Essential Elements of Mathematics

Ushbu kitob matematika sohasidagi bakalavriat va magistratura talabalari hamda o'z ixtisosliklari bo'yicha ingliz tilida dars berishni rejalashtirayotgan professor-o'qituvchilar uchun mo'ljallangan. Unda matematik tushunchalar o'zbek va ingliz tillarida bayon etilgan va har bir bo'limda mavzuga doir kalit so'zlar keltirilgan. Kitobda sonlar, kasrlar, darajalar, ildizlar, funksiyalar, tengsizliklar va boshqa ko'plab matematik tushunchalar tahlil qilingan. Kitob matematika terminologiyasini ingliz tilida o'rganishda talabalarga va o'qituvchilarga yordam beradi. Ko'pgina mavzular ingliz tilida tushuntirilgan va misollar bilan mustahkamlangan. Kitobning asosiy maqsadi o'quvchilarga matematika fani bo'yicha ingliz tilida bilim berish, shu jumladan, ularning o'qish, tushunish va foydalanish ko'nikmalarini rivojlantirishdir.

Asosiy mavzular

  • Haqiqiy sonlar tizimi: Bu bo'limda haqiqiy sonlar, ularning turlari (natural, butun, ratsional, irratsional), arifmetik amallar, xossalar va ularning o'qilishi haqida ma'lumot berilgan.
  • Tenglik va tengsizlik belgilari: Bu bo'limda tenglik va tengsizlik belgilari, ularning o'qilishi va misollar orqali tushuntirilgan.
  • Daraja va ildiz: Daraja va ildizlar, ularning xossalari, ko'paytirish va bo'lish qoidalari hamda ularni o'qish usullari bayon etilgan.
  • Sodda algebraik ifodalar va formulalar: Bu bo'limda ko'p ishlatiladigan algebraik ifodalar va formulalar, ularning belgilanishi va o'qilishi haqida ma'lumot berilgan.
  • Yillar va sanalarni o'qish: Yillar va sanalarni turli usullarda o'qish qoidalari va misollar bilan tushuntirilgan.
  • To'plamlar va ular ustida amallar: To'plam tushunchasi, elementlari, turlari va ular ustida bajariladigan asosiy amallar (birlashma, kesishma) bayon etilgan.
  • Elementar funksiyalar tasnifi: Funksiyalar tasnifi, jumladan ratsional kasr funksiyalari, irratsional funksiyalar, logarifmik, trigonometrik va teskari trigonometrik funksiyalar haqida ma'lumot berilgan.