegaralangan) tezligi yo’lning qiya tik burchagi b q0 ga teng bo’lganda.
  • Avtomobilning ko’ndalang tekislikdagi turg’unligini aniqlash: Ko’ndalang qiya tekislikda harakatlanayotgan avtomobil yoniga surilmasdan yoki ag’darilmasdan harakatlanishini ta’minlaydigan burchak b ni qiymati avtomobilni ko’ndalang turg’unligini ifodalaydi.