Chilpiq koni kvars-kaolinli jinsini boyitish hisobiga yuqori sifatli silikat mahsulotlar olish bo'yicha ilmiy izlanishlar

Ushbu tadqiqot ishi O'zbekistonning tog'-kon boyliklaridan, xususan, Chilpiq koni kvars-kaolinli jinsidan foydalanib, yuqori sifatli silikat mahsulotlari, jumladan, keramik koshinlar uchun angob va glazurlar ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqishga bag'ishlangan. Tadqiqotda kvars-kaolinli jinsni boyitish, undan olinadigan mahsulotlarning fizik-kimyoviy xossalari va bu jarayonlarni sanoat miqyosida joriy etishning texnik-iqtisodiy asoslari ham ko'rib chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: O‘zbekistonning tog'-kon boyliklaridan unumli foydalanish, xomashyo ma’danlarinng yangi konlarini ochish va ulardan kompleks foydalanish, xom ashyolarni boyitish texnologiyalarini ishlab chiqib sanoatni shu homashyolar asosida ta’minlash bugungi kundagi eng ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda kvars qumiga bo‘lgan yillik talab 3,5 mln. tonnadan ortiq, kaolinga bo‘lgan talab birgina silikat mahsulotlari ishlab chiqarilishida 500 ming tonnadan ortiqligini ko‘rsatadi. Silikat mahsulotlari ishlab chiqarishda sifatli hom ashyo bilan ta’minlanish darajasi etarli darajada emas.
  • Asosiy tadqiqot ob’ekti va uslublari: Tadqiqot ob’ekti sifatida Chilpiq koni kvars-kaolinli jinsi va u asosida olinadigan angob va glazurlar xizmat qiladi. Tadqiqot predmeti sifatida esa silikat materiallari, jumladan angob va glazurlar olish uchun zarur bo’lgan tarkiblar va fizik kimyoviy tadqiqot usullari xizmat qiladi.
  • Tajriba tadqiqot qismi: Chilpiq koni kvars-kaolinli jinsining geologiyasi, kimyoviy, mineralogik, granulometrik tarkibi o’rganilib chiqildi. Kvarts-kaolinli jinsni turli jinsli sistemalarni ajratish usullaridan foydalanib 2 ta qismga ajratish, magnit separatsiyasi va kimyoviy-mexanik faollashtirish xisobiga kvars qumining SiO2 – 96,80, Al2O3 – 2,20, Fe2O3 – 0,02, CaO – 0,46, Na2O – 0,20, K2O – 0,20, TiO2 – 0,08 va kaolining tarkibli kontsentrat olishga erishildi.
  • Xulosalar: Respublika ichki bozorida qurilishda qo’llaniladigan bino va inshootlarni devor Yuzalari uchun qo’llaniladigan yangi tur narhi arzon, estetik xususiyatlari Yuqori qoplama materiallariga bo’lgan talab ortib bormoqda. Shu o’rinda xajmi juda katta bo’lgan Chilpiq koni kvarts qumlaridan foydalanib deqorativ, mexanik va fizik kimyoviy xossalari Davlat andozalari talablariga javob bera oladigan glazur kristall koshinlar olish imkoniyatlari mavjudligi qayd qilindi.
  • Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: Tadqiqotda foydalanilgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari, shuningdek O‘zbekiston oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining buyruqlari hamda turli manbalar keltirilgan.