Budjet tasnifi

Ushbu o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv - uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengashida muhokama qilingan va tavsiya etilgan. Unda byudjettizm byudjetlari ijrosi jarayonida byudjetasnifini qo‘llashning dolzarb masalalari hamda ilmiy va uslubiy jihatlari yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Jamiyat iqtisodiy va ijtimoiy tuzilishining shakllanishi va rivojlanishida, siyosatning qabul qilingan har bir tarixiy bosqichi doirasida amalga oshiriladigan nazorat muhim rol o‘ynaydi. Davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar eng avvalo xalq farovonligi va xalq manfaatlari uchun xizmat qilmoqda. Biz avvalo iqtisodiyotni isloh qilish va erkinlashtirish borasidagi ishlarimizni yanada chuqurlashtirish, uning soha va tarmoqlarini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish bo‘yicha boshlangan ishlarni jadallashtirishimiz kerak. Davlatga ijtimoiy va iqtisodiy siyosatni amalga oshirishga imkon beradigan mexanizmlardan biri bu davlatning moliyaviy tizimi va uning tarkibiga kiruvchi davlat byudjeti hisoblanadi. Aynan davlat byudjeti orqali markazlashgan va markazlashmagan pul fondini shakllantirish hamda undan foydalanishga qaratilgan harakatlar amalga oshiriladi. Byudjetbu – daromadlar va xarajatlarning smetasi hisoblanadi. Ular o‘zining tarkibi, manbasi, ishlatilishi yo‘nalishiga ko‘ra turli xildir. Byudjet tizimining yagonaligini ta’minlash uchun ular tasniflanadi. Byudjetni tuzish va ijrosini amalga oshirish uchun va byudjettizimining barcha darajalari ko‘rsatkichlarini taqqoslanishini ta’minlashda, byudjettizimi byudjetlarining barcha daromadlari va xarajatlarini, hamda byudjettaqchilligini qoplash manbalariniguruhlashda byudjettasnifidan foydalaniladi.
  • 1-BOB. “BUDJET TASNIFI” FANINING MAZMUNI, PREDMETI VA AHAMIYATI: “Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolish, jumladan, Davlat byudjeti barcha darajada mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo‘lishini ta’minlash - eng muhim ustuvor vazifamizdir” degan edilar muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev. Iqtisodiyotni barqaror o‘sishida, byudjetdaromadlarini shakllantirilishida va amalga oshirilayotgan xarajatlarni nazorat qilinishida byudjettasnifi muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Byudjet tasnifi - qaror qabul qilish tizimining muhim vositasi bo‘lganligi sababli, unda davlatning asosiy funksiyalaridan kelib chiqadigan davlat faoliyatining maqsadli yo‘nalishlari aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
  • 2-BOB. “BUDJET TASNIFINING MOHIYATI, VAZIFALARI VA TAMOYILLARI”: Davlat byudjeti moliya tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida mamlakatning asosiy moliya rejasini tashkil etuvchi va foydalanuvchi umumdavlat pul fondidir. Byudjet so‘zi inglizcha “budget” – xalta ma’nosini anglatib davlatning ma’lum muddatga mo‘ljallab tuzilgan va qonun bilan tasdiqlangan daromadlari hamda xarajatlari hisobining bandlar bo‘yicha tasdiqlangan hujjatidir. Davlat o‘z funksiyalarini muvaffaqiyatli bajarishi uchun, shuningdek, rivojlanishning har bir bosqichida dolzarb bo‘lgan strategik maqsadlarni amalga oshirish uchun mamlakatda yaratilgan moliyaviy resurslarning ma’lum bir qismini o‘z qo‘lida to‘plamog‘i obyektiv zaruriyatdir. Aynan shu obyektiv zaruriyatning mavjud bo‘lishi davlat byudjetining mavjud bo‘lishini va amal qilishini taqozo etadi.
  • 3-BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA BYUDJET TASNIFINI AMAL QILISHINING HUQUQIY ASOSLARI: Byudjet amaliyotida yuz berayotgan o‘zgarishlar – byudjetijrosining g‘aznachilik tizimiga o‘tilishi, yagona byudjetva hisob tizimining ishlab chiqilishi yangi byudjettasnifini ishlab chiqish va kiritishni taqozo etdi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010-yil 20-avgustdagi 65-sonli buyrug‘i bilan (2010-yil 11-oktyabrda 2146-raqami bilan ro‘yxatga olingan) O‘zbekiston Respublikasi byudjettasnifini qo‘llash bo‘yicha Yo‘riqnoma tasdiqlandi. Ushbu hujjat milliy byudjettasnifini davlat moliyasi tasnifining xalqaro standartlari bilan uyg‘unlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, 2011-yilning 1-yanvaridan amalga kiritildi.
  • 4-BOB. BUDJET DAROMADLARI TASNIFI: Davlat byudjetiga majburiy to‘lovlarning kelib tushishi soliq va bojxona tizimlariga kiruvchi maxsus vakolatli organlar hamda mazkur vazifa zimmasiga yuklatilgan boshqa davlat organlari tomonidan ta’minlanadi. Davlat byudjeti daromadlari – davlat bilan korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va aholi o‘rtasidagi mamlakat byudjetfondining shakllanishi jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarni anglatadi. Davlat daromadlari - bu yaratilgan milliy boylikning davlat ehtiyojlari uchun jalb etiladigan qismidir. Davlat daromadlari keng mazmunli tushuncha bo‘lib, o‘z ichiga byudjetdaromadlari (milliy daromadning turli darajadagi byudjetlarga jalb etilgan qismi)ni ham, byudjetdan tashqari davlat jamg‘armalari mablag‘larini ham o‘z ichiga oladi. Byudjet daromadlari davlat daromadlarining eng salmoqli qismini tashkil etadi.
  • 5-BOB.BUDJET XARAJATLARI TASNIFI: Davlatning o‘z funksiyalari va vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq ravishda vujudga kelgan chiqimlar byudjetxarajatlari deyiladi. Bu chiqimlar davlatning markazlashtirilgan pul fondlari mablag‘larini turli yo‘nalishlar bo‘yicha foydalanish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi. Byudjet xarajatlari umumiy moliyaviy kategoriya bo‘lgan byudjetning ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, unga tegishli bo‘lgan umumiy xususiyatlarga egadir, ya’ni ular taqsimlash xarakteriga ega, ifodalanishning pul shakli xos, pul fondlarining amal qilishi bilan bog‘langan va davlat tomonidan tashkil qilinadi. Shu bilan birgalikda byudjetxarajatlari bir butunning o‘ziga xos qismi bo‘lganligi uchun ular davlatning markazlashtirilgan pul fondlari mablag‘laridan foydalanish va tegishli fondlarni shakllantirish bilan bog‘liqdir.
  • 6-BOB.BUDJET TAQCHILLIGINI MOLIYALASHTIRISH MANBALARI TASNIFI: Davlat byudjeti taqchilligi— muayyan davrda O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti xarajatlarining uning daromadlaridan oshib ketishi. Kamomad rejali ravishda belgilanishi ham mumkin. Ko‘pincha byudjettaqchilligi rejalashtirilgan byudjetbilan ijro etilgan byudjetning nomutanosibligi natijasida sodir bo‘ladi va xarajatlarning daromadlardan yuqori bo‘lganligini ko‘rsatadi. Agar yil mobaynida davlat daromadlari ancha qisqargan va Davlat byudjetining oldindan belgilangan taqchilligi qonun hujjatlarida belgilangan chegara miqdoridan oshadigan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat byudjetining xarajatlarini alohida modda bo‘yicha qisqartirish to‘g‘risida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taklif kiritadi. Turli darajadagi byudjetlarning daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi vaqtinchalik tafovutni to‘g‘rilash maqsadida moliya y. mobaynida ularga tegishli byudjetlardan byudjetssudalari ajratilishi mumkin.
  • 7-BOB. G‘AZNACHILIK TIZIMIDA BUDJET TASNIFIDAN FOYDALANISH: O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 19-bobi, 109-moddasidabyudjettizimi byudjetlarining ijrosi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan g‘azna ijrosi yo‘li bilan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan. Davlat byudjetining g‘azna ijrosi- davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalarining barcha daromadlarini, shuningdek, byudjettashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha tushumlarini yagona g‘azna hisobraqamga jamlash va ularning barcha xarajatlarini shu hisobraqamdan amalga oshirishni nazarda tutadi. Davlat byudjetining g‘azna ijrosini Moliya vazirligi G‘aznachiligi , uning hududiy boshqarmalari va tuman shahar bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
  • 8-BOB.O‘ZBEKISTONDA BUDJET TASNIFIDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI: Byudjet tasnifi byudjetdaromadlari va xarajatlari, byudjettaqchilligini moliyalashtirish manbalarini guruhlashtirish va byudjetlarni tuzish va ularni ijro etish hamda turli darajadagi byudjetko‘rsatkichlarini nazorat qilish imkonini beradi. Byudjetni guruhlash tavsifi va ularni tuzish tamoyillari byudjetdaromadlari va xarajatlarining ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni, iqtisodiyotning tuzilishi a uni boshqarishga bog‘liq ravishda aniqlanadi. Byudjet sarflarining yo‘nalishini aniqlab olish byudjetjarayonining samarali ishlashiga sharoit yaratadi. Shuningdek, byudjetdaromadlari va xarajatlarini bir tizimga solib guruhlash nafaqat bir qancha o‘xshash daromad va xarajatlarni birlashtirish imkoniyatini beradi, balki, iqtisodiyotda moliyaviy nazoratni mustahkamlashni va byudjet to‘lov intizomiga rioya etilishini ham ta’minlaydi.
  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: Kitobda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqlari, O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi, Moliya vazirligining buyruqlari, Xalqaro valyuta fondi va Jahon banki kabi manbalardan foydalanilgan.
  • ILOVALAR: Qo‘shimcha ma’lumotlar va amaliy ko‘rsatmalar keltirilgan bo‘lim.